Шахснинг билиш жараёнлари ва уларни ривожлантириш



Download 122,5 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi122,5 Kb.
#784056
Bog'liq
Bilish jarayonlar




Reja:



  1. Bilish jarayonlarini turlari.

  2. Sezgi va idrok jarayonlarning moxiyati va yo‘nalganligi, diqqat jarayonlari bilan bog‘liqligi.

  3. Nutq va tafakkur jarayonlarining ijtimoiyligi.

  4. Xotira va xayol jarayonlari va ular tarbiyasi.

Shaxsning bilish jarayonlariga sezgilar, idrok, xotira, tafakkur, nutq, xayol, diqqat kiradi.


Sezgilar–psixik aks ettirishning oddiy usuli tariqasida hayvonlarga ham, odamlarga ham xos xususiyat bo‘lib, u voqelikdagi narsa va hodisalarning ayrim belgi va hususiyatlarini bilib olishni ta’minlaydi. Sezgilar kishiga tevarak-atrofdagi narsa va voqealarning hususiyatlarini bilishga imkon beradi.
Sezgi a’zolari kishiga tevarak–atrofdagi olamda mo‘ljal olish imkonini beradi. Agar kishi barcha sezgi a’zolaridan maxrum bo‘lib qolsa bormi, u o‘zining atrofida nimalar yuz berayotganini bila olmas, tevarak–atrofdagi odamlar bilan munosabatga kirisha olmas, ovqatni qidirib topa olmas, xavf-hatardan qutilib qola olmas edi.
Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning roli juda katta, negaki, ular bizning olam haqidagi va o‘zimiz to‘g‘rimizdagi bilimlarimiz manbai hisoblanadi. Sezgilar bizga ob’ektiv voqelikning haqqoniy suratini beradi, ya’ni olamni u qanday mavjud bo‘lsa shundayligicha aks ettiradi. Tovushlar, xidlar va boshqa kuzatuvchilar ko‘zga ta’sir qilganda ko‘rish sezgilarini hosil qilmaydi. Xuddi shuningdek, nur va hid ham eshitish kuzata olmaydi.
Muayyan sezgi a’zolari uchun bir xildagi qo‘zg‘atuvchilarni va uning uchun bir xilda bo‘lmagan qo‘zg‘atuvchilarni farq qila bilish kerak. Sezgi a’zolarining ixtisoslashishi–uzoq davom etadigan evolyusiya mahsuli, sezgi a’zolarining o‘zi esa tashqi muhit ta’siriga moslashuvchanlik mahsulidir. Sezgi a’zolari organizmning muhitga moslashuvi jarayoniga xizmat qilar ekan, ular uning ob’ektiv hususiyatlarini aks ettirgan taqdirdagina o‘z funksiyasini muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Shuning uchun tashqi olamning o‘ziga hos hususiyatlari sezgi a’zolarining o‘ziga hosligini keltirib chiqargandir. Sezgilar mohiyatiga ko‘ra ob’ektiv olamning sub’ektiv siymosidir. Sezgilar muayyan payt davomida retseptorga ta’sir o‘tkazayotgan qo‘zg‘atuvchining o‘ziga xos quvvatini nerv jarayonlari quvvatiga aylanish natijasida xos bo‘ladi. Sezgi a’zolari faqat moslashuvchanlik, ijro qilish funksiyalarini bajaribgina qolmasdan, balki axborot olish jarayonida bevosita ishtirok etadigan xarakat organlari bilan xarakatning bog‘liqligi o‘z–o‘zidan ravshandir. Har ikkala funksiya qo‘lda bir–biri bilan qo‘shilgan bo‘ladi. Shu bilan birga qo‘lning ijro etish va paypaslab ushlash harakatlari o‘rtasida farq borligi ham shubxasizdir. I.P.Pavlov qo‘lning pasayib ushlash harakatlarini ijrochilik xatti–harakatlari emas, balki xatti–harakatning aloxida turi–perseptiv xatti–harakatga taalluqli mo‘ljaliy–tadqiqiy reaksiyalaridir, deb atagan edi.
Sezgi nerv sistemasining u yoki bu kuzatuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo‘ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik hususiyatiga egadir. Kuzatuvchining o‘ziga aynan o‘xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan nerv jarayoni sezgining fiziologik negizi xisoblanadi.
Analizator uch qismdan iborat:
1. Tashqi quvvatni nerv jarayoniga o‘tkazadigan mahsus transformator hisoblangan periferik bo‘lim (retseptor);
2. Analizatorning periferik bo‘limini markaziy analizator bilan bog‘laydigan yo‘llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qoluvchi) nervlar;
3. Analizatorning periferik bo‘limlardan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning o‘zi bilan tugaydigan) bo‘limlari.
Analizator reaksiyalarida periferik bo‘limlarining muayyan xujayralari miya qobig‘idagi xujayralarning ayrim qismlariga mos bo‘ladi. Jumladan, ko‘z to‘rpardasining turli nuqtalari qobiqda har xil nuqtalarda yoyilgan holda gavdalangan bo‘ladi; eshitish a’zosi ham qobiqda barcha sezgi organlariga ham taaluqlidir.
Sun’iy kuzatish metodlari bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘plab tajribalar xozirgi paytda u yoki bu sezgi turlarining miya qobig‘idagi ma’lum bir joyda chegaralanib qolishini yetarlicha aniq qilib belgilash imkonini beradi. Jumladan, ko‘rish sezgilari joylashgan qism, asosan bosh miya qobig‘ining ensa qismida joylashgandir. Eshitish sezgilari miya qobig‘i tepa burmasining o‘rta qismiga joylashgan. Tuyish–harakat sezgilari miya qobig‘i markaziy burmasining orqa qismiga joylashgan va x. k.
Sezgining xosil bo‘lishi uchun hamma analizatorlar yaxlit bir narsa sifatida ishlashi darkor. Kuzatuvchining retseptorga ta’siri qo‘zg‘alishning yuz berishiga olib keladi. Ana shu qo‘zg‘alishning boshlanishi tashqi quvvatning retseptor yordamida nerv jarayoniga aylanishidan iboratdir. Bu jarayon retseptordan markazga intiluvchi nerv orqali analizatorning o‘zak qismiga qadar yetib boradi: qo‘zg‘alish analizatorning qobiqdagi xujayralariga borib yetganda organizmning qo‘zg‘atuvchi javobi xosil bo‘ladi. Biz nurni, tovushni, ta’mni yoxud boshqa sezgilarni sezamiz. Shunday qilib, sezgi tashqi qo‘zg‘alish energiyasining ong faktiga aylanishi demakdir.
Sezgi jarayoni tashqi ta’sirning o‘ziga xos quvvatini saralash va qayta o‘zgartirishga qaratilgan hamda tevarak–atrofdagi olamning aynan bir xilda aks etishini ta’minlaydigan sensor ta’sir o‘tkazish sistemasi sifatida yuz beradi.
Aks etish hususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o‘rniga qarab sezgilar odatda uch guruhga ajratiladi:
1) tashqi muxitdagi narsalar va xodisalarning hususiyatlarini aks ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo‘lgan ekstrotseptiv sezgilar;
2) tananing ichki a’zolarida va to‘qimalarda joylashgan hamda ichki a’zolarning xolatini aks ettiradigan retseptorlarga ega bo‘lgan interotseptiv sezgilar;
3) retseptorlari mushaklarda va paylarda o‘rnashgan propriotseptiv sezgilar, ular gavdamizning harakati va xolati haqida axborot berib turadi, bu sezgi turini kinesteziya deb ham, unga tegishli retseptorlarni esa kinestezik yoki kinestetik deyiladi.
Ekstroretseptorlarni ikkiga: aloqa bog‘laydigan kontakt va distant retseptorlarga ajratish mumkin. Aloqa bog‘laydigan retseptorlar ularga ta’sir qiladigan ob’ektlar bilan bevosita aloqa bog‘lagan paytda qo‘g‘atadi, masalan, badanni tegishli orqali sezish, ta’m bilish. Distant retseptorlar uzoqdagi ob’ektdan keladigan qo‘zg‘atishdan ta’sirlanadi, masalan, ko‘rish, eshitish, xid bilish retseptorlari shular jumlasidandir.
Xozirgi zamon fani ma’lumotlariga ko‘ra sezgilarni tashqi (ekstrerotseptorlarga) va ichki (introtseptorlarga) bo‘lish yetarli emas. Sezgilarning ba’zi bir turlarini tashqi–ichki deb hisoblansa ham bo‘ladi, masalan, xarorat va og‘riq, ta’m bilish va tebranish, mushakbo‘g‘im va statik–harakat sezgilari kiradi.
Sezgilarning har xil turlari faqat o‘ziga xosligi bilan emas, balki ular umumiy bo‘lgan hususiyatlar bilan ham ifodalanadi. Sezgilarning sifati, uzoq davom etish va ko‘p joylarda yuz berishi ana shunday hususiyatlar jumlasiga kiradi.
Sifat–mazkur sezgining asosiy hususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi. Jumladan, eshitish sezgisi past–balandligi, mayinligi, ko‘rish sezgisi boyligi, rang–barangligi bilan farq qiladi va x. k.
Jadalligi uning miqdorini ifoda etadigan hususiyati bo‘lib, ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchi va retseptorning funksional xolati bilan belgilanadi.
Davomiyligi uning vaqtinchalik hususiyati xisoblanadi. U ham sezgi a’zosining funksional xolati bo‘lib, asosan kuzatuvchining ta’sir qilish vaqti va bu ta’sirning jadalligi bilan xarakterlanadi.
Kishidagi sezgilar haqida gapirganimizda adaptatsiya tushunchasi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz. Adaptatsiya–moslashuv bo‘lib, sezgi organlari sezgirligining qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida o‘zgarishi demakdir. Adaptatsiya xodisasi uch xil turda:
1. Qo‘zg‘atuvchining uzoq muddat davomida ta’sir etishi jarayonida sezgining tamomila yo‘qolib qolishiga o‘xshaydi, masalan, xid bilish sezgilari atrof–muxitga yoqimsiz xid yoyilgandan keyin ko‘p o‘tmay batamom yo‘qolib qolishi ham oddiy xodisadir. Agar tegishli moddani og‘izda bir oz vaqt saqlab turiladigan bo‘lsa, ta’m bilish sezgisining jadalligi susayadi va sezgi umuman yo‘qolib ketishi mumkin.
2. Adaptatsiya deb shuningdek, yuqorida bayon etilgan xodisalarga yaqin bo‘lgan, kuchli kuzatuvchining ta’siri ostida sezgining zaiflashib qolishi bilan ifodalanadi xodisaga ham aytiladi. Masalan, sovuq kuzatuvchi xosil qiladigan sezgining jadalligi qo‘lni sovuq suvga solganda susayadi. Kishi yarim qorong‘u xonadan yaqqol, yorqin yoritilgan xonaga chiqqanda, ko‘z qamashadi, tevarak–atrofdagi narsalarning farqini ajratish qiyin bo‘lib qoladi, bir oz fursatdan keyin esa ko‘rish analizatorining sezuvchanligi keskin susayib, odatdagidek ko‘ra boshlaydi va adaptatsiya xodisasi kechadi.
Adaptatsiya bu ikki turi negativ adaptatsiya deyiladi, negaki, bunda analizatorning sezuvchanligi susayadi.
3. Kuchsiz qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgilikning oshishi ham adaptatsiya deyiladi, buni pozitiv adaptatsiya deb ham ataladi. Masalan, qorong‘i ko‘p bo‘lishi natijasida ko‘z sezuvchanligi ortadi. (Graf Monte Kristo misolida tushuntirish mumkin).
Sezgi a’zolarining sezuvchanligining oshishiga olib boradigan ikki soxa mavjuddir: 1) sensor nuqsonlar (ko‘rlik, karlik)ning o‘rnini to‘ldirish zaruratidan kelib chiqadigan sezuvchanlikning ortishi va 2) sub’ekt faoliyati tufayli kasbiga xos talablardan kelib chiqadigan sensibilizatsiya (sezuvchanlikning ortishi).
Ko‘rish yoki eshitish sezgisining yo‘qotilganligi ma’lum darajada sezuvchanlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to‘ldiriladi, masalan, ko‘ra olmay qolgan kishilar xaykaltaroshlik bilan shug‘ullanganlar, chunki ularda tuyish sezgisi yuksak rivojlangan bo‘ladi. Ba’zi mahsus kasb bilan uzoq vaqt mobaynida shug‘ullanish ham sezgi a’zolari sezuvchanligi kuchayishi olib kelganligini ko‘rish mumkin, masalan, choy, pishloq, vino, tamaki sifatini aniqlovchilarda xid va ta’m bilish sezgilari yuksak darajada mukammallashib bo‘ladi. (Kinofilm–Narsiss misolida tushuntirish mumkin).
Mehnat faoliyati talablari ta’siri ostida sezgilar rivojlanishi misolini biz rassomlar, po‘lat quyuvchilar, uchuvchilar skripkachilar kabi kasb vakillarining bilish sezgilarida kuzatishimiz mumkin.
Kishining bilish jarayonlaridan biri bu idrokdir. Narsalar va xodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’sir qilish jarayonida kishi ongida aks etishiga idrok deb aytiladi. Idrok jarayonida aloxida xoldagi sezgilarning tartibiga solinishi ham narsa va xodisalarning yaxlit obrazlariga birlashuvi yuz beradi. Idrok narsalarni umuman, uning hamma hususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi, bunda idrok xissiy bilishning o‘ziga xos hususiyatlari bilan sifat jixatdan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi.
Idrokning quyidagi muxim hususiyatlari bor: predmetlilik yaxlitlik, strukturalilik, barqarorlik va anglanilganlikdan iborat.
Idrokning predmetliligi tashqi dunyodan olinadigan axborot o‘sha dunyoga mansubligida ifoda etiladi, masalan, g‘isht bilan portlovchi modda bog‘lami paypaslab ko‘rilganda bir–biriga juda ham o‘xshash bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin ularning amalda qay tarzda ishlatilishi bilan bog‘liq asosiy hususiyatlari borki, bunda idrokning predmetliligi yordam beradi.
Idrokning yana bir hususiyati uning yaxlitligidir. Sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan narsaning ayrim hususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblanadi. O‘z–o‘zidan ravshanki, bu yaxlit obraz narsaning ayrim hususiyatlari va belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida olinadigan umumlashtirish negizida tarkib topadi.
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbai bir tomondan, aks ettiriladigan ob’ektlarning o‘ziga xos hususiyatlarida va ikkinchi tomondan, insonning konkret faoliyatida gavdalanadi.
Idrokning narsalar bilan qilinadigan faoliyat jarayonida shakllanadigan konstantligi–kishi hayoti va faoliyatining zarur shartidir. Busiz inson cheksiz rang–barang va o‘zgaruvchan olamda mo‘ljal ola bilmasdi. Konstantlik hususiyati narsaning va uning yashash sharoitining birligini aks ettirar ekan, tevarak–atrofdagi olamning nisbatan barqarorligini ta’minlaydi.
Kishining idroki uning tafakkuri bilan uzviy bog‘liq, narsani ongli idrok etish–unga fikran nom berish, sinfga kiritish, uni suz vositasida umumlashtirish demakdir. Idrok sub’ektning bundan oldingi tajribasiga bog‘liq bo‘ladi. Kishining tajribasi qanchalik boy bo‘lsa, uning bilimlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning idroki ham shunchalik boy bo‘ladi, bunda u shunchalik ko‘p narsalarni ko‘ra oladi. Idrokning mazmuni kishi oldiga qo‘yilgan vazifa bilan ham, uning faoliyat sababalari bilan ham belgilanadi. Sub’ektning ustanovkasi (yo‘l–yo‘rig‘i) idrokning mazmuniga ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. Idrok etish jarayonida idrok mazmunini o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan xis xayajonlar ham mavjuddir. Bu sababalrning hammasi kishini idrokning boshqarish mumkin bo‘lgan faol jarayon ekanligini anglatadi.
Idrokning ushbu turlari mavjud: ko‘rish, eshitish, paypaslab ko‘rish, kinestezlik, xidlash va ta’m bilish yo‘li bilan idrok qilish. Shuningdek fazoni idrok etish, vaqtni idrok etish va xarakatni idrok etish kabi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Kishining o‘z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deyiladi. Xotirada esda olib qolish, esda qolish, esga tushirish va unitish kabi asosiy jarayonlar aloxida ajratib ko‘rsatiladi, bu jarayonlarni har biri aloxida mustaqil psixik hususiyat hisoblanmaydi, ular faoliyat davomida shakllanadi va o‘sha faoliyat bilan belgilanadi. Xotira atrof–muxitdagi voqelikni bevosita va bilvosita, ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda, passiv va aktiv xolda, reproduktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mexanik va mantiqiy yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruxiy jarayon, aloxida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy xodisadir. Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muxim xarakteristkasi bo‘lmish protsess bo‘libgina qolmay, inson shaxsining birligi va yaxlitligini ta’sinlaydi. I.M.Sechenov o‘z davrida «Agar inson xotirasi bo‘lmasa, u mangu chaqaloqlik xolatida qolib bo‘lar edi», degan.
Xotira kishi faoliyatining barcha jabxalarida ishtirok etishi tufayli uning namoyon bo‘lish shakllari rang-barangdir. Shunga ko‘ra uchta asosiy mezonga muvofiq xotira turlarini keltiramiz: 1) psixik faollikning hususiyatiga ko‘ra: xarakat, emotsional, obrazli, so‘z mantiqli; 2) faoliyat maqsadlariga ko‘ra: ixtiyorsiz, ixtiyorli; 3) esda olib qolish va esda saqlash muddati, qisqa muddatli, operativ.
Xarakat xotirasi turlari ishdagi ish xarakatlarini esda olib kolish, esda saklash va yana kayta esga tushirishdan iborat bulib, kishining abjir, maxoratli, “oltin kulli” ekanligini alomati. Emotsional xotira xis–tuyguga xos xotira bulib, u kishilarda kuchlirok ifodalangan buladi: xamdardlik, boshidan kechirish kabi. Obraz xotirasi tasavvurlarni, tabiat va xayot manzalarini, tovushlarni, xidlarni, ta’mlarni esda olib kolishdan iborat bulib, bunda kurish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish xotiralari kurinadi.
Suz–mantik xotira mazmunini bizning uy–fikrlarimiz kursatadi. Suz–mantik xotirasi ta’lim jarayonida yetakchi rol uynaydi. Biron narsani esda olib kolish yoki eslash uchun maxsus maksad bulmagan xolda esda olib kolish va yana kayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deyiladi. Oldimizga biron maksad kuyib esda olib kolganimizda ixtiyoriy xotira xakida suz boradi.
Kiska muddatli xotira materialning kup martalab takrorlash va kayta esga tushirishlar orkali uzok vakt esda olib kolinishi bilan ajralib turadigan uzok muddatli xotiradan farkli ravishda, bir martagina juda kiska vakt oraligida idrok kilish va shu zaxotiyok kaytadan xotirlashdan sung juda xam kiska mobayonida eslab kolish bilan belgilanadi.
Operativ xotira esa kishi tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan dolzarb xarakatlar, ishlarga xizmat kiladigan jarayonlarni anglatadi.
Xotira jarayonlariga esda olib kolish, yana kayta esga tushirish, esda saklab kolish va unitish kiradi. Bu jarayonlarda xotiraning faoliyat bilan alokasi, shuningdek, uning xodisalari aloxida mustakil (mnemik) xarakatlar tarzida kechishi kurinadi.
Esda olib kolishni xotiraning yangi materialni ilgari uzlashtirgan material bilan boglash orkali esda saklab kolinishiga olib keladigan jarayon bulib, bu individ tajribasini yangi bilim va xulk–atvor shakllari bilan boyitishning zarur shartidir. Esda olib kolish tanlangan buladi: sezgi a’zolarimizning ta’sir kiladigan barcha narsalar xam xotiramizda saklanib kolavermaydi. Materialning esda olib kolinishi shaxs faoliyatining sabablari maksadlari va usullari bilan belgilanadi. Faoliyatning asosiy maksadidan urin olgan material unda kanchalik mazmunli boglanishlar xosil bulsa, shunchalik tez esda olib kolinadi. Faol akliy ish olib borishga undaydigan material ixtiyorsiz ravishda yaxshirok eslab kolinadi. Shuning uchun bajarayotgan vazifamiz mazmuniga kanchalik manfaatdorlik bilan munosabatda bulsak, ixtiyorsiz esda olib kolishimiz xam shunchalik unumlirok buladi.
Kayta esga tushirish psixikaning ilgari mustaxkamlangan mazmunini uzok muddatli xotiradan chikarib olish va uni amaliy xotiraga utkazish yuli bilan aktuallashtirilishi sodir buladigan xotirlash jarayoni bulib, uning tanish, xususan kayta esga turishi va eslash turlari bor.
Xotira jarayonlarida individual farklar esda olib kolish tezligida, anikligida, mustaxkamligida va kayta esga tushirish uchun tayyorligida ifodalanadi.
Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bulib, mexnatning oralik va oxirgi maxsulotlarida uz ifodasini topadi, shuningdek problemali vaziyat noaniklik kursatgan xollarda xulk–atvor programmasini tuzishni ta’minlaydi. Xayolning psixik jarayon sifatidagi muxim vazifasi juda axamiyatli jixati shundaki u mexnat boshlamasdan oldin uning natijasini tasavvur kilish imkonini beradi. Xayol odamga faoliyat jarayonida mexnat maxsulotlarining oralik yoki oxirgi psixik modellarini xosil kilish yuli bilan yul–yurik beradi. Xayol tafakkur bilan uzviy boglangan bulib, kelajakni oldindan kurish imkonini beradi. Zikr etilayotgan xayol uzining aktivligi va faolligi bilan xarakterlanadi. Ayrim xollarda xayol faoliyatning urnida bulishi va unda shaxs uzi xal kila olmaydigan masalalar, ogir sharoitlardan yashirinish uchun real tasavvurlardan uzok bulgan fantastika olamiga vaktincha kirib ketadi. Xayolning bunday formasi passiv xayol deyiladi. Kishi passiv xayolni oldindan uylab yuzaga keltirishi mumkin, xayotda gavdalantirishga karatilgan xayolning obrazlari shirin xayollar xam deyiladi.
Agar passiv xayolni oldindan uylab va uylamasdan kilingan turlarga bulish mumkin bulsa, aktiv xayolni ijodiy va kayta tiklovchi xayol turlariga bulish mumkin. Uz asosida tasviriga muvofik keladigan obrazlar sistemasini yaratuvchi xayol kayta tiklovchi xayol bulsa, ijodiy xayol original va kimmatli moddiy maxsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarning yaratilishini talab etadi. Kupincha xayol jarayonlari odam amalga oshirishni istaydigan timsollar shakliga, aloxida ichki faoliyat shakliga kirib boradi. Shunday odam kelgusida xoxlaydigan timsollarni orzu deb ataladi. Demak, shaxs tarbiyasida xayol jarayonining uziga xos axamiyati mavjud bulib, ilmiy, badiiy ijodga keng kullaniladi.
Bilish jarayoni kechishning eng muxim xususiyati uning tanlaydigan, yunaltirilgan tusdaligidan iboratdir. Tevarak–atrofdagi olamning kuplab ta’sirlari orasida kishi xamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz kiladi, nima xakidadir fikr yuritadi uylaydi. Ongning bu xossasini uning dikkat kabi turi bilan uzaro boglik deb xisoblashadi. Dikkat bilish jarayonlaridan farkli ularok, uzining aloxida mazmuniga ega emas, u barcha bilish jarayonlarining jushkin jixatidir. Dikkat individning xissiy, akliy yoki xarakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini talab etadigan ongning yunaltirilganligi va bir narsaga karatilganligidir.
Dikkat sezgi, xotira, tafakkur va xarakat jarayonlarida namoyon bulishi mumkin. Shu sababli dikkatni biror narsaga karatish ob’ektiga boglik xolda kuyidagi shakllarini ajratib kursatadilar: sensor (perseptiv), akliy xarakatlantiruvchi.
Xosil bulish va amal kilish xususiyatlariga kura esa dikkatning ikkita asosiy turi mavjud: ixtiyorsiz va ixtiyoriy. Ixtiyorsiz dikkat kishining anglashilgan niyatlari va maksadlaridan mustasno tarzda xosil buladi, ixtiyoriy ongli ravishda boshkarilayotgan va tartibga solinayotgan buladi. Ixtiyoriy dikkat ixtiyorsiz dikkat zamirida paydo buladi. Ixtiyorsiz dikkatning paydo bulishi psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Kuzatuvchilarning sifati, sub’ekt uchun yangiligi ixtiyorsiz dikkat paydo bulishidagi asosiy shart xisoblanadi. Ixtiyoriy dikkat shaxs faoliyatida namoyon buladi, uning asosiy vazifasi psixik jarayonlarning kechishini faol boshkarib turishdir. Kishi ixtiyoriy dikkat tufayli xotiradan uzi uchun zarur ma’lumotlarni faol tarzda, tanlab ajratib olishga, muxim va jiddiy narsalarni aloxida ajratib kursatishga, tugri karorlar kabul kilishga, faoliyat jarayoniga paydo buladigan vazifalarni amalga oshirishga layokatli buladi.
Dikkat turlicha sifat kurinishlari bilan ta’riflanadi. Dikkatning bu kurinishlarini dikkatning sifati yoki dikkatning xususiyatlari deyiladi. Dikkatning barkarorligi, kuchishi, taksimlanishi va kulami shular jumlasiga kiradi.
Dikkatning barkarorligi dikkat karatilgan ob’ektlarning xususiyatlariga va dikkati yunaltirilgan shaxs faolligiga boglik. Dikkat jalb kilinadigan ob’ektning uzgaruvchanligi, xarakatchanligi dikkatni uzok vakt mobaynida jalb etishning muxim shartlaridir. Agar ob’ektning uzi uzgarmaydigan bulsa va uni turli jixatdan urganib bulmasa, u xolda bu ob’ektga uzok vakt mobaynida dikkatni jalb etish uta mushkul, chunki bir xillik dikkatni susaytirib kuyadi. Ob’ektning murakkablanishi va shaxsning faolligi dikkatning barkarorligiga olib keladi.
Dikkatni kuchishi sub’ektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga, bir xarakatdan ikkinchi xarakatga ataylab utishidan namoyon buladi. Dikkatning kuchirilishida individual farklar mavjud. Ba’zi odamlar bir faoliyatni kurib, ikkinchisini bajarisha oladi, boshkalar uchun bu ancha vakt va kuch –gayrat sarflashga olib keladi.
Dikktning kulami idrok etiladigan ob’ektlarning xusisiyatlariga boglik buladi. Idrok etilayotgan materialni mazmuniga kura guruxlarga ajratish, sistemaga solish dikkat kulami kengayishga kura guruxlarga ajratish, sistemaga solish dikkat kulami kengayisha olib keladi.
Dikkatning salbiy jixati xam mavjud. Bu parishonxotirlikdir. Parishonxotirlik dikkatni uzok vakt davomida jadal bir narsaga karatishga layokatsizlikda, dikkatning tez-tez va oson bulinib turishida namoyon buladi. Bundan ish, ukish faoliyati susayishi kelib chikadi. Shuningdek dikkatning xaddan tashkari xarakatchanligi va aksincha xarakatsizligi xam kuzatiladi.
Talabalar uz ta’lim faoliyatlarida dikkatlarini tarbiyalab borishlari kerak, bu uz navbatida ukuv samaradorligiga olib keladi.
Kishining butun xayoti uning oldiga xamisha jiddiy va kechiktirib bulmaydigan vazifalarni kuchayadi. Atrofdagi olamni tobora chukurrok urganib borishda psixologiyada bilish jarayonlari orasida tafakkur muxim urinda turadi. Tafakkur jiddiy ravishda yangilikni kidirish va ochishda ijtimoiy jixatdan boglik. Alokador psixik jarayondir, uning taxlili sintezi jarayonida vokelikni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida xissiy bilishlardan paydo buladi va xissiy bilish chegarasidan ancha tashkariga chikib ketadi. Tafakkur sezgilar va idrok orkali tashki olam bilan bevosita boglanadi va shu tarzda tashki olamni aks ettiradi.
Kishi tafakkur jarayonida sezgi, idrok va tasavvur ma’lumotlaridan foydalanar ekan, shuningdek xissiy bilish xam yuz beradi. Kishining tafakkur faoliyati uchun nutk aloxida axamiyat kasb etadi. Bunda inson psixikasi bilan xayvon psixikasi urtasidagi prinsipial fark namoyon buladi. Inson tafakkurini u kanday shaklda amalga oshirmasin, tilsiz amalga oshirib bulmaydi. Xar kanday fikr nutk bilan chambarchas xolda paydo buladi va rivojlanadi. Fikr kanchalik chukur va asosli bulsa, u suzlarda, ogzaki va yozma nutklarda shunchalik anik va yakkol ifodalanadi.
Tafakkurning til bilan uzviy boglikligi inson tafakkurining ijtimoiy xam moxiyatini xam anglatadi. Kishining akliy tarakkiyoti insoniyatning ijtimoiy–tarixiy tarakkiyoti davomida xosil bulgan bilimlarni uzlashtirilishi jarayonida mukarrar ravishda amalga oshiriladi, individning olami bilan jarayoni ilmiy bilimlarning tarixiy tarakkiyoti bilan yuzaga kelgan, bevosita ifodalangan, buning natijalarini esa xar bir kishi ta’lim olish davomida uzlashtiradi, bu uz navbatida tafakkurning ijtimoiyligini kursatadi.
Tafakkurning kurgazmali xarakat, kurgazmali–obrazli va mavxum (nazariy) turlari mavjud.
Tafakkurning individual xususiyatlariga bilish faoliyatining mustakillik, epchillik, fikr tezligi singari sifatlari kiradi, bu xususiyatlar albatta xammada xar xil tarzda kuzatiladi.

Mavzu yuzasidan tayanch suzlar: retseptor, adaptatsiya, mnemik, kuzgatuvchi, sezgi, idrok, xayol, xotira, dikkat, tafakkur, nutk.



Adabiyotlar:



  1. Umumiy psixologiya:-T.: Ukituvchi, 1992.-512 b.

  2. Nemov R.S. Psixologiya. Kn.1.M.: Prosveshenie.-1994.-576 s.

  3. Goziev E.G. Xotira psixologiyasi.-T.Universitet, 1994-46 b.

  4. Gamezo M.V., Domashenko I.A. Atlas po psixologii. – M.: Prosveshenie 1986.-272 s.

  5. Psixologiya. Uchebnik.-pod red. Klimova.-M., 1998

  6. Karimova V.M. “Ijtimoiy psixologiya asoslari” T. 2004y.

  7. G‘oziev E. “Shaxs psixologiyasi” T. 2004y.

  8. www.ziyonet.uz

Download 122,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish