Sharof Rashidov tumani XTB ga qarashli 18- umumta’lim maktabi
“ Tabiiy fanlar “ metod birlashmasining 2- sonli yig’ilish
B A Y O N N O M A S I
“ “ oktabr 2021 yil
QATNASHDILAR :
Nurmatova Sanobar , G’afforova Shoira, Esonova Durdona, Sultonov Kamoliddin, No’monova Gulxayo,
KUN TARTIBI :
1. Fan olimpiadasi maktab bosqichini yakuniy natijalari tahlili va tuman bosqichiga tay-yorgarligi
2. Ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish
3. Yosh mutaxassislar bilan olib borilayotgan ishlar haqida hisobot
4. Ta’limga oid yangiliklar bilan tanishish
5. Elektron jurnallarning yuritilishi va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish
ESHITILDI :
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan uslub birlashma rahbari Burxonova Guljaxon so’z- ga chiqdi. Fan olimpiadasi maktab bosqichida g’olib bo’lgan o’quvchilar ism familiyasi e’lon qilindi. Biologiya fanidan Meliyeva Feruza ( 9-sinf ), Mamatova Sarvinoz ( 10-sinf ), Ikromova Dilroza ( 10-sinf ), Toshpo’latova Sarvinoz ( 11-sinf ), kimyo fanidan Orziqulova Farangiz ( 9-sinf ), O’ktamova Sevinch ( 10-sinf ), Aliyeva Gulhayo ( 11-sinf ), fizika fanidan O’ktamov Sarvar ( 9-sinf ), Ahmadqulov Akram ( 10-sinf ), Toirov Farhod ( 11-sinf ), geografiya fanidan Ne’matova Aziza ( 9-sinf ), Ahmadjonova Aziza ( 10-sinf ), To’lqinov Botir ( 11-sinf ) lar maktab bosqichida g’olib bo’lib, tuman bosqichiga yo’llanma olishdi. Har bir fan o’qituvchilariga mak-tab bosqichida g’olib bo’lgan o’quvchilarni tuman bosqichiga yaxshi tayyorlashlari, o’quvchi- lar bilan qo’shimcha shug’ullanishlari aytib o’tildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan ham uslub birlashma rahbari Nurmatova Sanobar so’zi tinglandi. U o’z so’zida ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, fanlarni o’zlashtirishda samarali foyda beradigan “ Aqliy hujum “, “ Chaqmoq savollar “, “ Klaster “ va boshqa metodlardan darslarda ko’proq foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu kabi metodlar to’g’ri va ijobiy qo’llanilganda o’quvchini erkin , ochiq o’y- lash, ijodiy fikrlash, fikrlarni bemalol bayon etish, shu jumladan ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati, mantiqiy, tanqidiy va tizimli fikr yuritish ko’nikma- si shakllashi haqida aytib o’tdi.
Kun tartibidagi uchinchi masala bo’yicha uslub birlashma rahbari Burxonova Guljaxon so’zga chiqdi. U o’z so’zida maktabimizga yangi kelgan yosh o’qituvchilar tajribali ustoz o’qituvchilarga biriktirilganligi, yosh o’qituvchilar tajribali ustoz o’qituvchilarning darslarini kuzatib, metod o’r-ganishlarini aytib o’tdi. Shuningdek ustoz sifatida biriktirilgan o’qituvchilar ham yosh o’qituv-chilarning darslarini kuzatib ularga metodik yordam berib berishlari aytildi.
Kun tartibidagi to’rtinchi masala yuzasidan uslub birlashma rahbari Nurmatova Sanobar so’zga chiqdi. U xalqaro tajribalar va zamonaviy talablarga asoslanib tashkil etilayotgan “ Ustoz-2021 “ tanlovi haqida gapirdi. “ Ustoz -2021 “ milliy tanlovi – xalq ta’limi tizimida faoliyat yu- ritayotgan innovatsion, ijodkor, tashabbuskor o’qituvchilarni rag’batlantirish, ijodiy salohiyatini ochib berish, ularga o’zlarini global o’qituvchilar hamjamiyatining bir qismi sifatida his qilish imkoniyatini berish, shuningdek, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan samarali foy- dalangan va muhim natijalarga erishgan o’qituvchilarni rag’batlantirish, jamiyatda o’qituvchi kasbining nufuzini oshirishni maqsad qilgan. Tanlov 8 nominatsiya bo’yicha uch bosqichda bo’lib o’tadi. 15-sentabrdan – 10-oktabrgacha nomzodlar tanlovning 1-bosqichida ishtirok etadilar.
O’qituvchilik kasbining ahamiyati va o’qituvchilarning pandemiya davrida bolalarga yordam berishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etish maqsadida “ Ustoz – 2021 “ tanlovi laureatlari Varkey Foundation tashkilotining “ Global Teacher Prize 2022 “ xalqaro tanlovida qatnashish uchun yo’llanmani qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Xalqaro tanlov g’olibi 1million AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Kun tartibidagi beshinchi masala yuzasidan metod birlashma a’zosi, ilmiy bo’lim mudiri Soliyev Vohid so’zga chiqdi. U o’z so’zida har bir fan o’qituvchilari elektron jurnallarni o’z vaqtida yuritishlari, kamchiliklarga yo’l qo’ymasliklari haqida gapirdi. Shuningdek yo’l qo’yil- gan kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida tushunchalar berdi.
QAROR QILINDI :
1. O’quvchilarni olimpiada tuman bosqichiga tayyorlash fan o’qituvchilari zimmasiga yuklatilsin
2. Har bir fan o’qituvchilari zamonaviy pedagogik texnologiyalardan darslarida samarali foy-dalansin
3. Yangi kelgan o’qituvchilarni darslarini kuzatib, ularga metodik yordam berish ustoz qilib bi-riktirilgan o’qituvchilar va metod birlashma rahbari zimmasiga yuklatilsin.
Metod birlashma rahbari : Nurmatova Sanobar
Metod birlashma kotibi : Nomonova Gulxayo
Do'stlaringiz bilan baham: |