Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Texnologiya yo’nalish 401- guruh talabasi Haydarov Oʻktamga



Download 10,73 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi10,73 Kb.
#680502
Bog'liq
taf


Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Texnologiya yo’nalish 401- guruh talabasi
Haydarov Oʻktamga Samarqand viloyati Narpay tuman Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 12-umumiy o’rta ta’lim maktabi tomonidan

TAVSIFNOMA
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Texnologiya yo’nalishi 401- guruh amaliyotchi talabasi Haydarov Oʻktam Erkin Oʻgʻli 2021-yilning 10-sentabridan 2022-yilning 10-mayigacha bo’lgan muddat ichida Samarqand viloyati Narpay tuman Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 12-umumiy o’rta ta’lim maktabida uzluksiz ravishda pedagogik amaliyotni o’tadi.
Amaliyotchi talaba Haydarov Oʻktam amaliyot davomida o’zi biriktirilgan o’qituvchisining darslarini kuzatib tahlil qildi, o’qishining hujjatlari bilan jumladan, fan bo’yicha o’quv ishchi dasturi, psixologning ish rejasi, ma’ruzalar matni, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi va shunga o’xshash bir qancha hujjatlari bilan tanishib chiqdi. Ta’lim muassasasida hujjatlar yuritish yo’l-yo’riqlari hamda o’quvchilarga ta’lim berishdagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish chora-tadbirlarini o’rganib bordi.
Amaliyotning 2-haftasidan boshlab aktiv amaliyotga kirishdi. Bunda psixologiya-pedagogika fanidan darslar o’tdi, o’quv ishlarida, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarda, bayram va hasharlarda faol qatnashdi. Umuman olganda, butun amaliyot davomida bajargan ishlarini quyidagicha tasniflaymiz: O’quv ishlarida fan bo’yicha o’quv ishchi dasturi, taqvimiy mavzular rejasi va maktab o’quvchilariga “Pedagogika-psixologiya” fanidan darslar tashkillashtirdi va o’tkazdi. O’tkazgan darslarini SamDU Texnologiya kafedrasining o’qituvchilari hamda maktabning tajribali o`qituvchilari kuzatib bordilar. O’qituvchilar Haydarov Oʻktamning ochiq darslarini kuzatib borish bilan birgalikda, o’zlarining tahlil daftarlariga yozib borib, darsning kamchilik va yutuqlari to’g’risida o’z fikr-mulohazalarini bayon etib bordilar. Darslarni to’g’ri tashkil qilish maqsadida darsdan bo’sh vaqtlarida muntazam ravishda maktabning to’la ilmiy bazaga va qulayliklarga ega bo’lgan ARM da tayyorgarlik ko’rdi. Tarbiyaviy ishlar jaroyonida o’zi biriktirilgan o’quvchilar jamoasi bilan tanishdi. Haftaning har Juma kuni bo’lib o’tadigan Ochiq ma’naviyat soatlarida faol qatnashdi. U hamma narsalarni bilishga qiziqadi. Fikrlarini og’zaki va yozma usulda bayon qila olish malakasiga ega. Nutqidagi obrazlilik, emotsionallik va nutq boyligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Intizomlilik borasiga kelsak, bu shaxs jamoat tartib-qoidalarini buzmaydigan, o’zini tuta bilgan va huquqbuzarlikka moyilligi yo’qlardan hisoblanadi. Xulqida kamchiliklar kuzatilmaydi. Uning xulqida, psixikasida va sog’ligida hech qanday kamchiliklar yo’q bo’lib, psixokorreksiyalash ishlariga muhtojlik sezilmaydi. Bilish jarayonlarining barchasi faol ishlaydi. Irodaviy xarakter xislatlarida asosan, mustaqillik va qat’iyatlilik ko’zga tashlanadi. O’zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqalardan ajralib Haydarov Oʻktam amaliyot davomida maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol ishtirok etdi. Uning jamoada tutgan o’rni va o’rtoqlari orasidagi hurmati ancha yuqori. Oʻktam o’rtoqlarini hurmat qila oladi va ularning har biri bilan kelisha oladi, ularning fikrlarini hurmat qiladi.Guruhning har bir a’zosi bilan qanday muomalada bo’lish kerakligini juda yaxshi biladi. Saidqulova Umida kelajakda yosh avlodni tarbiyalashda o’z hissasini qo’shib, barkamol shaxslarni kamol toptira olishiga, pedagoglik kasbini yuqori cho’qqilarga ko’taradigan mutaxassis bo’lib yetishiga ishonch bildaramiz. Haydarov Oʻktam kelajakda yaxshi o`qituvchi yetishib chiqadi.


Maktab direktori: _____________ T.Rustamov

Biriktirilgan o’qituvchi: _____________ K.Xojiyev
Download 10,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish