Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti



Download 2,17 Mb.
bet118/187
Sana08.12.2022
Hajmi2,17 Mb.
#881234
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   187
Bog'liq
3 Фалсафа мажмуа. 2022-2023

Tinchlikparvarlik. Bu axloqiy tamoyil ham insoniyat hayotida muhim ahamiyatga ega. CHunonchi, tinchlikparvarlik urushning, qon to’kishning har qanday ko’rinishini inkor etadi, oddiy tinchliksevar shaxsning tinch–totuv yashashga bo’lgan ijobiy munosabati bilangina chegaralanib qolmaydi, balki dushmanlik va tajovuzkorlikka qarshi kurashni, zarba berishni taqozo etadi. Unda tinchlik haqida chiroyli gaplar aytish, yig’inlarda ma’ruzalar qilish emas, balki faol xatti–harakat, uyushtiruvchilik, tashkilotchilik birinchi darajali zaruriy faoliyat hisoblanadi.
Tinchlikparvarlar fidoyi insonlardir. Ularning ana Shu fidoyilarcha xatti–harakatlari pirovard natijada har bir inson hayotiga takrorlanmas noyob qadriyat sifatida qarashga, har bir fuqaro qadrini, har bir davlat suverenitetini, har bir millatning o’z hayot tarziga monand yashash huquqini muqaddas deb tan olinishiga olib keladi, mamlakatlararo jamoat tartibini saqlashga, avlodlar ravnaqiga, tarixiy–madaniy hamkorlikka, millatlar va turli ijtimoiy guruhlar orasida o’zaro tushunishning qaror topishiga xizmat qiladi.
Jo’mardlik. Jo’mardlik tamoyili esa Sharqda qadimdan mavjud. Ovro’pada uni altruizm nomi bilan Ogyust Kont ilmiy muomalaga kiritganini aytib o’tgan edik. U – kishidagi o’z qavmdoshiga achinish hissidan, unga baxt va farovonlik tilash tuyg’usidan kelib chiqadi, mohiyatan beminnat xayriyaga asoslanadi. O’z manfaatidan o’zga manfaatini ustun qo’yib, «o’z og’zidagini o’zga og’ziga tutib» yashash jo’mard insonning hayot tarziga aylanadi. Bu – oddiy xayriya emas, balki muhtojlikning har qanday ko’rinishiga qarshi o’ziga xos kurashdir. Ammo bu kurash insonparvarlik, vatanparvarlikdagi singari qat’iy jamiyat yoki jamoaning axloqiy–me’yoriy talablaridan kelib chiqmaydi, u faqat va faqat xususiylik tabiatiga ega, har bir shaxsning erkin ixtiyori bilan bog’liq axloqiy tamoyil. CHunonchi, biror kishi tomonidan insonparvarlik yoki vatanparvarlik talablarini bajarmaslik boshqalarda unga nisbatan nafrat hissini uyg’otadi, jo’mardlik ko’rsatmagan odam esa bunday ma’naviy javobgarlikka tortilmaydi. Zero, jo’mardlik mohiyatan «oddiy odamlik qobig’idan chiqa bilish», ilohiylik sifatlariga ega bo’lib borish demakdir, bu esa hammaga ham nasib etavermaydi.
Bundan tashqari, bizning milliy axloqShunosligimizda o’zbekchilik, mehmondo’stlik kabi tamoyillar mavjud. Ular millatimizning eng yaxshi an’analariga sadoqat tuyg’usidan kelib chiqadi va o’zbek kishisiga xos bag’ri kenglik, do’stga, mehmonga borini bag’ishlashdek xususiyatlarni o’zida mujassamlashtiradi.
Axloqiy me’yorlar
Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik hayotimizda muayyan axloqiy fazilatlarni aks ettirgan tushunchalar va tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy, lekin keng tarqalgan shakli sifatida ro’yobga chiqadi. Halollik, rostgo’ylik, hayolilik, insoflilik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik singari me’yorlar ayniqsa diqqatga sazovor.
Halollik. Halollik vijdon, adolat va burch kabi axloqShunoslik mezoniy tushunchalari bilan bog’liq, insoning o’zgaga munosabati o’ziga munosabatidek sof, pokiza bo’lishini talab qilidigan axloqiy me’yordir. Dastavval u diniy tushuncha sifatida vujudga kelib, har bir musulmonning yemak–ichmagi, jinsiy va iqtisodiy xatti–harakatlari sifatini belgilab beruvchi shar’iy me’yor bo’lib amal qilgan, uning ziddi – harom diniy nuqtayi nazardan salbiy hisoblangan xatti–harakatlarga nisbatan qo’llanilgan. M., bismil qilingan hayvon yo parranda go’shti – halol, o’laksa go’shti – harom, nikohdagi jinsiy aloqa – halol, zino – harom, mehnat haqi – halol, o’g’rilik bilan topilgan mol – harom v.h.
Ko’rib o’tganimizdek, har bir diniy e’tiqodning asosida axloqiylik yotadi va u ko’p hollarda ibodatdan baland qo’yilgan: solih bandalar, «Qur’on»da aytilganidek, eng avvalo go’zal axloq egalaridir. Shu boisdan keyinchalik halollik nisbatan tor shar’iy qobiqdan chiqib, asta–sekinlik bilan shaxs hayotidagi eng qamrovli axloqiy me’yorga aylandi, teran ma’naviylik kasb etgani holda, kundalik hayotdagi insoniylikni belgilaydigan umuminsoniy fazilat bo’lib qoldi. M., hozirgi kunda ixtisoslashgan mehnat taqsimotining takomillaShuvi, ilm–fan taraqqiyotining yuksalishi natijasida biz kasbiy halollik, ilmiy halollik, iqtisodiy halollik v.b. haqida gapirishimiz mumkin.
Insoniyat jamiyatida haromlik yoxud nopoklikning halollikka nisbatan kam uchramasligi doimo axloqShunoslarni tashvishga solib kelgan. CHunonchi, imom G’azzoliyning harom yeyish haqida to’xtalib, mana bunday deyishi bejiz emas:
«…Xohi zulm bilan olingan bo’lsin (kuch ishlatib, xoinona undirish va bosqinchilik–o’g’rilik yo’llari bilan olish); xoh zavq va o’yin yo’li bilan olinsin (qimor va Shunga o’xshash narsalar bilan bo’lganiday); xoh hiyla va nayrang yo’llari bilan olinsin (tovlamachilik va aldamchilik, tarozidan urish kabi); o’z moli va boyligini harom ishlarga (ichkilikbozlik, qimor, fohishabozlik) xarjlashi – hammasi harom yeyishga kiradi».
Afsuski, G’azzoliy sanab o’tgan holatlarni atrofimizda ko’p ko’ramiz. CHunki nopok yo’l tutish oson, lekin halollikka erishish qiyin. Buning sababi Shundaki. halollikning mavjudligi fidoyilik axloqiy tamoyili va rostgo’ylik axloqiy me’yori bilan shartlanadi; doimo halollik qilish yoki halol yashashi uchun kishi albatta nimalardandir kechishi, kimlargadir qarshi borishi, faqat rost gapirishi, so’z bilan ish birligiga erishishi kerak. Shu bois halol inson jamoatchilik o’rtasida obro’ga ega, hurmatga sazovor bo’ladi. Qaysi jamiyatda halol fuqarolar ko’paysa, o’sha yerda baxt va farovonlik hukm suradi.
Halollika birinchi bo’lib to’xtalishimizning sababi Shundaki, mustamlakachilik davrida, ayniqsa, sho’rolar hukmronlik qilgan chorakam bir asr vaqt mobaynida yolg’on, aldov, nopoklik, haromxo’rlik, munofiqlik singari illatlar xalqimizga Shu qadar ustalik bilan singdirildiki, hozirgi paytda ko’pchilik odamlar halollik, rostgo’ylik ustidan hatto kuladigan bo’lib qolganlar. So’z bilan ish birligi yo’qolgan, qog’ozdagi chiroyli gaplar hayotga to’g’ri kelmaydi. Lekin bularning hammasi, afsuski, odatiy holdek qabul qilinadi. Shu bois mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq bu illatlarga qarshi kurash boshlandi. Hozirgi kunda davlatimiz milliy–ma’naviy qadriyatlarni tiklashni, odamlarni halol, insofli, adolatli bo’lishga chaqirishni o’z ichki siyosatining muhim qismi deb bilgan holda ish tutmoqda. Zero, ko’z o’ngimizda nopoklik yolg’on, aldov, ikkiyuzlamachilik nimaligini deyarli bilmaydigan jamiyatlar, millatlar gullab–yashnamoqda. Yaponiya, Olmoniya, Frantsiya, AQSH, Buyuk Britaniya singari mamlakatlar Shular jumlasidan. Shu o’rinda quyidagi misolni keltirib o’tish maqsadga muvofiq.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish