Shahrisabz filiali


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 1,41 Mb.
bet24/68
Sana09.06.2022
Hajmi1,41 Mb.
#646696
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68
Bog'liq
fayl 1045 20210522-converted

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


  1. “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

  2. “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentyabrdagi PF-5198-sonli Farmoni.

  3. “2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016- yil 29-dekabrdagi PQ-2707-sonli Qarori.

  4. “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9- sentyabrdagi PQ-3261-sonli Qarori.

  5. Rahimov Sh. Asosiy vazifa – bolalarni ta'limga qamrab olish.// “Maktabgacha ta'lim” jurnali, 3-son, 2017. 2-3 bet.

  6. Quronov M. Bolam baxtli bo‘lsin, desangiz...: ota-onalar uchun. – T.: Manaviyat, 2013. – 320 b.

  1. Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta'lim tarbiyasi


Reja:

    1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi

    2. Aqliy tarbiya va uning vazifalari

    3. Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta'lim berishning o‘ziga xosligi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlanishi dastlab muomalada bo‘lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa o‘quv mehnat, samarali


faoliyatlar jarayonida (rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. O‘ozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini o‘zlashtirib olish, ularni jamg‘arish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish hamda yangi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo‘lgan bilish faoliyati usullarini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari deb hisoblanadi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metod iva tashkil etilishiga qarab belgilanadi.
Pedagogika-psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali xal etish 1) bolaning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, 2) bola organizmining umumiy charchashiga savob bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha nagruzka bo‘lmasligi yo‘llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonunlari va imkoniyatlarini o‘rganish bilan shuQallanadi.
Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarini yanada chuqarlashtirish, xajmini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta'lim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof to‘grisida kattagina xajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo‘lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egallab oladilar, narsa va buyumlardagi voqyealardagi muhim va muhim bo‘lmagan tomonlarini ajrata oladigan ba'zi bir sabab natijali bog‘lanishlarni bilib oladigan bo‘lib qoladilar. Ular o‘quv faoliyatining dastlabki ko‘rsatkichlari shakllandi. Shuning uchun bog‘cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega.
Maktabgacha tarbiya yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur ta'limi bo‘ladi. O‘ayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy hayol tarkib topadi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ko‘rgazmali-xarakatli, ko‘rgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so‘z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda analitik-sintetik tafakkur faoliyati tarkib toptiriladi bu hodisalarni, voqyealarni, chuqur anglab olish, ularni muhim bo‘lgan va muhim bo‘lmagan tomonlarini ajratishga o‘rgatish lozim.
Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak-atrofdagi voqea- xodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashga, hamma narsani ushlab his qilib, diqqat bilan tomosha qilishni kuzatishda namoyon bo‘ladi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘z vaqtida javob berishga harakat qiladi, ularni fikrini mustaqil javob qidirishga yo‘llab, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
Bolalar bog‘chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirsh vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida namoyn bo‘ladi va rivojlanadi.
Insonning aqliy qobiliyati aqlining ziyraklik – fahm farosatlilik, tanqidiy ko‘z bilan qarash, sermulohazalik kabs sifatlari bilan ajralib turishi mumkin. Aqliy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, ya'ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘lib, bolani bilimlarini muvaffaqiyatli egallab olishga yordam beradi. Masalan: o‘simliklar va hayvonlar bilan tanishtirish bo‘yicha sistemali mashg‘ulotlar olib borilgandan keyin bolalar ayrim konkret o‘simliklar yoki hayvonlar to‘g‘risida ma'lum bir tasavvurga ega bo‘ladilar.
So‘ngra bolalardagi aqliy-ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilanquyidagi mashg‘ulotlarni o‘tkazishni rejalashtirishi mumkin: “Paxta o‘simligini, momaqaymoq o‘simligi bilan solishtirish”, “Qafasdagi ikki xil qushni bir-biriga solishtirish” didaktik o‘yini va shunga o‘xshash tadbirlar o‘tkazish. Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina qolmasdan, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni xal etishda foydalanishga o‘rgatish zarur.
Ilk va bog‘cha yoshi davrida bolalarda tevarak-atrofga bo‘lgan qiziqish juda tez o‘sadi. Qiziqish bolaning aqliy rivojlanishi xarakatga keltiruvchi qudratli kuchdir. Kattalar bolaning qiziquvchanligini, bilishga bo‘lgan har qanday hoxishini sezishlari va rag‘batlantirib borishlari kerak.bo‘lib bolalardan aqliy zo‘r berishni talab etadigan mashg‘ulotlarni rejalashtir Ta'lim – maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatlarining muntazam – rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog‘chasi tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta'lim yetakchi rol o‘ynaydi. Chunki u ta'lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta'lim

  • bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Ta'lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning singchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta'lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. Bog‘chada bolalarga madaniy – gigienik ko‘nikmalar, asosiy xarakatlar o‘rgatiladi, ular madaniy ahloqiy qoidalarini o‘zlashtirib oladilar.
Ta'lim jarayonida bolalarda o‘quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi.
Ta'limni ikki yo‘l bilan amalga oshirish muvofiqdir:
Birinchi yo‘l - bolalarni bilim, malaka, ko‘nikmalarni kattalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi orqali egallab borishidir. Bu muomala mehnat faoliyati vash u kabilar bilan belgilanadi.
Ikkinchi yo‘li – maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus o‘quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan rejali ravishda xabardor bo‘lib borishidir. Bunday yo‘l bilan ta'lim berishdan maqsad yosh
avlodni zamonaviy ishlab chiqarishda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bo‘lgan Fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.
Nazorat savollari.

  1. “Yosh avlodni aqliy tarbiyalash mohiyatini ochib bering va uning hozirgi vazifalarni belgilang

  2. Aqliy faoliyat ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish bilish jarayonlari va qobiliyatlarini rivojlanishini ifodalaydi.

  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashni asosiy vositalarni ta'riflang.

  4. Bolalarga ta'lim berish jarayoniga tarbiyachi tomonidan qo‘llaniladigan metod va usullarni ifodalang.

  5. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni ko‘rsating.




Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish