Savol va topshiriqlar:
1. Uyg‘onish davrining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatini yoritib bering.
2. Qaysi asrlarni turkiy xalqlarning uyg‘onish davri adabiy namunasi deb bilasiz?
3. Uyg‘onish davriga antik dunyoning ta’siri.
4. Navoiy asarlarida insonparvarlik g’oyalari haqida.
5. Yozuvchi qahramonlarining shakllanishidagi asosiy omillar.
6. Fuzuliy lirikasida timsollar tahlili?
7. A.Navoiy dostonlarining mavzu ko‘lami qanday?
8. Z.Bobur ijodida yurt ozodligi mavzsi yoritilishi?
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. O. Qayumov. «Chet el adabiyoti tarixi». Toshkent 1973. 1979.
2. F.Sulaymonova “Sharq va G‘arb” T-1997
3. M.Xayrullaev “Uyg‘onish davri va Sharq mutafakkirlari” T-1971
4. N.Komilov “Tafakkur karvonlari” T-2000.
5. Shekspir tanlangan asarlar to‘plami. Toshkent 1978
6. «Otello» va «Gamlet» tragediyalari. Toshkent-1970.
5-MAVZU: UYG‘ONISH DAVRI G’ARB ADABIYOTI
Uyg‘onish davri ijtimoiy-tarixiy sharoiti.
G‘arb Renesansi. Ilk, O‘rta va Uyg‘onish davrining «oltin» asri.
Dante Aligeri, J.Bokkachcho, Shekspir, Petrarka, Fransua Rable va boshqa adiblar ijodi.
Uyg‘onish davri lirik, epik va dramatik asarlari
Tayanch so‘z va iboralar
Uyg‘onish davri xalq og‘zaki ijodiyoti. Hajviya. Realizm. Lirika Novella. Roman. Drama va teatr. Sonetlar. Komediya. Tragediya.
Gyotening ustozi, jaxon tamaddun tarixini yaxlit o‘rganib, xar bir xalqning bashariyat tafakkur taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini xolisona baxolagan G. Gerder quyidagilarni yozadi: «O‘sha paytda, jaholat changalidagi Yevropaning ko‘pgina qismida arablar ilm chirog‘ini yoqdilar1... Yevropalik birorta xalq yozuvni o‘zi kashf etgan emas, ispanlar yozuvi ham, shimoliy oromiy yozuvi xam Osiyodan olingan; Shimoliy, G‘arbiy va Sharqiy Yevropa madaniyati yunon - rumo-arab urug‘idan unib chiqqandir»
Feodalizm sharoitida shakllana boshlagan kapitalistik munosabatlar G‘arbiy Yevropada Renesans (Uyg‘onish) harakatiga asos bo‘ldi. Madaniyat tarixida Renesans nomi bilan yuritiladigan bu harakat dastlab Italiyada (XIV) va ko‘p o‘tmay Yevropaning qolgan mamlakatlarida ham yuzaga keladi.
Ishlab chiqarish shakllarining yangi kurtaklari–manufakturaga o‘tish, buyuk geografik kashfiyotlar (Amerikaning topilishi, Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi) va dunyo miqyosida savdo-sotiqning rivojlanishi absolyutizmning g‘alabasi natijasida feodal tarqoqlikka chek qo‘yilib, milliy davlatlarning paydo bo‘lishi, buyuk dehqonlar urushi va xalq qo‘zg‘olonlari–bular ijtimoiy hayot va ijtimoiy tushunchada qator yangiliklar tug‘diradi.
Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go‘yo klassik qadim zamonning shu’lasi bo‘ldi va keyinchalik unga erishish aslo mumkin bo‘lmadi. Italiya, Fransiya va Germaniyada yangi, ilk hozirgi zamon adabiyoti vujudga keladi. Shundan so‘ng Angliya va Ispaniya o‘z klassik adabiyoti davrini kechiradi.
Bu–o‘sha davrga qadar insoniyat boshidan kechirgan keskin o‘zgarishlar ichida eng buyuk progressiv o‘zgarish edi, titanlarga muhtoj bo‘lgan, hamda tafakkur kuchi, zavqu-ehtirosi, xarakteri, har taraflama ma’lumotliligi va bilimdonligi jihatidan titanlarni vujudga keltirgan davr edi.
Uyg‘onish davri madaniyatining ahamiyati uning feodal tuzumi va cherkovga qarshi g‘oyaviy kurash olib borishi bilan belgilanadi. Shaxs erkinligi va uni din sirtmog‘idan ozod etish hamda dunyoviy madaniyat yaratish uchun o‘z bilim va kuchlarini sarf etgan bu titanlar–o‘zlarini gumanistlar deb atadilar. Bu so‘z lotincha–humanis ya’ni insoniylik degan so‘zdan kelib chiqqandir.
Uyg‘onish davrining muhim xususiyatlari–inson shaxsini ulug‘lash, kishi ongini din sarqitlaridan tozalash, tabiat va jamiyatni esa inson manfaatlariga xizmat ettirishda aks etadi.
Uyg‘onish davrining muhim xususiyatlaridan yana biri antik madaniyatga munosabat masalasida namoyon bo‘ladi. Gumanistlar antik davrga qaytish maqsadida emas, o‘zlarining ilg‘or fikrlarini asoslash va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash uchun uzoq o‘tmishning ulug‘ siymolari ijodiga murojaat qiladilar. Ular rim va grek adabiyoti janrlarining turli uslub shakllarigagina emas, balki ularning tarixiy manbalari, g‘oyaviy mazmuniga ham diqqat etadilar. Italyan olimi va yozuvchilari, shu jumladan birinchi gumanist Bokkachcho unutib yuborigan qadimgi qo‘lyozmalarni qidirib topishga kirishdadi.
Konstantinopol yemirilganidan (XY asr) so‘ng u yerdan qochgan grek olimlari Italiyaga juda ko‘p noyob antik qo‘lyozmalarni keltirganlar. XY asrning ikkinchi yarmidan boshlab grek va rim shoirlari Vergeliy va Gomer poemalari, Aristotel va Platonning asarlari nashr etila boshladi.
Uyg‘onish davrining yana bir xususiyati shundaki, gumanistik adabiyotning rivoj topishi va uning realistik mazmunda ekanligidir. Gumanistlar antik manbalardan tenglik va adolat uchun kurash g‘oyalarini oladilar. Antik adabiyotning bunday xususiyatlaridan ta’sirlanish F.Rable “Gargantyua va Pantagryul”, Servantes “Don Kixot”, Shekspir va Marloning tragediyalarida yaqqol gavdalanadi. Xalq turmushidan olingan tematik obraz va folklor motivlari Bokkachcho va M.Novarskaya ijodida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Italiyaning bir qancha shaharlarida savdo-sotiq tez sur’atlar bilan rivojlanadi. Venesiya va Genuya savdo bilan Florensiya sanoat va bank ishlari bilan shuhrat qozonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |