100
Urbanizatsiya
darajasi (%da)
7,5
15,4
16,0
19,2
19,4
19,2
35,7
Shaharlar
1
2
2
8
10
8
8
Shaharchalar
-
3
8
3
-
7
114
Jami
1
5
10
11
10
15
122
Qashqadaryo
viloyati
Urbanizatsiya
darajasi (%da)
8,8
13,2
16,5
25,2
25,9
24,6
42,9
Shaharlar
2
2
2
12
12
12
12
Shaharchalar
2
4
4
2
4
4
123
Jami
4
6
6
14
16
16
135
Jadval O‗zR Davlat statistika qo‗mitasi ma‘lumotlari asosida tuzilgan.
Butun O‗zbekistonda bo‗lgani kabi, Qashqadaryo viloyatida ham eng
rivojlangan shaharlar to‗rini aholisi 3 ming kishigacha shaharlar egallaydi (-
jadval). Bu bosqichga respublikada 274 ta, Toshkent viloyatiga 36 ta, Farg‗onaga
esa 46 ta, Qashqadaryoda 29 ta shahar manzilgohlari mansub. Ular jami shahar
manzilgohlari sonining mos holda, 31.8, 22.3 va 21.4 foizini tashkil etadi (2016 y).
Qashqadaryo viloyatida 1-pog‗onaga kiruvchi shaharlar aholisi 74 ming kishi
(jami shahar aholisining 5.8 foizini) ga teng.
Ushbu toifaga aksariyat
―agroshaharcha‖lar mansub.
2 va 3-pog‗ona ko‗proq ―resurs‖ shaharchalar (Miroqi, Dehqonobod va
Tolimarjon), agroindustrial shaharlar (Qashqadaryo) va agroshaharchalardan tarkib
topgan. Bunday ierarxik bosqichda mintaqa shahar aholisining eng ko‗pi istiqomat
qiladi (31.1 foiz).
O‗rta shaharlar guruhi respublikamizning ko‗pgina mintaqalarida Farg‗ona,
Jizzax hududlarida yaxshi shakllanmagan. Andijon, Samarqand viloyatlarida
bunday
shaharlar ikkitadan, Toshkent va Namanganda uchtadan, qolgan
viloyatlarda esa bittadan mavjud. Koson shahrida viloyat shahar aholisining 73
mingi istiqomat qiladi. Ushbu toifa shaharlar sinfi jami guruhning 5.6
foiziga
to‗g‗ri keladi (-jadval).
Mintaqa katta shaharlar ro‗yxatiga 2014 yilda ko‗hna Shahrisabz qo‗shildi.
Geourbanistikada funksional yondashuv keng tarqalgan bo‗lib, bu urbanizatsiya
jarayonining eng muhim iqtisodiy ko‗rsatkichlaridan sanaladi. Ierarxik pog‗ona
eng yuqori bosqichidagi qadimiy
Qarshi
ko‗p
funksiyali yirik sanoat, fan,
madaniyat va maorif markazi sanaladi. Shahar tarixda Nasaf, Naxshab nomlari
bilan mashhur bo‗lgan. U 1926 yildayoq shahar maqomini olgan.
Shahar aholisi, 1959 yilda 33 ming kishini tashkil etgan bo‗lsa, 1991
yilda
168 ming, 1997 yilda 194 ming, 2016 yilda 260.7 ming kishiga etdi.
Viloyat markazi (VM) umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi
hissasi yuqoriligi bilan ushbu toifadagi shaharlar orasida alohida ajralib turadi.
Mazkur shahar mintaqada ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining qariyb 50
foizini beradi.
101
Mintaqa XIM ishlab chiqarishida viloyat markazida faoliyat yuritayotgan
―Kashteks‖
fabrikasi, yog‗-ekstraksiya va un zavodlari, meva-sabzavotni qayta
ishlash korxonalarining ulushi katta (40.9 foiz). Hozirda hudud sanoat tarmoqlarini
modernizatsiyalash va uning tarkibiy tuzilishini boyitish-diversifikatsiyalash va
tarmoqlararo majmualar shakllantirishga qaratilgan bir
nechta istiqbolli loyihalar
amalga oshirilmoqda. Yaqin yillarda shaharda TCL brendi ostida elektronika
mahsulotlari ishlab chiqariladigan yirik korxona o‗z faoliyatini boshlaydi. Unda
yiliga 25 ming dona televizor, 15 mingta ―Samsung‖ changyutkichi, 100 mingdan
ortiq rozetka va elektr uzatkich mahsulotlari ishlab chiqarish ko‗zda tutilgan.
Shuningdek, Shahrisabz va Koson shaharlarining ham XIM ishlab chiqarishda
sezilarli o‗rni mavjud.
Aytish joizki, shahar aholisining muntazam ko‗payib borishi hisobiga
hududda kommunal, maishiy, transport va ekologik muammolar kuchayib borgan.
Ayni paytda shahar ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi qayta ko‗rib
chiqilib,
rekonstruksiya qilinmoqda.
Mintaqaning eng qadimiy va navqiron shahri Shahrisabz (XIII asrda Kesh)
genetik xususiyatiga ko‗ra dastlab savdo va hunarmandchilik asosida paydo
bo‗lgan. Shahrisabz fors-tojikcha so‗zdan olingan bo‗lib ―yashil shahar‖ degan
ma‘noni anglatadi. Shahar aholisi 1997 yilda 84.5
ming kishini tashkil etgan
bo‗lsa, 2002 yilda 88.3 ming, 2006 yilda 99.9 ming va 2016 yilda 103.5 ming
kishidan oshib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: