KLc
'■
гзйИЬ*;
Toshkent. Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston davlat akademik opera va balet
teatri 1947-y. Teatr tarhi. Tomosha zalining interyerlari.
70
rejada P-simon shakl olgan, yon qanotlari simmetrik, ichki hovlilidir,
maydoni kichik bo‘lganidan undan foydalanib bo'lmaydi. Katta eshikdan
kiraverishdagi markaziy uch yo'IIi zinapoya yuqori qavatlarga olib
chiqadi. Binoning uch qavatli hajmi gorizontal bo‘yicha ikki yarusga
bo'linadi, quyidagisi ikki qavatli balandlikda alohida derazalar bilan
bo‘Hngan b o ‘lib, shakllar birligini yaratgan; baquw at yetti qanotli
peshtoq o ‘qsimon ark qo'rinishida bo'lib, ularga yarim doirali ustunlar
yopishtirilgan va tepasi muqarnas araqiy bilan tugallanib, mutlaqo
bezak tusini olgan.
Inshootdagi mumtoz tuzilish usullari milliy arxitektorlikning bezak
me’yorlari bilan uyg'unlashib ketadi. (Loyihalashtirish 1944-yildabosh-
langan, ko‘plab nusxalari ishlangan, 1957-yilgacha qurilgan). Tosh-
kentdagi Movarounnahr ko‘chasida joylashgan ma’muriy binolar (sobiq
qurilish vazirligi, arxitektor A. Petrosov, 1952-56-y.y.)., Farg‘ona vi
loyat hokimiyati binosi (arxitektorlar A. Yakushev, K. Kryukov, 1954-y.)
va hokazolar boshqacha, mumto/, order — lik yo'nalishli tizimda hal
etilgan.
50-yillar o ‘rtalari mahalliy arxitektura amaliyotining ijodiy yo'na-
lishlari va alohida xususiyatini yorqin iloda etilishiga Toshkentdagi
Hukumat uyi va Toshkent aerovokzali binosini (qayta ishlangan) misol
qilib keltirish mumkin. Oliy Kengash zallari bo'lgan sobiq Hukumat
uyi (1951-y, arxitektor S. Polupanov)ning 1951—55-yillarda o'tkazilgan
qayta qurish loyihasida tashqi ta’sirchanlikka zo 'r berilgan.
Xizmatchi xonalar rejasida ortiqeha dabdabaga yo'l qo'yilgan: 54
kv.m maydonU to'rtta kabinetga ikkita zinapoya va har bin 64 kv.m
maydonli ikkita qo'shchiroq vestibyuldan chiqib boriladi. Ikkinchi qavat
ustidagi yoritilmagan 350 kv.m maydonli qavat awaliga tayinli xizmat
qilmagan. Keyinchalik u yerga qo'lbola chiroq olib kirilib, majlislar
zali qilingan. Qurilish jarayonida loyiha ixchamlashtirilgan, ammo
shunga qaramay, bino bezak-ko'rgazma tus kasb etgan.
O'zbekistondagi klublar va madaniyat saroylari 40-yillarning oxiri
50-yillar boshida asosan Moskva hamda Toshkent institlari ishlab
chiqqan yakka tartibdagi loyihalar bo'yicha qurilgan. Ulaming qiyofasi
sobiq Ittifoqning boshqa shaharlaridagi xuddi shunday inshootlardan
farq qilmagan.
Mahalliy arxitektorlar Rossiyaning o'rta qismi uchun klublar tipik
loyihalariga qo'shim chalar kiritishgan, xolos. Bunda asosiy e ’tibor
O'zbekistonga xos sharoitlarni hisobga olmay, tashqi arxitekturaka
qaratilgan. Shamollatishni talab etuvchi yozlik xonalar qurilishi, yilning
71
7—8 oyi davom ida ayrim tadbirlarni ochiq m aydonda o ‘tkazish
imkoniyati munosabati bilan doirali xonalar miqdorini qisqartirish kabi
mahalliy iqlim sharoitlari, shuningdek, ko‘pincha seysmik talablar
ham hisobga olinmagan.
Ayrim tomoshabop va boshqa jamoal inshootlari rejasida 0 ‘rta
Osiyo xalq ijodi an ’analari bilan bog'liq yarimochiq hovlili kompozisiya
afzal ko‘rilgan. Ular arxitekturasida yo'laklar, ayvonchalar keng qo‘lla-
nilgan. Bunday inshootlar orasida Yangiyo'ldagi ikki zalli kinoteatr
(arxitektorlar A. Boboxonov, M. Bulatov), «Toshkent» aerovokzali
(me’morlar M. Kondakova, I. Merport) va hokazolar mavjud.
Chirchiq markazidagi ikki-uch qavatli turar-joylari qurshovidagi
maydonda 1956-yilda Kimyogarlar saroyi qurilgandi (1949-yil, arxitektor
A. Petrosov, muh. Yu. Seleznov, A. Asanov). M aydon o ‘qida
joylashgani bois bino zich uylar o'rtasida savlat to'kib turibdi, maydon
tum an markazi bo‘lib xizmat qiladi va Zaxariq kanali tomonga qarab
ochiladi. Klubning bosh fasadi Alisher Navoiy ko'chasiga parallel va
shimoh-g‘arbga qaragan. Klubning hajm-kenglik tu/.ilishi mualliflaming
inshootga janubcha tus berishga intilganlarini ko'rsatadi, unda o ‘zbek
milliy arxitekturasiga oid faworali chog'roq hovli, ayvonlar, yo‘laklar
qad ko‘targan. Bekobod shahridagi Metallurglar madaniyat saroyi
(arxitektor A.Boboxonov, 1950-1960-yillar)dan o ‘rtasida ikki-uch qa
vatli ishchilar manzilgohi uylari joylashgan markaziy maydon kaftda-
gidek ko‘rinib turadi. U m um an muallif xonalarning yaxlit va tejamkor
guruhini yaratgan.
Mazkur loyihada oldingilaridan farqli o ‘laroq klub xonalari uchun
alohida eshiklar m o‘ljallangan bo‘lib, bu ulardan Foydalanish tartibini
yaxshilagan. Bosh va yon fasadlar yechimida xalq arxitekturasi uchun
xos ayvon qurilgan, unda shimol tomondan tomosha zaliga tutash
katta eshik oldida kassali vestibyul joylashgan. Ayvon usuli umumiy
yechimda g‘oyat muvaffaqiyatli chiqqan, ammo muallif to ‘sinli tom
o ‘rnida qoilagan ravoq devorga ortiqcha yuk bo'lib tushgan.
MuaUifning xalq ustalari bilan hamkorligi e’tiborga molik. Ayvon
shiftlariga xalq rassomi Usta Rauf va shogirdlari ajoyib naqshu nigorlar
chekishgan. Ichkari, shift, foye va kulflar bezagida ham o ‘zbek naqshu
nigorlaridan foydalanilgan. Shuni ta ’kidlash joizki, butun respublikada
turli hajmdagi ko‘plab klublar arxitektor A. Boboxonov loyihalari
bo‘yicha qurjlgan va tabiiyki, ularning rejaviy tuzilmasida ko‘plab
umumiyliklar mavjud; klub binosi rejasi simmetrik tuzilishdagi yagona
hajmga ega, tomosha zali bino o ‘qiga ko‘ndalang tarzda joylashgan;
72
Ibye va vestibyul yaxlit hal etilgan, klub xonalari esa tomosha zali va
markaz atrofida joy olgan.
Samarqanddagi superfosfat zavodi manzilgohidagi 500 o ‘rinli,
( 'hirchiqdagi 500 o ‘rinli va Qo‘qondagi 400 o'rinli klublar ana shunday.
larg'onaning Qiiguli manzilgohi markaziy qismida 1956-yilda qurilgan
600 o ‘rinli klub bundan mustasno. Bu yerda tomosha, sport va m a’ruza
zallari A.Boboxonovning bundan oldingi loyihalaridan farqli o ‘laroq
ikkinchi qavat darajasida joylashgan, bu seysmik jihatdan nomaqbul
va foydalanish uchun noqulay. Afsuski, 0 ‘zbekistonning ko‘plab
kinoteatrlari (50—60-yy. G iprokino (Moskva)ning tipiy loyihalari
bo‘yicha qurilgan, u yerda jiddiy o ‘zgarishlarsiz tem ir-beton karkas va
yig‘m a bo‘laklar qo‘llanilgan. Toshkentdagi «Chayka», «Moskva»,
Navoiydagi «O'zbekiston» va boshqalar kinoteatrlar shu taxlit bo‘lib,
ulardan foydalanish bu loyihalaming O'zbekiston sharoitlariga to ‘g‘ri
kelmasligini ko‘rsatgan.
Industriallashtirish va tipiylashtirish (birxillashtirish) jamoat binolari
tipologiyasiga jiddiy t a ’sir ko'rsatdi. M ikrorayonlar va turar-joy
tumanlari jamoat markazlarini loyihalashtirish hamda qurish, binolardan
nusxa olish g‘oyasi zarurligi yuzaga keldi. Bu yo'nalishda Toshkentning
Chilonzorida qurilgan turar-joy tumani savdo markazi (arxitektorlar
V. Spivak, V. Roshchupkin, I. Koptelova va boshqalar, 1962-y) na-
faqat 0 ‘zbekistonda, balki undan tashqarida ham birinchi edi. U 48
ming aholiga xizmat ko‘rsatishi lozim edi. Bu yerda savdo, umumiy
ovqatlanish (restoran, oshxona, qahvaxona, tamaddixona) va aholiga
yalpi xizmat ko‘rsatish uchun zarur maishiy xizmat muassasalari
joylashgandi. Savdo markazining arxitekturaviy-rejaviy yechimi 6x6 m
rejaviy o ‘lchamdagi alohida bloklardan foydalanishga asoslangan va
birgalikda yagona rejaviy vujudni yuzaga keltirgan. Savdo markazining
negizini tashkil etuvchi va mavsumli savdo uchun foydalaniladigan
hovlicha ham kompozisiyaga kiritilgan. Foydalanish tajribasi ko‘rsatadiki,
hovlicha sahni kichik bo‘lib, ko‘zlangan vazifani bajarishga qodir emas
ekan.
Savdo markazi binolari ichida ikki qavatli blok — birinchi qavati
«Gastronom»ga berilgan univermag binosi fasad yechilmasi o ‘ziga
xosligi bilan ajralib turadi. Savdo zallari xaridorlar bemalol mol xarid
qiladigan etib qurilgan va jiho/langan. Yig‘ma temir-beton qismlardan
karkas-panel tuzilmasida qurilgan savdo markazi binosi kuchli er
silkinishlariga chidamli bo‘lib chiqdi va o ‘zining yaxshi zaminga ega
ckanligini ko'rsatdi.
73
Bosh fasad arxitekturaviy kompozisiyasi birinchi qavatdagi gorizontal
joylashgan oyna va g‘adir-budir dyuralyuminiy varaqlari qoplangan
bostirma panelli ikkinchi qavat devorlarining sirti bilan keskin qarama-
qarshilikka asoslangan. Bu bilan muayyan tashqi m a’nodorlikka
erishilgan, ammo bino faoliyatiga zarar etkazadi, chunki ikkinchi qavat
tabiiy yoritqich va shamollatish vositasidan mahrum boMib, ish tartibini
buzadi. Ayniqsa, bu yozgi
Do'stlaringiz bilan baham: |