2. Ikkita planshetda loyiha ishining barcha qismlarini komponovka qilib,
joylashtirishni tushuntirishish.
1.
www.google.com
3. Ko’p sektsiyali uylarning tarxiy yechimlari
Ko‟p sektsiyali turar-joy binolari asosiy tiplarining hajmiy-tarxiy strukturasi.
Bino
hajmiy-tarxiy strukturasining elementlari deb hisoblanadigan sektsiyalarning bir
nechtasini bloklashtirish yo‟li orqali ko‟p sektsiyali
turar-joy binolari
shakllantiriladi. Sektsiyalarni qatorli, burchakli hamda oxiri yon tomon(chekkali)
bilan tugaydigan yoki tugamaydigan tarzda loyihalashtiriladi.
Qatorli sektsiyalar (jumladan oxiri yon tomon bilan tugaydigan) sektsiyalar
o‟z tarxining shakli bo‟yicha to‟g‟ri chiziqli shaklda,
chiqib turuvchi shaklda
(ustupa obraznqy) hamda murakkab shakl (jumladan egri chiziqli shakl, T-simon
shakl)ga ega bo‟lishi mumkin.
Burchakli sektsiyalar binoni rivojlantirilgan holatda loyihalashtirish imkonini
beradi:
1.
ikki yo‟nalishda (90 S, 135 S li va boshqa burilish
burchaklariga ega bo‟lgan sektsiyalar ko‟rinishida)
loyihalashtiriladi;
2.
uch yo‟nalishda (burilish burchaklari 90 S, 120 S va boshqa
burchakli sektsiyalar ko‟rinishida) loyihalashtiriladi.
To‟rtta yo‟nalishli sektsiyalar juda kam uchraydi.
Xonadonlarning quyosh yorug‟ligi tushish tomonlariga qarab orientatsiyalash
va ularning insolyatsiyasini tahminlash bo‟yicha ko‟p sektsiyali turar-joy binolari
quyidagi orientatsiyalarda loyihalanadi:
-
universal (chegaralanmagan holatdagi) orientatsiya;
-
qisman chegaralangan kenglik bo‟yicha orientatsiya;
-
chegaralangan (meridional) orientatsiya.
Agar sektsiyalarni gorizont tomonlariga
nisbatan istalgan holatda
joylashtirishda ulardagi xonadonlarda mehyoriy insolyatsiya tahminlansa u holda
bunday sektsiyalar chegaralanmagan orientatsiyaga ega bo‟ladi.
Qoidaga ko‟ra, bunday sektsiyada bir xil darajali xonadonlar har bir qavatda
bitta, ikkita yoki uchtani tashkil etishi mumkin.
CHegaralangan orientatsiyaga ega bo‟lgan sektsiya, qoidaga ko‟ra har bir
qavatda to‟rtta va undan ortiq bir xil darajali (yoki bir xil darajali va ko‟p xil
darajali) xonadonlarga ega bo‟ladi.
Kursi- aravachalarda harakatlanadigan nogironlarning
ehtiyojlarini hisobga
olgan holda turar-joy binolarida zinapoya tugunlaridan chiqish va xonadonlarga
kirish joylarida pol sathining o‟zgartirilishi tavsiya etilmaydi. Zinapoya enini
zinapoya marshi yoni bo‟ylab qiya ko‟tariladigan yo‟lakchani hisobga olgan holda
qabul qilish taqozo etiladi. SHunga bog‟liq ravishda zinapoya marshining eng
minimal eni 1,2 metr o‟lchamda qabul qilinadi. Sektsiyali
binolarning faqat
birinchi qavatida xonadonlardan uy oldi hovlisiga to‟g‟ridan-to‟g‟ri chiqish va
kirish eshiklarini o‟rnatish mumkin. Xonadon oldi maydonlarini turar-joy binosi
ichiga kiritiladigan muhandislik kommunikatsiyalari o‟rnashgan joy atrofiga yoki
kommunikatsiyalarning tranzit o‟tish joylari ustiga joylashtirish tavsiya etilmaydi.
Xonadonlar soni bo‟yicha
har bir qavatga ikki-, uch-, to‟rt xonali
xonadonlarga ega bo‟lgan sektsiyalarga joylashtirish juda keng tarqalgan.Ko‟p
xonadonli turar-joy uylari hajmlarining kompozitsion qurilishi bir xil
konfiguratsiyali qavatlar tarxini yoki har xil konfiguratsiyali qavatlar tarxini
takrorlash evaziga shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: