Xavfsizlikni ta’minlash vositalari.
Korxonalarda ishlatiladigan mashina va mexanizmlarga qo‘yiladigan assosiy talablar, ularning ishchilar uchun xavfsizligi, ishlatishda pishiq va mustahkamligi va ishlatishning osonligi bilan belgilanadi. Ularning xavfsizligi standartlar tizimlari bilan belgilanadi.
Mashina va mexanizmlar xavfsizligini ta’minlash uchun uni loyihalashda qanday ish bajarishini hisobga olgan holda ish bajaruvchi qismlarini joylashtirishni ixcham usullarini topish, unga shakl berish va muhofaza qilish qurilmalarini joylashtirish bilan birga olib boriladi. Mashinaga o‘rnatilgan muhofaza vositalari uning asosiy qismi bilan uyg‘unlashib ketishi kerak. SHuni hisobga olish kerakki muhofaza vositalari iloji boricha ko‘proq masalalarni echishga xizmat qilsin. Masalan stanokka o‘rnatilgan xavfsizlikni ta’minlash qopqoqlari faqatgina xavfli joylar to‘sig‘i bo‘lib qolmasdan balki shovqinni kamaytiruvchi vosita bo‘lib xizmat qilsin. Bunga misol tariqasida asboblarni charxlash qurilmasini ko‘rsatish mumkin. Bunda charxning xavfsizligini ta’minlovchi qurilma bir vaqtning o‘zida shamol yordamida charx qirindilarini chiqarib yuborishga muljallangan mahalliy shamollatish vazifasini ham bajaradi.
XULOSA.
Elektr energetika O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bazaviy sohasi hisoblanadi va muayyan ishlab chiqarish va ilmiy-texnik manbaiga ega bo‘lib, uning rivojlanishiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi.
Oxirgi yillarda O‘zbekiston dunyodagi neft va gaz ishlab chiqaruvchi yirik salohiyatli davlatlarning o‘nligiga kiradi. Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston energetikasi eng yuqori salohiyatga ega. Oxirgi 30 yil ichida respublikada 55–60 mlrd. kVt soat elektr energiya ishlab chiqarilib, ishlab chiqarish quvvati 3 martadan ko‘pga o‘sgan.
O‘rtacha xalqaro o‘lchovlarda O‘zbekistonning shartli yoqilg‘i zaxirasi o‘ziga xos salohiyatga ega bo‘lib, taxminan 14 mlrd. tonnaga yaqin shartli yoqilg‘iga ega. Asoslangan uglevodorod zaxirasining hajmi, o‘zbek foydali qazilma konlarida, o‘rtacha, dunyo masshtabida hisoblaganda, 594 mln. barrel neft va 1,9 trln. m3 gazga teng.
SHuni ta’kidlash mumkinki, O‘zbekistondagi energiya resurslarining umumiy iste’mol balansi oxirgi o‘n yillikda tabiiy gaz 84–87 foiz, mazut — 11–8 foiz va ko‘mir — 3,5–4,4 foizni tashkil etmoqda. Ko‘rinib turibdiki, yoqilg‘i energetika balansi shaklida energetika xavfsizligi talablariga optimal javob bermaydi. Ma’lumki, neft va gaz zaxiralari boshqa davlatlardagi kabi O‘zbekistonda ham kamayib bormoqda, u bir necha o‘n yilliklarga, shu bilan birga ko‘mir zaxirasi 250 yildan ko‘proq muddatga etishi mumkin. SHundan xulosa qilib, bugungi ko‘mirning O‘zbekiston energetikasidagi roli pastligini hisobga olgan holda uni oshirish uchun faollik ko‘rsatish zarur. 2015 yilgacha bo‘lgan yoqilg‘i-energetika balansining diversifikatsiyalash rejasida ko‘mir qazish 11,0 foizga etkazilishi belgilanmoqda.
O‘zbekiston energiya resurslari o‘ziga etarli bo‘lgan mamlakatdir. SHu bilan birga tabiiy gaz va neft zaxiralarini iste’mol qilish shuni ko‘rsatayaptiki, ular mamlakat ehtiyojlarini bir necha o‘n yillar davomida ta’minlashi mumkin. Lekin bu davrga kelib sarflanayotgan elektr energiya hajmi mamlakatda ikki barobar oshishi mumkin, ya’ni 50 mlrd. kVt, uni ishlab chiqarish uchun esa an’anaviy uglevodorodli qayta tiklanmaydigan energiya resurslari etarli emas. Kelajakdagi zarur o‘zgarishlarni inobatga olib, bugunning o‘zidayoq, energiyaning qayta tiklanuvchi deb atalgan manbalarini rivojlantirish haqida o‘ylab ko‘rish kerak. Bular qatoriga gidroresurslar, quyosh, shamol, atom va biomassalar energiyasi kiradi.
Kelgusida energiya etkazuvchilardagi o‘zgarishlarni hisobga olib, Markaziy Osiyo hududi va O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi, shuningdek, taxmin qilinayotgan energiya iste’molining ayniqsa, qishloq joylarda o‘sishi hisobga olinsa, qayta tiklanadigan energiyani rivojlantirish zaruriyati shubhasizdir.
Butun dunyo noan’anaviy energiya turlaridan foydalanishga katta qiziqish bildirmoqda. Noan’anaviy va qayta tiklanish texnologiyasiga asoslangan energiya manbalari (NQTEM), atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarmagani uchun ekologik toza hisoblanadi. O‘zbekiston sharoitida kichik gidrostansiya, quyosh, shamol, biomassa resurslari va geotermal energiya turlaridan foydalanish dolzarb hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Kabutov K., Tojikiston Respublikasi fizika–texnika ilmiy tekshirish instituti qoshidagi QTE (VIE) tadqiqot markazi boshlig‘i,«Ekologik havfsizlikva fuqarolik tashabbusi» jurnali, «Tojikistonda kichik GESlar qurish va ekspluatatsiyaqilish tajribasi» 2011 yil № 14.
2. Бубенчиков А. А., Артамонова Е. Ю., Дайчман Р. А., Файфер Л. А., Катеров Ф. В., Бубенчикова Т. В. Применение ветроколес и генераторов для ветроэнергетических установок малой мощности // Международный научно- исследовательский журнал. 2015. № 5–2 (36). С. 35–39.
3. Садуллаев Н.Н. Ротори қисқа туташган уч фазали асинхрон генераторни лойиҳалаш. Электромеханика фанидан курс лойиҳасини бажариш учун ўқув қўлланма. Бухоро, Муаллиф, 2001. 78 б.
4. Проектирование электрических машин. Под ред. Копылов И.П. М.: Энергия, 1980. 495 б.
5. http://www.cleandex.ru/articles/2012/05/21/obzor - Обзор мирового рынка ветроэнергетики за 2011 год
6. http://www.biowatt.com.ua/analitika/rezultaty-razvitiya-vetroenergetiki-vmire-v-2012-godu/ - Результаты развития ветроэнергетики в мире в 2012 году
7. http://www.uwea.com.ua/files/Half-year_report_2013.pdf - The World Wind Energy Association, 2013 - Half-year Report
Do'stlaringiz bilan baham: |