50
Shuni ta‘kidlash lozimki, umuman iqtisodiy geografiyada ishlab chiqarish
kuchlarini hududiy tashkil etish g‗oyasi asosiy o‗rinda turadi. Binobarin, ushbu
fanda hududiy ishlab chiqarish majmualari katta ilmiy va amaliy ahamiyatga
ega.
Rayon planirovkasida hudud ishlab chiqarishni joylashtirish nuqtai
nazardan tashkil etiladi va baholanadi. Demak, iqtisodiy geografiyada
xudud bu oddiy makon, ishlab chiqarishni
joylashtirishdagi
sharoit xisoblansa, rayon planirovkasida u maxsus omil, resursdir.
Rayon planirovkasi bu avvalgi xalq xo‗jaligini planlashtirish emas; u
ma‘lum
bir
xududni
loyihalashtirish,
sxemalarini
tuzish,
aholi
manzilgoxlariniig Bosh planini yaratish bilan shug‗ullanadi, SHu ma‘noda u
planlashtirish. bilan prognozlash o‗rtasida turadi. Mazkur muammolar bilan
maxsus ilmiy — tekshirish va loyihalashtirish institutlari mashg‗ul
(ToshBoshplanLITI; UzshaharsozlikLITI va x.k.)
Rayon planirovkasi ayni vaktda mintakaviy planlashtirish ham emas.
Biroq, u mintaqaviy iqtisod va siyosat bilan bog‗liq. Rayon planirovkasi,
shuningdek, iqtisodiy rayonlashtirish bilan xam alokador; iqtisodiy
rayonlashtirish rayon planirovkasining nazariy asosidir.
Rayon planirovkasida uning ob‘ektlarini to‗g‗ri
aniklash katta ahamiyatga
ega. Odatda rayon planirovkasi uchun o‗rta darajadagi iqtisodiy rayon
(viloyat) va undan kichik xududlar tanlab olinadi. Xudud kichraygan sari rayon
planirovkasiniig aniklik darajasi ortib boraveradi.
Ko‗pincha, viloyat ko‗lamidagi 'rayon planirovkasi ishlari sxemalar tuzish
bilan belgilanadi. Ular,- 1:100000—1:300000 masshtabda- amalga oshiriladi.
Viloyat ichidagi iktisodiy rayonlar uchun rayon planirovkasining loyixasi
tuziladi. Bunday loyixa ishlari sanoat tugunlari uchun ham bajariladi. Agar
viloyat ichidagi iqtisodiy rayonlarda 1:100000—1:50000 masshtab qo‗llansa,
sanoat tugunlarida masshtab yanada aniqlashadi— 1:25000 yoki 1:10000.
2. Shuningdek, qishloq tumanlari uchun rayon plaiirovkasi ishlab chiqiladi.
Alohida axoli manzilgohlari uchun esa Bosh rejalar tuzilib, shahar va kishloq
xududi sanoat, uy—joy
qurilishi, dam olish nuqtai nazaridan kichik
rayonlarga ajratiladi, xatto ayrim korxona, maktab, bekat, magazin kabi
ob‘ektlarni joylashish o‗rni aniq belgilanadi.
Bosh rejalar 1:10000 yoki 1:5000 masshtabda yaratiladi. Bunday rejalar
shaharning alohida qismi uchun ham tuzilishi mumkin. Xorijiy mamlakatlarda
sanoat
yoki industrial parklar, tashkillashtirilgan sanoat rayoni, industriya
uchastkasi- kabilar uchun ham ishlab chiqiladi. Ularning maydoni ko‗pincha 200
gektardan oshmaydi.
Rayon planirovkasining sxema va loyihalari va axoli maizilgohlarining Bosh
rejalari odatda 25 -yilga mo‗ljallangan bo‗ladi. Ana shu davr uchun axoli
sonining bashorati ham ishlab chikiladi. Bu bashoratlar turli usullarda
(ekstropolyasiya, mexnat resursi balansi, turli yoshdagi axoli sonini demografik
surish yoki siljitish va b.). bajariladi.
Yirik loyihalar ustida ba‘zan o‗nlab, hatto yuzlab
ilmiy-tadqiqot institutlari
ishlaydi. Loyihalarni ishlab chiqishda 20-30 turdagi mutaxassislar –arxitektorlar,
51
ekolog, gidrolog, geomorfolog, tabiiy va iqtisodiy geograflar, yo‗l quruvchilari,
iqtisodchi va boshqalar ishtirok etadi. Shuning uchun rayon planirovkasi bir necha
fanlar qirrasida vujudga kelgan bo‗lib, kompleks xarakterga ega. Bunda har bir
mutaxassis o‗z sohasi ustida ishlaydi, iqtisodiy geografning vazifasi shuki, u hudud
bitta bo‗lgani bois, uni yagona tizim sifatida qarab, ob‘ektlarni o‗zaro
bir-biriga
mutanosibligi va ta‘sirini o‗rganadi. Bunda fandagi tizim-tarkib usuli qo‗l keladi.
YAna bir muhim vazifa – hududni iqtisodiy rayonlashtirish: rekreatsiyaga xos,
sanoat korxonasi uchun yoki aholi yashashi uchun ma‘qul bo‗lgan hududlarni
ajratib berish, ya‘ni rayonlashtirishdir.
YAna
shuni
ham
unutmaslik
kerakki,
mamlakatimizning
bozor
munosabatlariga o‗tishi, mulkchilikning turli shakllarini vujudga kelishi tufayli
davlatning ilgarigi boshqaruvchanlik roli o‗zgaradi. Bu esa rayon
planirovkasining maqsad va vazifalariga xam yangicha qarashni taqozo etadi.
Rayon planirovkasi ilk marta 1919 yilda Angliyada vujudga keldi. Ingliz olimi
Piter Selfning ―Shaharlar o‗z doirasidan chiqib ketmoqda‖ degan fikri asosida davlat
tomonidan hududdan unumli foydalanish maqsadida ayrim hududlarning (London,
Liverpul, Plimut) rayon planirovkasini tuzishga kirishildi va shaharlarini
rivojlantirish uchun planlar ishlab chiqildi. Rossiyada 1933
yildan qurilish ishlari
rayonlarning sxemalari asosida amalga oshirila boshlandi (Qrim, Poltava, Xarkov va
b.) va yaxshi natijalar berdi. O‗rta Osiyoda Janubiy Tojikiston HICHM si, Chirchiq,
Angren-Olmaliq sanoat rayoni uchun shunday loyihalar ishlab chiqildi. Hozirgi
kunda respublikamizda ToshBoshloyiha, Uzshaharsozlik LITI tomonidan barcha
shahar va shaharchalarning Bosh rejalari ishlab chiqilmoqda.
Demak, rayon planirovkasi odatda yangi o‗zlashtirilgan, katta ahamiyatga
ega bo‗lgan sanoat rayonlari, yo‗llar, hududiy majmualar, shaharlar va
boshqalar uchun
loyiha va sxemalar tuzadi, aholi manzilgohlari –shahar,
shaharcha va hatto qishloqlar uchun Bosh rejalar ishlab chiqiladi. Bosh rejalar
asosida shahar va qishloqlarda qurilish ishlari olib boriladi.
3.SHaharlar
qurilishi
nazariyasi
va
amaliyoti
bilan
Do'stlaringiz bilan baham: