2.
Binoning tarz qismini badiiy yechimini to’ish.
Turar uy-joy, jamoat binolarini muvaffaqiyat bilan uyg‟unlashtirib mikrorayon
va turar joy hududlarini joylashtirish, kompozitsion har-xil siluetlar hosil qilish,
rang va fakturalardan to‟la foydalanish, yer sathi bilan to‟la uyg‟unlashib ketishi,
ko‟kalamzorlashtirish va suv bilan to‟g‟ri tahminlash qurilishdagi loqayd
ko‟rinishlarni yo‟qotishga olib keladi. Tipik loyihalarga har-xil yangi usullarni
kiritish yo‟li bilan turar-uylar badiiy yechimini boyitish lozim. Mehmorlar bu
usullardan to‟g‟ri foydalanib kompozitsion tizimga ega bo‟lgan turar joy, bekatlar
va uylar loyihasini tuzadilar. SHunday qilib mehmorlar muvaffaqiyatli loyihalar
uchun har xil usullarni qo‟llab turar joy massivlarini boyitishi, tajriba va ijodiy
yondoshish orqali har - xil kompozitsion vazifalarni hal etishlari mumkin.
3. Bino tarxlaridagi xonalarni tartibga solishni tushuntiradi.
a) bir sektsiyali bir nuqtaga jamlangan tipda va ko‟p sektsiyali (plastinali)
tipda bo‟ladi, bunday uylarda blok – sektsiyalarning hamma kvartiralari qavatlar
bo‟yicha vertikal kommunikatsiyalar bloki – tutun to‟planmaydigan zinapoyalar va
liftlar atrofida qisqa koridorlarga ega bo‟lgan holda guruhlantiriladi (eng uzoq
joylashgan kvartiradan tutun to‟planmaydigan zinapoya kletkasidagi ochiq
lodjiyagacha bo‟lgan masofa 12 metrdan oshib ketmasligi lozim); b) galereyali va
kalidorli tipdagi yashash uylarida kvartiralardan vertikalg‟ kommunikatsiyalarning
lokalli blokiga chiqish qavatlar bo‟ylab joylashgan ochiq galereyalar yoki yo‟iq
koridorlar orqali amalga oshiriladi (tashkil etiladi): v) yashash uylari qo‟shma
(aralash) rejaviy (tarxiy) sxemalari: galereyali – sektsiyali yoki koridorli –
sektsiyali bo‟lib, ular qisqa galereya yoki koridorlarga ega bo‟ladi, bunday
qo‟shma (aralash) sxemalar bitta zinapoyaga to‟g‟ri keladigan kvartiralarning
sonini oshirish imkonini beradi.
Bunda shuni nazarda tutish lozim, galereyalar va koridorlar sektsiyalar
chegarasida (ichida) maydon va hajmlarni egallaydi, bu esa har bitta zinapoya
kletkasining maydoni va hajmini sezilarli darajada oshiradi. SHu sababli sektsiyali
sxema iqtisodiy jihatdan ancha samarali bo‟lib qolaveradi a) galereyali – sektsiyali
va koridorli – sektsiyali sxemalar ko‟p qavatli (baland) liftli yashash uylari uchun
ancha qulay bo‟lib, bunda zinapoya – liftli tugun o‟zida tutun to‟planmaydigan
zinapoya kletkasini namoyon etadi, zinapoya kletkasi prujinali o‟zi yo‟iladigan
evakuatsion eshikka ega bo‟ladi, bu evakuatsion eshik orqali avval liftli holga
so‟ngra esa ochiq balkonli o‟tish joyi bo‟yicha tashqi ochiq havoli zonaga
chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |