O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIUVERSITETI
AXBOROTLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI
KAFEDRASI
Kompyuter grafikasi fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Kompyuter grafikasi uchun texnik vositalar
Bajardi: 4.01-guruh talabasi B.Nematullayeva
Rahbar: S.Xolmonov
Samarqand-2022 yil.
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIUVERSITETI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
AXBOROTLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI KAFEDERASI
KOMPYUTER GRAFIKASI FANIDAN KURS
ISHI BO’YICHA BERILGAN
TEXNIK TOPSHIRIQ
Variant №1
Mavzu: Kompyuter grafikasi uchun texnik vositalar
Fakultet: Raqamli texnologiyalari fakulteti
Talaba:Nematullayeva Barno
Guruh:4.01
Mundarija
Kirish
Asosiy qism
1.Bob. Kompyuter grafikasi uchun nazariy qismi.
1.1. Kompyuter grafikasining asosiy tushunchasi.
1.2. Kompyuter grafikasi turlari.
2.Bob. Kompyuter grafikasi uchun texnik vositalar
2.1. Zamonaviy axborot texnologiyalari texnik vositalari
2.2. Kompyuter grafikasining zamonaviy qurilma va dasturiy vositalari.
2.3.Axborot-kommunikasiya va interaktiv texnologiyalaridan
foydalanish. Audio va video materiallarni yaratish va ishlov berish.
.
3. ILOVA
4. XULOSA
5. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RUYXATI
Kirish
Dastur mazmuni oliy ta‘limning normativ-huquqiy asoslari va qonunchilik normalari, ilg’or ta‘lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta‘lim jarayonlarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo’llash, amaliy xorijiy til, tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari, maxsus fanlar negizida ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o’quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari bo’yicha so’nggi yutuqlar, pedagogning kasbi kompetentligi va kreativligi, global Internet tarmog’i, multimedia tizimlari va masofadan o’qitish usullarini o’zlashtirish bo’yicha yangi bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Men o’z kurs ishimda AdobePhotoshop va CorelDRAW dasturlarini o’rgandim. Bu dasturlar yordamida bir qancha grafik chizmalarni chizdik. CorelDRAWda xarita kabi chizmalarni amaliyot jarayonida chizdim. Kompyuter grafikasi jahonda yangi fundamental fan hisoblanib, o’tgan asrning 90-chi yillarida paydo bo’ldi hamda fan va ishlab chiqarishning barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda uziga xos mustaqil ahamiyat kasb etdi. Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varoq oq qog’ozga qalam yoki ruchka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichqoncha yordamida rasm chizish, ya‘ni tasvir yaratish, tuzatish va ularni harakatlantirish imkonini yaratdi. Bu dasturlar rasm solish dasturlarlari yoki grafik redaktorlar bo’lib, ular yordamida rasmning elementlari boshqarib boriladi. Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va dasturiy vositalarining yangilanib turishi ushbu kursni hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo’nalishlarni tinmay o’rganib borishni taqozo etadi. So’nggi yillarda bu sohada juda katta uzgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya‘ni 16 miliondan ortiq rang va rang turlarini o’zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni kirituvchi moslama – skanerlar, dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.
CorelDRAW xozirda eng ko’p tarqalgan vektorli grafik muharrirlardan biri hisoblanadi. Ishlatish va sozlash qulayligi, tarkibiga kiritilgan ko’plab effektlar to’plami foydalanuvchilarni bu dasturni ishlatishga yanada ko’proq jalb qilmoqda. Dastur interfeysining qulayligi qisqa vaqtda uning asosiy imkoniyatlari haqida tushuncha xosil qilish imkoniyatini beradi.
CorelDRAW dasturini o’rganishning eng samarali usuli - bu dasturda ko’proq amaliy ishlashdir. Dasturni endi o’rganishni boshlagan foydalanuvchilar katta miqdordagi murakkab ma‘lumotlarni o’zlashtirmasdan ham kompyuter grafikasi olamiga kirishib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |