Kalderon (1600—1681)
Ispaniyaning iktisodiy va siyosiy xayotida boshlangan tushkunlik XVII asr o‘rtalariga borib ko‘chayadi. Mamlakatning ilgarigi qudrati va shuxratidan asar ham qolmaydi. Feodal-katolik reaksiyasi hujumi natijasida XVI asr oxirlarida yuzaga kela boshlagan barokko adabiy okimi endi hukumron bo‘lib qoladi. San’at va adabiyotda aks etgan turmush quvonchlari va uning yorqin buyoqlari o‘rnini mavxum iboralar oladi. Arxitektura va tasviriy san’atda ham realizmdan chekinish, turmushdan uzoqlashish, qandaydir sirli voqeaga berilish kuchayadi.
Ispaniyaning shu davrdagi ruxini, gumanizmning krizisini aks ettirgan so‘nggi yirik yozuvchi Kalderondir.
Don Pedro Kalderon de La Barka Madridda Xayoti va qadimgi dvoryan urug‘iga mansub oilada dunyoga keladi. O‘n yoshida onadan yetim qoladi. Dastlab¬ki ma’lumotni iezuitlar maktabida oladi, so‘ngra Salamanka universntetida o‘qiydi. Lekin uni tashlab ketadi. Yoshlik vaqtida u xarbiy xizmatni ham o‘taydi, Italiya va Flapdriyaga bo‘lgan yurishlarda ishtirok etadi. Dvoryan yigitlariga xos turmush kechirib, o‘zaro janjallarda katnashadi, ruxoniylikni xaqorat qilgani uchun qamalib ham chiqadi.
Kalderon dramatik asarlar yozishga juda erta kirishadi. Lope de Vega bu yosh yozuvchining talantiga yuqori baxo beradi. Lope vafotidan so‘ng u Ispaniyada yagona dramaturg bo‘lib shuxrat qozo-nadi. 1636 yilda saroy dramaturgi nomini oladi.
Kalderonning adabiy merosi xilma-xil bo‘lib, u 200 dan ortik pesa yaratgan, shulardan 120 ga yaqini dunyoviy xarakterdagi, 80 ga yaqini diniy mazmundagi va 20 ga yaqini intermediya tarzidagi saxna asarlaridir. U 2 poema va lirik she’rlar ham yozgan. Kalde¬ron Lope de Vega traditsiyalarinn davom ettirgan bo‘lsa-da, lekin bu ikki yozuvchi ijodi o‘rtasida katta farq bor. Kalderon dast¬labki pesalarini aristokrat tomoshabinlarni nazarda to‘tib shaxar teatrlariga topshirgan bo‘lsa ham keyinchalik faqat saroy teatriga atab asarlar yozadi. Uning ijodi ispan gumanizmining inqirozga yuz tutishining ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Barokko shoiri Kalde¬ron dramaturg sifatida diniy ruxdagi pesalari bilan taniladi. «Avliyo Patrikning maxshargoxi», «Bo‘tga sajda qilish», «Matonatli shaxzoda», «Xayot — uyqu demak», «Mu’jizakor sexrgar» pesalarida feodal axloki va katolik dini aqidalarini aks ettiradi. «Mo‘jizakor sexrgar»ni «katolik Fausti» deb atadi. «Undan Gyote o‘z «Faus¬ti» uchun alohida joylarinigina emas, balki bir butun ko‘rinishlarni ham kamrab oldi».
Kalderon turmushga to‘g‘ri karay olmasa ham, lekin asarlarida uning adabiy talanti ko‘zga tashlanib turadi. Diniy dramalari dunyoviy mazmundagi pesalari bilan bog‘lanib ketadi. Masalan, «Avliyo Patrikning maxshargoxi», «Butga sajda qilish» pesalarida ko‘p jinoyatlar qilgan gunoxkorlar tavba-tazarru yoki iloxiy kuch aralashuvi natijasida qutulib qoladilar.
«Mu’jizakor sexrgar»da jonini shaytonga sotgan kishi xaqidagi ertak hikoya qilinadi. Kalderon pesasi Faust xaqidagi nemis xalq kitobida tasvirlangan rivoyatdan farq qiladi. Xalq kitobida Faust dunyodagi sirlarni bilishga intilgai. ado-latsizliklarga nafrat bilan qarovchi kishi sifatida beriladi. Kalderonning «katolik Fausti deb nom olgan «Mu’jizakor sexrgar» pesasining qahramoni majusiy Kiprian lazzatlanish uchungina shayton bilan ittifok tuzadi, oxirida qilmishlaridan azobga tushib, xristianlikni qabul qiladi. Faustning o‘limi fojiali bo‘ladi, Kiprian esa din yo‘lida jonini qiynoqqa so¬lib vafot etadi.
«Matonatli shaxzoda» pesasida ham turmush voqealari diniy «mo‘jizalar» bilan aralashib ketadi. Mavrlar qo‘liga asir tush¬gan portugal shaxzodasi Fernando qirolga xiyonat qilishni is-tamaydi, garchi qirol rozi bo‘lsa ham, bir qal’ani berish evazi¬ga o‘zini ozod etilishiga ko‘nmaydi, undan o‘limni afzal biladi.
Fernaidoning vatan oldidagi sadoqati, yozuvchining tasviricha, uning shaxsiy intilishlaridan yuqori turishi kerak
«Xayot — uyqu demak» pesasida ham diniy mavzu asarning rea¬listik mazmuni bilan duch keladi. O‘z o‘g‘li Sigizmundning kelajak taqdiri haqida habar topgan (munajjimlar shahzodani zolim va daxshatli kimsa bo‘lib yetishadi, deb aytadilar) qirol Basilio, yana ko‘ngilsiz voqealar ro‘y bermasin deb xavfsirab, Sigizmundni qamaydi. Bir necha yil o‘tgandan so‘ng qirol yulduzlarning o‘g‘li haqidagi ma’lumoti to‘g‘riligiga shubxalanadi va shahzodani ozod qilib butun xokimiyatni unga topshiradi. Qirol xonasida uykudan bosh ko‘targan Sigizmund barcha a’yonlarni shu jumladan, hamma yoq-qa daxshat solgan qamoqxona boshlig‘ini ham o‘z huzurida ko‘radi, ularning barchasi shaxzodaning istaklarini bajo keltirishga tayyor turadilar. Bu xodisalar Sigizmundni g‘azablantiradi, chun¬ki gunoxi bo‘lmagani xolda, munajjimlar qur’asi bilan, unga shunchalik azob berilishi adolatdan emas edi. Endi Sigizmund tentaklarcha xarakat etib, o‘zi bilan munozaralashgan xizmatchini zindonga tashlaydi, boshqalar xayotiga xavf soladi. Otasiga ham shafqat qilmaydi. Qirol Basilio uni raxmdil bo‘lishga chaqiradi. «Extimol, sen faqat uyqudadirsan va xayol qilarsan» degan fikr tez-tez takrorlanadi. Oxirida ota o‘g‘lini to‘zata olmasligini sezgach, uxlatadigan dori berib uni yana qamoqqa yuboradi. Sigizmund uchun ko‘rgan va boshidan kechirganlari uyqu bo‘lib tuyuladi. Baxt haqida o‘ylash, yashash uchun intilish bexuda narsa, degan xulosaga keladi. Mag‘rur, kuchli irodali Sigizmund pesa oxirida mumin-qobil, takdirga tan beruvchi kishi qilib ko‘rsatiladi.
Sigizmund — allegorik obraz bo‘lib, xaqiqiy insonga deyarli o‘xshamaydi. U o‘rta asrlarda tasvirlangan mag‘lubiyatga uchragan farishta — shaytonga yaqin. Asar boshida u isyonkor obraz, pesa oxi¬rida esa yengilgan va tavba qilgan gunoxkordir. Lekin falsafiy-diniy xarakterdagi bu dramada yozuvchi insonni qiziqdiradigan muhim masalalarni ko‘zg‘aydi, chuqur izlanishlarga beriladi, qaxramonning ichki ruxiy kechinmalarini ko‘rsatishga intiladi. Si¬gizmund «iloxiy farog‘at»ni sezganidan emas, balki turmush ziddiyatlariga duch kelganidan dono bo‘ladi va vijdon azobini bo¬shidan kechiradi. Shu sababli asarning realistik moxiyati uning diniy tomonlarini xiralashtirib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |