3. Jon Toland qarashlarining ahamiyati va uning hozirgi zamon falsafasi bilan aloqadorligi
Tolandning g‘oyalari o‘z so‘zlari bilan:
(Quyidagi jumlalar J.Tolandning “Panteistikon” kitobidan olindi.)
Koinot cheksizdir, cheksiz yulduzlar va odamlar yashaydigan olamlarga ega.
Cheksiz kosmosda yuqori yoki past, markaz yoki ekstremitlar bo‘lmasligi mumkin.
Biz bilamizki, koinot cheksiz bo’lib unda yerda mavjud bo’lgan sharq, g’arb, shimol, janub kabi 4ta tomoni yo’q. Biz yerdan ko’tarilib borganimiz sari koinot qorong’ulashib boradi.
Biz yashaydigan Yerga o‘xshash cheksiz sonli boshqa olamlar mavjud, ularning quyoshlari atrofida aylanib yuramiz (biz ularni sobit yulduzlar deb ataymiz).
Toland ushbu fikrlari orqali biz yashab turgan olamdek, qayerlardadir boshqa mavjudotlar yashaydigan olam mavjudligiga ishora qilmoqda hamda biz ularning quyoshlari atrofida aylanib yuramiz.
Koinot (biz biladigan dunyo uning juda kichik qismi), potentsiali bilan bir qatorda cheksizdir. Hammaning uzluksizligi va uning qismlarining tutashganligi bo‘yicha u bitta. Jami bo‘lib, u harakatsiz, o‘zidan tashqarida bo‘sh joy yo‘q, lekin uning qismlarida u cheksiz intervallar bilan harakat qiladi. Koinot bir birlikdir. Faylasuf bu yerda klassik astronomik qarashlarni davom ettirgan holda, o’z yondashuvini namoyon etadi. Unga ko’ra koinot cheksizlik, uning oxiri mavjud emas, insoniyat uning hali hech qanchasini ham kezib chiqa olmagan. Biz faqatgina o’z sayyorramiz sistemalari, yoki gallaktikamiz haqida ma’lumotlarga egamiz, ammo bu ham mukammal emas bo’lib, farazlarga asoslangan.
Har qanday moddiy narsa hamma narsadadir.
Har qanday ob’yektning o’ziga xos bo’lgan, uning shunday ob’yekt ekanligini ifodolovchi ajralmas xususiyat atributlari bo’ladi. Materiyaning ham bir qancha atributlari mavjud: harakat, fazo, vaqt, in’ikos, ong va hokazolar. Bu atributlar bir- biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, moddiy olamdagi eng umumiy va universal aloqadorlikni ifodalaydi, Materiyani jonlantiradi, namoyon qiladi, shakl beradi, o’zgartiradi, rivojlantiradi.
Hamma narsa hammadan kelib chiqadi va hamma hamma narsada mujassam.
Koinot ilohiydir.
Olimning bu qarashlari bizga qadimgi sharq falsafasidagi “Vahdat ul-vujud” tushunchasi bilan o’xshashib ketadi. Bundan tashqari dunyo yaralishidagi to’rt unsur g’oyalari ham buni izohlashi mumkin. Ya’ni barcha narsalar yagona unsurlardan kelib chiqqan, vaqti soati kelib esa ular yana asliga, yaralgan unsuruga qaytadi.
Barchasini yaratgan va barchasini boshqaradigan, har doim maqsad qilib qo‘ygan eng yaxshi maqsadga ega bo‘lgan Barchaning kuchi va energiyasi Xudodir, agar xohlasangiz uni Olamning Joni va Ruhi deb nomlang. Mana nima uchun Suqrotga ergashuvchilarni panteistlar deb atashgan, chunki ularga ko‘ra bu ruhni olamning o‘zidan ajratib bo‘lmaydi. Materiya atomlardan iborat. Olimning fikrlariga qaraganda olim dunyoda mavjud bo’lgan jamiki narsalarning albatta intihosi bor deb aytadi. Bu intiho esa Xudodir. Xudo barcha narsalarning barcha moddiy narsalarning boshlovchisi va uning asoschisidir. Materiya haqida gapiradigan bo’lsak, materiya borliqning moddiy shaklini ifodolovchi umumiy tushuncha. “Olamda umuman odam bo’lmaganidek” umuman materiyani ham bo’lmaydi, balki Materiyaning aniq ko’rinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha moddiy ob’yektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun Materiya tushunchasini qo’llashgan. Materiya tushunchasini moddiy olamning substrati asosi sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan, shu bilan birga Materiya sof potensiya deb tushunilgan. Materiyani Dekart fazoviy ko’lam va bo’linadigan moddiy substansiya deb ta’riflagan va u XVII va XVIII asr materializmning asosi bo’lgan. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosida yotuvchi va ularni umumlashtiruvchi tushuncha substansiya ya’ni mohiyat deb ataladi. Olamning asosida bitta substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim monism, ikkita substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim dualism, ko’p substansiyalar yotadi deb hisoblovchi oqim plyuralizm deb atalgan.
Asosiy jismlar yoki elementlarning qismlari juda sodda, bo‘linmas, buzilmas hamda turlari va soni bo‘yicha cheksizdir. Bunda faylasuf an’anaviy yondashuvga tayanmoqda. Ya’ni har qanday jismni bo’laklarga ajratar ekansiz, u juda kichik, ammo soda qismlardan iborat bo’ladi. Demokratning hamma narsa atomlardan tashkil topganligi haqidagi ta’limoti ham bunga yaqin keladi. Harakat materiyaga xosdir.
Tabiatda dam olishning yagona nuqtasi mavjud emas, lekin faqat vaqti-vaqti bilan boshqa jismlarga nisbatan bo‘lishi mumkin, chunki dam olish ham harakatga qarshilikdir. Fikr va ruh materiyaning xususiyatidir. Tabiat cheksiz harakatdan iborat jarayondir. Bir fasl ortidan keyingisi keladi, bir daraxt qurisi, boshqa bir nihol o’sadi. Hayvonlar halok bo’ladi, ammo ayni bir paytda boshqa hududlarda ko’payish sodir bo’ladi. Biroq, shunday holatlar bo’ladiki, tabiatdan butunlay yo’q bo’lib ketadigan jismlar ham mavjud bo’lib, ular ham vaqt o’tib qandaydir minerallarga aylanadi.
Fikrlash - bu miyaning maxsus harakati.
Fikrlash – bu haqiqatni aks ettirishning aqliy jarayoni, inson ijodining eng yuqori shakli uning yangi maqsadlar shakllantiruvchi omili bo’lib, faqatgina insonha xos qobilyat hisoblanadi. Inson butun hayotida davomida o’z fikrlari orqali yashaydi, o’z fikriga ega bo’lmagan insonlar esa kimlarningdir qo’lida o’yinchoq bo’lishga majbur bo’ladi. Olim fikrlashni miyaning maxsus harakati demoqda bunga qo’shilaman sababi istalgan bir fikr, g’oya, albatta, miyamizda hosil bo’ladi.
Miya ruhning, fikrlarning va hissiyotlarning birinchi sababchisidir.
Biz bilamizki inson miyasi o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga ega bo’lib, o’ziga xos bo’lgan funksiyalarni ham bajaradi. Inson miyasi inson tanasinigina boshqarib qolmasdan unig ruhini ham boshqaradi. Insonni boshqarib turuvchi uning fikrlarining hosil bo’lish manbayi ham bu bizning miyamiz hisoblanadi. Hayotimizda sodir bo’layotgan voqea hodisalarga munosabat bildirishimiz ular borasidagi hissiyotlarimiz ham bevosita bizning miyamiz bilan bo’liq.
Miya yuqori darajada tarkibiy organ bo’lib, faqat moddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shunday qilib, barcha g’oyalar tanaga xosdir. Efirli olov bor.
Inson miyasi moddiy ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega bo’lib, insonni bevosita boshqarib turuvchi katta omil hisoblanadi. Misol uchun olib aytadiga bo’lsak, inson tanasini miya boshqaradi, agar biz issiq suvga qo’limizni tiqib olmoqchi bo’lsak sezish organlari orqali uning issiqligini sezgan zahotimizoq, miyadan qulingni tort degan buyruq keladi va inson tanasi bu harakatni bajaradi.
Efir olovi eng zo’rdir, chunki u hamma narsani o’rab oladi, chunki u hamma narsaga kirib boradi. O’lim shunchaki materiyaning o’zgarishi.
O’lim paytida ruh, bu dunyoda o’zi ichida yashagan insonning tanasidan ajralar ekan, jonsiz badanini orqasida qoldiradi. Terisini tashlab, haqiqiy dunyoga – asl hayotga tomon ketadi. Ya’ni materiyaning o’zgarish holati yuz beradi. Olimning qarashlarida bu o’rinda shuni aytib o’tmoqchiki, hech kim abadiy emas ertami, kechmi baribir hammamiz o’lamiz. Lekin siz bundan hech qachon qurqmang o’lim degani sizni zarralarga aylanib yo’q bo’lib ketasiz degani emas, faqatgina o’lim bu materiyaning o’zaro o’zgarishidir deb aytib o’tmoqchi.
Hech narsa umuman o’lmaydi, bir narsaning o’limi, o’zaro almashinish natijasida boshqasining tug’ilishini keltirib chiqaradi va hamma narsa shakllarning doimiy o’zgarishi va abadiy siklni tashkil etadigan ajoyib o’zgarishi bilan butunlikni saqlab qoladi va farovonlikka yordam beradi.
Olimning bu qarashlari ham o’ziga xos bo’lib, albatta, borliqda mavjud bo’lgan narsalar hech qachon yo’q bo’lmaydi. U o’lsada, nobud bo’lsada baribir mavjud bo’lib qolaveradi. Faqatgina materiyasini ya’ni makonini o’zgartiradi xolos. Bu jarayon o’zaro almasinish jarayoni deb nomlanadi.
Tabiatning yer yuzidagi har biriga bergan yillari unga yetarli bo’lib tuyulishi kerak.
Biz bilamizki, yashash biz uchun berilgan eng katta ne’mat hisoblanadi. Alloh tomonidan berilgan umrga va taqdiri azalga doimo rozi bo’lib yashamog’imiz darkor. Lekin doimo harakatda bo’lishimiz lozim, sababi bizga berilgan hamma narsa to’gri Allohning in’omidir. Lekin shuni ham unutmaslik lozimki, Alloh Har bir insonni amaliga, harakatiga qarab beradi. Inson uchun berilgan yillardan doimo to’g’ri foydalanish kerak.
Ming yildan keyin tirik qolmasligidan xavotir olgan kishi, bundan 1000 yil oldin tug’ilmaganligidan xavotir olgandek ahmoqdir.
Tolandning quyida berilgan g’oyalarini o’qir ekanman, bevosita bir voqea yodimga keldi. Ushbu voqeyaning mazmuni shundan iboratki, bir kuni bir inson Alloh bilan shartnoma tuzibdi, shartnomaning mazmuni quyidagicha bo’lib: inson doimo Allohga ishonishga, toat-ibodatda bo’lishga buning evaziga Alloh ajal kelganda uni ogohlantirishdan iborat ekan. Bir necha kun o’tgandan keyin inson ibodat qilayotgan payda uning oldiga Azroil paydo bo’libdi, inson qurqib ketib, meni ogohlantrsihi kerak ediku nimaga meni jonimni olishni xoxlayapsan men hali yanam ming yil yashashni xoxlayman debdi shundan keyin uni ming yildan kyinga o’tkazilibdi. Shunda Azroil yanam oldida paydo bo’libdi yanam nimaga kelding seni ming yil orqaga tashlab kelgandimku savoliga Azroil aslida o’sha seni oldinga adashib kelgandim seni joningni ming yildan keyin olishim kerak edi ming yil ham o’tibdi deb javob beribdi. Bu voqeadan ham biz shunaqangi ahmoqlikni ko’rishimiz mumkin.
Faqat fazilat baxtli yashash uchun kifoya qiladi va o’z mukofotini keltiradi.
Inson yashashi davomida bir qancha fazilatlarga ega bo’ladi. U albatta yaxshi fazilatlardan iborat bo’lmog’i lozim. Biror bir ishda yaxshi bajara olish qobilyati ham yaxshilik, mehribonlikham bir fazilat bo’lib, insonning yaxshi yashashlari uchun kichik bir devor vazifasini o’taydi. Bu fazilatlar vaqti kelib, albatta, o’z mevasini beradi va fazilatli kishi mukofotini oladi.
Aqlli kishilar foyda olishni emas, zavqni afzal ko’rishadi.
Aqli insonlar nima uchun ko’proq pul topishga qiziqishadi? Hech o’ylab ko’rganmisiz, sababi ular iqtosodiy boylik orqali erkin bo’lisha intiladi. Iqtisodiy jihatdan har taraflama to’q bo’lgan aqlli kishilar erkin bo’lib ham oilasiga ham o’z qiziqishlariga bemalol vaqt ajrata oladilar. Ularning asosiy maqsadlari foyda olish emas, topilgan foyda orqali qilinadigan har bir harakatdan zavqlanish hisoblanadi. Hech qachon foyda ortidan quvmang, uning kulami keng bo’lgani sabab sizni yutib yuborishi ham mumkin. Siz shunday aqlli bo’lingki foyda sizning ortingizdan quvsin va siz bundan doimo rohatlanib, zavqlanib yashang.
Birovga bo‘ysunishdan ko‘ra, hech qachon hech kimga buyruq bermaslik yaxshiroqdir.4
Tolandning ushbu g’oyalari orqali biz hech qachon hech kimga qaram bo’lib yashamaslik kerak ekanligini ko’rishimiz mumkin. Kimgadur bo’ysinib yashashdan hech kimga buyruq bermasdan yashashni afzal ko’rganini ko’rishimiz mumkin. Inson doimo erkin, ozod bo’lmog’I kerak, o’z erki uchun doimo kurah olib bormog’i, bu uchun qo’lidan nima kelsa, shuni qilmog’i kerak ekanligi o’qitilmoqda. Shuning uchun ham u doim insonlarni ilm olishga, bilimli bo’lishga chaqirgan. Sababi ilmli inson hech qachon hor bo’lmaydi.
Xulosa
Toland hech qachon u ta'riflagan turdagi panteistik jamiyatni o‘rnatmagan bo‘lishi mumkin. Hatto “Pantheisticon”ning o‘zida ham u bunga ishora qiladi: "Odamlar so‘rashi mumkinmi, haqiqatan ham shunday jamiyat bormi yoki bu faqat uydirma? Bu shunday bo‘lishi mumkin va agar nima bo‘lsa ham, agar u haqiqat bo‘lmasa ham, hech bo‘lmaganda, uning ishonarli ekanligiga qo‘shilishga yordam berolmaysiz”.
Falsafa katta bir ummon kabidir uning ichida ko’plab tug’ri va notug’ri , yolg’on va haqiqatlar bor. Aynan haqiqat masalasida ajralib turadigan qarashlardan biri bu panteizmdir. Umumiy mavjud reallikdan uzoq bulmagan, tabiiy jarayonlarning mahsuli hisoblangan bu qarash XVII asr muhitida uziga hos tafakkur xosil qildi. Ayni shu kabi tafakkur durdonalaridan biri bu so’zsiz Jon Toland edi. Aynan uning tabiat va inson tafakkuri uchun olib borgan izlanishlari zamirida uziga xos uyg’unlik xosil qilindi.
O’zgarishlarga uchrayotgan muhit tasirida Yevropa tuliq ochilayotgan va yangidan yangi g’oyalarga muhtojlik his qilayotgan edi. Bu ihtiyoj silsilasi ularoq Jon Tolandga uxshagan insonlar yetishib chiqdi. Bu davrda xristianlik an’analari asosi asta sekinlik bilan bulsa ham inqirozga uchrayotgan va bush qolgan mafkurani tuldirish talab qilinayotgan edi. Pantestik dunyoqarash aynan shu bushliqni yopa oldi.
Nafaqat mavjud bushliqni tuldirish balki umum asosga ega bulgan haqiqatlarni yaratish ham vujudga kela boshladi. Balki shu sababdan ham kiyingi asrlarda rivojlangan iqtisodiy usish holati kuzatilgandir.
Bir narsa aniqki iqisodiy va harbiy araqqiyot bevosita mafkuraviy asosga muhtojlik sezadi. Pantestik dunyoqarashning mukammallik kasb etishiga sabab uning hayot va borliq urtasida kuprik bula olganidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |