Sharipova nilufar va Karimova Xumora Mumtoz she’r tushunchasi



Download 2,43 Mb.
Sana21.04.2022
Hajmi2,43 Mb.
#569950
Bog'liq
NILUFAR XUMORA

O’zbekiston Milliy Universiteti Jurnalistika fakulteti Fiologiya VA tillarni o’qitish 117-GRUx (KECHKI)yo’nalishi talabalari

Sharipova nilufar va Karimova Xumora

Mumtoz she’r tushunchasi

  • Sheʼr (arabcha: shuur — sezgi) — fikrning his-tuygʻuga qorishiq ifodasi sifatida vujudga kelgan, hayajonli sheʼriy nutq bilan ifoda etilgan, maʼlum ichki ohangga ega badiiy asar. "She'r" atamasi oʻrniga baʼzan "nazm" soʻzi ham qoʻllanadi. U badiiy adabiyotning qadimiy turi boʻlib, insoniyat eng birinchi badiiy asarlarni shahrida yaratgan. Rivoyat qilishlaricha, birinchi shahrini bevaqt oʻldirilgan oʻgʻli Hobilning dardida kuygan Odam alayhissalom yaratgan ekan. Shuning uchun ham unda, deyarli hamisha, muallifning oniy kayfiyati, lahzalik porloq kechinmalari ustuvorlik qiladi. Shahrida fikrning kutilmagan va sezimlarga kuchli taʼsir koʻrsatadigan yoʻsinda ifodalanishiga eʼtibor qilinadi. Shu bois ham har bir shahridan oʻta muhim ijtimoiy gʻoya ifodasini kutish maqsadga muvofiq emas. Ularda tuygʻular poʻrtanasi qudratli, sezimlar miqyosi keng va taʼsirchanlik, yuqumlilik darajasi yuqori boʻlishi muhimdir. Shahrining uzoq yashashini taʼminlaydigan asosiy omillar: tuygʻular samimiyati va ifoda tabiiyligidir.
  • Sheʼrning eng kichik koʻrinishi mumtoz adabiyotda 1 baytdangina iborat boʻlsa (fard), oʻzbek folklorida 4 qatorni tashkil etadi (toʻrtlik). Bir misradan iborat she'r yaratishga ham urinishlar boʻlgan (rus sheʼriyatida "monostix" — bir sheʼr deb nomlangan). Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida she'rlar asosan, kuylash uchun yaratilganligi uchun "qoʻshiq" deb atalgan. Agar She’r bandi 2 misradan iborat boʻlsa — masnaviy, 3 misradan iborat boʻlsa — musallas, har bir band 4 misradan tashkil topsa — murabbaʼ, 5 qatorli bandlardan tashkil etilsa — muxammas, bandlari 6 satrdan tashkil topsa — musaddas, 7 misrali bandlardan iborat boʻlsa — musabbaʼ, 8 misrali bandlardan tashkil topsa — musamman, 9 qatorli bandlardan iborati — tasneʼ (mustasneʼ), 10 qatorli bandlardan iborat poetik asarlar muashshar (mashruʼ) deyilgan.

She’rning tuzilishi
Sheʼr tuzilishi — sheʼriy nutqning davomiyligi, ritmi va musiqiyligini uyushtiradigan usul; adabiy-badiiy vosita. Nazm vositasidagi nutq, yaʼni sheʼriy nutq nasriy nutqdan Sheʼr tuzilishi qonuniyatlariga ko'ra va shu qonun qoidalarga qatʼiy amal qilinishi bilan farqlanadi. Sheʼr tuzilishi aslida o'ziga xos murakkab tizimni tashkil etadi. Chunki sheʼrning yaratilishida juda koʻ'plab gʻoyaviy va badiiy unsurlar ishtirok etadi. Jumladan, mavzu, gʻoya, band, naqarot, ritm, vazn, qofiya, intonatsiya, pauza, urgʻu, poetik timsollar, fonetik usullar, badiiy sanʼatlar, syujet, timsol, kompozitsiya, konflikt va boshqalar unsurlarning aniq, yagona bir tizimga birikuvidan sheʼr paydo boʻladi.
SH.t.dagi mazkur jihatlarni shartli ravishda 2 guruhga ajratish mumkin: mazmunga oid unsurlar va shaklga oid unsurlar. Sheʼr toʻqimasida bu unsurlar bir-biriga chambarchas bogʻliq va ularni sira bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Sheʼrda bir unsur ikkinchisiga, ayni damda, ikkinchisi birinchisiga oʻtib turishi, baʼzi hollarda esa bir unsur ham mazmun, ham shakl vazifasini oʻtashi mumkin (mas, timsol). Sheʼrda mazmun va shakl bir butun holda voqeʼ boʻladi. Sheʼrda mazmun va shakl mutanosibligi haqida Alisher Navoiy shunday yozgan:Nazmda ham asl anga maʼni durur, Boʻlsun aning surati har ne durur. Nazmki maʼni anga margʻub emas, Ahli maoni qoshida xoʻb emas. Nazmki ham surat erur xush anga, Zimnida maʼni dagʻi dilkash anga.
("Hayrat ulabror") Sheʼr tuzilishida, asosan, 5 shakliy unsur ishtirok etadi, bular: vazn, qofiya, band, takrir va tajnis Bu jihatlar nasrda ham uchrashi mumkin. Biroq ular nasrda muntazam ravishda mavjud emas Vazn — sheʼr oʻlchovi yoki meʼyorini bildiradi. U sheʼriy nutqni nasriy nutqdan ajratib turuvchi asosiy unsurlardandir. Vazn baʼzan sajʼda va aruzning bahri taʼvil shaklida ham uchrashi mumkin. Qofiya esa ohangdosh soʻzlarni sheʼr misra (bayt, band)larida tizimli boʻlib kelishidir. U yeajʼ va boshqalar shakldagi asarlarda ham qoʻllanadi. Band — sheʼrning alohida qofiyalanish tartibiga ega ritmik boʻlagi. U qofiya va intonatsiya bilan birikkan misralarning muayyan tartib asosida takrorlanishidir. Vazn va bandni tildan ajralgan holda, turli jadvallar va belgilar bilan ham koʻrsatish mumkin. Ammo qofiya, takrir (soʻz takrori) va tajnis (jinsdosh soʻzlar) til materialidagina koʻrinadi.
SH.t. taraqqiyotida uning milliy va baynalmilal tomonlari koʻzga tashlanadi. Milliy tomoni milliy til tabiatiga suyanganligida koʻrinadi (mas, qofiya milliy til bilan bogʻliq milliy unsur boʻlib, uning ifodalanishida yaqqol namoyon boʻladi). Tarixan xalqlarning oʻzaro bir-birlariga yaqinlashishlari natijasida turli xalqlarning Sheʼr tuzilishi ham oʻzaro yaqinlashadi. Mas, oʻzaro yaqin milliy til guruhlarida Sheʼr tuzilishi bir-biridan keskin farq qilmaydi (mas, turkiy xalqlar). Sheʼr tuzilishining baynalmilal tomoni esa takomillashuv yoʻli bilan taraqqiy etib, shakl oʻzgarishi tarzida sekin-asta oʻzgarib borgan. Sheʼr tuzilishi unsurlari turli millatlar uchun mushtarak boʻlishi ham mumkin (mas, barmoq va aruz aksar turkiy xalqlarda ishlatib kelinadi; band ham koʻplab xalqlar Sheʼr tuzilishi uchun baynalmilal hodisa; sonet yoki gʻazal jahonning koʻpgina xalqlari sheʼriyatida qoʻllangan va qoʻllanmoqda).

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish