Sharafnomayi shohiy



Download 55,48 Kb.
bet2/8
Sana04.08.2021
Hajmi55,48 Kb.
#137697
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rahmatov Naim

Kirish


Mustaqiligimizga erishganimizdan so’ng biz tariximizga doir har bir voqealarni asl holaticha o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik. Chorizm davrida tariximizga haqqoniylik bilan yondashilmadi sovet tizimiga mos qilib o’zbek fuqarolariga o’rgatilgan bo’lsada, ota – bobolarimiz o’zligini, o’z tarixini unutmasdan bizgacha qoldirishga harakat qildilar. Zero tarix bugun va kelajakning ko’zgusi. Mustaqil hayotimizda buyuk maqsadlar sari intilishimiz uchun sharoyitlarning yaratilganligi hamda buyuk kelajak uchun madaniy – ma’naviy merosga ega bo’lishimiz darkor.

El – yurtimiz o’zining ko’p asrlik tarixi davomida bunday mash’um xatarlarni necha bor ko’rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz, tariximiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shunday fojiali o’tmish, bosib o’tgan mashaqqatli yo’limiz barchamizga saboq bo’lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo’lib yashashga da’vat etish lozim. “Бу ўринда gap энг аввало, ёшлар ва ахоли ўртасида мамлакатимизнинг бой тарихини, унинг бетакрор маданияти ва миллий қадриятларини кенг тарғиб килиш, жаҳон илм-фани ва адабиёти ютуқларини етказиш учун зарур муҳит ва шарт-шароит яратиш ҳақида бормокда1.

Darhaqiqat tarixiy bir davrda ajdodlarimiz qoldirib ketgan tarix manbalarni biz albatta mukammal darajada yoritib kelajakka yetkazib berishimiz lozim. Ana shuningdek asarlardan biri bo’lgan “Abdullanoma” asari haqida mulohaza yuritar ekanmiz, albatta o’rta asr davlatlarining qay darajada mustahkam va qudratliyligini o’sha davlatning madaniyati hamda davlat tuzilish strukturasiga e’tibor qaratib uni aniqlashimiz mumkin. Shuningdek XVI asr ikkinchi yarmida Buxoro xonligining qo‘shni davlatlar bilan olib borgan diplomatik, savdo va madaniy aloqalarini o‘zbek davlatchiligi tarixi tamoyillari nuqtai nazaridan chuqur tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri deyish mumkin. Hamda bugungi kunda ham bu davlatlarning ahamiyat qay darajda ekanligini bilishimizdir. Shayboniylar davlati haqida Hofiz Tanish Buxoriy qimmatli manba bizga taqdim etganligi, bu albatta o’tmishimizdagi voqealarning haqiqiyligiga ishonchni oshiradi. Ana ushningdek asarlardan bu davlatlarning hayotimizda qay darajada dolzarbligini bilishimiz mumkin. Albatta biz o’tmishimizni mukammal bilib, ularni kelajak avlodga salmoqli darajada qoldirishimiz oldimizga qo’yilgan eng dolzarb masaladir.

I BOB. Hofiz Tanish Buxoriyning “Sharafnomayi shohiy” asarining yaratilish tarixi va Abdullaxon II davrida Buxoro xonligi ijtimoiy –siyosiy hayot

I. 1. Hofiz Tanish Buxoriyning hayoti va “Sharafnomayi shohiy”asarining yaratilish tarixi

“Abdullanoma” yoki “ Sharafnomayi shohiy” asarining muallifi XVI asrda yashab ijod qilgan. U Buxorolik shoir va tarixchi olim Hofiz Tanish Buxoriydir. U 1549 – yil mansabdor oilada tug’uladi va otasi Mir Muhammad al – Buxoriy xonlikning nufuzli kishilaridan biri bo’lib, 1550 – yil Koshg’arga ketib o’sha yerda vafot etadi. Hofiz Tanish Buxoriy esa o’z davrining ma’lumotli kishilaridan bo’lib, u 1584 – yil Abdullaxonning amaldorlaridan biri Qulbobo ko’kaldoshning tavsiyasi bilan hukumdorning xizmatiga shaxsiy voqeanavis, tarixchi bo’lib o’tadi2.

Hofiz Tanish Buxoriy “Abdullanoma” yoki “Sharafnomayi shohiy ” asari bilan tarixda qolgan shaxsdir. Kitobda O’zbekiston, Qozag’iston, shuningdek Afg’oniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy – siyosiy tarixi ham bayon qilingan bo’lib, bu xalqlar o’rtasidagi madaniy, siyosiy, savdo, diplomatik munosabatlar haqida qimmatli ma’lumotlar keltirib o’tadi. Undan tashqari, asarda Buxoro xonligi bilan Eron, Hindiston, Qoshg’ar va Rossiya o’rtasidagi munosabatlar haqida ham ma’lumotlar keltirib o’tadi. Hofiz Tanish Buxoriy asarini XVI asrning 80 yillarida yozib tugallaganligi haqida zamondoshlaridan Mutribiy aytib o’tadi. Shuningdek Mutribiy bu asarning oxirgi qismini xonning buyrug’i bilan qozi Poyanda Zominiy yozgan deb keltirib o’tadi3.

“Sharafnomayi shohiy” muallifning rejasiga ko’ra asar muqaddima, ikki qism yoki maqola va xotimadan iborat qilib yozishni xoxlagan. Muqaddimada Allohning madhu va hamdu sanosi, homiy, hukumdor Abdullaxoning shaniga aytiladigan tavsiflar, Abdullaxonning ota bobolari, qadimda Markaziy Osiyoda hukumronlik qilgan turk – mo’g’ul qavmlari, Chingizxon va uning avlodlari haqida ma’lumot keltirgan. Birinchi maqolada Movoraunnahrda 1533 – 1583 - yillarda sodir bo’lgan voqealar keltirilgan. Ikkinchi maqolatda esa O’zbekiston, Qozag’iston va qo’shni davlatlarda yuz berishi mumkin bo’lgan voqealar keltirib o’tilgan. Xotimada esa Abdullaxonning ajoyib fazilatlari, u bilan bir davrda yashagan shayxlar, vazirlar, amirlar, va shuningdek Abdullaxon zamonida qurilgan binolar haqida ma’lumot keltirib o’tishni xoxlagan. Lekin asar yozilishi o’zgargan, ya’ni birinch va ikkinchi reja qo’shilib yozilgan, xotima esa muallifning bevaqt o’limi tufayli yozilmay qolgan4.

Muallif asar muqadimasida keltirishicha Narshaxiyning “Tarixi Buxoro”, shayxulislom Sayfiuddin Abubakr Abdullo Balxiyning “Fazoili Balx”, Istaxriyning “Kitobi masolik ul - mamolik”, Juvayniyning “Tarixi Jahonkushoyi”, Rashiduddinning “Jome ut - tavorix”, Mirxondning “Ravzat us - safo”, Sharfiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirza Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy” kabi asarlardan foydalanib asarni yozadi. XVI asrda sodir bo’lgan voqealar sroyda muntazam foydalanadigan kundalik daftar, sodir bo’lgan siyosiy ijtimoiy masalarni o’zi guvohi bo’lib, 70 – 80 yillar oralig’idagi ma’lumotlarni o’zi ketirib o’tadi5.

“Sharafnomayi shohiy” da Firdavsiy, Rudakiy, Sa’diy, Kamoliddin Binoiy, Mushfiqiy, “Qur’oni karim” oyatlari va shunga o’xshagqan buyk shaxslarning she’riy parchalari keltirilgan. Kitobda siyosiy voqealar bilan birga ijtimoiy – iqtisodiy mavzularga doir ma’lumotlar ham keltirib o’tilgan. Shu jumladan soliq, iqto, suyurg’ol, xiroj, ixrijot, tog’ar, kabi davlat tayanch birliklari ham keltirib o’tilgan6.

Abdullanoma” ning ikkinchi kitobida Movoraunnahr va Dashti Qipchoqda to’rt yil 1579 – 1583 – yillarda bo’lib o’tgan siyosiy voqealar hamda Abdullaxonning Badaxshon, Ko’lob, Hirotni buysundirishi bilan bog’liq voqealar haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan.

Bizga ma’lumki, Abdullaxon 1567 – 1576 – yillari og’ir kurashlardan so’ng, Movoraunnahrni batomom birlashtirishga muvofiq bo’ladi. Shu o’rinda mustaqil markaziy davlat aparatini o’rnatishga muvofiq bo’ladi. Oradan ko’p vaqt o’tmay, 1579 – yil noyabr oyi o’rtalarida Sirdaryoning shimoliy tomonidagi yerlarni ya’ni, Toshkent, Turkiston, Sabron, Sayram viloyatlarini ham Buxoro xonligining tarkibiga kiritish uchun astoydila harakat qiladi. Jumladan bu urush to’rt yil davom etadi, shu davr mobaynida Abdulaxon bu hududlarga olti martadan hujum qilgan edi. Shu o’rinda shayboniy sulolasining yana bir qancha vakillari bilan ham kurash olib borib, ulardan Boboxon, Buzaxo’r sulton, darvish sulton va boshqalarni Ulug’tog’ (Ulutau) gacha taqib qilib boradi va oxiri qozoq xonlari Shig’oyxon va Tavakkal bilan ittifoq tuzib, ular ustidan to’la g’alaba qozonishga muvoffiq bo’ladi7.

Hofiz Tanish Buxoriy saroy tarixchisi bo’lgan edi. Shuning uchun ham Abdullaxonning yurishlarini zo’r ko’tarinki ruhda tasverlagan. Shu o’rinda bu yurishlarni kitobida saroyni osoyishtaligini ta’minlash uchun qilingan kurashlar deb takidlaydi. Biroq asarda keltirilgan voqealarni diqqat bilan e’tibor bersak, muallif oddiy xoalqning bu yurishlardan behisob aziyat chekkanligini guvohi bo’lamiz. Asarda bo’ysunmagan shahar va qishloqlarning bo’ysunmaganlarini qirib tashlanganligi va mol – mulklari talon taroj qilinganliklari haqida ko’pgina ma’lumotlar uchraydi.

“Abdullanoma” ning Sodiq Mirzayev tarjimasiga asos bo’lgan nusxasi (O’zbekiston Fanlar akadimiyasi Sharqshunoslik instituti, inv. №2207 ) to’liq bo’lmay, 1583 yil voqealari bilan tugallangan, jumladan asarning sank – Peturburg, Boku va Dushanbada saqlanadigan nusxalari 1584 – 1588 yillar voqealarini ham o’z ichiga oladi. Asarning 1584 – 1588 - yillarda Badaxshon,

Ko’lob va Hirotning Buxoro xonligi qo’shib olinishi, Movoraunnahr va Xorazmning ana shu yillar ichidagi ijtimoiy – siyosiy ahvolini o’z ichiga olgan qismi Sankt – Peturburg va Boku nusxalari asosida arab va fors tiliga Yunisxoja Hakimjonov tarjima qilgan.

Asarning Mirziyayev qilgan tarjimasida ikkinchi bobning bir qismi bilan tugaydi. Ana shu tarjima qismini nashrga A. Juvonmardiyev va ilmiy xodima M. Xo’jayevlar ishtirok etadilar8. “Abdullanoma” asari haqiqatdan bizga tarixda bo’lib o’tgan voqealar haqida haqiqatni yoritib bergan asardir. Shu jumladan, bu kitobni qancha ko’p o’qilmasin undagi voqaelardan yanada yangi tarixiy jarayonlarni aniqlashga musharaf bo’lamiz. Darhaqiqat asar Abdullaxonning buyrug’i bilan yozilganligini yoddan chiqarmasligimiz lozim, negaki bu asarda keltirib o’tilgan voqealar albatta, Abdullaxonning olib borgan siyosatini qay darajada yuksakligi hamda, tarixiy voqealarning ketma – ketligi aniq qilib berilgan. “Abdullanoma” asari har jihatdan mukammal yozilgan tarixiy manbadir. Abdullaxoning tasnifi albatta asarda ajoyib qilib, yoritib berilgan. Shuningdek asarda o’sha davr zamoni bilan qaraydigan bo’lsak, oddiy xalq albatta qiynalganligini ham Hofiz Tanish Buxoriy o’z asarida keltirib o’tadi. “Abdullanoma” asari haqida bir qancha olimlar ham tadqiqotlari jarayonida uning mukammalligini va uning o’sha davr zamon ruhida yozilganini haqiqatni yoritilishi boshqa asarlarga nisbatan salmoqli o’rinda turganligini ham ta’kidlab o’tadi. Asarda Abdullaxonning taxtga kelishi jarayonida siyosiy vaziyat qay vdarajada bo’lganligi haqida ko’p ma’lumot uchramaydi, biroq Abdullaxonning viloyat va shaharlarga qilgan yurishlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Darhaqiqat tarixiy voqealarning jarayoni hamda Dashti Qipchoqdagi elchilik aloqalari, Badaxshon elchilik aloqalari haqida ham ko’pgina ma’lumotlar batafsil yoritib berilgan. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki tarixchi Hofiz Tanish Buxoriy Abdullaxon saroyining tarixchisi bo’lgan va unig asarida Abdullaxonga tasnif berilganligi ham biroz bo’lsada namoyon bo’ladi.

Hofizi Tanish Buxoriyning qachon vafot etgani ma’lum emas. Mashhur adabiyotshunos olim va shoir Mutribiy “Tazkirat ush-shuaro” asarida “Janobi Hofizi Tanish ulamo jumlasidandir. Maleho Samarqandiyning ma’lumoticha Hofiz Tanish Buxoriyni 1589 – yil xotini tomonidan zaharlab o’ldirilgan.

U Mahdumiy Hasan hojaning tazkirasida tilga olinadi. Yuqorida zikr etilgan Hofizining og‘a-inilari uning vafotidan keyin xotini qandaydir jinoyat qilganlikda ayblab unga da’vogar bo‘lganlar va oliy farmonga ko‘ra uning Buxoro minorasidan tashlab yuborilishiga erishganlar, degan mish-mishlar bor” deb yozgan9. Lekin uning Abdullaxon vafoti (1006/1598) dan so‘ng Ashtarxoniylar sulolasidan bo‘lgan Imomqulixon (1611 –1642) saroyida yashaganligi va unga atab 7200 misradan ortiq she’r yozganligi ham ma’lum. Marhum Ibodulla Odilov (1872-1944) Hofizi Tanish Buxoriyning “Imomqulinoma” degan she’riy asar yozganligini aytadi. Ammo bu asar “Suhayliy” taxallusi bilan mashhur bo‘lgan shoir tomonidan yozilgani ma’lum. Xullas “Sharafnomayi shohiy” yirik shoh asar bo’lib, uni qancha ko’po’qisa ham unda o’rganish lozim bo’lgan shuncha ko’p yangiliklar ochiladi deb V. V. Velyaminov – Zernov aytib o’tadi . Shuning uchun ham bu asar ko’p vaqtlardan beri sharqshunos olimlarning diqqat – e’tiborini o’ziga tortib kelyapdi. Asar haqida V. V Velyaminov – Zernov, akademik V. V. Bartoldning shogirdi L. A. Zimin, Sodiq Mirzaev, M. A. Salohiddinova, N. Sayfiyev, ingiliz olimi G. Yete. Ch. A. Storiylar o’z fikrlarini aytib o’tishgan. V. V Velyaminov – Zernov, L. A. Zimin, Sodiq Mirzaev, M. A. Salohiddinovalar asarning bir qismini rus va o’zbek yillariga tarjima qilishdi. V. V Velyaminov – Zernov tarjimasi qisqa bo’ib uni nashrga tayyorlagan, biroq chop etilmagan.




Download 55,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish