O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TALIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
TEXNIKA UNIVERSITETI
“SHAMOL ENERGETIKASI”
KURS LOYIXASI
Mundarija
Kirish
|
3
|
Kurs loyihasining tarkibi va tuzilishi
|
3
|
Kurs loyihasining hisoblash-yozuv qismi
|
3
|
Nazariy qism
|
3
|
Shamol energiyasi
|
4
|
Shamol energetik qurilmalar turlari
|
5
|
O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlili
|
6
|
Kurs loyihani bajarish ucnun topshiriq
|
9
|
Shamolning energetik xarakteristikalarini xisoblash
|
11
|
Quvvati 7,5 kVt, aylanish tezligi 750 ayl/min bo‘lgan rotori qisqa tutashgan uch fazali asinxron generatorni loyihalash.
|
13
|
Stator cho‘lg‘amlari xisoblash sxemasi
|
16
|
Uch fazali asinxron generator
|
26
|
Shamol energiyasidan foydalanishni xayot faoliyat xavfsizligi jixatlarini taxlil qilish
|
33
|
Yo‘l - yo‘riqlar o‘tkazish va ishchilarni xavfsiz ishlash usullariga o‘rgatish
|
34
|
Xulosa
|
40
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
43
|
KIRISH
Kurs loyixasini bajarishdan maqsad talabalarni uqish jarayonida olgan nazariy bilimlarini mustaxkamlashdir. Talaba bajargan kurs loyixasining xisoblash kismidagi xisoblash ishlarini bajarish uchun xar bir talabaga aloxida variant shaklida beriladi. Kurs loyixasini bajarish jarayonida uquv qullanmalar, darsliklar, adabiyotlar, ilmiy-tekshirish institutlarining xisobotlari va internet ma’lumotlaridan foydalanish mumkin.
Nazariy qism
Shamol energiyasi
Shamol-quyosh elektr stantsiyasi - bu hududning quyosh radiatsiyasi va shamol resurslarini elektr energiyasiga aylantiradigan muhandislik inshooti. Buyurtmachi tomonidan talab qilinadigan har qanday quvvat uchun quyosh panellaridan gibrid elektr stantsiyasini loyihalash mumkin.
Gibrid shamol-quyosh tizimining afzalliklari nimada?
Elektr tarmoqlaridan mustaqil ishlaydi va ishonchli elektr manbai;
Kam elektr narxi va yuqori ish samaradorligi;
Eng foydali va xavfsiz kombinatsiya (shamol va quyosh).
Bir martalik investitsiya, siz bir vaqtning o'zida faqat uni sotib olganingiz uchun pul to'laysiz, keyin quyosh va shamol siz uchun mutlaqo bepul ishlaydi. Gibrid shamol-quyosh tizimi qanday ishlaydi?
Shamol generatori tizimning asosiy elementi bo'lib, u elektr energiyasini ishlab chiqaradi va batareyalarni zaryad qiladi. Tizim energiya manbalaridan birining bor yoki yo‘qligiga bog‘liq bo‘lmasligi hamda barqaror va samarali ishlashi uchun energiya tizimi quyoshdan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan va stansiya akkumulyatorlarini zaryadlovchi fotovoltaik modullar bilan jihozlangan. Bunday gibrid shamol elektr stantsiyasi ham avtonom ishlaydi - elektr tarmoqlaridan tashqarida ham, shahar tarmog'i yoki generatorlar tarmog'idan foydalangan holda. Shamol va quyosh bo'lmaganda tizim elektr energiyasini akkumulyatorlardan yetkazib berishda davom etadi, batareyalar tugashi bilan esa shahar tarmog'idan yoki generatordan ishlashga o'tadi, bu esa iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlaydi va batareyalarni zaryad qiladi.
Bugungi kunda shamol energiyasidan asosan elektr energiyasi olish uchun foydalaniladi. Quyosh mavjud ekan, shamol esadi va u qayta tiklanadigan energiya manbasi hisoblanadi.
Albatta, yoqilg‘i yoki elektr energiyasi o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan, noan’anaviy usullarda hosil qilinadigan vositalar ko‘p. Ammo ular orasidan atrof-muhitga zarar etkazmaydigan, foydalanishda samarali va ayni paytda mablag‘ jihatdan maqbulini tanlash muhim ahamiyatga egadir. Mana shu nuqtai nazardan olib qaraganda, shamol energiyasining qator afzalliklari mavjud.
Avvalo, aytish joizki, shamol qayta tiklanuvchi energiya manbai hisoblanadi. SHuning uchun kurrai zaminimiz uzra suzib yuradigan havo oqimidan maishiy maqsadlarda foydalanish tarixi ham uzoqqa borib taqaladi. Manbalarda keltirilishicha, miloddan oldingi XVI asrda Forso‘lkasida don yanchish maqsadida ilk marta shamol tegirmonlari qo‘llanila boshlangan. XVIII asrga kelib bunday qurilmalar Evropaga kirib borgan. Elektr toki ishlab chiqarishga mo‘ljallangan shamol elektr stansiyasi (SHES)ning dastlabkisi esa 1890 yilda Daniyada bunyod etilgan. XX asrning 40–70 yillarida ushbu soha inqiroz davrini boshidan kechirgan. Nihoyat, 1980 yillarga kelib AQSHning Kaliforniya shtatida SHES yordamida elektr ishlab chiqaruvchilar uchun qator imtiyozlarning yaratilishi bilan sohaga bo‘lgan qiziqish yana jonlana boshlagan.
Respublikamizning shamol energetik potensiali tahlili shuni ko‘rsatdiki, kichik ismte’molchilar soni ko‘p bo‘lgan hududlarda, yaxshi shamol mavjud emas. Bu joylarda shamol tezligi 3-4 m/s dan oshmaydi. Aksincha shamol potensialiga ega bo‘lgan hududlarda iste’molchilar mavjud bo‘lmagan joylarda, shamol potensiali tezligi 10-12 m/s bo‘lib asosan qoyalar orasida, g‘orlarda hamda murakkab joylarda (borish yoki chiqish qiyin bo‘lgan) mavjud. Respublika hududida shamol potensiali uncha yuqori emas va uning tezligi 2-5 m/s oralig‘idadir.
O‘zbekistonda kichik quvvatli (1-5 kW) shamol energetik qurilmalarini qo‘llash orqali, respublika shamol energetikasi istiqboli belgilanadi.
Masalaning boshqa bir tarafi ham bor, shamol energetikasini amaliyotga tatbiq etish bilan bog‘liq ayrim muammolar mavjud. Jumladan, shamol tabiatining beqaror ekanligi SHESlarda bir maromda energiya ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatadi. Shuni inobatga olgan holda, bunday elektr stansiyalarda quyosh batareyalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish mumkin.
Shamol energetik qurilmalar turlari
Ushbu asinxron generatorli shamol elektr qurilmalari (SHEQ) kichik biznes, fermer xo‘jaliklar va o‘zining shaxsiy energo resurslarga bo‘lgan talabini kamaytirmoqchi bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga kerak.
Bundan tashqari SHEQ mavsumiy ish bilan shug‘ullanuvchi odamlar (geologlar, asalarichilar, ovchilar va cho‘ponlar) elektr energiyaga bo‘lgan talab kuchli bo‘lgan xududlarga uchun ham qo‘llanilishi mumkin.
1-rasm Turli ko’rinishdagi shamol qurilmalarining parraklari
Shamol elektr qurilmalari (keyingi o‘rinlarda SHEQ) rivojlanish tarixiga e’tibor berib qarasak, ularni birinchi Eronda (VII asrda), keyinchalik Evropa mamlakatlari ayniqsa Gollandiyada rivojlangan. SHEQ turli maqsadlarda: botqoqlarni quritishda, yog‘ olishda, qog‘oz ishlab chiqarishda va yog‘ochsozlikda ham qo‘llanilgan. SHEQ bug‘ mashinalari sanoatni egallagunga qadar rivojlangan, so‘ngra ularni rivojlanishi sekinlashgan. 1940 yilda AQSH larining York shtati Pensilvaniyada ikki parrakli diametri 53 m, og‘irligi 16 t, quvvati 1.25 MVT va aylanish tezligi 28 ayl/daq bo‘lgan SHEQ qurildi.
SHEQ XIX asrda rivojlanishini olib qaraydigan bo‘lsak, ularga o‘sha paytda qismlarning etarli bo‘lmasligi, ishlab chiqarilgan elektr energiya narxi asosiy ishlab chiqarish resurslaridan ikki marta qimmatligi ularni rivojlanishiga to‘sqinlik qilardi. O‘zbekistonda bu SHEQ rivojlanishiga asosiy to‘sqinlik mavjud havo oqimlarining kuchsizligi va elektr energiya narxi jahon bozoriga nisbattan arzonligi deb olish mumkin.
SHEQ ni rotori diametrini oshishi ularda xosil bo‘ladigan aerodinamik shovqin va vibratsiyani kamaytiradi. SHamol oqimi kuchsiz zonalarda SHEQ sini reduktor bilan yoki ko‘p qutbli sekin aylanuvchi generatorlarni qo‘llab elektr energiya olish mumkin.
SHEQ da asinxronlashgan generatorlarni CHO‘(chastota o‘zgartirgich) bilan birga qo‘llanilishi ularni o‘zgaruvchan shamol tezliklarida qo‘llash imkonini beradi.
SHEQ ni rivojlanishiga kritiladigan investitsiya quyidagilarni beradi:
SHEQ larini yaratilishi qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratadi;
SHEQ lari boshqa AEQ(an’anaviy elektr qurilmalar) bilan birga qo‘llanilishi ET(elektr ta’minoti) ishonchliligini oshiradi;
SHEQ ekologik toza.
2-rasm Gorizontal o’qli shamol energetik qurilmasi
O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlili
Dunyoda energiya resurslarga bo‘lgan ehtiyojning va ular narxini oshib borishi energiya tejamkorlik hamda qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalarini rivojlantirish masalasini ilgari suradi. Oxirgi yillarda prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha bir qator huquqiy – meyyoriy hujjatlar qabul qilindi. Ushbu qarorlarni amalga oshirish ushbu soha vakillarining ustivor vazifasi bo‘lishi lozim. Dastlab, Respublikamizda qayta tiklanadigan energiya manbalarini izlash va ulardan samarali foydalanib elektr energiyasi ishlab chiqish imkoniyatlari o‘rganilib chiqilishi lozim.
Hozirgi kunda Respublikamizda muqobil energiya manbalardan quyosh energiyasidan foydalanishga ko‘proq e’tibor berilyapti va salmoqli yutuqlarga erishilgan. SHuning uchun, shamol va suv oqimlaridan foydalanib elektr energiyasi olish muammolari va ularni echish istiqboli masalalarini tahlil qilamiz.
Shamol energetikasining o‘ziga xos tomoni shundaki, u barcha energiya manbalari ichida eng arzoni hisoblanadi. Shu sababdan dunyoning ilg‘or davlatlarida unga qiziqish ortib bormoqda. Hozirgacha dunyoning ellikdan ortiq mamlakatida shamol yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, umuman, dengiz bilan chegaradosh ko‘pgina mamlakatlar sohillarida minglab kilometrga cho‘zilgan shamol generatorlari qurilmoqda. Quyosh nurlari nisbatan kam bo‘lgan shimoliy yarim sharda joylashgan davlatlarda ham shamoldan elektr energiyasi olish strategiyasi allaqachon ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq etilmoqda.
Shamolning asosiy afzalliklari uning manba sifatida tugamasligidir. Atmosfera va quyosh issiqligi mavjud ekan shamol bo’laveradi. Shamol elektr stansiyasining eng muxim afzalligi ekologiyani ifloslantirmasligidir. Shamol orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan atrof-muxitni xech qanday zararli va zaxarli gazlar ajratmasligidir. SHES afzalliklaridan yana biri tez ishga tushirish imkonini beradi. Energetikaning quyosh energetikasidan tashqari xech qanday turi 2 xaftada qurilib ishga tushirilmaydi. Shamol energetikasidan foydalanish samaralidir. Xozirda ko’chma tizimlar ustida ishlar olib borilmoqda (suzuvchi va uchuvchi). Ushbu SHEQ esa shovqinsizdir va doimiy xarakatda bo’lgani uchun to’xtab qolmaydi.
Shamol elekrt stansiyasining kamchiligi uning shovqini balandligi va uchayotgan qushlarning nobut bo’lish. Uchib kelayotgan qush shamol parragiga urilsa qush shu zaxoti nobut bo’ladi. Bu muammoni yichimi bor, aksariyat SHES dengiz qirg’oqlaridan ancha yiroqda va dengizlarda qurilmoqda. SHESni axoli kam istiqomat qiladigan joylarga qililadi. SHEQ o’rnatilishi va ishlatilishiga qarshi fikrlar xam yuq emas. Shamol bo’lmasa SHES to’xtab qoladi va elektr energiya ishlab chiqarmaydi deb uylashadi. Birinchidan SHES baland qilib quriladi va qancha baland bo’lsa shamol tezligi xam yuqori bo’ladi. Ikkinchidan SHEQ keskin tarzda bosim o’zgaradigan xududlarda o’rnatiladi, shuning uchun bu erda SHEQ to’xtab qolmaydi. Oxir oqibat ushbu qurilmalarga akkumulyatorlar o’rnatsa bo’ladi. Ishlab chiqarilgan elektr energiyani ortiqchasini akkumulyatorlarga yig’ib, lozim bo’lganda qurilmani yurg’izush uchun foydalanilsa bo’ldi.
Masalaning boshqa bir tarafi ham bor, shamol energetikasini amaliyotga tatbiq etish bilan bog‘liq ayrim muammolar mavjud. Jumladan, shamol tabiatining beqaror ekanligi SHESlarda bir maromda energiya ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatadi. SHuni inobatga olgan holda, bunday elektr stansiyalarda quyosh batareyalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Aynan shu yo‘l bilan noan’anaviy elektr energiyasi to‘planadi va uzluksiz ta’minotga erishiladi. SHuningdek, shaharlar yaqinidagi ko‘p sonli va zich joylashgan shamol inshootlari u erdagi tabiiy havo almashinuviga zarar etkazishi mumkin. Ulardan hosil bo‘ladigan mexanik va aerodinamik shovqinlar odamlarning aqliy faoliyatiga xalaqit berishi ham istisno etilmaydi. Bundan tashqari, mazkur stansiyalar faoliyati davomida o‘zidan past chastotali tebranishlar tarqatadi. Bu tebranishlar yaqin masofadagi binolarning devorlari va deraza oynalari mustahkamligini o‘ziga xos sinovdan o‘tkazadi.
Qurilma foydalanishga topshirilishi bilan sohada shamol salohiyatidan foydalangan holda elektr energiyasini sanoat tarzida ishlab chiqarishning yangi usulini o‘zlashtirish boshlanadi. Yil davomida kuchli shamol (≥15 m/s) janubiy-g‘arbiy yo‘nalishdan esadi. 20 m/s va undan yuqori tezlikdagi shamol g‘arbiy va janubiy-g‘arbiy yo‘nalishdan kuzatilgan.
Shamol tezligining sutkalik o‘zgarishi tungi soatlarda ortadi. Qish oylarida (yanvar) tebranish amplitudasi 0,5 m/s tashkil etsa, bahor oylarida uning ko‘rsatkichi biroz ko‘tariladi va yozda (iyul) 14 m/s ga teng bo‘ladi.
Kurs loyihani bajarish ucnun topshiriq (variand asosida) quyidagi 1-jadvaldan viloyatlar kesimida o’rtacha shamol tezliklari (m/s) olib xisob grafiklari bajariladi.
1-jadval
Hudud
|
Yanv
|
Fev
|
Mart
|
Apr
|
May
|
Iyun
|
Iyul
|
Avg
|
Sen
|
Okt
|
Noya
|
Dek
|
Toshkent
|
2,1
|
3,2
|
2,5
|
4,3
|
4,4
|
3,4
|
2,3
|
4,3
|
5,2
|
4,2
|
4,2
|
5,1
|
Nukus
|
3,4
|
4,3
|
4,0
|
3,5
|
3,8
|
3,6
|
4,1
|
3,7
|
2,6
|
2,6
|
2,7
|
3,8
|
Urganch
|
3,6
|
4,4
|
4,1
|
3,3
|
3,1
|
3,3
|
2,7
|
2,7
|
2,3
|
2,4
|
2,8
|
4,0
|
Buxoro
|
2,9
|
2,9
|
3,7
|
2,6
|
3,2
|
3,7
|
4,6
|
4,0
|
3,7
|
2,2
|
2,3
|
3,4
|
Navoi
|
3,7
|
4,0
|
5,1
|
2,5
|
2,8
|
2,5
|
3,6
|
1,9
|
2,6
|
2,7
|
3,1
|
4,2
|
Samarqand
|
1,6
|
1,4
|
1,6
|
1,5
|
1,3
|
1,3
|
1,5
|
1,0
|
0,9
|
0,7
|
0,8
|
0,8
|
Jizzax
|
1,5
|
1,6
|
2,1
|
1,8
|
2,1
|
1,7
|
1,5
|
1,4
|
1,6
|
1,1
|
1,5
|
1,3
|
Sirdaryo
|
1,2
|
1,2
|
1,5
|
1,2
|
1,3
|
1,0
|
0,9
|
1,0
|
1,0
|
1,1
|
1,1
|
1,1
|
Qarshi
|
2,7
|
3,1
|
3,6
|
2,7
|
3,0
|
3,3
|
3,5
|
2,7
|
2,5
|
2,1
|
2,1
|
2,5
|
Termiz
|
2,9
|
3,7
|
4,6
|
2,7
|
2,9
|
2,5
|
2,6
|
2,3
|
2,4
|
2
|
2,4
|
2,4
|
Andijon
|
0,8
|
1,2
|
1,7
|
2,1
|
2,1
|
2,3
|
1,9
|
1,4
|
1,5
|
0,8
|
0,8
|
0,8
|
Namangan
|
1,7
|
1,8
|
2,3
|
2,4
|
2,6
|
2,8
|
2,5
|
2,2
|
2,3
|
2,1
|
1,9
|
1,5
|
Farg‘ona
|
0,7
|
0,8
|
1,0
|
1,2
|
1,1
|
1,1
|
1,0
|
0,9
|
0,9
|
0,8
|
0,9
|
0,8
|
3-rasm. O’zbekistonda o’rtacha oylik shamol tezlig diagrammasi
Diagrammadan ko‘rinib turibdiki odatda O‘zkekiston hududida eng past oylik o‘rtacha tezlik 0,8 m/s dan kam emas. Qolaversa eng yaxshi ko‘rsatkich Buxoro, Xorazm, Navoiy va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilyapti.
Ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasida shamolning o‘rtacha tezligi yuqori va har bir oydagi ko‘rsatkichlar orasida farq kichik. Bu esa SHamol generatori ishlashi uchun eng yaxshi omillardan biri hisoblanadi. CHunki oylik o‘rtacha tezlik katta bo‘lishi, katta energiya olishga imkon beradi.
SHamol generatori optimal ishlashi va ko‘p yillar davomida ishlashi uchun shamol tezligini yuqori pastligiga qarab qurilmani ya’ni shamol generatorini parraklarini to‘g‘ri tanlash zarur. CHunki yuqori tezlikdagi shamol generatorlari uchun parraklarning tuzilishi past tezlikda ishlaydigan shamol generatoridan ancha farq qiladi.
Masalan, yuqori tezlikda ishlaydigan shamol generatori parraklarining tuzilishi qanotlar soni kam gorizontal tekislikda joylashtiriladi. Past tezlikda ishlaydigan shamol generatorlarida esa aksincha qanotlar soni ko‘p bo‘ladi, qancha qanotlar soni ko‘paytirilsa shuncha past shamol tezligida ham ishlayveradi, lekin qanotlar sonining ko‘payishi qurilma kuchli shamollarga bardosh bera olmasligiga olib keladi. SHuning uchun qurilmadagi parraklar sonini tanlaganda hududdagi shamolning yuqori tezligiga ahamiyat berish zarur. Agar generator to‘g‘ri tanlanmasa qurilma tez ishdan chiqishi yoki tez-tez ta’mirga kelib qolishi mumkin shunda qurilmaning ishlab chiqargan energiyasi qimmatga tushishi mumkin. Demak kuchli shamollarga bardosh bera oladigan shamol parraklarini yaratish shamol generatorining foydali ish koeffitsientini yuqori bo‘lishiga olib kelar ekan.
Shamolning energetik xarakteristikasi
SHamol bu havo oqimi, uning kinetik energiyasi quyidagi hammaga ma’lum formula orqali hisoblanadi.
(1)
bu erda, -havoning massasi (og‘irligi, havo zichligi
), kg; -havo oqimi tezligi, m/sek.
Havo massasini topishda A yuzali paralleliped yoki silindr hajmli soha olinadi.
(2)
havo oqimi (shamol) bosib o‘tgan masofa oniy vaqt uchun olinadi.
Shamol tezligi 3-4 m/s va ishchi g‘ildirak diametri 3 metrli shamol elektr qurilmasini hisoblaymiz.
Bunday dimetrli shamol elektr qurilmasining havo oqimiga to‘sqinlik qiladigan yuzasi quyidagicha:
(3)
Shamol elektr qurilmasini shamol tezligi 4 m/s bulgandagi quvvatini hisoblaymiz:
Vt
SHamol elektr qurilmasini shamol tezligi 6 m/s bulgandagi quvvatini hisoblaymiz:
Vt
SHu 4-6 m/s tezlikda ishlov shamol elektr qurilmasiga quvvati 1.0/1..2 kVt bo‘lgan asinxron generatorni loyihalaymiz.
Texnik spetsifikatsiyalar va parametrlar
Model
|
FA1.2-200
|
ООО “Мастертрейд”
|
HY-1000
|
Nominal quvvat (w)
|
600
|
1000
|
1000/1200
|
Nominal kuchlanish (v)
|
12or24
|
24/48
|
48
|
Rotor diametri (m)
|
1.2
|
2.8
|
1.96
|
Yulduzli shamol tezligi (m / s)
|
2
|
2
|
2
|
Nominal shamol tezligi (m / s)
|
12
|
9
|
12
|
Yaw rejimi
|
Ruxsat etilgan qanot
|
Shell materiali
|
quyma alyuminiy
|
Pichoqlar soni
|
3
|
3
|
5
|
Blade materiali
|
Karbon tola kompozit / yuqori kuchli neylon kompozit/Po’lat tolali stekloplastik(fiberglass)
|
Paket hajmi (mm)
|
690 * 370 * 225
|
690 * 370 * 225
|
146х53х26см
|
Dvigatel turi
|
Bir fazali doimiy magnitlangan DC generator
|
Paket og'irligi (kg)
|
7.6KG
|
7.8KG
|
22KG
|
Paket
|
Karton + ko'pik
|
4-rasm 3D ko’rinishdagi shamol energetik qurilmaning ko'rsatuvlari
Rotor diametri ≈ 196 sm , shamol generatorining qobig'i esa 70 sm.
|
5-rasm Shamol energetic qurilmaning xar xil ulchamdagi parraklari
Quvvati 1.5 kvt, aylanish tezligi 760 ayl/min bo‘lgan rotori qisqa tutashgan uch fazali asinxron generatorni loyihalash.
Quvvati 1,5 kVt aylanish tezligi 1500/350/760 ayl/min bo‘lgan doimiy magnitli sinxron generator loyihalashtirilsin. Ta’minlovchi kuchlanish U=220/380 V, konstruktiv bajarilishi IM 1001; iqlimiy bajarilishi IP 47.
Asinxron dvigatellar qo‘zg‘almas stator va aylanuvchi rotor qismlarda iborat. Stator ayrim elektrotexnik po‘lat plastinkalardan yasalgan (yig‘ilgan) o‘zak o‘rnatilgan bo‘lib, o‘zakning sirtidagi ariqchalarga (pazlarda) uchta, fazoda 1200ga siljigan, mis simli o‘ramlar joylashtiriladi. Bu o‘ramlar o‘zaro yulduzcha yoki uchburchak usulida ulanib uch fazali elektr tarmog‘iga qo‘shiladi. Demak, stator cho‘lg‘amlarining natijaviy magnit maydoni aylanuvchi bo‘lib rotorning cho‘lg‘amlarini kesib o‘tadi.
Asinxron dvigatellerning rotori silindr shaklida bajarilib, uning ham ayrim eletrotexnik po‘lat plastinkalaridan yasalgan o‘zagi ariqchalarida (pazlarida) cho‘lg‘am joylashtirilgan. Asinxron dvigatellerlar rotor cho‘lg‘ami yasalishi jihatidan ikkiga bo‘linadi. SHunga muvofiq rotor qisqa tutashgan Asinxron dvigateller yoki alyuminiy magiz tayoqcha (sterjenlar) dan bajarilgan bo‘lib, bunday Asinxron dvigatellerning rotori qisqa tutashgan Asinxron dvigateller deyiladi.
6-rasm Shamol energetik qurilmaning asosiy parametrlari
Asosiy o‘lchamlarni hisoblash.
Asinxron generatorni asosiy o‘lchamlari: aylanish o‘qining balandligi, statorni tashqi va ichki diametri, o‘zakni (havo oralig‘ini) uzunligini aniqlaymiz.
Juft kutblash soni. p=50∙f1=60∙50/750=4
Asosiy ulchamlarni aniklash. h= 0.132 Da= 0.225
rasmdan aylanish ukining balandligini aniklaymiz. 2-jadvaldan eng yakin kiymatni aniklaymiz
Statorning ichki diametri
Do'stlaringiz bilan baham: |