Шахснинг ривожланиши, тарбияси ва ижтимоийлашуви


Kasbiy kompetentsiyaning mazmuni va mohiyati



Download 0,63 Mb.
bet9/27
Sana26.02.2022
Hajmi0,63 Mb.
#466299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
F S Abdullayeva “Texnik konstruktsiyalash va modellashtirish” modulini

2.1 Kasbiy kompetentsiyaning mazmuni va mohiyati.
Ta’limning ustuvor vazifalaridan biri, bu ta’lim oluvchi ongu shuurida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, unda kelajakda jamiyatda o’zmunosib o’rnini topishi uchun amaliy hayotiy ko’nikmalarni shakllantirish bilan o’quvchi yoshlarning ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarga faol kirishishiga zamin xozirlashdir.
Ta’lim muassasalarida yoshlarning shaxsiy rivojlanishi ularning mustaqil fikrlash, ijodkorlik, faollik, munosabatlarining chuqurlashib xamda boyib borishi, xarakter xamda dunyoqarashlarining turg’unligi, o’z- o’zini nazorat qilish va tarbiyalashga bulgan extiyojlarning shakllanishi kabi xolatlar bilan tavsiflanadi. Bo’lajak kasb egalari uchun ta’lim muassasalarida ta’lim olish jarayoni - bu insonda mexnat faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda ahamiyatli sanalgan kasbiy bilim, sifat, kompetentlik va mezonlar asosida rivojlantirish xamda o’z - o’zini takomillashtirishning eng makbul davridir. Ta’lim oluvchilar ushbu jarayonda bilimlarni jamlash, saqlash, uzatish, ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish va istiqbolda kasbiy faoliyatini tashkil etishda ulardan samarali foydalanish kabi holatlarni uzida mujassam ettiradi.
Pedagog olim N.A.Muslimov ta’kidlab o’tganidek, o’qituvchining kasbiy shakllanishi uning jamiyatdagi o’rni, talabaning oliy pedagogik ta’lim muassasasidagi majburiyatlari va vazifalariga bog’liq bo’lib, talabaning o’rni nisbiy tavsifga ega, biroq uning o’quv jarayonida ishtiroki, o’q uv vazifalarining ma’lum minimumini bajarish kabi ma’lum belgilarga ega [79;78 b.].
Bo’lajak o’qituvchining kasbiy kompetentligining rivojlanishi uning o’quv- pedagogik vaziyatlarda aqliy, predmetliamaliy va motivatsion omillar bilan bog’lik o’ziga xos xususiyatlarining ifodalanishi bilan yorqin namoyon bo’ladi. Shu bilan birga ushbu omillar ko’plab umumiy jihatlarga ham ega. Bu sohadagi maxsus izlanishlar natijalari kursatganidek kasbiy faoliyatga ta’lim oluvchilarning kasbiy kompetentligi xam katta ta’sir ko’rsatadi.
Psixologik tadqiqotlarning natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, kasbiy va bilish faoliyati motivlarining o’zaro birikmasi yuqori darajadagi intilish bilan bog’lanishi hamda talabalarning kasbiy kompetentligi o’quv faoliyatining muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun eng qulay sharoitni yuzaga keltiradi. Psixologik-pedagogik adabiyotlarda hamda respublikamiz va xorijlik ko’pgina pedagog olimlarning ilmiy ishlarida “kompetentsiya” va “kompetentlik” degan tushunchalar keyingi vaqtlarda keng qo’llanilmoqda. Ta’lim tizimiga kompetent yondashish xorijiy adabiyotlarda utgan asrning 60 yillarida shakllana boshlanib, “Kompetentsiya” masalasi kup yillardan buyon olimlar tomonidan o’rganilib kelinmoqda.

Respublikamizda kasb ta’limi o’qituvchisida kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish masalalari bo’yicha N.A. Muslimov [78], Sh.Sh.Sharipov [137], X.F.Rashidov [101], S.Yu.Maxmudov [75], N.A.Nazarova [81] va boshkalar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar.


Xorijiy ma.mlaka.tla.rda. kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha Dj.Raven [97], N.V.Kuzmina [64], A.K.Markova [74], V.I.Baydenko [19],
A. V.Xutorskiy [133], N.A.Grishina [36] E.F.Zeer [48], I.A.Zimnyaya [51], V.I.Baydenko [19], A.A.Verbitskiy [29], A.I. Kuleshova [66], N.V Skachkova [115], Yu.M.Bundina [28] va boshkalar ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borganlar.
Kompetentlik tushunchasining lug’aviy ma’nosi turli tillarda quyidagicha izohlanadi:

  • Competent (frantsuz tilida) - vakolatli;

  • Competent (lotin tilida) - kobiliyatli;

  • Competent (ingliz tilida) - kobiliyatli.

“Kompetentsiya” va “kompetentlilik” tushuncha va atamalarini yaxshi idrok etish niyatida bir qator lug’atlarga e’tiborimizni karatamiz:
“Uzbekistan milliy entsiklopediyasi”da kuyidagicha talqin etilgan: kompetentsiya - u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba [143; 682 b.].
S.I. Ojegov bu tushunchalarni rus tili izohli lugatida quyidagicha izohlaydi: “Kompetentsiya - 1. Biror kishi juda yaxshi bilgan yoki xabardor bulgan masalalar doirasi. 2. Biror kishining vazifalari, huquqlari doirasi”
“Kompetentlik - biror soha buyicha har tomonlama chuqur bilimga ega bo’lgan va shuning uchun ham fikri salmoqli, ishonchli hisoblangan kishining sifati” [87; 248 b.],
“Milliy ta’lim” lug’at-ma’lumotnoma to’plamida - “Kompetentlik tegishli, layokatli”, vakolatlilik - 1) Muayyan ijtimoiy kasbiy mavqega ega shaxslarning ular bajarayotgan vazifa va hal etayotgan muammolari mavjud murakkablik darajasiga bilimlari, layokatlari va tajribalari mos kelganlik darajasi. “Malaka” terminidan farqli o’laroq u malakani tavsiflovchi sof kasbiy bilim va layokatni o’z ichiga olishdan tashqari, sifat, tashabbus, tejamkorlik, guruhda ishlay bilis h kobiliyati kommunikativ o’quv, ta’lim olish, baholash o’quvi, mantiqiy fikrlash, axborotni tanlash va foydalanish layokatlari kabi sifatlarni ham o’zida mujassamlashtiradi deb ifodalangan .

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish