122
Glossariy
Shaharlar geografiyasi
-
iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning alohida bir tarmog‘i
bo‘lib, u turli mamlakat yoki rayonlarda SHaharlarning
vujudga kelish va
rivojlanish xususiyatlari, ularning murakkab hududiy tizimlarining shakllanish
qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan.
Urbanizatsiya-
lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, urban –shahar, zatsiya (rus.)-
jarayon ma‘nosini anglatadi, ya‘ni SHaharlashish demakdir.
Urbanizatsiya darajasi
-mamlakat yoki muayyan hududda yashaydigan jami aholi
sonida shahar aholisining salmog‘i.
SHahar-
aholi va qishloq xo‘jaligiga xos bo‘lmagan tarmoqlar mujassamlangan
aholi manzilgohi.
SHahar aglomeratsiyasi-
yirik shahar atrofida ko‘plab
shahar va qishloqlarning
mujassamlashuvi va o‘zaro bog‘liq holda rivojlanishi. Uning uchun bir yoki bir
necha yirik shahar (yadrosi), ikki yoki undan ortiq yo‘ldosh SHahar, yadro va
yo‘ldosh shaharlar o‘rtasida kamida ikki soatli masofa doirasida aholining ish,
o‘qish, dam olish, davolanish va boshqa maqsadlardagi aloqalari bo‘lishi
lozim.
Megapolis-
yirik SHaharning o‘z ma‘muriy hududiy
doirasidan atrofga chiqib,
kengayib borishi. BMT ko‘rsatmasiga binoan aholi soni 8 mln.dan ortgan
SHahar, ayrim hollarda aholi soni kam bo‘lsa ham, mamlakatning bosh shahri
megapolis deb yuritiladi.
Megalopolis-
Ikki yoki undan ortiq shahar aglomeratsiyalarning hududiy jihatdan
qo‘shilib ketishidan hosil bo‘lgan yirik urbanizatsiyalashgan hudud. Qadimgi
Gretsiyadagi Arkadiylarning bosh shahri Megapol nomidan olingan. U 35 ta
qishloqni qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Dunyodagi
yirik megalopolislar Bos-
Vash, Tokaydo, CHpitts, San-San va h.k. Bu terminni birinchi bo‘lib fransuz
olimi J.Gottman AQSHning sharqiy qirg‘oqbo‘yidagi polosasimon qiyofadagi
Bos-Vash megalopolisi uchun qo‘llagan.
Suburbanizatsiya-
yirik shaharlardan aholini bir qismining shahar atrofiga ko‘chib
borishi va shaharning shahar yonida o‘sishi.
Konurbatsiya-
hududiy jihatdan bir-biri bilan qo‘shilib ketgan shahar va
SHaharchalarning ulkan tizimi. U ham aglomeratsiyaning bir ko‘rinishidir.
Dezurbanizatsiya-
yirik shaharlardan aholining atrofga ko‘chib ketish (qochish)
hollari.
Dunyoviy shaharlar (Global shaharlar)-
muayyan
soha yoki tarmoq va
yo‘nalishga ixtisoslashgan, aholi sonidan qat‘iy nazar jahon ahamiyatiga molik
bo‘lgan SHaharlar.
Geourbanistika-
shaharlarning rivojlanish muammoalri bilan shug‘ullanuvchi fan.
Getto
-14-19 asrlarda Yevropada yahudiy millati yashaydigan shaharning bir
qismi. Hozirda etnik kamchilikni tashkil etuvchi xalqlar yashaydigan rayonlar.
Masalan, Nyu-Yorkda indeetslar, afrikaliklar,
xitoyliklar, arablar yashaydigan
rayonlar.
Giperurbanizatsiya
- yirik shahar va shahar aglomeratsiyalari uchun xos bo‘lib,
aholining nihoyatda ko‘payib ketishidan urbanizatsiyaning salbiy jihatlarining
123
ortib ketishi. Ishsizlik,
jinoyatchilik, ekologik muvozanatning keskin buzilishi,
shovqin-suron, aholi yashash joylarining tartibsiz bo‘lib ketishi, turli
noqulayliklarning kelib chiqishi kabi bunday holat o‘ta yirik SHahar va SHahar
aglomeratsiyalarida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: