Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Kimyo fakulteti 3- bosqich 303- guruh talabalari Boboev Xurshidxon,Suyunov Hamid
Organik sintez va biorganik kimyo kafedrasi
MAVZU: Organik o’g’itlar ishlab chiqarish
Reja
Organik o'g'itlarning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati.
O'g'it ishlab chiqarish texnikasi va tuzilishi.
Go’ng
Biogumus ishlab chiqarish.
Organik o'g'itlash tizimining maqsadi va vazifalari.
Organik o'g'it - bu nima?
Go'ng - Eng Yaxshi Organik O'g'it .Hozirgi vaqtda yuqori hosil olish va tuproq unumdorligini saqlash uchun yozgi aholi hamma joyda mavjud mineral o'g'itlardan foydalanmoqdalar, ular tarkibida tuproqdan olinadigan elementlar mavjud. Tuklar tuproqdagi chirindi miqdorini, ya'ni tuproqning tabiiy unumdorligini kamaytirgan holda, hosilning qisqa muddatli o'sishini ta'minlaydi. So'nggi yillarda ekologik dehqonchilikka o'tgan er egalarining soni ortib bormoqda. Ekologiyaning asosi shundan iboratki, kundalik hayotda faqat tabiiy mahsulotlardan foydalanish, ularni olish uchun hosil bo'lgan moddalarni Ona Erga qaytarmasdan olish mumkin emas. "Kimyoviy farovonlik" uchun munosib o'rinbosar tabiiy o'g'itlar - o'simliklarni iste'mol qiladigan hayvonlarning chiqindilari. Bunday organik o'g'it go'ngdir.
O'zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti fosforli o'g'itlar laboratoriyasi mudiri, akademik Shafoat Namozov boshchiligida Markaziy Qizilqum nokonditsion fosforitlari, chorvachilik va parrandachilik chiqindilari asosida tuproq unumdorligini oshirishda va o'simliklardan yuqori va sifatli hosil olishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan organik mineral o'g'itlar olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqildi.
O'zbekistonda chorvachilik qishloq xo'jaligining yetakchi sohalaridan biri. Bugungi kunda O'zbekistonda qoramolning umumiy soni 12,7 mln., parrandalar esa 75 mln. taga yetdi. Bir kunda hosil bo'ladigan qoramol va parranda go'ngi jonivor og'irligiga nisbatan 6-8 foizni tashkil etadi. Umumiy holatda har sutkada 110 ming tonna qoramol va parranda go'ngi hosil bo'ladi. Bir yilda umumiy hajmi 40 mln. tonnani tashkil Chirigan go'ng olishda oziqa va organik moddalar yo'qolishini oldini olish uchun saqlash mobaynida namliq harorat va aeratsiya sharoitlarini hisobga olish zarur. Go'ngni jadal chirish darajasi namlik 55-75% bo'lganda kuzatiladi. Organik moddani chirish darajasi aeratsiya sharoiti bilan bog'liq. Go'ngni shtabelda saqlaganda kislorod bilan yetarli ta'minlash yaxshi chirigan go'ng olish imkonini beradi.
Mavjud konkret sharoitlardan kelib chiqib go'ng bir qancha usullarda saqlanadi. Go'ngni chorva mollari tagida saqlash, bu usulda asosan go'ng bog'lab boqilmaydigan mollar va qo'ralarda. O'g'itlash tizimining maqsadi va vazifalari
O'g'itlash tizimining asosiy maqsadi almashlab ekish sharoitida o'g'itlardan oqilona foydalanishga yo'naltirilgan tashkiliy, xo'jalik, agrokimyoviy va agrotexnik tadbirlarni hisobga olgan holda qishloq xo'jalik ekinlaridan mo'l hosil olish uchun eng maqbul o'g'it turi, me'yori, qo'llash muddatlarini belgilashdir. O'g'itlash tizimini ishlab chiqishda ekinlarning biologik xususiyatlarini, rejalashtirilayotgan hosildorlikni, tuproq-iqlim sharoitlarini, o'g'itlarning keyingi ta'sirini, almashlab ekish jarayonida tuproqdagi oziq moddalarning balansini, o'g'itlarning hosil sifati va tuproq unumdorligiga ko'rsatadigan ta'sirini hisobga olish zarur.Organik oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimlik yoki hayvon organik birikmalari shaklida oziq moddalari boʻlgan oʻgʻitlar. O.oʻ.ga koʻpgina mahalliy oʻgʻitlar, yashil oʻgʻit, shahar kommunal xoʻjaligi chiqindilari (axlat va ularning kompostlari, oqindi suvlar choʻkindilari, najas), oziq-ovqat, koʻn va boshqa sanoat tarmoqlari chiqindilari hamda sapropel (choʻkma loyqa), poxol va boshqa kiradi. O.oʻ. tuprokda biologik jarayonlarni kuchaytirib, uning fizik va kimyoviy xossalarini yaxshilaydi, oziq moddalar miqdorini oshiradi, tuproqning muhim agronomik xususiyatlariga har tomonlama taʼsir etadi va toʻgʻri qoʻllanilganda barcha ekinlar hosildorligini keskin oshiradi. Tup-roq mikroorganizmlari hayot faoliya-ti natijasida O.oʻ. parchalanganda oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan mineral birikmalar va chirindi hosil boʻladi. Masalan, tuproqqa goʻng orqali oʻsimliklar uchun kerakli barcha oziq moddalar (makro- va mikroelementlar) tushadi. Bunday oʻgʻitlar toʻliq oʻgʻitlar deb ataladi. O.oʻ. tuproqqa solingan yilida-gina emas, balki bir necha yil taʼsir etadi. O.oʻ. faqat oʻsimliklar uchun mineral oziq moddalar manbai boʻlib qolmasdan, SO2 manbai hamdir. O.oʻ. tuproq mikroorganizmlari uchun energetik material va oziq manbai boʻlib xizmat qiladi. Bundan tashqari, goʻng va najasning oʻzi mikrofloraga boy boʻladi. Shuning uchun O.oʻ.ning solinishi tuprokda azot toʻplovchi bakteriyalar, ammonifikatorlar, nitrifikatorlar va boshqa foydali mikroorganizmlar guruxlari faoliyatini kuchaytiradi. Mas, tipik soz tuproq yerlardagi gʻoʻzaga uzoq yillar davomida goʻng solinib turilganda tuproqning suv oʻtkazuvchanligi ancha yaxshilanadi. Egatlarga birinchi bor suv taralganda tuprok,ning bir soatda suv ichishi oʻgʻitlan-magan dalada gektariga 117 m3 ni, har yili goʻng solinadigan dalada esa 195 m3 ni tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi dehqonchiligida organik o‘g‘itlarni keng ishlatish katta ahamiyatga egadir. Respublikamizning sug‘oriladigan tuproqlari ayniqsa sahro tuproqlari organik moddaga ya'ni chirindiga juda kambag‘aldir.
Shuning uchun qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish va tuproq unumdorligini oshirishda, ularni organik moddalar bilan boyitish uchun uni sun'iy ravishda ko‘paytirish, o‘g‘it solish yoki hamma tuproqlarda almashlab ekishni keng joriy etish tavsiya etiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |