Asosiy qism.
Interfaol ta’lim vositasida o’quvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirishda o’qituvchining faoliyatida eng muhim narsa – bu uning nutqi va o’quvchilar bilan muloqatidir. Nutq - bu og’zaki kommunikatsiya, ya’ni til yordamida munosabat qilish jarayonidir. Har bir pedagogning maqsadi - pedagogik mahorati bilan o’z individualligini yorqin namoyon etish, interfaol ta’lim vositasida mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirish, uning sifatida oldindan o’quvchilarni ta’lim-tarbiya samaradorligini ko’ra bilishidadir. U kommunikatsiyaning mazmuni hisoblanishi narsaga ham, munosabatga kirishganlarga nisbatan ham taalluqli bu his- hayajonli munosabatda o’zgacha nutqsiz kommunikatsiya tarkib topadi. Nutqsiz kommunikatsiya vositalariga qo’l, barmoq va yuz harakatlari, imo - ishora, ohang, pauza va shu kabilar kiradiki, bular og’zaki kommunikatsiya vositalari – so’zlarni to’ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba’zan esa o’rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi. Har bir dars muammoli tarzda bo’lishi bilan tanqidiy asosda o’qitilishi, o’quvchilarda o’rganishga, shuningdek tanqidiy fikr yuritilgan o’quv adabiyotlarga nisbatan qiziqishini orttiradi, ular qator fikrlar asosida o’z fikrini mustahkamlashga harakat qiladi, ma’ruza o’qigan pedagog bilan muloqot qilish uchun intiladilar, o’z fikr- mulohazalarni ifoda qilish yo’llarini topadilar. Demak, o’quvchi o’z bilimini tanqidiy fikrlar asosida oshirib boradi va har qanday holatda ham fikr-mulohaza yuritish qobiliyatini namoyon etadi. O’quvchilarning mustaqil izlanuvchanlik faoliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlar kichik guruhlarda hamda individual shaklda olib borilishi lozim. Individual shakl asosan ijodiy topshiriqlarni bajarishga yo’naltiriladi. Har bir o’quvchi o’zining individual xususiyatlariga ega, bu uning o’quv faoliyatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Pedagogning bu xususiyatlarni o’rganishi va inobatga olishi o’qitish sifatini oshirish hamda har bir o’quvchining ijodiy qobiliyat-larini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’quvchilarning darslardagi va tajriba mashg’ulotlari vaqtida dars jarayonidagi ishini, mustaqil ish va topshiriqlarini bajarishini kuzatadi, ularning bilimi, nazorat ishlarini tekshiradi, maslahatlarda, darsdan tashqari vaqtlarda ular bilan ishlaydi. O’quvchining kuchli va ojiz tomonini bilib olishga, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga xos bo’lgan xususiyatlarni o’rganishga, uning xarakteri hamda irodaviy sifatlarini yaxshi bilib olishga harakat qiladi, ularning hayotiy va mehnat tajribalarini, muassasaga kelishdan oldingi faoliyati xususiyatlarini o’rganadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari bir xil mavzuda olib boriladigan guruh ishida bir necha guruhlarga bir xil topshiriqlar beradi hamda topshiriq va mashqlarni echish sharoitlari ham bir xil bo’ladi. SHunday qilib har xil echimlar guruh ishi tugaganidan so’ng bir-biri bilan taqqoslanishi mumkin. Ko’pincha bunday hollarda raqobat holati yuzaga keladi. Echim topilishi vaqtida esa raqiblikka o’xshash holatlar vujudga keladi. Bu erda muhim narsa shuki, guruhlardagi o’quvchilarning bilim va ko’nikmalari imkon qadar bir xil bo’lishi kerak. Har xil mavzuda olib boriladigan guruh ishida beriladigan ish topshirig’i bir necha qismlarga bo’linadi. Faqat bu qismlar birlashtirilgandagina topshiriqning mazmuni aniq ko’rinadi. Har bir guruh bu holda qisman topshiriq oladi va mustaqil ravishda uning ustida ishlaydi. Bunday yondashuvda bir guruh o’quvchilari faqat o’zlariga berilgan topshiriqlarni bilishadi xolos, ya’ni boshqa guruhlar ishlari haqida deyarli xabarlari bo’lmaydi. Shuning uchun ham natijalar qisman birlashtirilishi zarur.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarish uchun, ma`lum sabablarga ko’ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun, aholi ta`limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida ilg’or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi; an`anaviy o’qitish tizimi yozma va og’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli «axborotli o’qitish» sifatida tavsiflanib, o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatidagina emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi yoki ta`lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi va o’quvchi rolini o’zgartirish zarurligi; fan-texnika taraqqiyotining o’ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi; kishilik jamiyati taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo’lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi; Barkamol avlodni tarbiyalash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisblangan ob`ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyati nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatga ega, ya’ni, har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar: - pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi; - o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirishi; - o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning egallashini ta’minlashi; - o’quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi; - o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi; - pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur. Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo’llanilayotgan ilg’or texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan bizga, ularni ijodiy rivojlantrish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamalakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faoliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.
Interfaol metodlardan foydalanishda o’quv materialining mazmuni o’qituvchi tomonidan qayta ishlab chiqilishi, o’quvchiga murakkab tuyulgan terminlarni izohlab berishi, uning ongida aqliy faoliyatini uyg’otish hamda kuchaytirish talab qilinadi.
Ta’limda qo`llaniladigan asosiy interfaol metodlar: Aqliy hujum («Mozgovaya ataka») metodi Bahslar Muzokara Taqdimot (muzyorar) Pinbord ("pin"-mustahkamlash, "board"-doska) Insedent Zanjir metodi Klaster ("g’uncha", "bog’lam"-axborotlarni yoyish) Loyihalar metodi "Qarama qarshi munosabat" metodi "Qarorlar shajarasi"metodi "Inter"metodi "Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim" metodi Bumerang Muloqot Muammo yaratish va yechimini topish Skarabey-fikriy bog’liklik, mantiqxotira rivojlanishi "Shaxsiy fikr"metodi FSMU texnologiyasi (fikr bayoni, sabab ko’rsatish, misol keltirish, umumlashtirish) Ayrim interfaol usullarning qisqacha bayoni: Pinbord usuli ( inglizchadan: pin - mustahkamlash, board - doska) Bu o’qitish usulining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o’quv suhbati amaliy usul bilan bog’lanib ketadi. Uning afzallik funksiyalaririvojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: o’quvchilarda muloqat yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi. "Zanjir” metodi va uni qo’llash metodikasi: Mantiqiy ketma-ketlikka asoslaniladi; Oddiydan murakkabga borgani sari savollar bir-birini to’ldiradi; Muammoli vaziyatlar sodir bo’ladi; Talabani mustaqil fikrlashga undaydi; Qaytar aloqa o’rnatiladi; Ijodiy muhit shakllanadi; Faol harakat vujudga keladi; Hamfikrlik asosida do’stona munosabatlar, qaror topadi; “Shaxsiy fikr" metodi - talabalar tomonidan yangi bilimlar o’zlashtirishida, olgan bilimlarini mustahkamlashda, ongda hosil bo’lgan ma’lumotlarni tahlil qilish, taqqoslash va tegishli xulosalar chiqarishda shaxsiy fikr metodi yaxshi natija beradi. Hozirgi paytda talabalar ko’proq bilimni mustaqil ishlar bajarish jarayonida egallamoqdalar. Mustaqil o’qib o’rgangan materiallarni qayta ifodalash amalga tatbiq etishda ushbu metoddan foydalanilganda talabalarning ongli va faol o’zlashtirishlari amalga oshadi. Ilmiy, nazariy, amaliy va muammoli o’quv materiallarini tahlil qilish jarayonida talabalar alohida kichik guruhlarda yoki ikkiga bo’lingan holda o’z yondashuv va munosabatlarini bayonetadi. Boshqalar bu fikrni inkor etadigan nuqtai nazarlarini ilgari suradi. Dalil va isbotlar keltiradi. Qarshi fikr aytganlarii o’z tomoniga o’tkazishga harakat qiladi. Ekspert guruhi qaysi g’oyaning ustunligini aniqlash maqsadida so’rov varaqasi to’ldiradi. Qaysi bir guruh qaysi g’oyaning ustunligini aniqlash maqsadida so’rov varaqasi to’ldiradi. Qaysi bir guruh ortiq ovoz olsa, ularning fikri haqiqatga yaqin deb hisoblanadi. Talabalar (mikroguruhlarning faolligiga qarab keltirilgan dalil va isbotlarining haqiqatga yaqinligiga mos holda reyting qo’yiladi). “Rolli o’yinlar metodi” texnologiyasi. Rolli o’yinlar metodining mohiyati shundan iboratki, unda o’quvchilar boshqa kishining roliga kirib, uning «ichida» harakat qiladilar. O’yinda o’quvchilarga asosan tugallanmagan vaziyatlar beriladi. Ular qaror qabul qilishlari, munozarali holatlarni bartaraf etishlari yoki taklif etilgan vaziyatlarni nihoyasiga yetkazishlari kerak bo’ladi. Rolli o’yinlar o’quvchilarda boshqalarni tushunish, ularga xayrxohlik qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Boshqalar rolini o’ynash orqali, o’zgalarning o’y-xayollarini tushunish oson. Rolli o’yinlar o’quvchilarga turli vaziyatlarda o’zini tuta bilishning modellarini berishi mumkin. Darslarda rolli o’yinlarini qo’llash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 1. O’yinli vaziyatni tanlash. Rolli o’yinlar uchun ko’plab materiallar mavjud. Ular individual qiyinchiliklarni (masalan, Internet xizmati provayderi bilan muloqot qilish) va muammoni hal qilish vaziyatlarini (masalan, dasturiy mahsulot buyurmachisi bilan bahs) o’z ichiga oladi. O’yinlar maxsus savollar yoki muammolarni hal etishda qo’llanilishi mumkin. Masalan, yosh bolalarga Internet tarmog’ining barcha ma’lumotlariga kirishga ruxsat berish kerakmi yoki yo’qmi, degan savolga javob topishda o’yin metodidan foydalanish mumkin. Va nihoyat, o’yin jarayonida o’quvchilardan intervyu olish, muzokara olib borish, tadqiqot olib borish va qaror qabul qilish, o’zini himoya qila olish ko’nikmalari rivojlanadi. 2. Tayyorlash. O’quvchilar vaziyat yoki muammo bilan tanishadilar va ular o’rtasida rollar taqsimlanadi. 3. lshtirokchilarni tanlash. O’qituvchi rolga o’quvchilarni o’zi tanlashi, guruhda o’zlari taqsimlashlariga imkon berishi yoki xohlovchilarni taklif etishi mumkin. Rolli o’yinlarda ishtirok etmayotgan o’quvchilar kuzatuvchi bo’lishlari yoki boshqa rolni o’ynashlari mumkin. 4. O ‘yinni o ‘tkazish. O’quvchilar o’yin doirasida o’zlarini tutish usulini o’zlari tanlaydilar. Bunda, albatta, berilgan mvaziyatga tushganda inson o’zini qanday tutishi mumkinligi asos qilib olinadi. O’yinning borishiga o’qituvchi aralashmasigi lozim. Ayrim hollarda o’yin tugagandan keyin rollarni almashib, yana bir bor o’yin o’tkazish foydadan xoli bo’lmaydi. 5. Muhokama O’yin muhokama qilinishi va baholanishi kerak. Ishtirokchilar va kuzatuvchilar o’yinda bo’lib o’tgan voqealarni va bu voqealar nima uchun ro’y berganligini muho kama qilish va tahlil etish imkoniyatlariga ega bo’lishlari lozim. «Besh minutlik esse» texnologiyasi Yozma vazifaning ushbu turi dars oxirida qo’llaniladi. Uning maqsadi o’quvchilarda o’rganilayotgan mavzu bo’yicha bilimlariga xulosa yasashni o’rgatish bo’lsa, o’qituvchi uchun o’quvchilar ongida nimalar ro’y berayotganligini bilishdan iborat. O’quvchilardan quyidagi ikki vazifani: mazkur mavzu bo’yicha nimalarni bilib olganliklari va o’zlari javob ololmagan biror savolni yozib berish so’raladi. O’qituvchi yozma ishlarni darhol yig’ib oladi, ularni tahlil etib, natijalaridan keyingi darsni rejalashtirishda foydalanishi mumkin. Klaster usuli Ushbu metod o’quvchi-talabani mantiqiy fikrlash, umumiyfikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o’rgatishga qaratilgan. Bion-bir mavzuni chuquro’rganishdan oldin o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi. Klasterlarga ajratish- o’quvchilarga biror-bir mavzu to’g’risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu usul ko’p variantli fikrlashni o’rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea) lar o’rtasida aloqa o’rnatish malakalarini rivojlantiradi. «Klaster» so’zi g’ujm, bog’lam ma`nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da`vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikralashni rag’batlantirish uchun qo’llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg’otish, mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo’lib, muayyan mavzu bo’yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzu bo’yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o’rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofikdir. Klaster tuzish ketma-ketligi: 1. Katta varag’ qog’ozning o’rtasiga yoki sinf doskasiga yoxud yozish uchun foydalanish mumkin bo’lgan sathga «kalit» so’z yoki gap yoziladi; 2. Shu mavzuga tegishli deb hisoblangan va xayolga kelgan so’z va gaplar yoziladi; 3.Fikrlar paydo bo’lganda va ularni yozganda fikrlar o’rtasida mumkin bo’lgan bog’lanishlarni belgilash; 4.Fikrlar tugamaguncha yoki vaqt tamom bo’lgunicha xayolga kelgan barcha fikrlar yozilaveradi; 5.Keltirilgan so’z va fikrlar mazmuni va yaqinligiga qarab toifalarga ajratib chiqiladi. Klaster tuzishda guruhdagi barcha o’quvchilarning ishtirok etishi, shu guruh uchun g’oyalar o’zagi bo’lib xizmat qiladi. “Klaster” metodi. Klaster (g’uncha, bog’lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u o’quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erki, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etad. “Klaster” metodi aniq obyektga yo’naltiritlmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o’quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi. “Klaster” metodi puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki gurux asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda o’quvchilar tomonidan bildirilayotgan g’oyalarnng majmui tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtrish va ular o’rtasidaga aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. “Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi. 3. Hamkorlikda o’qish. O’qish kichik guruhlarda olib borilganda samarali bo’lishi keyingi vaqtlarda ko’pchilik tomonidan tan olinmoqda. Kichik guruhlarda ishlashni tashkil etishning turli ko’rinishlari mavjud. O’qituvchi materialni o’rganishni juftliklarda tashkil etishi mumkin. Bunda material 2 o’quvchi tomonidan o’rganiladi, muhokama etiladi va natija bayon etiladi. Bunday ishlarni kichik guruhlarda tashkil etish ham mumkin. Guruhda 4- 7 kishilik kichik guruhlar tashkil etiladi va natija bayon etiladi va har bir guruhga ma’lum topshiriq beriladi. Topshiriqni birgalikda guruhdagilar o’rganib muhokama etishadi. So’ngra natijani guruhning bir a’zosi umumiy guruhga yetkazadi. Guruhdagilar uning ma’lumotini to’ldirishi, qo’shimcha qilishi, izoh berishi ham mumkin. Kichik guruhlar bilan alohida mavzularni o’rganishda yoki bir mavzuning turli qismlarini o’rganishda ham foydalaniladi. Munozaralar o’tkazish. Dars davomida beto’xtov o’qituvchining so’zlashini yoki ayrim o’quvchilar fikr almashinish usulini munozaradan farq qila olish kerak. Munozara faqat o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi muloqot ko’rinishida o’tsa samarasi kam bo’ladi. O’quvchilar o’rtasida tortishuv kelib chiqmaydi, izlanish kam bo’ladi. Fikr almashinish o’quvchilar o’rtasida sodir bo’lsa, uni o’qituvchi turli ko’rsatma, savol va boshqa usullar bilan boshqarib tursa munozaraning foydasi ko’p bo’ladi.
Dj.T.Dillon tomonidan munozaraga rahbarlik qilishda qo’llaniladigan 4 topshiriq bayon etilgan.
1. Tasdiqlash. Munozarani boshqaruvchi shaxs ma’lum muammoni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi g’oyani o’rtaga tashlaydi. Tasdiqlovchi fikrni birmuncha yumshoqroq, bo’shroq, bayon etib, munozaraga chorlaydi. Munozara vaqtida “Siz shuni tasdiqlaysizmi, ......”, yoki “Siz_____” deb aytsangz, lekin Po’lat ......... deb fikringizga qo’shilmayapti kabi ko’rsatmalar berib boradi. Ko’rinib turibdiki, o’qituvchi munozara jarayonini sinchkovlik bilan kuzatadi va boshqaradi. Talabalar fikridan munozarani qizitish uchun foydalanadi.
2. Savollar. Talabalar o’qituvchi savollariga nisbatan o’z kursdoshlari savolini katta tashabbus va faollik bilan muhokama etishga moyil bo’ladilar.
3. Ishoralar. Munozara jarayonida biror fikrni aytib, tashabbusni yoki fikrni bo’g’ib qo’ymay, ovoz chiqarmasdan, turli imo-ishora bilan munozarani boshqarish kerak. O’qituvchining ko’zlarini katta ochib, gapiruvchini ko’rsatib tinglashga ishora etishi, tortishuvchi tomonlarni ko’rsatib, fikrlarni taqqoslashga ishora etishi, fikrni oxirigacha eshitishi ishora blan ko’rsatishi va boshqalar.
4. Tinch turish. Savolni o’rtaga tashlagandan so’ng ma’lum vaqt tinch turib, fikrlash uchun vaqt berish kerak. Munozara vaqtida o’qituvchi quyidagicha savollar bilan o’quvchilarga murojat etishi mumkin: Aytgan gapingizga misol keltirsangiz. Nima uchun? Shundaymi? Aytganingiz Sattorni gapiga zid emasmi? Siz hammaning fikriga qo’shilasizmi? Asosiy maqsad muhokama etilayotgan masala bo’yicha talabalarning fikrlashini quvvatlash, fikrlarga to’g’ri yo’nalish berishdir. Munozara ishtirokchilari quyidagilarga e’tibor berishlari kerak:
1. Munozarada shaxsiy munosabatlarni namoyon etmay qo’yilgan muammoni yechish kerak.
2. Uzoq gapiravermay, boshqalarning gapirishini ta’minlash kerak.
3. Har bir so’zni o’ylab, muhokama etib, hissiyotni boshqarib, gapirish va gapni maqsadga aniq yetishiga erishish kerak.
4. Muallif nuqtai nazarini tushunishga intilishi, unga hurmat bilan qarash.
5. Aytilganlarni buzmay, asabiy rad etmay, odilona qarshi fikr bildir.
6. Ko’p so’zlab yuborma.
7. Yaxshi bilmagan soha bo’yicha fikr aytishga intilma.
8. Faqat munozaraga oid fikrni ayt, o’z bilimdonligini ko’z-ko’z qilishga intilma.
9. Biror odamga yaxshi ko’rinish yoki biror odamni kamsitishga intilib gapirma.
Klasterlarga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur.
1. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e’tibor bermasdan yozib borish.
2. Orfografiya va boshqa omillarga e’tibor bermaslik.
3. Vaqt tugaguncha, iloji boricha to’xtalmasdan yozish.
4. Iloji boricha ko’proq bog’lanishlar hosil qiiishga harakat qilish.
5. G’oyalar va so’zlar sonini cheklab qo’ymaslik.
Uni dars jarayonida yanada to’ldirish va kengaytirish mumkin, "FSMU” metodi - munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o’tkazishda yoki o’quv-seminarlari yakunida o’quv rejasi asosida biron bo’lim o’rganib bo’lingach qo’llanilishi mumkin. Bunda talabalar o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazish, ochiq holda bahslashishga, shu bilan birga egallagan bilimlarini baholashga, tahlil etishga hamda tinglovchilarda bahslashish madaniyatini o’rgatadi. F - fikringizni bayon eting S - fikringizni bayoniga sabab ko’rsating. M - ko’rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring. U - fikringizni umumlashtiring. «Zakovatli zukko» metodi - mavjud bilimlarni puxta o’zlashtirishda talabalarni fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga ega, "Zakovatli zukko" metodi talabalarda tezkor fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metod o’z xohishlariga ko’ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko’rish istagi bo’lgan talabalar uchun qulay sharoit yaratadi. Ular o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda to’g’ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga ko’ra har bir savolga qaytarilgan to’g’ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning o’rtacha arifmetik qiymatini topish asosida talabalarning tafakkur tezligi aniqlanadi. Ballar belgilanishi talabalarning shaxsiy imkoniyatlari to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. Metod talabalar bilan yakka tartibda, guruhli va ommaviy ishlashda birdek qo`llanilishi mumkin. Munozara (Muhokama) uslubi Ko’p hollarda seminar mashg’ulotlari orada o’qituvchi monologlari bilan bo’linadigan talabalar monologlari shaklida o’tadi, qolgan o’quvchilar esa shu paytda zerikib o’tiradilar. Shuning uchun darsda Munozara usulini qo’llash barcha o’quvchilarning faolligini oshirib, zerikishlarga yo’l qo’ymaydi. «Munozara»ni o’tkazish usuli: 1. Yetakchi munozara mavzusini tanlaydi va qatnashuvchilarni taklif qiladi; 2. Yetakchi qatnashuvchilarga muammoni «Aqliy hujum» masalasini beradi va uni o’tkazish tartibini belgilaydi; 3. «Aqliy hujum» vaqtida bildirilgan g’oya va fikrlarni yozib borish uchun kotib tayinlanadi. Bu bosqichda guruh qatnashchilarining har biri o’z fikrini bildirishiga sharoit yaratiladi; 4. Yetakchi ikkinchi bosqichga o’tishdan avval qisqa tanaffus e`lon qiladi. Ikkinchi bosqichda bildirilgan fikr va g’oyalarni guruhlashtirib, ularni tahlil qilishga o’tiladi; 5. Tahlil orqali qo’yilgan vazifani eng maqbul yechimini topishga harakat qilinadi. O’qituvchi munozara paytida quyidagi savollarni berishi mumkin: Siz misol keltira olmaysizmi? Nahotki! Nima uchun? Bu fikr Aziz aytgani bilan qanday qilib moslanadi? Demak, siz Lolaning fikriga qo’shilasiz? Siz menga aytmang, Akbarni ishontirishingiz lozim! Sizning xayolingizga ________ ekanligi to’g’risidagi fikr kelmadimi? O’quvchilar fikrlari qanday bo’lishidan qat`iy nazar, unga munosabat bildirishga shoshilmaslik munozara yuritishning qat`iy qoidasi bo’lib hisoblanadi. Shu bilan birga o’kituvchi fikrlarning mantiqsizligiga, yaqqol qarama-qarshi, asossiz fikrlarning bildirilishiga ham yo’l qo’ymasligi lozim. Odobli luqma bilan fikrlarning asosliligini, aytilgan yoki qo’llab-quvvatlangan fikrning to’g’riligini oydinlashtirib, ularda aytilgan g’oyaning mantiqiy oqibati to’g’risida fikrlashga qiziqish uyg’otish zarur. Muzyorar metodi. Ko’pchilik odamlar notanish vaziyatda (yangi sinf yoki yangi maktabda, kursning boshlanishida) bo’lganlarida o’zlarini jur`atsiz sezishadi. Ko’pincha bir-birlarini bilishmaydi. Agar xech bo`lmaganda bir kishi bilan tanish bo’lsalar, ular birga bo’lishadi. Shuning uchun o’qituvchi (yoki boshlovchi) o’quvchilarga o’zlariga ishonch hissiyotini beradigan do’stona muhitni va ular o’zlari o’rganishlari kerak bo’lgan narsaga diqqatlarini qarata oladigan vaziyatni yaratishi kerak. Bunda Muzyorar usulidan foydalanish mumkin. Bu ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchilar o’rtasidagi «to`siq»ni yo’qotishga qaratilgan usul. Muzyorarga quyidagi misollarni keltirish mumkin: 1. Taqdim etish. O’quvchi yoki ishtirokchilardan ular o’zlarini tanishtirishlari va o’zlari to’g’risida muayyan axborot berishlari suraladi. Ular taqdim etgan axborot saylanmasi sinf yoki kurs xususiyatiga bog’liq. Bu quyidagilar bo’lishi mumkin: ism-sharifi yashash joyi qiziqishi fanlarga munosabati. Bu axborot jadval shaklida katta qog’oz varag’iga yozib jamlansa yaxshi bo’ladi. Bu usul kam vaqtni oladi (har o’quvchiga 1-2 minut), biroq undan 30 kishidan ko’p guruhlarda foydalanib bo’lmaydi. Bizda ular haqida axborot kam bo’lgan, ulardagi odamlar bir-birlarini yaxshi bilmaydigan guruhlar uchun yaxshi, biroq u har doim ham guruh a`zolarining yaxshi tanishishlariga kafolat bermaydi. 2.Intervyu. Bir-birlarini yaxshi tanimaydigan juftliklar tuzilib, ularga tanishib olishlari uchun 5-7 minut vaqt beriladi. So’ng juftlikning har bir a`zosi butun guruhga o’z sherigi to’g’risdagi ma`lumotlarni biror qiziqarli faktni qo’shgan holda taqdim etadi. Bunda guruhdagi har bir kishi bitta odam bilan tanishishi kafolatlanadi. Bu usul ishtiokchilarga dadillik hissini beradi, biroq uni 25 kishidan ko’p guruhda qo’llash mumkin emas. 3.Jadvallar. Har bir ishtirokchiga flomaster va katta qog’oz varog’i beriladi. Qog’oz to’rt qismga bo’linib, har biriga quyidagi axborotni yozish topshiriladi: yuqoridagi chap burchakda: o’zini bir so’z bilan tasvirlasin yuqoridagi o’ng burchakda: nima bilan faxrlanishini yozsin pastdagi chap burchakda: o’zi haqida qandaydir bir sirni oshkor kilsin (bu jiddiy sir bo’lishi majburiy emas, biroq shunday axborot bo’lsinki, u haqda ishtirokchilardan hech kim bilmasin) pastdagi o’ng burchakda: o’z xobbisini chizib bersin. (Jadvalning katakchalarini guruh xususiyatiga qarab o’zgartirish mumkin) Hamma ishtirokchilar ishni tugatganlaridan keyin ular jadvalni oldlarida ushlab zalning o’rtasiga chiqishadi. U yoq- bu yoqqa o’tib ishtirokchilar birbirlari bilan tanishadilar. Ishtirokchilar o’z ismlarini jadvallarga yozib, ularni devorga ilib qo’yishadi. «T- chizmalar» usuli. T-chizma munozara vaqtida qo’shaloq javoblar (ha/yo’q, tarafdor/ qarshi) yoki taqqoslash, zid javoblarni yozish uchun universal grafik organayzer hisoblanadi. Masalan, ta`limning an`anaviy va noan`anaviy shakli haqidagi matn o’qilganidan so’ng, birinchi guruh T- chizmani chizib, uning chap tomoniga an`anaviy ta`limning afzalliklarini berilgan vaqt davomida ko’rsatib berishadi. So’ngra shuncha vaqt ichida bu fikrga qarshi bo’lgan fikrlarni, ya`ni an`anaviy ta`limning kamchiliklarini ko’rsatib o’tishadi. Ikkinchi guruh xuddi shunday chizmada noan`anaviy ta`limning afzallik va kamchiliklarini tahlil qilishadi. Guruhlarning chizmalari taqqoslanib, so’ngra butun sinf bilan chizma tuziladi va muhokama etiladi. Buni quyidagi shaklda berish mumkin:
Sinkveyn usuli J.Still, K.Meredis, Ch.Templning «O’qish va yozish tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun» dasturida o’quvchi va talabalar faolligini oshiruvchi, ularning tanqidiy fikrlashini o’stiruvchi qator usullar ko`rsatib o`tilgan. Shulardan ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz. “Sinkveyn” metodi. “Sinkveyn” so’zi fransuzchadan olingan bo’lib, “besh qadam” so’ziga to’g’ri veladi. Sinkveynda narsa yoki hodisa haqidagi fikr qisqa ko’rinishdaifodalanadi. Sinkveynda she’rdagi o’xshagan 5 qatorga ma’lumotlar yoziladi.
1. Birinchi qatorda mavzu bir so’z bilan (odatda ot bilan) ifodalanadi.
2. Ikkinchi qatorda mavzuga juda mos keladigan ikkita sifat beriladi.
3. Uchinchi qatorda mavzu 3ta xarakatni bildiruvchi fe’l bilan foydalaniladi.
4. To’rtinchi qatorda temaga doir muhokama etuvchilarning hissiyotini ifodalovchi jumla tuziladi. U to’rt so’zdan iborat bo’ladi.
5. Beshinchi qatorda mavzuni mohiyatini ifodalovchi bitta so’z beriladi. U mavzuning sinonimi bo’ladi. Buni sxematik ravishda quyidagicha ko’rsatish mumkin:
Muammo nomi__________________________________
Sifat________________________________________ Harakat_______________________________________
Hissiyotni ifodalovchi jumla____________________
Mohiyatning yangicha ifodasi_____________________
Namuna: O’qitish Og’ir, qiyin Xarakat, chidash, intilish Yangi bilim avvalgisiga bog’lanadi O’rgatish Ta`lim Uzluksiz, ixtiyoriy (majburiy). O’rgatadi, yo’l ko’rsatadi, ruhlantiradi. Hayotdagi eng yorug chirog’! Bilim. Sinkveynlar quyidagi hollarda juda foydali bo’ladi: Murakkab axborotni sintezlash uchun vosita sifatida; O’quvchilar tushunchalarining yig’indisini baholash vositasi sifatida; Ijodni taqdim etilishining vositasi sifatida. Sinkveyn ma’lum mavzu o’rganilgandan so’ng tuzilsa, uning asosiy xususiyatlari, mohiyatlari tushunilib, yakunlanadi. Sinkveyn materiallar ustida o’ylashga, murakkab axborotni sintezlashga va uni uzoq xotirada saqlashga yordam beradi. Ijodiy ishlash imkoniyati kelib chiqadi.
O’quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash faoliyatlarini rivojlantirishda elektron ta’lim resurslaridan maksimal foydalanish muhim ahamiyatga ega. O’quv va didaktik materiallarga qo’shimcha tarzda tasviriy-vizual vositalar (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, grafiklar) ham kiradi. Ular umumiy va keng qamrovli tasavvurlarni vujudga keltirishni osonlashtiradi. Predmet vositalari tasvir va matnlarni yozib olish, saqlash imkonini beradi. Ularga doska, flipchart, kodoskop (proektor) kamera va kompyuterlar kiradi. Tajriba ishi sohasiga tegishli kerakli tajriba uskunalari, namunalar, jihozlar va asboblar nazariy dars yoki amaliy mashg’ulot paytida didaktik funksiyaga ega bo’lsa, o’quv vositasi sifatida qo’llanilishi mumkin. Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, soha va usullarga mos holda tanlash muhim o’rin tutadi. O’qituvchi o’quv va ko’rsatmali vositalarni ishlata olishni, ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining o’quv materiallari bir paytning o’zida didaktik materiallar sifatida, ya’ni o’qitish va o’rganish uchun ishlatiladi. Agar o’quv va didaktik materiallar yetarli bo’lmasa, u holda o’qituvchi tomonidan ularning tanlanishi hamda nazariy yoki amaliy mashg’ulotlar maqsadiga moslashtirib tayyorlanishi kerak. O’quvchilarning faolligi ularning o’quv materialni egallab olishida o’quv, tajriba xonasi sharoitlarida topshiriqlarni bajarishdagi harakatlarida namoyon bo’ladi. Faollik-ta’lim sharoitida o’zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ishharakat usullarini turli ishlab chiqarish vaziyatlarida qo’llanishga imkon beradi.
Bola hayoti va rivojlanishining har bir davri muayyan etakchi faoliyat turi bilan tavsiflanadi. Bola psixologiyasida etakchi faoliyat deganda, asosiy aqliy jarayonlar va shaxs xususiyatlarining shakllanishi ro’y beradigan, ushbu yoshga xos bo’lgan aqliy neoplazmalar paydo bo’ladi. Shunday qilib, go’daklik davrida (1 yoshgacha) faoliyatning etakchi turi to’g’ridan-to’g’ri emotsional aloqa, erta bolalikda (1 yoshdan 3 yoshgacha) - subyektiv faoliyat, maktabgacha yoshdagi - o’yin, boshlang’ich maktab yoshida - o’qish, o’spirinlik - tengdoshlar bilan aloqa. Boshlang’ich sinflarda o’yinning mohiyati shundaki, unda bolalar hayotning turli tomonlarini, ayniqsa kattalar o’rtasidagi munosabatni aks ettiradilar va atrofdagi voqelik to’g’risidagi bilimlarini yaxshilaydilar. O’yin - bu bolaning haqiqatini bilish vositasi. Taniqli bolalar psixologi D. B. Elkonin o’yinning ijtimoiy mohiyatini shunday ta’kidladi: u kengaytirilgan syujet va rolli o’yinning tuzilishini tahlil qiladi va o’yinning birligini - bola o’ynaydigan rolni ta’kidlaydi. Rol bilan bog’liq o’yin harakatlari bular ma’nosi bor harakatlardir, ular majoziy ma’noda tushuniladi. Boshlang’ich sinf lar uchun o’yinning yana bir tarkibiy qismi bu qoidalar. Ularning sharofati bilan, bolada zavqlanishining yangi shakli paydo bo’ladi - u qoidalar talab qilganidek harakat qilayotganidan xursand bo’ladi. Psixologik rol o’ynashning rivojlangan shaklining mazmuni ob’ekt emas va undan foydalanish emas, balki odamlar o’rtasidagi munosabatlar. Psixologik o’yin natijasi bolani kattalarning hayoti va faoliyatini chuqurroq tushunishga undaydi. Shunday qilib, psixologik o’yin - bu inson faoliyati ma’nolarida yo’naltirilgan faoliyat. - shaxsiyatning dunyo bilan o’zaro munosabati; - bolaning sub’ektiv faoliyati sifatida o’zgaradigan va rivojlanadigan maxsus faoliyati; - bolaga ijtimoiy tayinlangan va u tomonidan sotib olingan faoliyat turi (yoki dunyoga munosabat); - assimilyatsiyaning maxsus tarkibi; - bola ruhiyatining rivojlanishi davomida amalga oshiriladigan tadbirlar; - bolalar hayotini tashkil etishning ijtimoiy-pedagogik shakli. Psixologik o’yin - bu murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa, maktabgacha yoshdagi davrning etakchi faoliyati bo’lib, jismoniy, aqliy va shaxsiy sohalarda muhim neoplazmalar beradi, umumiy aqliy rivojlanishga ta’sir qiladi. Boshlang’ich maktab yoshiga kelib, o’yin faoliyati o’z rolini yo’qotmaydi, ammo o’yin mazmuni va yo’nalishi o’zgaradi. Bu vaqtda qoidalar va didaktik o’yinlar katta o’rin egallay boshlaydi. Ularda bola o’z xatti-harakatlarini qoidalarga bo’ysunishni o’rganadi, uning harakatlari, e’tiborlari va diqqatni jamlash qobiliyati shakllanadi, ya’ni maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchun ayniqsa muhim bo’lgan qobiliyatlar rivojlanadi. Boshlang’ich sinfdagi o’quvchilar ro’lli o’yinlarni o’ynashda, ularni haqiqiy hayotda jalb qiladigan rollarni o’ynashga moyildirlar: odatda jasorat, faxrlanish va boshqa tuyg’ularning namoyon bo’lishi bilan bog’liq. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan taqqoslaganda, yosh o’quvchilar ko’proq syujetni, rollarni taqsimlashni muhokama qilishadi. Ziddiyatli vaziyatlarda bolalar o’zlarining faoliyatini tahlil qilish, harakatlar va imkoniyatlarni baholash qobiliyatiga ega. Umuman olganda, o’yin syujetlarini ishlab chiqish har kuni ishlab chiqarish maydonchasi bilan o’yinlarga, so’ngra ijtimoiy-siyosiy voqealarni aks ettirgan syujetlarga o’tadi. 1-sinfda o’yinda maktabga katta o’rin beriladi - bolalar bir-birlariga qo’g’irchoqlarni o’rgatishadi. 3-sinfda maktabga oid o’yinlar yo’qoladi. 1 va 2-sinf bolalarida oilaviy hayot bilan bog’liq o’yinlar davom etmoqda. Improvizatsiya o’yinga kiritiladi. Yosh o’quvchilarda individual o’yinlar, shuningdek, 2-3 kishidan iborat kichik guruhlarda keng namoyish etiladi. Ritmik o’yinlar, teatrdagi o’yinlar odatiy holdir. Qoidalar va sport o’yinlari 3-sinfda katta o’rin egallay boshlaydi. Bolalar qanchalik katta bo’lsa, o’yinda ko’proq raqobat kuchayadi. Bu bolalarda jamoada harakat qilish, sinf sharafi uchun kurashish qobiliyatini rivojlantiradi. Boshlang’ich maktab yoshida, shuningdek, tashqi harakatlar nuqtai nazaridan o’yinlardan - tasavvur, ongda o’yinlarga o’tish mavjud. Shunday qilib, bolalar tashqi harakatlar qilmasdan kosmik sayohat qilishlari mumkin. Ya’ni ideal o’yin, tasavvur o’yini allaqachon shakllangan bo’lishi mumkin. Shunday qilib, bugungi kunda boshlang’ich maktab yoshidagi o’yin katta o’rinni egallashda davom etmoqda, deb ayta olamiz. O’yin va o’qish ikki xil faoliyatdir, ular orasida sezilarli sifatli farqlar mavjud. N.K. Krupskaya, «maktab o’yin uchun juda oz joy egallaydi, shu bilan darhol bolaga kattalar usullaridan foydalangan holda har qanday faoliyatga yondashishni majbur qiladi» deya u o’yinning tashkiliy rolini kam baholaydi. Psixologik o’yindan jiddiy izlanishlarga o’tish juda keskin, erkin o’yin va tartibga solinadigan maktab faoliyati o’rtasida to’liq bo’lmagan bo’shliq mavjud. Bu erda bizga o’tish shakllari kerak. Didaktik o’yinlar ham shunday ishlaydi. K.D. Ushinskiy o’yin shaklida o’rganish qiziqarli, ko’ngilochar bo’lishi mumkinligini va lekin hech qachon ko’ngil ochmasligi xam mumkinligini ta’kidladi. Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, maktab yoshidagi bolalar uchun o’yinning ahamiyati kam. O’qituvchining vazifasi boshlang’ich sinflarda o’yin harakatlaridan o’quv faoliyatiga o’tish jarayonini silliq va xatolarsiz bajarishdir.
Qadim va navqiron o’zbek xalqi doimo ziyoga, ilm-hunar egallashga intilgan. Xalq donishmandligida yoshlarni ilmli, hunarli qilib tarbiyalashga va kattalar tajribasini ularga singdirish masalasiga katta o’rin berilgan. Bu donishmandlik manbai bo’lgan xalq og’zaki ijodida xalqimiz hayotining manzaralari, turmush tartibi, qadimgi urf-odatlari va marosimlarini o’zida aks ettirgan dostonlar, ertaklar, latifalar, tez aytishlar, topishmoqlar, maqollar yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda, oilada bola tarbiyasida juda muhim vosita bo’lib xizmat qilib kelgan. Bugungi kunda ham xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanish dasturlar va qo’llanmalar yaratishda hozirgi kun pedagogika fanining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarda xalq og’zaki ijodiga keng o’rin berilgan. Shular orasida tez aytishlar alohida ahamiyatga ega.Tez aytishlar o’quvchilar nutq malakasini takomillashtirib,burro-burro so’zlashga, aytmoqchi bo’lgan fikrini to’g’ri ifodalashga o’rgatadi. Tez aytishlar 1-2-sinf o’qish darsligida har bir matn oxirida keltirilgan bo’lib, tez aytish matnlari ham har bir mavzuga uzviy ravishda aloqador. O’qituvchi tez aytishlarni mashq qildirganda, avvalo, uni suhbatdan boshlashi lozim. Masalan, mana bunday: 2-sinf darsligining 50-sahifasida “Oltin kuz-hosiling yuz” bo’limidagi quyidagi tez aytishga qaraymiz. Olma shoxida olmaxon. Olmani olma, Olmaxon. 1.Kuz faslida qaysi mevalar pishib yetiladi? 2.Bog’ingizga olma daraxti ekkanmisiz? 3.Olma qanday rangda boladi? 4.Tez aytishdagi ikkita joyda kelgan “olma “ so’zlari bir xil ma’noni bildiryaptimi? Ushbu savol-javobdan keyingina tez aytishlar mashqiga ko’chilsa, darsdan ko’zlangan maqsadga erishiladi. Xalq og’zaki ijodining eng boy va rang-barang janrlaridan biri bo’lgan ertaklar bolalar hayotini chetlab o’tolmagan, hatto turli yoshdagi bolalar uchun ham alohida, maxsus ertaklar yaratilgan. Bunga “Ur, to’qmoq”,”Zumrad va Qimmat”, “Tulki bilan turna”, “Donishmand yigit”, “Susambil” kabilarni misol keltirish mumkin. Ertaklarning tili sodda, ravon bo’lgani uchun ham har qanday yoshdagi o’quvchi uni oson tushuna oladi. Mardlik, epchillik, mehnatsevarlik, halollik, vafodorlik, saxiylik kabi fazilatlar ulug’langan. Bu ma’naviy merosimizdan farzandlarimizni to’laligicha bahramand qilishimiz kerakki, ular yoshlikdan ertaklarni sevsinlar, ularni o’qib mustaqil fikr yuritsinlar, o’zlarining sevimli qahramonlariga o’xshashga intilsinlar. Ertaklardan nafaqat darsda, balki sinfdan tashqari mashg’ulotlarda ham keng foydalanilsa, darsda o’zlashtirilgan axloqiy tushunchalarni mustahkamlash va ularga muvofiq axloqiy odatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, o’qituvchi xalq og’zaki ijodidan ta’lim jarayonida unumli foydalana bilishi kerak.
Boshlang’ich ta’lim bu –o’quvchining hayotni bilish, o’rganish, tadqiq etish bilimining poydevoridir. Shu nuqtayi nazardan olib qarasak, boshlang’ich ta’limning ahamiyati benihoya ustun. Ya’ni o’quvchini o’qitish emas o’qishga o’rgatish muhim masaladir. Birinchi sinf o’quvchilariga alifboni o’rgatish davomida shuni kuzatish mumkinki, asosiy zehnli bolalar kitobni yod olib qo’yishadi. Ko’pincha ota-ona yoki ustozlar bundan xavotir olishadi ko’rko’rona o’qiyapti deb. Aslida bolaning xotirasi kuchli ekanligi va kelajakda katta yutuqlarga ega bo’ladigan bolalar shunday qilishadi. Bu ham bir iqtidorning ko’rinishi. Bunday vaziyatda bola bilan ishlash, uni to’g’ri yo’naltirish o’qituvchining vazifasidir. O’tmishdan bizga ma’lumki, Imom al-Buxoriy minglab hadislarni yoddan bilgan, ya’ni ustozlarini diqqat bilan eshitib hadislarni yod olib qolgan. Alisher Navoiy esa kichik maktab yoshidanoq Fariduddin Attorning “Mantiq-ut tayr” asarini sevib o’qib, ota-onasi yoshiga munosib emas deb olib qo’yishganda, yod olganligini xotirasida muhrlanib qolganligini bundan o’zi benihoya xursand bo’lganligini eslab o’tishimiz mumkin. Boshlang’ich ta’lim tizimida mantiqiy o’qish, ya’ni matnni to’g’ri, tushunib, tez-me’yorida o’qish, va adabiy o’qish mukammal o’zlashtirilganidan so’ng ifodali o’qishga o’tiladi. Bu yod olingan she’riy asarlarni ifodali o’qishni ham o’z ichiga oladi. Ifodali o’qishning muvaffaqiyati o’quvchilarning asar mazmuni, g’oyaviy-badiiy hususiyatlari haqida muayyan tushunchaga ega bo’lishi bilan bog’liq. Ohang va intonatsiya she’riy asarlarni ifodali o’qishda qay darajada muhim bo’lsa, nasriy asarlarni o’qishda ham muhim talablardan biridir. Nasriy asarlarni ifodali o’qishdan oldin unda qanday g’oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda Normurod Norqobilning «Xarita» hikoyasini ifodali o’qishdan oldin o’quvchilarga O’zingizni qayerda eng xotirjam xis qilasiz? Vatan deganda nimani tushunasiz? Kabi savollar beriladi? O’quvchi o’z tushunchalarini bayon etadi. Asarni o’qish jarayonida xis qilishadi. O’quvchiga asarlardan xulosani mustaqil chiqarishga o’rgatish zarur. O’qituvchi ularning fikrlashini nazorat qilishi, noto’g’ri izoh berishganda ham urushmasligi va qayta o’qishni taklif qilishi zarur. Sinfda 20 tadan 30 tagacha ba’zi hollarda undan ko’p o’quvchilarni o’qitish mumkin. Barcha bola indivudial xususiyatga, psixik ruhga va oilaviy muhitga ega. Bularning barchasi fikrlash, tushunish qobiliyatida va xulosa qilish jarayonida namoyon bo’ladi. O’qituvchining ijodkorligi, mahorati tufayli o’quvchi ongining shakllanishi, hayotsevarligi, vaziyatga to’g’ri baho berishi rivojlanadi. Ifodali o’qish oldiga qo’yilgan bu talab M. Abdurashidxonovning «Har kim ekkanin o’rar», Sh.Sa’dullaning «Laqma it», A.Oripovning «Dehqonbobo va o’n uch bolakay qissasi» kabi she’riy hikoyalarini o’qishga ham xosdir. Badiiy o’qish ifodali o’qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda so’z san’atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o’quvchidan asar ruhiga batamom kirishni, san’atkorona o’qishni talab etadi. Badiiy o’qishda asar qahramonlarining ruhiy holati, kechinmalari to’la anglab etilgandagina ta’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o’qishga tayyorgarlik ko’rishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o’quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo’llaniladigan usuldir. O’qish darslarida reproduktiv metoddan ham foydalaniladi. Masalan, o’qituvchi dastlabki darslarda o’zi asar matnini qismlarga bo’ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo’lgan muhim fikriga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko’rsatadi, o’quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib, o’quvchilarga ko’maklashadi. Bularning bari o’quvchilar uchun bir ko’rsatma vazifasini o’taydi. Shundan so’ng o’quvchilar o’qituvchining ko’rsatmalari yordamida yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni o’zlari mustaqil ravishda bajaradilar. Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, boshlang’ich sinf ona tili darslarida ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan “Fikriy hujum”, “Yalpi fikriy hujum”, “Fikrlarning shiddatli hujumi”, “6x6x6”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Qora quti”, “Beshinchisi (oltinchisi, ettinchisi ...) ortiqcha”, “3/3, (4/4, 5/5...)”, “Rasmlarning joyini top”, “Qizil va yashil chiroq”, “Videotopishmoq”, “Yumaloqlangan qor” o’yini, “Zakovatli zukko”, “Qarama-qarshi munosabat”, “BBB”, “Zig-zag”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Juftlikda ishla”, “O’zaro (bir-birini ) o’qitish”, “O’zaro savol-javob”, “Sinkveyn”, “Uch pog’onali intervyu”, “Arra”, “Mo’jizalar maydoni”, kabilardan foydalanish yaxshi samara beradi. Sinkveyn namunasi: “Xarita” hikoyasi uchun. O’quvchida sinkveyn yozish natijasida fikrlarni jamlash, umumlashtirish, xulosalash kabi tafakkuri rivojlanadi. 1. Vatanim 2. Vatan –bebaho 3. Vatanni sevmoq- iymondandir. 4. Vatanimning tinchligi uchun jonim fido. 5. Faxrim.
Boshlang’ich ta’limda integratsiyalash bola dunyoni bilishi va tasavvur qilishda bir tomonlama emas, balki har tomonlama rivojlanishga erishiladi. Chunki bola dunyoga matematik, biolig, sportchi, rassom, so’z ustasi, kashfiyotchi, usta, chevar ko’zi bilan qarashni o’rganadi. Dunyoni yaratish, uni bir butunligiga tasavvur qilishni tushunadi. Bunga albatta dars orasida o’yin faoliyatidan foydalanishi yaxshi natija berib, bolani ruhan tetiklashtiradi. Bizga o’yin turlari ma’lum, ulardan o’z vaqtida va oqilona foydalanish o’qituvchining mahoratiga bog’liq. Masalan, “Sanash o’yini” orqali bolani xotirasi mustahkamlanadi, tez fikrlaydi. O’yinda 1, 2, 4 o’z o’rnida aytiladi, faqat 3- o’rniga olma, 5- o’riniga esa qaldirg’och deyish kerak. Agar bola so’z o’rniga raqam aytib yuborsa (4, 5 deb) o’yindan chiqib turadi. Shunday qilib o’yin oxirida qolgan o’quvchi g’olib hisoblanadi va rag’batlantiriladi. “Gullar terish” o’yinida stol ustiga qog’ozdan yasalgan gullar qo’yib qo’yiladi, har bir guruhdan o’quvchilar chiqib, gulni oladi va gulni orqasiga yozilgan misolni ishlashi, savolga javob berishi kerak bo’ladi. Qaysi guruhdan 5 daqiqa ichida ko’p gul to’plashsa, g’olib hisoblanadilar, gullarni hisobchi hisoblaydi. Didaktik o’yin texnologiyalaridan foydalanish: Maktabga ilk qadam qo’ygan bolalarni o’qish jarayoniga qiziqishlarini oshirish murakkab hisoblanadi. SHu bois ham mashg’ulotlarni didaktik o’yin texnologiyalari bilan boyitib borish ham o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishlarini ortiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Darslarda foydalaniladigan didaktik o’yin texnalogiyalari o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish darslik va qo’shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasbga yo’llash didaktik o’yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda mo’ljalni to’g’ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to’g’ri xulosa yasashga zamin tayyorlaydi. Didaktik o’yin texnologiyalari ta’lim – tarbiya jarayoniga didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Didaktik o’yinli darslar o’quvchilarning bilim olish faoliyati, o’yin faoliyati bilan uyg’unligi, mazmuni va mohiyatiga ko’ra syujetli – rolli o’yinlar, konferensiyalar va o’yin mashqlarga ajratiladi. Har bir didaktik o’yinli darslarning didaktik maqsadi, o’ziga xos xususiyatlari ta’lim tarbiya jarayonida tutgan o’rni, mazmuni ishlab – chiqilib, amaliyotga joriy etilgan. Boshlang’ich sinflarda ayniqsa o’qish darslarida didaktik o’yin texnologiyalaridan foydalanish, o’tilayotgan mavzuni bolani ongida muhrlanib qolishi uchun muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. CHunki bola biror ertak yoki hikoyadagi hodisa va voqealarni o’zi ishtirokida tasavvur qilsa, mavzuni tushinishi ham osonlashadi. Masalan, hayvonlar haqida biror ertakni olaylik, o’quvchilarga ertakni o’qib berish va o’qitish orqali darsni yakunlash mumkin, lekin ertakni sahnalashtirish, unda bolalarni o’zlarini ishtirok ettirish yanada qiziqroq bo’ladi. Buning uchun bolalar ertak uchun hayvonlar niqobini o’zlari tikishlari, yasash ishlarini bajarishlari mumkin bo’ladi. Demak, bola ertakni o’qiydi, unga tayyorlanish uchun hayvonlar ovozini o’xshatadi, rollarga kiradi, rasmlar chizadilar, badiy mehnat bilan shug’ullanadilar, umuman olganda mustaqil ijod qiladilar. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki integratsiyalashgan, eng qiziqarli dars tashkil etiladi. Xo’sh, bunday darslar qanday samara berishini ta’savvur qiling! Shunday qilib, boshlang’ich sinf mashg’ulotlarini integratsiyalash jarayonida didaktik o’yin texnologiyasidan foydalanish yuqori samara berishi aniq. Ta’lim –tarbiya jarayonini integratsiyalash te’nologiyasini ishlab chiqishda, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarning bilim va tahsil olishga bo’lgan qiziqishlarini ortiradi, bilish faoliyatini oshiradi, ta’lim-tarbiya jarayoninig yuqori darajada bo’lishiga imkon yaratadi.
Xulosa
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, har bir bolaning onadan dunyoga kelishi faqat tug’ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki u ma’lum layoqat, qobiliyat kurtaklari bilan tug’iladi. Lekin u inson, shaxs sifatida oilada ota-onalar; jamiaytda esa tarbiyachi ustozlar va turli jamoalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi faoliyati orqali shakllanadi. Jamiyat rivojlangan sari yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirish ehtiyoji ham ortib brogan, hamda o’zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. Bu esa o’qituvchi-tarbiyachining zimmasiga katta vazifa yuklaydi. Zamonaviy kiyinish, zamonaviy uy-joy, zamonaviy qurilish, zamonaviy maktab, bu ro’yxatga zamonaviy o’qituvchi iborasini ham kiritishimiz mumkin. Zamonaviy o’qituvchi- bu ibora juda keng qamrovli bo’lib, o’qituvchining ilmiy solohiyatidan tortib, uning kiyinishi-yu, soch turmagigacha, gapirishi-yu, o’zini tutishigacha barcha-barchasini qamrab oladi. O’qituvchi eng avvalo, ideal shahs bo’lishi kerak Ularning har bir so’zi, ko’z qarashi ibrat bo’la olishi zarur. O’qituvchi eng avvalo o’z fanini sevishi kerak, shundagina u fanning yangi yutuqlari-yu, zamonaviy qarashlari bilan tanishib boradi va fan yutuqlariga o’z hissasini ham qo’shishi va mutaxassisligi bo’yicha yetarli bilimga ega bo’la oladi. Bundan tashqari o’qituvchi har bir o’quvchiga individual yondashishi, ularning har biridagi qobilyatlarni aniqlay olishi, qiziqishlariga to’g’ri baho bera olishi, ularning ruhiy holatlarini tushunishi ba’zan esa ro’y beradigan ruhiy tushkunliklardan chiqara olishi, ta’lim bilan bir qatorda yuksak tarbiya berishi lozim. Bu vazifalarni bekamiko’st bajarishi uchun esa bolaga nisbatan o’qituvchi qalbida mehr va muhabbat bo’la olish kerak. Zotan Rus tarixchisi Klyuchevskiyning bir fikri bor: “Yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun, o’qitayotganingni va o’qiyotganlarni yaxshi ko’rishing lozim”. Bu fikr esar zamonaviy o’qituvchi uchun ham qo’yilgan eng birlamchi talablardan biridir. O’qituvchi hamisha darsga ochiq chehra bilan kirishi kerak. Nutq madaniyatiga rioya qilishi, shevadan qochib, adabiy tilda, chiroyli muomalada so’zlashi lozim. Dars davomida, mavzuni tushuntirishda gapirish tenbirining turlichaligidan foydalanishi kerak. Chunki bir xil tonda gapirish ham o’quvchining zerikishiga olib keladi. Juda past tonda ham, juda baland tonda ham gapirmaslik kerak. Ovozning pastligi o’quvchilarning darsda uxlab qolishiga olib kelsa, juda baland ovozda gapirish bolaning ruhiy holatiga salbiy ta’siri o’tkazish mumkinligi tadqiqotchilar tomonidan aniqlangan. Bundan tashqari o’qituvchining nutqi toza va jozibador bo’lishi lozim. Albatta, pedagog notiqlik san’atini egallagan bo’lishi lozim. O’qituvchining kiyinishi ham muhim. Uning kiyimlari va soch turmagi oddiy e’tiborni jalb qilmaydigan bo’lishi kerak. Bu borada Xalq ta’limi o’qituvchilari uchun yaratilgan maxsus maktab formalarini namuna sifatida keltirib o’tishimiz mumkin. O’qituvchining metodikasi ya’ni darsni o’quvchilarga oson, qulay va qiziqarli qilib tushuntira olishi kerak. Zamonaviy o’qituvchi an’anaviy ma’ruzalar-u, shunchaki o’qib tushuntirib berishlardan qochishi, balki zamonaviy ped-texnologiyalar, ko’rgazmali vositalar, interfaol o’yinlardan, multimedialardan, global tarmoqning ajoyib imkoniyatlaridan foydalanishi lozim. Chunki bugunning bolasi internetdan bemalol va keragicha foydalana oladi. bu borada o’quvchidan ortda qolish aslo mumkin emas. Shu sababdan ham axborot davrida har kun va har daqiqada tinimsiz izlanish va intilish bilan vaqt o’tkazishimiz lozim. O’qituvchi kitobxon bo’lishi kerak. Badiy adabiyot bilan muntazam ravishda oshno bo’lishi lozim. Bu esa o’qituvchinig fikrlash qobiliyati-yu, nutq ravonligiga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Bundan tashqari, o’qituvchining o’zi kitobxon bo’lmay turib, kitobxon o’quvchini tarbiyalay olmaydi. Bugungi zamonaviy o’qituvchiga qo’yilgan yana bir muhim talablardan biri bu o’qituvchi chet tillaridan bir nechtasini (rus, ingliz…) bilishi va shu tillarda erkin muloqot qila olishi kerak. Shundagina o’qituvchi jahon pedagogikasining tubsiz ummonida sho’ng’ishi, tajriba almashishi va jahon adabiyoti durdonalaridan xabardor bo’lishi mumkin. Bugungi kun o’qituvchisi nafaqat pedagog, balki psixolog, tarbiyachi, ijodkor, shoir, raqqosa, rejissor, aktyor, sahnalashtiruvchi, sartarosh va hakozo. Bu ro’yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin. Chunki haqiqatdan ham, bugungi kun o’qituvchisi ya’ni zamonaviy o’qituvchi yuqoridagi kasblarning hammasini egallagan bo’lishi lozim. Bundan uch asr oldin yashagan fransuz faylasufi Klod Adrian Gelvetsiy “Tarbiya qancha mukammal bo’lsa, xalq shuncha baxtli bo’ladi”-deganida qanchalik haq edi. Zamonaviy o’qituvchi zimmasida baxtli xalqni yaratishdek, masuliyatli va sharafli vazifa turar ekan, buni o’qituvchilar chuqur his qilishi va buning uchun o’zlarining munosib hissalarini qo’shishi lozim.
Interfaol metodlar-bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi. Bu metodlarninig o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi bilan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiya faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq bo’lib qolmasdan, balki o’qitish jarayonida qo’llanilishi zarur bo’lgan o`quv texnik vositalari, kompyuter, masofali o’qish, turli texnikalardan foydalanish bilan belgilanadi.
Biz yuqorida ko`rib chiqqan interfaol mashg`ulotlar o`ziga xos tashkiliy tug`ulishga ega bo`lib, uni tashkil qilish va olib borish bo`yicha faoliyat turlari alohida ajratilgan va har biri bo`yicha alohida vazifalar shaklida nomlar berilgan. Bunda bir mashg`ulot jarayonida shu mashg`ulotni olib boruvchi bir vaqtda ushbu turli vazifalarni bajarishi ko`zda tutiladi. Shu bilan birga mashg`ulotni ikki yoki uch pedagog yoki yordamchilar birgalikda olib borishi ham qo`llaniladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta`lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi o`quvchi-talabalarning muloqot olib borish bo`yicha ko`nikma va malakalarini rivojlantiradi, o`quvchilar orasida emotsional aloqalar o`rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o`z o`rtoqlarining fikrini tinglashga o`rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta`minlaydi.
Shu bilan birga dars jarayonida interfaol metodlarni qo`llash o`quvchitalabalarning asabiy zo`riqishlarini bartaraf qiladi, ular faoliyatining shaklini almashtirib turish, diqqatlarini dars mavzusining asosiy masalalariga jalb qilish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |