Mirzo Ulug’bek ta’limda tadqiqot, kuzatish, umumlashtirish g’oyasini ishlab
chiqdi, bu g’oyani amalda tadbiq qilib maktablar ochdi, darsliklar yozdi,
insonparvarlik g’oyasi nazariyasi va amaliyoti bo’yicha ulug’ ishlar qildilar.
Ma’lumki, ta’limda asosiy rol ta’lim beruvchiga yuklatiladi va uzluksiz
ravishda ta’lim oluvchiga bilim beriladi. Ta’lim oluvchilar faoliyati esa ta’lim
beruvchidan chuqur va ongli ravishda bilim olishdan iboratdir. Bu borada G’arb
mutaffakkirlaridan Gelvesiy, Didro, R.Ouyenlar tarbiyani ustuvorligi g’oyasini
ilgari surishdi. K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy ta’lim va tarbiyani uyg’unligi
g’oyasini ilgari surishdi. S.G.Shaskiy, L.V.Zankov, Suxomlinskiylar ta’limda
amaliyotni tadbiqiy, ongli o’zlashtirish ahamiyatiga ega ekanligini ishlab chiqishdi.
Ayniqsa, Nemis faylasufi, pedagog va psixologi Iogann Fridrix Gerbart (1776 -
3
1841) ning xizmatlari katta bo’lib, u ta’lim oluvchilarning aqliy rivojlanishi va
ularning intellektual ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida ta’lim nazariyasini
ishlab chiqishga harakat qilgan. U ta’lim oluvchilarga berilayotgan bilim ularning
sezgi va irodasini rivojlantirishi va ta’limning tarbiyaviy xarakteriga ta’siriga
alohida e’tibor bergan.
Ҳozirgi vaqtgacha ta’limning avtoritar modelini qo’llab – quvvatlaydigan
maktablarda, an’anaviy ta’lim sifatida Gerbart tamoyillari qo’llanilib kelinmoqda.
Ta’lim nazariyasiga katta hissa qo’shgan mutaxassis – olimlardan biri Yan
Amos Komenskiy (1592 - 1670)dir. U ta’lim nazariyasi bo’yicha birinchi
fundamental asar yozgan olimdir. Uning asarining nomi “Buyuk didaktika”, deb
atalib, u 1657 yilda nashr qilingan.
Ya.A.Komenskiy o’z asarida qunt bilan ko’p sonli bo’limdan foydalangan
holda ta’lim xususiyatlarini ko’rib chiqadi, narsalar tabiatiga tayanib ta’limning
“kelib chiqishini” va tamoyillarni shakllantiradi.
Amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Jon D’yui (1859 - 1952) ta’lim
oluvchi faoliyatini faollashtiruvchi soha tarafdori sifatida maktablarni keskin
yangilashda qatnashdi. Bosh maqsad bilimni yetkazib bermasdan, balki ta’limni
shaxsiy tajriba asosida, ya’ni bolalarning tug’ma qobiliyatini rivojlantirish uchun
sharoit yaratish maqsadida u maktab tizimini isloh qilishni taklif etdi.
An’anaviy ta’lim tizimiga qarshi D’yui va uning hamkorlari yaratgan konsepsiyasi
(qarashlari tizimi) “ilg’or” deb ataldi. Ilg’orlar didaktikasi ko’pincha erkin tarbiya
g’oyasiga tayangan. Erkin tarbiyani fransuz faylasuf – ma’rifatparvari J.J. Russo
(1712 - 1778), nemis pedagogi F.A.Disterverg va o’sha davrdagi ma’rifatparvar
pedagoglardan, rus yozuvchisi, mutafakkir va pedagog L.N.Tolstoy (1828 – 1910)
Yasnopolyanadagi maktabda bolalarni erkin tarbiyalash g’oyasini namoyon etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: