"Shamol ortidan yugurib"(taqriz) yo xud vijdon azobi



Download 1,88 Mb.
bet2/2
Sana06.04.2022
Hajmi1,88 Mb.
#532880
1   2
Bog'liq
Shamol ortidan yugurib gayrat

ERKAKLAR QISMATI
Xolid Husayniyning (Khaled Hosseini) ilk asari – “Shamol ortidan yugurib…” (“The Kite Runner”, 2003) jahonda XXI asrning bosh romani, uning muallifi — tirik klassik deb ataladi. Xususan, 2009 yilda “The Millions” jurnali tomonidan oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra ushbu roman yangi ming yillikning eng yaxshi 20 asari roʻyxatidan oʻrin oldi. “Shamol ortidan yugurib…” ellikdan ortiq tillarga tarjima qilingan va 10 million nusxada chop etilgan.
Asarlarini ingliz tilida bitadigan yozuvchi Afgʻoniston poytaxti Qobulda 1965 yilda tugʻilgan. Uning otasi afgʻon diplomati, onasi qizlar maktabida fors tili va tarixdan dars bergan. Otasi Afgʻonistonning Erondagi elchixonasida xizmat qilgan, 1976 yilda Frantsiyada diplomatik lavozimga tayinlanishi munosabati bilan oila Parijga koʻchib kelgan. 
Ikki yil oʻtgach Afgʻonistonda davlat toʻntarilishi sodir boʻlishi oqibatida Husayniylar vataniga qaytish imkoniyatidan mahrum boʻlgan va ular AQSHdan siyosiy boshpana soʻrashga majbur boʻlgan. Bu yerda boʻlajak yozuvchi Santa-Klara va Kaliforniya universitetlarida tibbiyotni oʻrgangan. Universitetni tugallaganidan soʻng biroz vaqt oʻz ixtisosligi boʻyicha ishlagan, keyin esa Sharq tamadduni, xususan Afgʻoniston tarixi bilan bogʻliq romanlar yoza boshlagan. 
Adibning, ushbu toʻplamdan joy olgan, Rustam Jabborov tomonidan tarjima qilingan “Shamol ortidan yugurib…” romanida doʻstlik va sadoqat, sotqinlik va bu aybni yuvish mashaqqati gʻoyat taʼsirchan tasvirlangan. Asar qahramonlari Amir va Hasan doʻst, biroq oralarida ulkan jardek farq bor. Amir Afgʻoniston aholisi koʻpchiligini tashkil qiladigan pushtun, mahalliy zodagonning farzandi, Hasan esa kamsitib kelinadigan hazoriylardan. Buning ustiga Amirning otasi koʻrinishi koʻrkam va el-yurtda nufuzli inson, qirol Nodirshoh bilan toʻyida tushgan rasmi qasrining mehmonxonasida osigʻlik turadi. Hasanning otasi Alining oyogʻi bolalikdan oqsaydi, yuzi falaj oqibatida huddi haykalnikidek qotib qolgan, bolalar koʻpincha uning orqasidan “Babalu” (“alvasti”) deb ermak qilishadi.
Xolid Husayniyning “Shamol ortidan yugurib…” romani 2005 yilda Frantsiya radiosi tomonidan har yili beriladigan adabiyot boʻyicha “Dunyo guvohi” mukofotiga sazovor boʻlgan. Roman boʻyicha 2007 yilda rejisser Mark Foster tomonidan shu nomda badiiy film ham yaratilgan.
“Shamol ortidan yugurib…”ni shartli ravishda erkaklar qismati haqidagi asar deb baholansa, “Ming quyosh shuʼlasi”ni (“A Thousand of splendid suns”, 2007) ayollarga bagʻishlangan roman deyish mumkin. 
Rustam Jabborov oʻzbek tiliga tarjima qilgan “Ming quyosh shuʼlasi” markazida esa Afgʻonistonni larzaga solgan fojealar qurboniga aylangan ikki ayol taqdiri yotadi. Mariyam nikohsiz onadan tugʻilib, “haromi” tamgʻasi bosilgan, juda yoshligida oʻzidan ancha katta kosibga turmushga uzatilgan, ogʻir uqubatlarni boshidan oʻtkazgan baxti qarolardan. Asarning ikkinchi bir qahramoni Laylo esa aksincha ahil oiladagi suyukli farzand. Ularning bahtiyor hayot kechirish orzulari oʻrtasida biror bogʻliqlik yoʻq, chunki oʻzlari turli dunyoga mansublar. Agar urush boʻlmaganida ular toʻqnash kelishi amri mahol edi. Ammo xalq boshiga tushgan ogʻir sinov davrida Laylo va Mariyam bir-biriga juda bogʻliq boʻlib qoladilar. Lekin oʻzlari kimligini – bir-biriga dushmanmi, dugonami yoki opa-singilmi bilishmaydi. Ular roʻy berayotgan fojealar roʻparasida yolgʻiz qolsalar, nochorlar. Ammo birgalikda azob-uqubatlarni yengib oʻtadilar, baxt ahyon-ahyonda boʻlsa ham ularga kulib boqadi…
“Ming quyosh shuʼlasi” Afgʻonistondagi urush dahshatlaridan yurakni ezadigan, ammo qora kunlar ortidan muqarrar ravishda quyosh charaqlab chiqishiga umid qilishga undaydigan hoyat taʼsirchan asardir. Asar qahramonlari zulmat ichida yashasalar ham oʻzlarining insoniy qiyofalarini yoʻqotishmaydi.
Xolid Hasaniyning oʻziga xos “Afgʻoniston trilogiyasi”ning uchinchi romani — “Togʻlar uzra aks sado uchadi”da (“And The Mountains Echoed”, 2013) ham yozuvchi oʻz vatani — XX-XXI asarlarda turli siyosiy kuchlar manfaatlari toʻqnashgan, qirgʻin urush maydoniga aylangan jafokash Afgʻoniston muammolarini koʻtargan.
Amerikalik doktor AQSHdagi toʻq va osuda hayotidan soʻng bu yerdagi dahshatli voqelikka duch kelib, urushning fojealari guvohi boʻladi. Asar qahramonlari orasida Qobuldagi kasalxonada yarador bolalarga gʻamxoʻrlik koʻrsatayotgan bosniyalik hamshira, uchayotgan oʻq va bombalar ostida ham operatsiya stoli yonidan jilmaydigan gretsiyalik jarroh, tinch hayotga moslasha olmayotgan sobiq dala qoʻmondoni ham bor. Bu yerda Gʻarbning oqilligi Sharqning hassosligiga toʻqnash keladi, ikki tamaddunning dunyoqarashi turli ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
Xolid Hasaniy yozuvchilik faoliyati bilan bir qatorda Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar boʻyicha xodimidir. Bu vazifada u afgʻonlar, birinchi navbatda afgʻon bolalariga insonparvarlik yordami koʻrsatib kelmoqda. Xolid Hasaniy Afgʻonistonga insonparvarlik yordami koʻrsatish boʻyicha oʻz jamgʻarmasini ham tashkil etgan.

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish