J. BOKKAChChONING ADABIY FAOLIYaTI
Italiya uyg‘onish davrining ikkinchi yirik vaqili J.Bokkachcho olim va adib bo‘lib, o‘sha vaqtda “nazar ilg‘amas” deb hisoblangan zamonaviy novella janrini yuqori bosqichga ko‘taradi, uning realistik va demokratik yo‘nalishini belgilab beradi.
Bokkachcho 1313 yil Parijda tug‘iladi, onasi vafot etgach, u Italiyaga olib ketiladi. Otasining istagi bilan kommersantliq shuningdeq huquqshunoslikni o‘rgansa ham antik yozuvchilarning asarlariga unda qiziqish katta bo‘ladi. Bokkachcho yigitlik davrini(1327-1340) Neapolda o‘tkazadi. Bu yerda u gumanistlar bilan yaqindan tanishib, grek tili va antik adabiyotni o‘rganishga kirishadi. Yangi orttirgan do‘stlari tufayli qirol Robert Anjuyskiy saroyidagi adabiy doiraga jalb qilinadi.
Bokkachcho ijodining dastlabki bosqichida ritsar romanlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. Shunday asarlardan biri “Filokolo” 1338 y yozuvchi ilk o‘rta asrlar adabiyotida mavjud bo‘lgan xristian bilan majusiy (Florio va B’yanchifore) o‘rtasidagi qayg‘uli muhabbat temasini qayta ishladi. Lekin avtor bu masalaga yangicha yondosha olmadi. Uncha katta bo‘lmagan “Filostrato” poemasida (1338) shoir italyan yallachilari aytib yuradigan sakkiz bandli xalq strofasi oktavani qo‘lladi. Asarning syujetini o‘rta asr fransuz truveri Benua da Sent-Morning “Troya haqida roman” idan oldi va Troya jangchisi Troil biln grek asirasi Grizeidaning sevgisini o‘ziga xos uslubda talqin etadi. Unga psixologik momentlar kiritadi.
Bokkachcho she’r va nasr aralash usulda yozgan “Ameto” pastarol idillasi (1341) antik cho‘ponlik poeziyasi merosidan foydalanadi. Adib asarda dunyoviy lazzat-tabiiy his-tuyg‘u va chin sevgini kuylaydi. Asarning qahramoni Ameto qo‘rs va qo‘pol yigit, u ovni sevadi. Ameta parilar orasida Liya ismli ajoyib qizni uchratadi. Go‘zal Liya ajoyib qo‘shiqlari bilan yigitni o‘ziga maftun etadi. Shu vaqtdan bshlab yigitning fikri-xayoli qizda bo‘ladi. Liyaga nisbatan tug‘ilgan samimiy sevgi ta’siri ostida qo‘pol va qo‘rs Ameto o‘zgarib, ajoyib fazilatli, olijanob yigitga aylanadi.
“F’ezolan parilari” poemasi 1345-46 yillarda yozilgan. Asar antik miflarga, ayniqsa, Ovidiyning “Metamorfozalar” iga taqlid qilib yozilgan. Asarda F’ezalon tepaligi yonida tutashgan ikki daryo–Afriko va Menzola qanday qilib ikki sevishganning nomi bilan atalganligi tasvirlanadi: hali F’ezalon shahri qad ko‘tarmagan qadim zamonlarda shu tepalikda ma’buda Diana panohida ko‘p parilar yashagan. Ular doirasiga kirib borgan cho‘pon Afriko yosh pari Menzolani sevib qolgan. Yigit xudo Veneraning maslahati bilan qizlar kiyimini kiyib, u bilan uchrashgan va uning qo‘lini so‘ragan. Parilarning erga tegmasligi (tufayli) qasam ichganligi tufayli Menzola Afrikoning muhabbatini rad etadi. Biroq qiz qalbida uyg‘ongan muhabbat hissi undagi tortinish va uyatchanlikdan ustun chiqqan, shunday qilib u yigitga moyil bo‘lgan. Menzola farzand ko‘rib, ma’buda Dianadan yashirinib yuradi. Ko‘p o‘tmay o‘z qilmishidan afsuslanib Afrikodan o‘zini olib qochadi. Bunga chiday olmagan yigit o‘zini o‘ldiradi. Uning qoni shu yerda oqadigan kichik daryo suviga quyilgani uchun bu daryo Afriko nomi bilan atala boshladi. Diana Menzolani g‘azab bilan kichik daryoga aylantirib yuborgan. Daryo F’ezalon tepaligi yonida Afriko daryosiga qo‘shilib ketgan. Afrikoning ota-onasi o‘g‘lini tarbiyalab oladi. Italiyaga kelgan Titan Iapetning donishmand o‘g‘li Atlant F’ezlon shahrini qurgan, parilarni erga bergan. Shunday qilib, bu yerda yangi madaniy davr boshlangan. Ularning nomi bilan sevgi va abadiylik ramzi – Afriko va Menzola daryolari mangu yashaydi. Bunday xotima avtor gumanizmi va mahorati shakllanganining yorqin ifodasidir.
F’yametta: Bokkachcho ijodining kamolot bosqichida “F’yametta” (1348) asarini yaratadi. Bu asar G‘arbiy Yevropa adabiyotida birinchi psixologik roman “nozik his bilan to‘la sevgi qissasi” edi. Yozuvchi unda sevgilisi tashlab ketgan ma’shuqaning his-tuyg‘usi va ruhiy azoblarini qahramon tilidan mohirlik bilan hikoya qildi. Romanda avtobiografik momentlar ham bor. Masalan, turmushda F’yametta Bokkachchoga bevafolik qilgan bo‘lsa, romanda Pamfila F’yamettaga vafosizlik qiladi. Bir kuni yosh va go‘zal ayol F’yametta cherkovda Pamfila ismli kelishgan yigitni ko‘rib sevib qoladi. Eri bo‘lsa ham uning butun xayolini shu yigit chulg‘ab oladi. Yigit bilan topishganida u o‘zini baxtli deb his qiladi.
“Dekameron” Bokkachchoning katta e’tiborga molik asari hisoblanadi. U bu asarni 1352-54 yillarda yozgan. Gumanistik g‘oyalar va voqelikni realistik tasvirlovchi “Dekameron” o‘rta asr diniy asketizmiga qattiq va ayovsiz zarba bergan Uyg‘onish davrining birinchi yirik asaridir.
Jaqon adabiyoti tarixida shunday asarlar ham bor- ki, ularda qator xalqlar badiiy ijod tajribasi, bir necha davrlarga mansub fikriy taraqqiyot hosilasi tajassumini topgandir. har gal bu jamlama yangi g‘oyaviy kurashlar mazmuni bilan boyitilib, yangicha ruh ila maydonga olib chiqiladi. Shuning uchun ham, chinakamiga xalqchil bu asarlar umrboqiydirlar. «Kalila va Dimna», «Ming bir kecha» lar, ana shunday, haqqoniy mazmunli o‘lmas madaniy obidalar qatorida XIV asr buyuk italyan adibi Jovanni Bokkachchoning «Dekameron» asari ham bor.
Yevropa Uyronish davri adabiyotining ulkan namoyandalaridan Dante Aligeri an’analarini davom ettirib, insonparvarlik g‘oyalarini dadil ilgari surgan buyuk adib J. Bokkachcho 1313—1375 yillarda yashab ijod etdi. Tadqiqotchilar uni italiyan nasrining asoschisi, zamonasi hayotini ruy-rost tasvirlab, nasrda realizmni barqaror etgan daho yozuvchi sifatida ta’riflaydilar. Adibga bu olamshumul shuxrattni uning «Dekameron» asari keltirgan. Bokkachcho inson erkini qimoya qilib, fikriy va hissiy g‘aflatga, diniy xurofot va jaholatga qarshi o‘t ochdi. Darqaqat, «Dekameron»da feodal tuzum xo‘jalari—zodagonlar va cherkov homiylarining iflos kirdikorlari ayovsiz fosh etilgandir. Butun Yevropaga hukmini o‘tkazgan Rim katolik cherkovini Bokkachcho fisqu fasod uyasi, munofiklik va riyo maskanidek tasvirlaydi. Asarning bosh g‘oyasi — tabiiy,_ insoniy sevgini tarannum etmoq. Uni yashirmoq, xor etmoq gunoxi azim. Chinakam sevgi odamni hayotga, tabiatga oshno etadi, o‘zligini anglashida yordamga keladi. Har bir inson tabiat ne’matlaridan oshkora bahramand bo‘lishga haqlidir. «Dekameron» qahramonlari shiori ana shunday. Ular shaxsiy baxtga erishish yo‘lida hamdardlik va hamkorlikka chaqiradilar. Bejiz emaski, asar: «Jafokashlarga hamdard bo‘lish chin insoniy fazilatdir, bu fazilat har birimiz uchun garchi farz hisoblansa xam, birinchi navbatda, uni hamdardlikka mushtoq va biron zot hamdardligidan baqramand bo‘lganlardan talab etmog‘imiz lozim», — jumlasi ila boshlanadi. Bokkachcho o‘zini ham aynan ana shunday zot-— hamdardlikka muhtoj, shu bilan birga bunday burchni ado etishga tayyor kishi, deb hisoblaydi. «Dekameron» muqtoj va mushtoqlar diliga malham bo‘lsin, deb yozilgan. Yozuvchi, birinchi navbatda, multojlar toifasiga tuyg‘ulari burilib, dunyo lazzatlaridan mahrum etilgan ayollar zotini kiritadi. Zero, ular Sharqda ham, G‘arbda ham huquqsiz, feodal zulmdan zada edilar. G‘am-alam bu «sho‘rpeshoialar dilini zulukdek so‘rib yotardi». Bokkachcho ayolning eng go‘zal xilqat, hayot sarchashmasi sifatidagi tasvirini yaratadi. Ayollar «Dekameron»ning barcha hikoyatlarida ham asosiy qahramonlardirlar, qaysi mavzudan gap ketmasin, yozuvchi uni albatta xotin-qizlar turmushiga bog‘lab yuboradi.
Italyancha “Novellino” (ya’ni novellalar kitobi)ning mazmuni turlicha bo‘lib, unda o‘rta asr ritsar romanlari, injil, sharq ertaklari, antik rivoyatlarda bayon qilingan turli hodisalar hikoya qilinadi. Birinchi navbatda Italiya hayotidan olingan maishiy temadagi realistik hikoyalar kishining diqqatini o‘ziga tortadi.
Bokkachcho esa novella janriga klassik tus berib, italyan hikoyachiligining turi, tipi, xarakteri, tili, uslubini yaratadi. Bokkachcho asarining demokratik ruhi uning xalq an’analari bilan yaqindan aloqada bo‘lganligining natijasidir. Bokkachcho novella janriga yangi gumanistik mazmun, realistik xarakter kiritishi bilan uni “tuban” janrdan “yuqori” janrlar qatoriga ko‘tardi va to‘la huquqli janrga aylantirdi. Yozuvchi hikoyaning maqsadi o‘quvchini qiziqtirish va ovutish uchun emas, balki kishilarga yangi ong, yangi madaniyat va go‘zallik idealini singdirishdan iborat bo‘lmog‘i ham kerak deb bildi. “Dekameron” da yuzta novella bor. Ular ma’lum tartibda joylashtirilgan, novellalarning biri ikkinchisiga maxsus ulanuvchi hikoyalar vositasi bilan bog‘lanadi. Bunday adabiy usul qadimgi sharq (Ming bir kecha) va antik (Metamorfozalar) adabiyotda ham qo‘llangan, lekin ular bog‘lovchi hikoyalar vaziyatni izohlash, jazoni keyinga cho‘zish uchun kiritilar edi. Bokkachcho esa bog‘lovchi, yangi novellalarda hayotiy voqealarni, xarakterlarni tasvirlashga katta e’tibor beradi. 1348 yil Florensiyada dahshatli o‘lat kasali tarqalib, bu kasal juda ko‘p kishining yostig‘ini quritadi. Shunday og‘ir vaziyatda Bokkachcho yangi fikrlarni targ‘ib qiladigan asar yaratishni mo‘ljallaydi va “Dekameron” nomli asarini yaratadi, bu asar o‘lat kasalining tarqalishini tasvirlash bilan boshlanadi.
Gumanist Bokkachcho ijodida ishq-muhabbat katta o‘rin tutadi. U sevgini tor, shaxsiy lazzatlanish ma’nosida emas, balki keng ma’noda, ijtimoiy hayotga bog‘liq ravishda tasvirlaydi. Uning tasavvurida muhabbat kishini chiniqtiradi, qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatadi va odamda yaxshi fazilatlar hosil qiladi. Beshinchi kunning birinchi novellasida muhabbat tufayli shunday yangi sifatlar kasb etgan yosh yigit Chimone haqida hikoya qilinadi.
«Dekameron»da targ‘ib qilingan asosiy g‘oyalar anti klirikal yo‘nalishdadir. Eski diniy urf-odatlardan erkin muhabbat ustun chiqadi.
“Dekameron” dagi ko‘p novellalarda monaxlarning kirdikorlari ochib beriladi. Ular har qadamda razillik qiladilar, xalq ommasini aldaydilar, lekin oxirida sharmanda bo‘ladilar. Buni monax Albert (to‘rtinchi kunning ikkinchi novellasi) misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
Imola degan joyda jinoyatlari bilan obro‘sizlanib, sharmanda bo‘lgan Berto della Misso ismli bir kimsa Venesiyaga borib, o‘zini o‘ta taqvodor kishi og‘a Albert deb tanitadi. Sekin-asta ruhoniy sifatida obro‘ orttira boradi, lekin yashirin ravishda yaramas ishlarini ham davom ettiradi, monastirda yengiltak yosh ayol Lizettani uchratib, uning chiroyini maqtagan va so‘ngra “farishta” niqobida paydo bo‘lgan Albert sezilib qolishdan qo‘rqib, o‘zini derazadan tashlab qochadi va bir kambag‘alning uyiga kirib bekinadi. Ertalab “farishta” haqidagi gap butun shaharga tarqaladi. Bu xabarni eshitgan uy egasi qutqarib yuborish bahonasi bilan Albertni masxarabozlik bayramiga hayvon qiyofasida olib chiqishga ko‘ndiradi. Uning badaniga asal surib, par yopishtirib shahar maydoniga yetaklab boradi, so‘na va pashshalar undagi pashshaga yopishadi. Nihoyat Albertning hiylasi fosh etilib, shiraga bo‘lib qamoqqa tushadi.
“Dekameron” da oddiy monaxdan tortib, to Rim papasigacha qoralanadi. Ruhoniylarning qilmishlarini ko‘zatib borgan Bokkachcho ustalik bilan ularning kirdikorlarini ochib tashlaydi. Shunisi xarakterliki, ruhoniylarni mazax qilish uchun kerakli badiiy vositalar topa oladi, ularni komik personajlarga aylantiradi, nihoyat ko‘pchilik oldida sharmandayu-sharmisor qiladi.
Bokkachcho ijodining o‘ziga xos tomoni shundaki, u asardagi personajning xarakterini ochishda, uni to‘laqonli gavdalantirishda folklordagi komik elementlardan (unsurlardan) mohirona foydalanadi. Bokkachcho oddiy kishilardagi ijobiy xislatlar–epchilliq donoliq xushchaqchaqlikni aks ettirgan novellalar ham yaratadi.
Andreuchcho haqidagi novella (ikkinchi kunning beshinchi novellasi) shunday xarakterdagi hikoyalardandir.
Perudjiyada ot savdosi bilan shug‘ullangan Andreuchcho ismli yosh yigit ot olgani Neapolga boradi. Biroq shu kuni uning savdosi bitmagan, sodda bu odam bekorga yurmaganini bildirmoq uchun hamyonini goh qo‘liga olib, goh uni joyiga solib qo‘yadi. Bundan xabardor bo‘lgan bir yosh ayol uning pullarini qo‘lga tushirishni mo‘ljallaydi, kechqurun Andreuchcho turgan mehmonxonaga cho‘risini yuborib uni o‘z uyiga chaqirtiradi va juda yaxshi kutib oladi. Hatto yigitni o‘z aksi bo‘lajagi (go‘yo Andreuchchoning otasi Palormoga kelib turganida uning beva onasi bilan yaqin bo‘lgani va o‘zi tug‘ilgani)ni aytib, uni ishontiradi. Kechki ovqatdan so‘ng ayol begona yurtda bemahal yurish xavfli, de mehmonning ketishiga yo‘l bermaydi. Uni aldab bir xonaga kiritgach, Andreuchcho bexosdan iflos chuqurga yiqilib tushadi. Aldanganini bilgan Andreuchchoning faryodiga hech kim quloq solmaydi. U bundan so‘ng qator ko‘ngilsiz voqealarni boshidan kechiradi. Uning mehmonxonadagi sheriklari yaqinda o‘lgan Neapol arxiepiskopining o‘zi bilan ko‘milgan qimmatli narsalarini olish uchun Andreuchchoni qabrga tushiradilar. U yerdan zo‘rg‘a qutilib chiqqan Andreuchcho tezda o‘z tug‘ilgan qishlog‘iga ketishga majbur bo‘ladi.
Sakkizinchi va to‘qqizinchi kunlarda aytilgan novellalarning ko‘pgina qahramonlari florensiyalik qiziqchi, epchil yigitlar Bruno, Nellolar go‘l, kaltabin Simone va Kalandrinoni kalaka qiladilar. Bokachcho oddiy kishilarni yaxshi xususiyatlarga ega bo‘lgan odamlar sifatida tasvirlab, ularga xayrixohlik bildiradi.
Uchinchi kunning ikkinchi novellasida bir otboqar o‘z xo‘jayini qirol Agilulf bilan qirolichaning sevgisi haqida bahslashadi, ayyorliq aql-idrokda qirol bilan bahslashishga majbur bo‘lgan xizmatkor qirolni yengib chiqadi. Kitobda bu kabi misollar ko‘p. Bular “Dekameron” asosida folklor materiallari, demokratik fikrlar yotganini ko‘rsatadi. “Past” tabaqadan chiqqan kishilar aristokratiya vaqillari ustidan doim g‘alaba qozonadilar.
Bokkachcho kichik hajmdagi hikoyalari orqali o‘sha davr hayotining turli tomonlarini realistik manzaralarda aks ettirishi bilan ulug‘dir. Muallif novellalarining tiliga katta e’tibor berib, jonli tildagi qisqa, yorqin obrazli iboralarni ustalik bilan qo‘llagan.
“Dekameron”ni yozib bo‘lgach, Bokkachchoda asketik kayfiyatlarning qaytalanish hodisasi yuz beradi. Bu narsa uning allegorik “Korbachcho yoki sevgi labirinti” (1354-1355) poemasida aks etdi. Yozuvchini masxara qilgan bir ayoldan o‘ch olish maqsadida yozilgan bu asar ayollarga tegishli pamflet edi. “Dekameron” da ayollarga xayrixohlik bilan qaragan yozuvchi endi ularga qarshi turdi. Umrining oxirida Bokkachchoda bunday kayfiyatlarning tug‘ilishi feodal-cherkov reaksiyasining qattiq tazyiqi ostida ro‘y beradiki, bu uning dunyoqarashidagi chegaralanganlikni ko‘rsatadi. Lekin bu o‘zgarish “Dekameron” asarining xalq ongining o‘sishiga ko‘rsatgan ta’sirini zaiflashtira olmadi.
«1001 kecha» hikoyatlari hajm jiqatidan turlichadir. Unda bir-ikki varaqni band etgan kichik hikoyatlardan tortib, katta-katta qissalargacha bor. Ayni xususiyat «Dekameron»ning ham muhim belgilaridan. Sharq adabiyotining samarali ta’sirini Bokkachcho asarining barcha boblarida kurish mumkii. Sharqona syujetlar ba’zan ancha o‘zgartirilgan shaklda, ba’zan esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chiriladi. Ammo, sharqcha nusxasiga batamom monand hikoyatlar qahramonlari ham o‘z xatti- harakatlari, turmush tarzi va individual xususiyatlari bilan Yevropa hayotini aks ettiradilar. Binobarin, Sharq adabiyotining zukko bilimdonlarigina bu asarlar syujetining boshqa manbalardan olinganligini qis etishlari mumkin. Chunonchi, Bokkachcho asarlaridagi birinchi bobning 3-, 4-, 9-; ikkinchi bobning 2-, 4-, 7-, 9-; uchinchi bobning 2-, 7-, 10-; to‘rtinchi bobning 2—5-,9—10-; beshinchi bobning 9-; oltinchi bobning 3—4-, 7-; yettinchi bobning 1-, 4-, 6-, 8-9-; sakkizinchi bobning 6-, 8-, 10-; to‘qqizinchi bobning 1-, 6-, 9-10- va o‘ninchi bobning 4- hikoyasi ana shunday sharqona ruhdagi asarlardir. Ular «Ming bir kecha», «Kalila va Dimna» kabi qadimiy yodgorliklar syujetlarini aniq eslatib turadilar. Jumladan, bir hikoyatda markiz Monferrat xristianlarning salib yurishlarida qatnashmoq uchun jo‘nab ketadi. Qirol Rilay Filipp markizning go‘zal xotini ta’rifnni eshitib, unga g‘oyibona oshiq bo‘ladi. Qirol ayolni ko‘rish va u bilan dilxushlik qilish maqsadida, Monferrat qasriga mehmon bo‘lib boradi. Markizning xotinn uni hurmatiga munosib kutib oladi, Ammo, dasturxonga nuqul tovuq go‘shtidan tayyorlangan xilma-xil taomlarni tortadi. Buni sezgan qirol ayolga tegishib: «Begoyim! Nahot siz yoqlarda faqat tovuq bo‘lsa, nima, xo‘rozlar yo‘qmi?»,— deydi. Shunda markiza: «Nega endi, a’lo hazrat, bizda xo‘rozlar bor, shu boisdan tovuqlarimiz o‘zga xo‘rozlarga muqtoj emas», — deya oqilona javob beradi va qirol mot bo‘lib, yo‘liga qaytadi («Dekameron», I, 5).
Xozirjavoblik asosiga qurilgan latifasimon bu hikoyat «Ming bir kecha»ning «Shaqzoda va yetti vazir» bobida (yana bir nomi «Qirq vazir») quyidagi shaklda uchraydi: Podsho o‘z qasrida aylanib yurar ekan, ko‘zi yaqindagi bir tomga chiqib to‘rgan ayolga tushadi va unga oshiq bo‘ladi. Podsho surishtirib, bu uy o‘z vazirlaridan biriga tegishli ekanligini aniqlaydi. Shoq vazirni viloyat safariga amr etib, o‘zi uning uyiga tashrif buyuradi. Vazirning xotini podshoni xushtavoze’lik bilan mehmon qiladi. O‘zi ovqat tayyorlash bilan band ekan, podshoga pand-nasihatlar kitobini o‘qishni tavsiya etadi. Ayol podsho oldiga to‘qson xil taom tortadi. Taomlar ko‘rinishi turli-tuman bo‘lgani bilan, hammasining ham ta’mi bir xil ekan. Podsho buning ma’nosini so‘raganda, ayol: «Bundan siz ibrat oling, deb shunday qildim. Saroyingizda to‘qsonta kaniz bor, ularning rangu ruyi har xil bo‘lsa )ham, ta’mi birdir», — deydi. Podsho bu so‘zdan uyalib chiqib ketadi...
Detallarning ishlanishi, nomlar, vaziyat turlicha bo‘lgani bilan mazmun va undan kelib chiqadigan mantiliy xulosa bir ekanligi ko‘rinib turibdi. Ammo, «Ming bir kecha»dan keltirganimiz hikoyatda mantiq kuchli, ashyoviy dalil asosli qilib berilgan. «Dekameron»dagi tovuq go‘shtidan tayyorlangan taom bilan ayolning javobi orasidagi bog‘lanish esa mantiqan juda ham mustahkam emas.
«Ming bir kecha» ayni bobidagi yana bir hikoyat ham «Dekameron»da hech o‘zgarishsiz uchraydi. Unda vazir xotinlar makrini shohga isbotlash maqsadida deydi: Podsholardan birining soqchisi bir xotinni sevar ekan. Vir kuni u, o‘z qulini xotinning oldiga yuboradi. Xotin qul bilan o‘ynab-kulib, vaqtichogliq qilib turganida, soqchining o‘zi eshik qoqib qoladi. Xotin qul yigitni tokchaga yashiradi. Soqchi qo‘lida qilichi bilan uyga kirib, xotin yoniga o‘tirib oladi va ishqibozlikni boshlaydi. Shu onda xotinning eri eshikni qoqadi. Soqchi: «Endi nima qildim?»—deb qo‘rqib turganida, xotin:
«Sen qilich yalang‘ochlab meni so‘kib tur, erim kirganida, chiqib ketaver», — deydi-da, darvozani ochadi. Bu vaziyat- ni ko‘rgan eriga: «Ey, erjon, xub vaqtida kelding-da, bir mo‘min banda qochib kelib hovlnmizga kirdi, menga o‘zini qutqarishni yalinib so‘radi, men uni tokchaga yashirgan edim, mana bu odam qilich yalangochlab kirib qoldi, sal kechiksang o‘ldirardi»,— deydi. Eri yigitni tokchadan tushirib, eson-omon kuzatib qo‘yadi («Ming bir kecha», 5-kitob, 379—380-66.).
Endi gapni Bokkachchodan eshiting.
Donna Izabella ismli aslzoda xotin Leonetto degan yigitga oshiq bo‘lib, eridan yashirincha u bilan muloqot qiladi. Bu soxibjamol hurtarovat juvonga messer Lambertuchcho degan boshqa bir zot ham shaydo edi. Xonim messerni yoqtirmasa-da, ustma-ust elchi-sovchi yuboraverib, oxiri do‘q-po‘pisa qilgach, uchrashishga rozilik beradi. Bir kuni eri uyda yo‘qligidan foydalanib, xonim Leonetto bilan aysh qilib o‘tirganida, messer Lambertuchcho tashrif buyuradi. Xotin oshig‘ini parda orqasiga yashirib, uni kabul qiladi. Xonim bilan messer ishqibozlikni ayni avjga yetkazayotganlarida, to‘satdan Izabellaning eri qaytib kelib, eshikni qoqadi. Shunda xonim Lambertuchchoga qarab: «Agar meni o‘limdan xalos etmoqchi bo‘lsangiz, amrimga bo‘ysunib ish tuting, qo‘lingizga pichoqni olib, dag‘dag‘a bilan qichqiring va shu alpozda otilgancha eshikdan chiqib keting», — deydi. Messer topshiriqni bekamu kust bajarib, g‘oyib bo‘ladi. Xayron qolib kirib kelgan erining savollariga Izabella: «Kutilmaganda, uyimizga bir yigitcha otilib kirdi. Messer Lambertuchcho uning orqasidan pichoq yalang‘ochlab yugurib kelardi, tasodifan xonamning eshigi ochiq qolgan ekan, yigitcha kirib, dag‘- dag‘ titragancha, meni qutqaring, deya iltijo qilgach, uni parda orqasiga yashirdim. So‘ng ostonada turib, Lamber- tuchchoni kirishga quymadim, shu payt sen kirib kelding», — deb javob beradi.
Ko‘rinib turibdiki, har ikkala hikoya syujetida aytarli farq yuq. Ammo, tasvirda, voqealar tafsilotini berishda Bokkachcho qalami o‘tkirroqdir. P. Grinser fikricha, mazkur syujet dastlab xindlarning «Xitopadesha» va «Shukasaptati» («Tutinoma»ning hindcha varianti) asarlarida uchraydi. Unda ayolga ota-o‘g‘il oshiq bo‘ladilar. Boyagidek holatda ayol eriga: Otasining g‘azabidan najot istagan bolani qutqardim, deya bahona qiladi. Hindcha nusxasida va “Ming bir kecha” da ham hikoyat qisqacha bayon qilingan, xolos. Ammo, xulosa turlichadir. «Xitoiadesha»da eng qiyin damlarda ham aqlni yuqotmasdan ish yuritishning mohiyati o‘qtirilsa, xikoyatning «Sindbodnoma», «Qirq vazir», «Mnng bir kecha» nusxalarida ayol makrining o‘tkirligi qanday okibatlarga olib kelishi ta’kidlanadi. Aksincha, «Dekameron»da dona Izabellaning uddaburonligi, topqirligi maqtab ta’riflanadi. Mazkur hikoyat «Klirikka nasihatlar» kitobida ham zikr etilgan. P. Grinder bu variantlarning ayrimlarini o‘zaro qiyoslab, italyan adibining hikoyanavislikdagi mahoratini ochishga intiladi. Uningcha, Bokkachcho erkin muqabbatni himoya qilgan va bu g‘oya butun asar ruxiga singib ketganmish. Vaqolanki, tadqiqotchining Izabella obraziga bergan xarakteristikasi juda xam to‘g‘ri emas. Bu ayolda «yengil oyoqliq xiyonatkorlik asorati ko‘rinmaydi», deydi P. Grinder. holbuki, Bokkachcho hikoya boshidayoq «bitta erkak bilan (ya’ni o‘z eri bilan — N. Q) muomala qilib yurishda deb bir xil taom yeganday, kishi me’dasiga tegadi», deb ayolning ichki xayollarini shoyoi etadi. Xaqiqatdan ham, Izabella shu niyatini amalga oshirish uchun, ataylab, o‘ziga munosib yigit qidira boshlaydi. Messer Lambertuchcho bilan ham Izabella bemalol aloqa qilaveradi. J. Bokkachcho, har galgideq bu xikoyatda ham ayollar shahvatparastligini zavq-shavqqa berilib tasvirlaydi.
«Shukasaptati»dan «Sindbodnoma»ga va undan P. Alfone kitobi orqali «Dekameron»ga hech qanday o‘zgarishsiz o‘tgan hikoyatlardan yana biri hindcha manbada quyidagichadir: «Laqma erini aldab yuradigan havoyi va o‘zboshimcha Mudhika, «kim kechasi uydan tashqarida tunasa o‘sha vafosiz hisoblanadi», deya eri bilan shartlashadi. Bir kuni u o‘ynashi bilan yurib, uyga kech qaytadi, eri esa eshikni ichkaridan mahkamlab, kirishga qo‘ymaydi. Shunda ayol quduqqa tosh otib, guyo o‘zini suvga tashlagan qilib ko‘rsatadi. Xavotirlangan er yugurib tashqariga chiqishi hamono, poylab turgan Mughika lip etib uyga kiradi-da, eshikni ichkaridan berkitadi. Sharmanda bo‘lishdan qo‘rqqan er, u bilan yarashib oladi» («Shukasaptati»),
P. Alfonsning «Klirikka nasihatlar» asarida ayol oshig‘i huzuriga borish uchun har safar erini sharob ichirib mast qiladi. Ammo, er hiylani sezib qolib, bir gal o‘zini mastlikka soladi va eshikni ichkaridan qulflab oladi. Bokkachcho bu detalni yanada rivojlan- tirgan holda qabul qiladi. «Dekameron»da tasvirlanishicha, ayolning eri, umuman, ichishga berilgan odam, xotini esa bundan o‘z maqsadi yo‘lida foydalanadi. Bu tafsilotdan o‘zga hamma o‘rinlar hindcha xikoyatning aynan o‘zidir. Ammo, bu hikoyatning ham mazmuni tal- qinida mantiqiy tafovut bor. Yuqorida keltirganimiz Sharq manbalarida ayol «yolg‘onchn va yengiltabiat», xiyonatkor sifatida xarakterlanadi. «Dekameron»da u butunlay boshqacha odam: Bokkachcho hamma aybni erga yuklaydi. Xotinnnng oshiqbozligiga ernnng o‘rinsiz rashki sababchi, deb tushuntiriladi. Erining xaqoratomuz rashklaridan ranjigan Gita uni «o‘z qamchisi bilan rom etish» payiga tushdi, deydi yozuvchi. Hikoyat so‘ngida tazyiqarida qolgan er mot bo‘ladi. Biroq xotin bu bilan ham qanoatlanmasdan, ertalab ernnn maqalla- kuy oldida izza qilishgacha boradi. «Yashasin sevgi, yuqolsin pul!», — deb tugatadi muallif o‘z hikoyatini. Shu tayifa, tayyor syujet, Bokkachcho qalami ostida, oldindan belgilangan badiiy vaznfalarni hal etishga xizmat qildirilgan. Unda hikoyat bir muncha zamonaviylashtirilgan. Uyg‘onish davrining gumanist adibi ayollar huquqini himoya qila turib, ularning ishkibozlik na xirsiy maishatparastlik yo‘lidagn intilishlarlni xam xayrixoushlik bilan tasvirlaydi. Mazkur syujet J. Serkambinnng «Dekameron»dan foydalanib tuzilgan hikoyatlar to‘plamiga ham kiritilgandir. Ammo, bu yozuvchi o‘z axloqiy-ijtimoiy qarashlaridan kelib chщib, voqeaga boshqacha tus beradi. Xikoyat oxirida er yarashib olgach, o‘z xotinini o‘ldiradi. Ya’ni, Sharq adabn- yotida bo‘lganideq xiyonat, bevafolik jazolanadi. Natijada, Bokkachchodagi yengil, yumoristik mazmun o‘rnini fojiaviy ruh egallaydi. Ammo, shunisi ham borki, Serkambi fojiaviy yakunni asar boshidan dalillab kelmaydi. Oqibatda, xarakterlar talqinida nomutanosiblik yuz beradi. Misollar shuni ko‘rsatadiki, ma’lum syujetni xar bir yozuvchi o‘z dunyoqarashi, adabiy- estetik tushunchalari, g‘oyasiga moslab yangi ruhda talqii etadi, yangi tafsilot va tasvirlar bilan boyitadi. Bir syujet asosida xilma-xil xarakterlar yaratib, yangidan-yangi asarlar hosil qilish bilan adabiyotlar boyib, bir-birnni to‘ldirnb turadi. Demaq sayyor syujetlar faqat bir necha xalqlar,, regionlarga mansub adabiyotlarnigina emas, balki, ayni vaqtda, turli davrlarga mansub badiiy ijod mahsulini o‘zaro bog‘lash bilan, ijtimoiy tuzumlar, bir-biridan o‘zoq zamonlarni ham yaqinlashtirib, aloqaga kiritadn. Chunki adabiyot bashariyat umrining xotirot-hujjatidir. Xar bir badiiy obida — u yaratilgan~zamon kishilari tafakkurining oynasi, uning o‘zgargan shakli esa boshqa zamon, boshqa ijtimoiy muhitdagi odamlar tushunchasi maqsuli. Eng muhimi shundaki, adabiy syujetlar zamonlar osha o‘zgarib borishiga qaramasdan, o‘tmish davrlardan qamrab olgan xususiyatlarini butunlay yuqotmaydi. Aksincha, har bir zamon «tamg‘asi» u yoki bu darajada unda saqlanib qoladi. Boshqacha aytganda, yangilanish — cheki belgilarni butunlay inkor etish emas, balki eski davrlardan qolgan badiiy «esdalik» ustiga yangi xususiyatlarni ilova qilish, omuxtalashtirish xisobiga yuz beradi.
«Kalila va Dimna», «Mnng bir kecha» syujetlarining Sharqqa va Yevropaga tarqalishi, inkishofi—o‘zgarib borishi jarayonini chuqur nazardan kechirsak guyo ibtidoiy jamoa tuzumidan hozirgacha bo‘lgan fikriy ham g‘oyaviy taraqiyot belgilarini mushohada etgandek bo‘lamiz. «Ming bir kecha»da asotir (mif) ham, real voqealar ham mavjud. Shunisi qiziqki, bu asar umumiy ruhi bilan feodalizm gullagan VIII—X asrlar Arab xalifaligi ijtimoiy hayotini, tushuncha-tasavvurlarini aks ettirsa-da, unda matriarxal davr, ibtidoiy jamoa kishilarining turmush tarzi, quldorlik munosabatlari xam aniq sezilib turadi. Sindbodi bahriy o‘z sarguzashtlarida jangari ayollar (amazonkalar) saltanati, yovvoyi odamlar qabilasi to‘g‘risida hikoya qiladi. Umuman, «Ming bir kecha» bosh konflikti — ayollar va er- kaklar orasidagi kurash mojarolari, qadimdan davom etib kelayotgan matriarxal tuzumdan patriarxal tuzumga o‘tish davri kurashinipg in’ikosi emasmikan? Chunki patriarxal xujalik tarzi, erkaklarning chinakam hukmronligi aynan feodalizm tuzumi davrida o‘zil- kesil qaror topib, mustahkamlandi. Shuning uchun bu davrda ayollar vafodorligi masalasi asosiy axloqiy talab darajasiga ko‘tarildi. Mazkur jarayonni shundan ham bilsa bo‘ladiki, bizga ma’lum hikoyatlarning asl, hindcha variantlarida («Panchatantra» va boshqalar) ayollar ishqibozligi juda qat’iy qoralanmaydi. Xotin kishiga hurmat, uning begunohligini tan olish, ayolni himoya etish qadimgi hind adabiyotining bosh mavzuidir. O‘rta asrlarga kelib, hind adabiyotida ham xotin-qizlar vafodorligi muhim mavzuga aylanadi. Sayyor yeyujetlar ajam va arab zaminiga kuchirilganida esa ana shu jihat yanada kuchaytiriladi. Xuddi shunday jarayonni Sharq xalqlari adabiyoti misolida ham kurish mumkindir.
J. Bokkachcho zamoniga kelib, inson erki, uning shaxsiy intilishlari, haq-huquqini hurmat qilish kun tartibiga quyildi. Natijada, ayol zotining o‘sha, avvalgi mavqeini tiklash umumgumanistiq insonparvarlik kurashining tarkibiy qismiga aylandi. Byroq «Dekameron»dagi obrazlar ibtidoiy matrnarxal davr ayollari emas, balki o‘zlarida yangi, Uyg‘onish davry ideal» lariny aks ettiruvchi kishilardirlar. Bu akida (ideal)lar Yevropa burjua jamiyatining taraqiy etishi bilan real hayot talablariga aylana bordi. Shunga ko‘ra, qadimiy syujetlar ham asrdan-asrga o‘zgarib borave- radi.,
Vafo ham sadoqat, poklikni kuylash Sharq adabiyotida qadim-qadimlardan davom etib kelayotgan muqaddas mavzulardandir. Sharqning buyuk shoirlari bu g‘oyalarni turli janrlarda royat ehtiros va sunmas ixlos bilan tasvirlaganlar. Bu mustahkam axloqiy kodeks xalqlarimiz turmushiga, ongiga singib, katta ijtimoiy ma’no kasb etib keldi. Oilani mustahkamlashga yordam berdi. Zero, er-xotin orasidagi sadoqat va muhabbat inson zurriyotining bezavol poydevoridir.
To‘g‘ri, Bokkachcho davridagi feodal qonunlari ochiq- oshkora muhabbatga yo‘l quymas, xususan, ayollar erki burilgan, ular o‘z tuyg‘ularini yashirin izhor etishga majbur edilar. Yozuvchi ana shunga qarshi chiqadi. Bu yaxshi gap. Ammo, izabellachasiga ishqibozlik sof muhabbat belgisi emas. Bu holni olijanob, muqaddas insoniy tuyg‘ular darajasiga ko‘tarib, ta’riflab bo‘lmaydi. Bokkachchoning ustozi Dante «Iloxiy komediya»da Izabella toifasidagi ishqiboz ayollarni «do‘zax» jazosiga x;ukm etadi. (Kleopatra, Simeramida epizodlarini eslang). Buyuk shoir xirsiy intilishlar, lazzatparastlikni qat’iy qoralaydi. Uningcha haqiqiy muhabbat xar qanday g‘arazdan xoli, pok va musaffo tuyg‘u, ruhiy- ma’naviy intilishlar ifodasidir. Shoirning Beatri- chega muhabbati ana shunday edi. Bu Sharq she’riyatida kuylangan Layli va Majnun muxabbatidek buyuk va ibratlidir.
«DEKAMERONDA» IBN SINO OBRAZI
«Dekameron»da tarixiy shaxs sulton Saloxiddindan tashqari (u «Dekameron»ning qator hikoyatlari qahramonidir), O‘zbekxon. Abdulla, Muxammad, Oliyabeka, Beminadab kabi sharqliklar obrazlarn yaratilgan. Bir turkum hikoyalardagi voqealar Misr, Tunis, Bobil, Iskandariya, Qoxira va boshqa shaharlarda sodir bo‘ladi. Ularda Sharq mamlakatlari manzarasi chiziladi. U Sh bobning 9-hikoyatida Bokkachcho Doktor Simone tilidan: «Ya’ni, Gippokrat bilan Abu Ali ibn Sino demoqchimisiz?» — degan jumlani ishlatadi. Ana shu faktning o‘ziyoq ulug‘ Ibn Sino nomi Yevropa ahli orasida naqadar mashhur bo‘lganligini ko‘rsatuvchi muxim hujjatdir. Allomaning tabobat usullari, shaxsiy fazilatlari, Sharqda bo‘lganideq G‘arbda ham elaro ovoza bo‘lgan. U haqidagi hikoyat va afsonalar yevropaliklar orasiga ham keng tarqalgan, yuqorida ko‘rganimizdek badiiy asarlarga kirgan. «Dekameron»da ana shunday hikoyatlardan yana bittasi bor. Graf Gvaltiern Antverpeniy tuhmatga uchrab, ikki farzandi bilan Fransiyadan bosh olib ketadi. Angliya shaharlarida gadolik qilib yuradi. Qizi Janettani esa bir aslzoda xotin o‘z tarbiyasiga oladi. U xotinning yakkayu yagona o‘g‘li buy-basti kelishgan, xushxulq Jannetaga oshiq bo‘lib qoladi. Ammo, qiz aslzodalar nasabidan emasligini, unga uylanishiga ota-onasi ruxsat bermasliklarini bilgan yigit ich-ichidan eziladi. Bora- bora, u shu dard bilan yotib qoladi. Ko‘pdan-ko‘p tabiblar ko‘rib, bu bemor dardiga davo topolmaydilar. Ota- onasi esa sarg‘ayib so‘lib borayotgan farzandlari qoshida yum-yum yig‘laydilar. Kunlardan bir kun bemor boshida yosh, ammo ancha tajribali bir tabib tomirini ushlab o‘tirar ekan, xonaga Janneta kirib keladi. To‘satdan yigitning tomir urishi tezlashadi. Bu hol tabibni taajjublantiradi va u bu holatning qachongacha davom etishini kuzatishga qaror qiladi. Jannetta xonadan chiqib ketishi bilan bemorning tomir tepishi yana sustlashadi. U biroz fursat o‘tkazib, illo kasalning tomirini hamon quyib yubormay, Jannettadan so‘raydigan gapim bor, degan bahonada uni yana xonaga chaqirtiradi. Qiz ostonadan kirib ulgurmasdan bemorning tomiri yana gupillab ura boshlaydi... («Dekameron». Ikkinchi kunning sakkizinchi hikoyasi).
Tabib yigitning dardi muhabbat ekanligini aniqlab, oshiqning murod-maqsadiga yetishiga sababchi bo‘ladi. Bizning xalqlarimiz orasida bu hikoyat Ibn Sinoga nisbat beriladi va u juda mashhurdir. (Karang: Zayniddin Vosifiy. «Badoe’ul vaqoe’», Tanqidiy matn, 1-jild, 104-6.; «Ibn Sino haqida hikoyalar», G. Gulomq nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, T., 1980). J. Bokkachcho asarida tabibning nomi aytilmagan. Shunga qaramasdan, bizning ko‘z oldimizga ruxiy tabobat donishmandi Ibn Sino obrazi keladi.
Sharqu G‘arb ruxi, adabiy an’analarini o‘zida mujassam etgan «Dekameron»ni Qodir Mirmuxamedov o‘zbek tiliga moxirona tarjima qildi.
O‘rta asr diniy-asketik ta’limotiga shafqatsiz zarba bergan Bokkachcho bu o‘lmas asari bilan mangu barhayotdir.
Germaniyada gumanistik harakat XVI asrning o‘rtalarida boshlanadi. Shaharlarning o‘sishi savdo va sanoatning rivojlanishi insonparvarlik qarashlarining tug‘ilishiga zamin tayyorlaydi. Nemis gumanistlari grek va rim klassiklarining asarlari orqali qadimgi kishilarning dunyoviy, xushchaqchaq hayoti bilan tanishdilar, shu tarzda antiklikning «porloq obrazlari oldida o‘rta asrning sharpalari ko‘rinmay ketdi». Ilg‘or nemis gumanistlari o‘zlarini antik adabiyot, san’atning merosxo‘rlari deb sanaydi. Germaniyani esa o‘rta asr jaholatidan holi, birlashgan mamlakat qiyofasida ko‘rishni xohlaydilar. Ular o‘z kurashlarida Italiya gumanistik madaniyati yaratgan ma’naviy boyliklardan foydalandilar. Savdo-sotiq keng rivojlangan Nyurenberg, Strasburg, Augsburg kabi nemis shaharlari Germaniyada gumanistik harakatning rivojlanishi va yoyilishida muhim rol o‘ynaydi. Italiya bilan savdo va madaniy aloqalar olib borgan bu shaharlardan yetishib chiqqan mutafakkirlar o‘zlarini italyan gumanistlarining shogirdlari deb hisoblaydilar. Ularning ko‘pchiligi Uyg‘onish harakatining beshigi hisoblangan Italiyada ta’lim oladilar. Dastlabki nemis gumanistlaridan biri va papaning ashaddiy dushmani bo‘lgan yurist Gregor fon Geymburg 1410-1472 yillarda yashagan. Qadimgi Rim yozuvchilarining asarlarini keng yoyishga uringan va Germaniyaning turli universitetlarida ishlagan filolog–gumanist Peter Luder va Samuel Karoxlar shular jumlasiga kiradi. Germaniyaning janubiy shaharlarida me’morchiliq rassomlik san’ati rivojlangan edi. Nyurenbergda astronom Regmomontanus, geograf Bexeym shuningdeq buyuk nemis gumanisti rassom Albrext Dyurer yetishib chiqadi.
Nemis gumanistlarining ko‘pgina asarlarini lotin tilida yaratadilar. Lotin tilida asar yozgan gumanistlar orasida keng ma’lumotli, grekchadan lotinchaga tarjima qilgan gollandiyalik shoir va notiq Rudolf Anrikola (1444-1485y), uning shogirdi German Bush (1468-1534) va ayniqsa nemis Uyg‘onish davrining talantli lirik shoiri Konrad seltis (1459-1508)larning ijodi shu davrga mansubdir. Ular o‘z ijodlarida qadimgi Rim va XV asrdagi nemis gumanistlari, shuningdek o‘sha zamonga xos satirik janrlarda ham ijod qiladilar.
5) Ilk nemis gumanistik adabiyotidagi demokratik oqimning yirik vaqillaridan biri satirik yozuvchi Sebastyan Brant 1457-1521 yillarda yashagan. Brant o‘z asarlarini nemis tilida yozishi bilan nemis milliy madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Brant to‘la ma’nodagi erkin fikrli kishi bo‘lmasa ham, lekin o‘zining «Nodonlar kemasi» (1449) yozilgan she’riy satirasi bilan byurgerlar orasida katta shuhrat qozonadi. Brant o‘zining bu satirik asarini yaratish uchun tentaklik haqidagi adabiy manbalar va ulardagi badiiy usullardan foydalanadi. E.Rotterdamskiy kabi Brant ham «nodonlik niqobi» vositasi bilan o‘z davridagi mulkdor tabaqalar vaqillarining kirdikorlarini ochib beradi. Shoir Germaniyani halokat yoqasida ko‘radi. Yomonlik hamma yerda hukmron, nodonlik yaxshi narsalarni oyoq osti qilmoqda. Bir to‘da tentaklar Narragoniya (Nodonlar mamlakati)ga ketayotgan omonat kemaga tushish uchun to‘s-to‘polon ko‘targanlar. Hamma yoqqa yoyilgan odamlar axmoqona harakat qiladilar. Bular: bachkana olimlar, qallob vrachlar, munajjimlar, g‘iybatchilar, mechkaylar, araqxo‘rlar, dangasalar, qimorbozlar, baxillar, poraxo‘rlar, knyazlar va savdogarlar edi. Brant jamiyat manfaatini unutib shaxsiy manfaat, tamagirlikka berilib ketish kabi nodonlikni zamonaning dahshatli balosi deb ko‘rsatadi. Nodon kishilar oltinga sig‘inadilar.
Asarning kirish qismida Brant o‘z kitobini «Axmoqlar oynasi» deb ataydi. Shoir o‘z asarida zamonasining nuqsonlarini fosh etibgina qolmay, balki uni ezgu axloq asosida tuzatish masalasini qo‘yadi. O‘quvchi brantning «Nodonlar kemasi» asarini o‘qir ekan turli xil tasvirga duch keladi. «Ilohiy qasr» dan joy olgan ruhoniylar ibodat boshlanganiga qaramay, italyan urushi haqida to‘xtovsiz gap sotib, yolg‘on-yashiqni o‘rniga qo‘yadilar. «Muqaddas» buyumlar bilan savdo qilayotgan monaxlar makkorlikda ruhoniylardan qolishmaydilar. Ular eski-tuski narsalarni «aziz» buyumlar deb oddiy kishilarga pullash uchun shoshiladilar. Brant bu kabi epizodlarni tasvirlashda real nemis voqeligiga suyanadi. Xalq maqollari va hikmatli so‘zlarini ustalik bilan o‘z o‘rnida ishlatadi.
6) XVI asr nemis gumanistik harakatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan shoirlardan biri Iogann Reyxlin 1455-1522 yilda yashab ijod etgan. Yurist, filolog, tarixchi va teolog Reyxlin o‘z zamonasi ijtimoiy harakatlariga faol qatnashadi. Qadimiy tillarni yaxshi bilgan bu olim o‘z zamondoshlarini grek adabiyoti bilan tanishtiradi, ularning asarlarini lotin tiliga tarjima qiladi. Dramaturg sifatida «Genno», «Sergey» komediyalarini yozadi. Birinchi komediyasida sud tartiblari, sudyalarning ta’magirliklarini qoralasa, ikkinchisida ayyor monaxlar va ularga ishonuvchilarni tanqid qiladi.
Reyxlin tilshunoslik sohasida ham katta ishlar qilgan. U yahudiy tili grammatikasi va lug‘atini tuzadi. Vetxiy Zavet nomli qadimiy kitobdan parchalar tarjima qiladi va muqaddas kitob–Tavrot (Bibliya) ning mavjud lotincha tarjimasidagi kamchiliklarni ko‘rsatib, uni tanqidiy o‘rganish uchun keng yo‘l ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |