2.2. Fransiya, Germaniyada ta’lim tizimi va Afina maktab tizimi.
Fransiya ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda
“Ta’lim haqida”gi Qonun dastlab 1955-yili qabul qilinib, 1975-yilda unga qator
o’zgarishlar kiritilgan.
Fransiya davlatining hozirgi kunda amal qilinayotgan “Ta’lim haqida”gi
Qonuni 1989-yil 10 iyulda qabul qilingan bo’lib, uning o’zgartirilishiga ta’lim
strategiyasida ro’y bergan o’zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatdagi
islohatlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi tlg’or
tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o’quv predmetlarining
integrasiyalari va boshqalar sabab bo’ladi.
Fransiya ta’limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishini
ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida
o’quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o’rgatish, shunga
yarasha kasb – korga ega qilishdan iboratdir. Bu yerda:
1. Davlat maktablari;
2. Xususiy maktablar;
3. Oraliq maktablari mavjud.
O’qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o’qish va yozuv
alohida ahamiyatga molik. Ular uchun dars vaqtining 30% ajratiladi. O’rtacha
haftalik soatlar 26 soatdan iborat, darsning davomiyligi 60 minut. O’quv yili 5
chorakka bo’linadi. Fransuz maktablari boshlang’ich sinflarida o’qish yertalab va
tushdan keyingi qismlarga bo’linadi. Yertalab o’quvchilar ona tilidan, tushdan
keyin esa matematika va boshqa predmetlardani saboq oladilar. Matematika, ona
tili va adabiyoti baza predmeti, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya
predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Fransuz ta’limida bolalarni go’daklik chog’idayoq maktabda o’qitish uchun
tayyor holda olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda
tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o’rta
guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyolov guruhi (5-6 yosh)
bo’lib, ularga Fransiyada 100 % shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni
maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
10
Fransiyada boshlang’ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan
bolalar jalb qilinadilar. Boshlang’ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi
o’qish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. O’quv mashg’ulotlari ertalab soat 9
dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda
ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang’ich sinflarda
o’qish uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Tayyorlov bosqichi;
2. Elementlar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi);
3. Chuqurlashtirilgan bosqich.
Dasturlarda o’quv predmetlarining barchasiga uch bosqich bo’yicha aniq,
alohida – alohida talablar qo’yiladi.
1990 – yildagi hukumat qarorida bolalarni bilimiga, qobiliyatiga qarab dars
jadvalini tabaqalashtirgan holda tuzish huquqi berildi.
O’quvchilar 11 yoshda boshlang’ich maktabni tugallab o’rta maktabga
o’tadilar. O’rta ta’lim esa kollejlar va liseylarga amalga oshiriladi. O’rta ta’lim ikki
bosqichda beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo’lib, eng
kichik sinf 6-sinf, 5-4 o’rta sinf, 3-sinf esa katta sinf hisoblanadi. Demak sinflarni
raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. 6-5 sinflar umumiy o’rta
ta’lim, 4-3 sinflar esa o’quvchilarning moyilligiga qarab beriladi. Bu birinchi
bosqichni tugatgach, o’quvchilar kasbiy yo’nalishlari bo’yicha guvohnoma
oladilar. So’ngra ikkinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqichda 15-18 yoshgacha
bo’lan bolalar ta’lim oladilar. Ular uch yil o’qib bakalavr unvoni va diplomi uchun
imtihon topshiradilar. Ana shunda diplom olgan o’quvchilargina oliy o’quv
yurtlariga qabul qilinish huquqiga ega bo’ladilar. Fransiyada talabalar pedagogika,
politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish uchingina imtihon
topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko’riladi.
Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo’lgan yoshlar
imtihonsiz qabul qilinaveradi.
Oliy ta’lim universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi.
Birinchi turkum: umumiy bo’lib, o’qish muddati ikki yil davom etadi.
Ikkinchi turkum: o’qish bir yil davom etadi. Talabalar uni magistr darajasi
bilan yakunlaydi.
Uchinchi bosqich: o’qish 1-2 yil davom etadi. Bu siklda:
biron bir predmetni chuqurlashtirib o’rganilganligi haqida diplom 1 yil;
ixtisoslashtirilgan oliy ma’lumot to’g’risida diplom 1 yil;
uchinchi turkum doktorlik dissertasiyasi 1-2 yil;
davlat doktorlik dissertasiyasi biron – bir sohani mukammal o’rganib
dissertasiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin.
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar
mindan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko’rsatish, informatika
mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O’qish muddati 2 yil bo’lib, sakkiz haftalik
ishlab chiqarish amaliyotini ham ko’zda tutadi.
Sirtqi ta’lim shaxobchalari juda keng bo’lib, u 500 turdagi o’rta, oliy
professional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi.
11
Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta’limga rabarlik
qilishdan saboq beruvchi mazkur markazlarda o’qiydilar. Bunday markazlarda ular
rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar,
qonunchilik, ota – onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish,
jamoada psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o’rganadi. O’qishni
yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o’tadilar. Direktor dars bermaydi.
Uning ish faoliyatini ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. Shu ikki yil
davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, yetuk rahbar sifatida faoliyat
ko’rsata olmasa, u bu lavozimidan olib tashlanadi. Maktab ta’lim beruvchilariga
qo’yilgan talab Fransiyada o’ta yuqori. Ayniqsa, boshlang’ich maktablarda ta’lim
beruvchi o’z kasbini ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi,
tashkilotchi, namunali xulq – atvor egasi bo’lmog’i lozim.
Ta’lim beruvchilar o’z nazariy – uslubiy malakalarini oshirishga ahamiyat
beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o’tish uchun aniq muddat belgilab
qo’yilmagan. Ta’lim beruvchilar o’z ixtiyorlari bilan test markazlarida imtihon
topshiradilar.
Shu imtihonlar davrida ta’lim beruvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib,
malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o’z vaqti va mablag’lari hisobiga malaka
oshiriladi.
Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich
hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog’chalari ta’limning quyi
bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog’chalarni
maktab bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayoriya birlashmalari,
korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota – onalar bolalar
bog’chalariga o’z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul
to’laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog’chalarga qatnaydi.
Germaniyada odatda bolalar bog’chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning
yarimda esa uyda,oilada bo’ladilar. Bu mamlakatda kuni uzaytirilgan bog’chalar
ham bor.
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarga tegishli, ya’ni bu
jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda to’la
haftalik o’qishda o’qiydi. O’qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar
kam. O’qish 6 yoshdan boshlanib 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil).
Boshlang’ich maktabdan so’ng o’quvchilar yo’nalish bosqichidagi maktabga
o’tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqichidagi yo’nalish maktablarda maxsus dastur
asosida o’qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko’chadilar: bular – asosiy,
maxsus maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30 % bola asosiy maktabga o’tadi. 9
yoki 10 yillik o’qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o’tiladi. Maxsus
maktablarda nuqsonga ega bo’lgan bolalar o’qiydi. Real bilim yurtlari asosiy
maktab va yuqori bosqich maktabi o’rtasida turadi. Qoidaga ko’ra bu yerda o’qish
6 yil davom etadi (5-16 sinfgacha) va to’la o’rta ma’lumot berish bilan tugallanadi.
Bilim yurtini tugatganlar o’rta maxsus o’quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi
hunar – texnika maktabiga kirib o’qish huquqiga ega bo’ladi. Germaniyada
gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o’z ichiga oladi. 11-13 sinflar oliy
o’quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Gimnaziyani bitirganlik
12
haqidagi yetuklik attestati oliy o’quv yurtida o’qish imkonini beradi. Germaniya
ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali
ishchilarga bo’lgan talab kuchli. To’liqsiz o’rta maktablarni bitiruvchilarning 20 %
hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o’qish
muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. O’qish uch bosqichdan iborat bo’lib, birinchi yili
asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o’qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus
fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliyo mashg’ulotlar
o’tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. O’quvchining
birinchi yilda ikkinchi yilga o’tishi sinov imtihonlari o’tkazilib o’qishni davom
ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi
yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan
qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning yetakchi mutaxassislari, federal
yerlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi.
Ҳunar maktablarining diplomlari oliy o’quv yurtlariga kirish uchun huquq
bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi.
O’qishga qabul qilish imtihonsiz maktab ta’limi to’g’risidagi hujjatga asosan
oshiriladi.
Oliy maktab o’z – o’zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o’quv yurtini
shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O’z – o’zini
boshqarishda vazifalari aniq tasvirlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma –
bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor – ta’lim
beruvchilar, o’quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar
o’qishi erkin tashkil etilgan. Ko’p sonli o’quv bosqichlari bilan birga o’quv rejalari
taklif etiladi. O’qishga haq to’lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota – onalari
oziq – ovqat harajatlarini ko’tara olmasa o’quv uchun moliyaviy yordam ko’rsatish
to’g’risidagi federal qonunga ko’ra ular moliya yordamida oladilar. Bu
yordamning yarmi stipendiyaga qo’shib berilsa, ikkinchi yarmi qarz tariqasida
beriladi.
Mamlakatda ta’limni isloh qilish masalasi ko’pdan buyon muhokama
qilinmoqda, bunda o’quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Ҳozir
universitetlarda talabalar 7 yil o’qiydi. Ular o’qishga kirganlariga qadar
korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishini hisobga
olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini
tushunamiz.
Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo’lib, ular partiya va dindan
tashqari muassasa. Ularning ko’pchiligi kechki bo’lib, faqat 1989 – yili
universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda 5,5 mln. tinglovchi
malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag’batlantiradi va bu uchun har yil
5,5 mln. marka mablag’ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o’qish davrida
tinglovchilarga mablag’ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o’z
malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko’proq foydalanadilar va bu bilan ish
topishlari tezlashadi. Yarim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75 % ish
bilan ta’minlanadi. Cherkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol
ishtirok etadi. Evengel cherkovi o’zining 15 akademiyasida dolzarb mavzular
bo’yicha konferensiyalar tashkil etadi.
13
Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat
sohalariga katta ahamiyat beradilar.
Oliy o’quv yurtlarida tadqiqot bilan shug’ullanish ularning qadimiy
an’analaridan biri. O’tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss
universitetlarini isloh qildi, o’shandan beri “Tadqiqot va o’qitish birligi” ularning
hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o’quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy
yo’nalishi – fundamental amaliy tadqiqot bo’lib, ularga boshqa ilmiy – tekshirish
institutlari, sanoat labaratoriyalari yaqindan yordam beradi. germaniya ta’limi
o’ziga xos yo’nalishga, juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirgi
Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo’lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |