OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
MUMTOZ ADABIYOT TARIXI KAFEDRASI
70230502-Adabiyotshunoslik (O‘zbek adabiyoti) mutaxassisligi
2-bosqich magistranti
SAYDULLAYEVA DILRABO ILXOM QIZINING
“Samarqand davlat universiteti ilmiy-amaliy muzey-laboratoriyasi” da
(2023-yilning 20-fevralidan 25-martgacha bo‘lgan muddatda)
olib borgan ilmiy amaliyoti bo‘yicha
H I S O B O T I
Amaliyot rahbari: _______ Muhiddinova N.M
Amaliyotchi magistrant: _______ Saydullayeva D.I.
SAMARQAND – 2023
UMUMIY MA’LUMOT
Hisobot topshiruvchi 2021-yil sentabr oyidan boshlab Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasining magistranti sifatida ta’lim olmoqda.
Ilmiy tadqiqot mavzusi: “Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarida turkiy shayxlar badiiy tasviri”
Ilmiy rahbar: f.f.d., prof. Muhiddinov M.Q.
Ilmiy amaliyot muddati: 2023-yilning 20-fevralidan 25-martgacha
Ilmiy amaliyot o‘talgan tashkilot: Samarqand davlat universiteti ilmiy- amaliy muzey-labaratoriyasi (Manzili: Samarqand sh , Universitet xiyoboni 15-uy)
Ilmiy amaliyot rahbari: Muhiddinova N.M
Amaliyot o‘talgan tashkilot rahbari: Qayumov R.
2023-yilning 20-fevralidan 25-martgacha bo‘lgan muddatda ilmiy amaliyot davomida bajarilgan ishlarning yakuniy qisqacha mazmuni
Belgilangan muddat mobaynida ilmiy-amaliy (stajirovka)ni o‘tash bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Amaliyot muddati 2023-yilning 20-fevralidan 25-martgacha, davomiyligi 5 hafta, o‘quv yuklama 240 soat. Ushbu vaqt uchun mo‘ljallangan ilmiy amaliyotimizning rejasini tuzib oldik. Bu reja amaliyot kundaligida yoritilgan.
Amaliyotning rejasi bo‘yicha birinchi va ikkinchi kunlari o‘zaro hamkorlik shartnomalari tuzilgan tashkilotga (Samarqand davlat universiteti ilmiy- amaliy muzey-laboratoriyasi) keldik hamda u yerning tarkib topishi, ichki tartib qoidalari, kun tartibini haqida shuningdek, tashkilotning me’yoriy hujjatlari bilan tanishib chiqdik. Samarqand davlat universiteti “Alisher Navoiy muzeyi” 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u yerda 2000 dan ortiq muzey ashyolari, rangtasvir asarlar, kitoblar, hujjatlar, fotosuratlar va boshqalar mavjud. “Alisher Navoiy muzeyi” noyob obyekti asosida SamDU Ilmiy kengashining 2012-yil 13-noyabridagi qaroriga binoan ilmiy-amaliy muzey-laboratoriyasi tashkil etilgan. Muzey binosi 2 qavatdan iborat bo‘lib, u mavzular bo‘yicha 5 katta qismga ajratilgan. Birinchi boʼlim Аlisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan boʼlib, ayniqsa uning Samarqanddagi hayotiga keng o‘rin berilgan. Aynan magistrlik dissertatsiyam mavzusi ham Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari ustida ishlashni talab qilganligi sababli ushbu bo‘lim materiallari menga juda asqotdi. Qolavesa, muzey-laboratoriyada universitet yoshlarining Alisher Navoiy ijodiga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Alisher Navoiy ijodiy merosini o‘rganish markazi” tashkil etilga bo‘lib, oyiga 2 marotaba “Alisher Navoiy so‘z mulkining sultoni” mavzusida bahs-munozaralar tashkil qilinib, unda ustozlar va talabalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi. Muzey-laboratoriyasida bugungi kunda 7 ta kompyuter, 1ta printer,1ta proyektor, 2 ta televizor, ma’ruza zal, o‘quv xonalar, stendlar, fond va ekspozitsiya kabilar mavjud. Muzeyda 2 ta shtat birligi tarkibida jami 5 ta xodim faoliyat yuritadi. Ular: Qayumov R, Muhiddinova N, Muhiddinova B, Sulaymonov I, Mo‘minova D kabilar. U yerda turli xil qo‘lyozma manbalar mavjud bo‘lib muzey-laboratoriya doirasida qator ilmiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Tashkilotning rahbari tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari Qayumov R. hamda Muhiddinova N. ustozlar bizga amaliyotning ikkinchi, uchinchi kunlarida ushbu tashkilotning ichki tartib-qoidalari hamda kun tartibi, shuningdek, tashkilotda mavjud asbob-uskuna va jihozlar bilan tanishtirib o‘tdilar.
Keyingi kunlari biz muzey-laboratoriyasida mavjud mumtoz matnlar bilan ishlab, kutubxona fondidagi ilmiy-mavzumizga tegishli asarlar, ilmiy manbalar bilan tanishdik.
06.03.2023 sanasida muzeydagi ilmiy adabiyotlar bilan ishladik. Har birimiz mavzumizga aloqador jurnal va gazetalardan foydalanishga harakat qildik.
09-10.2023 sanalarda esa muzeydagi kompyuter xonalaridan foydalanib, ilmiy saytlardan kerakli manbalarni topishga kirishdik. Maqolalar, avtoreferatlar kabilar shular jumlasidan.
Keyingi kunlarda dissertatsiya uchun ma’lumotlarni jamlab, reja tuzib kirish qismlarni yana bir bor ko‘zdan kechirib oldik.
Adabiy-tanqidiy, ilmiy maqolalar, ilmiy ishlar bilan tanishish davomida o‘zimizda ham ilmiy ish yozish ko‘nikmasini yanada rivojlantirib bordik.
Adabiyotlar bilan ishlash jarayoni, manba kiritish usullari bilan yaqindan tanishildi.
Amaliyotimiz davomida har kunlik amaliyot kundaligini yozib bordik.
Dissertatsiya ishiga oid bir qator manbalarni yig‘ib, asosiy qismning bob va fasllariga joylab chiqish uchun ma’lumotlarni to‘pladim.
Amaliyotning so‘nggi kunlarida boblarga xulosa yozishni va umumiy xulosa haqida o‘rgandim.
Amaliyot yakunida amaliyot rahbar tomonidan xulosa va tavsifnoma berildi.
Amaliyot jarayonidan fotolavhalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |