Buxoro davlat universiteti
Xorijiy tillar fakulteti
11-5 GHTF-20 guruh talabasi
Arziqulov Anvarning
Gid-tarjimonlik metodikasi fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi.
BAYONQULIXON MAQBARASI
Oʻrta Osiyo meʼmorligi noyob namunasi (14-a. oʻrtasi). Buxorodagi shayxul olam Sayfiddin Boharziy qabri yaqinida Chigʻatoy ulusi xoni Bayonqulixon qabri ustiga qurilgan. Maqbara binosi moʻjaz va serhasham. Ayniqsa peshtoqi mayda va nafis naqshga, sirkor bezaklarga boy. Ichkarisi gumbazli, sirkor bezakli ziyoratxona va kichik goʻrxonadan iborat. Ular lojuvard, feruza, oq rangli, islimiy va girih naqshli oʻymakor sopol parchinlari bilan ishlangan. Oʻrta Osiyo maqbaralaridagi mana shunday rangdor manzarali bezak uslubi Shohizinda ansambli (Samarqand)da yanada rivoj topgan. Bayonqulixon maqbarasi Amir Temur davri meʼmorligining ilk namunalaridan hisoblanadi.
Namozgoh masjidi
«Namozgoh» masjidi Buxoroning janubi-g‘arbida 1119 yili kurilgan. Namozgoh so‘zi namoz o‘qiladigan joy ma'nosini bildirib, ahlok qoidalari chegarasidagi tabarruk amaldir. Namozgoh toza joyda ibodatni ta'minlash maqsadida xona ko‘rinishida bo‘lgani kabi musulmonlarning joynamozi bo‘lishi ham mumkin. Namozgoh — namoz ibodatini odamlar to‘dasi, butun aholi va safardagi qo‘shinlar bajarishi uchun ta'minlab beruvchi joydir.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, namozgohning butun maydoni baland g‘ishtli devor bilan o‘ralgan, o‘rtasida mehrob va yonida imom va'z kiladigan minbar bo‘lgan. Binoning oldida yog‘och ustunli yengil shiypon qurilgan. Nafis naqshlar va yozuvlar xamda o‘ymakorlik bilan bezalgan mehrobning qoldiqlari hozir ham saqlanib qolgan.
Sohibqiron Amur Temur buyrug‘i bilan butun mehrob atrofidagi devor va bitilgan yozuvlar ta'mirlanib, rangdor koshinburush (terrakota) bilan qoplangan. XVI asrda Shayboniyxonlar sulolasi vakili Abdulloxon ibn Iskandar tarafidan (1551–1598) jiddiy qayta qurish amalga oshirilib, old qismida baland qubbali ayvon bilan uch oraliq peshayvon qurilgan, yoniga esa yangi minbar o‘rnatilgan. Masjid minbaridan mashhur ulamolar xutba o‘qiganlar. Shuni aytish joizki, Namozgoh masjidi shu davrning ko‘pgina mojarolarida sulh tuzish maydoni vazifasini ham bajargan.
XVII asrda masjid hashamatli ayvon ko‘rinishiga ega bo‘lgan: ta'mir davrida masjid binosiga tutashtirib 3 toqili va ustunli peshayvon qurilgan. Tarxi to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lib, 3 asosiy xonadan iborat. O‘rtadagi murabba' tarxli xona yassi gumbaz bilan, yonlaridagi xonalar balxi gumbaz bilan yopilgan. Biroq ulug‘vor tariximixdan so‘zlovchi bu maskan ko‘rib turganingizdek abgor va xaroba xolda.
Quyidagi surat nisbatan yaqin tariximizda — 1995 yilda tushirilganiga kishining aqli bovar qilmaydi. Masjid peshtoqidagi mayolik naqshlar o‘tgan yillar ichida ko‘chirib olingan.
Namozgoh majmuasini ko‘zdan kechirar ekanmiz uning bugungi ahvolidan ko‘nglimiz xira bo‘ldi. Asrlar bo‘yi yashab kelgan tirik tariximiz ko‘z o‘ngimizda nurab, yo‘qolib borayotganidan nihoyatda achindik.
Fayzobod xonaqohi
Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (1598—99). Abdullaxon II davrida Doʻstum Devonbegi tomonidan qurdirilgan. Fayzobod xonaqohi koʻp xonali, peshtoqgumbazli, tarhi 35*28,8 m. Markazida gumbazli katta xonaqoh (12,7x12,7 m), 3 tomondan ravoqli bostirma (galereya) oʻrab turadi.
Old tomonida ulkan peshtoq, 2 yon tomonida 2 qavatli hujralar xamda ravokli yoʻlak joylashgan. Peshtoq va hujrapar tobadoniga ganchkori panjaralar ishlangan, xonaqoh gumbazi 8 qirrali poygumbazga oʻrnatilgan. Xonaga yorugʻlik poygumbazdagi darchalardan tushadi. Xonaqoh ichi, gumbaz osti qirma pardozi naqsh bilan nafis bezatilgan. Kulrang va sariq ganchdan oʻyib islimiy naqsh ishlangan. Bagʻallari muqarnas bn, hoshiyasi sodda naqshlar bilan ziynataangan. Fayzobod xonaqohi ochiqravokli galereya shaklida qurilganligi bilan ajralib turadi.
Vayronaga aylangan Fayzobod xonaqohi 20-asrning 70—80 yillarida Buxoro maxsus ilmiy taʼmirlash ishlab chiqarish ustaxonasi (ustalar A. Haitov, R. Qurbonov va boshqalar) tomonidan qayta tiklangan. Bu obida chor uslubida qurilgan 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan qonun,YUNESKO tomonidan jahon yodgirloklari ro'yxatiga kiritilgan.yurtimiz tominidan beriladigan e'tibor shu
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |