Sharq akademiyalari
Mavzu:Sharq akademiyalari. Reja: 1.Sharq akademiyalari. 2.Ma’mum akademiyasi. 3.”Dorul Hikma va maorif”ilmiy tashkiloti
Sharq akademiyalari
AKADEMIYA yunoncha so’z bo’lib Akademos — afsonaviy qahramon Akadem nomidan olingan bo’lib koʻpgina ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlari, oʻquv yurtlarining nomidir. Mil. av. IV-asrlar da Platon (Aflotun) asos solgan yunon falsafiy maktabi ( Platon akademiyasi) , Afina yaqinidagi joy ham uning nomi bilan atalgan. Sharq mamlakatlarida Akademiya tarzidagi muassasa va jamiyatlar VIII-IX-asrlarda tarkib topa boshlagan. Xususan, arab xalifaligida Horun ar-Rashid hukmronligi davri (786—809) da “Bayt ul-hikmat” (“Hikmat xonasi”)ga asos solinib, xalifa Maʼmun hukmronligi davri (813 — 833)da “Bayt ul-hikmat”ning faoliyati yanada rivoj topgan, uning rasadxonasi va katta kutubxonasi boʻlgan (buyuk matematik Muso Xorazmiy va astronom Ahmad Fargʻoniy shu yerda ishlagan). Mashhur olim va shoir Ibn Xamdon (935-y. v. e.) Mosul sh. da kutubxonali “Dor ul-ilm” (“Ilm uyi”) ochgan va bu joy ilmga intilganlarning kirishi uchun bemalol boʻlgan. Bunday Alar Bagʻdodda, shuningdek Misrda ham ochilgan. 1010-y. da Urganchda Mamun akademiyasiga asos solingan. Abu Rayhon Beruniy shu Akademiyaning rahbari boʻlgan (bu Akademiya doirasida Abu Ali ibn Sino, faylasuf Abu Saxl Masihiy, tabib Abulhasan Hammor va b. ish olib borishgan). Amir Temur tomonidan Samarqandda toʻplangan olim, yozuvchi va meʼmorlar 15 – a. fani va madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshganlar. Ulugʻbek madrasasi va rasadxonasi ham oʻz davrining Akademiya sidir ( Ulugʻbek akademiyasi); bu A. Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid al-Koshiy, Ali Qushchi va b. buyuk matematik hamda astronomlarni birlashtirgan.
Ulug’bek rasadxonasi
Xorazm Ma’mun akademiyasi
Ma’mun akademiyasi 1004-1005 yilarda Xorazmda yaratigan bo’lib , O’rta Osiyo tarixda birinchi akademiyalardandir .Akademiyaning “Ma’mun” deyilishining sababi Ma’muniy xorazmshohlar davrida (997-1017 yillar) ularning hokimligida tashkil qilingan va ilmiy ish olib borgan .Akademiya 1017-yilda o’z faoliyatini to’xtatishning sababi Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’munning isyonchilar tomonidan o’ldirilishi bo’ldi .Shundan so’ng akaemiya homiysiz va qarovsiz qolib ,akademiya olimlari ilmiy ish uchun tinch sharoit qidirib ,birin ketin tarqab ketdilar.
BMTning yunesko tashkiloti O’zbekiston Respublikasining taklifi bilan 2005-yilda Ma’mun akademyasining 1000 yilligi anjumanini o’tkazish to’g’risidagi qaror qabul qildi. O’zbekiston ushbu tantanalar doirasida Xorazm M’mun akademyasini O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademyasining Xorazim-Amudaryo mintaqasi filiali sifatida qaytadan tikladi.1997-yil 11-noyabrdan boshlab ,O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Xorazm Ma’mun akademyasini tiklash to’g’risida”gi Farmoniga binoan bu akademiya o’z tarkibida arxeologik ,til va adabiyot ,biologiya bo’limlarini tashkil qiladi va o’z ajdodlarining nomi va ruhiga loyiq ish olib borishga intilmoqda .
”Dorul Hikma va maorif” ilmiy tashkiloti
1004-yildan boshlab Gurganjda ”Dorul Hikma va maorif”ilmiy tashkiloti faoliyatini ko’rsata boshladi .Bu ilmiy tashkilot ko’p jihatdan Plotonning Afinadagi Akademiyasini va Bag’doddagi “Bayt –ul hikma ” akademiyasiga o’xshagan. Xorazm Ma’mun akademiyasi o’sha davrning eng ko’zga ko’ringan ensiklopedist olimlari va mutafakirlari xizmat qilganlar . Bular o’sha davr sharoitida haqiqiy ilmu fanlarning mashhur kimyogarlari ,astronomlari , muhandis- muhosib olimlari ,matematiklari, tabiatshunoslari , mantiqshunoslari yig’ilgan edi .
Ular qatorida quydagi yirik tadqiqotchilarni sanab o’tish mumkun: Abulhar ibn Hammar, Jurjoniy,Beruniy,Abu Ali ibn Sino,Muhammad ibn Mauhammad as Saxiym,Xorazmiy va boshqalar
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |