REJA:
Kirish. Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarini tashkil etish va ularda DTS talablari.
Asosiy qism.
Yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o’tish – sifatli ta’limning muhim mezoni.
Ona tili darslarida innavatsion yondashuv davlat tilini o’rganishda muhim bosqich.
Musobaqa darslari mavzularni puxta o’zlashtirishning samarali omili.
Ona tili darslarida yaxshi natija beradigan o’yin usullari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Taqdimot.
K irish
«Ta`lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta`lim-tarbiya tizimini isloh qilish, unga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarurligi qayta-qayta ta`kidlanadi. Chunki mamalakatimiz tez sur`atlar bilan taraqqiy etib, jahon hamjamiyatida iqtisodiy-siyosiy mavqei kundan-kun ortib bormoqda. Lekin ijtimoiy sohada, ayniqsa, ta`lim-tarbiyada umumiy taraqqiyotdan orqada qolish hollari sezilmoqda. Ta`lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish bilan bunday holga barham berish mumkin. Quyidagi holatlar ilg’or texnologiyalarni ta`lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishning dolzarbligini ko’rsatib beradi:
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalash va ularga ta’lim berish bu qiyin jarayon hisoblanadi. Sinf rahbari bilimli, tarbiyali, malakali, o’z kasbini sevadigan, tashkilotchi bo’lmasa, o’quvchilarni sal e’tiborsiz qo’ysa, ta’lim va tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Buyuk bobkalonimiz Alisher Novaoiyning fikricha, ba’zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi. Endi sinf rahbarini oladigan bo’lsak, u bir emas bir qancha o’quvchilarga ta’lim va tarbiya beradi. Bu asnoda o’qituvchidan yuksak salohiyat talab etiladi. O’qituvchi har bir bola bilan shug’ullanishga vaqt topishga harakat qilishi kerak. Biron bola nazardan chetda qolmasligi va ularning barchasini darsga jalb etishda o’z mahoratini ishga solishi talab etiladi. Bunda o’qituvchi, albatta, o’quvchining ota-onasi yoki tarbiyasi uchun mas’ul bo’lgan shaxslar bilan hamkorlikni yaxshi yo’lga qo’yishi kerak. “O’quvchilarning axloqiy hislatlari, uning yutuqlar va kamchiliklari shakllanishida, eng avvalo uning ta’lim va tarbiya olish jarayonida ijtimoiy uy sharoiti, tevarak-atrofi ham ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarni o’rgatish dasturi ularni faqat maktabdagina emas, balki shu bilan birga uy sharoitda, oilada ham o’rganishni nazarda tutmog’i kerak. O’qituvchi juda yaxshi dars o’tishi, o’quvchilarni jalb eta olishi mumkin. Ammo oilada ham bola bilan shug’ullanadigan shaxs bo’lmasa, bolaning risoladagidek darslarni va tarbiyani o’zlashtira olmaydi. Biz ta’limni tarbiyadan ajrata olmaymiz. Chunki komil insonni tarbiyalashda birini ustun, birini past qo’yib bo’lmaydi. L. N. Tolstoy shunday yozadi: “Tarbiya, biz o’qitish, tarbiyalashni xohlamas ekanmiz, murakab va qiyinchiligicha qoladi. Agarda boshqalarni biz faqat o’zimiz orqali tarbiyalashimiz mumkinligini tushunib olsak, unda tarbiya masalasi yo’qoladi va hayot to’g’risidagi masala qoladi: Tarbiya qiyin masala. Uni yillar mobaynida shakllantirib boriladi. Boshlang’ich sinf rahbari esa asosiy tarbiyani bola shaxsida shakllantiradi. Ayniqsa, o’qituvchining o’zi katta tarbiya maktabini o’taydi. Bola ustozining yurishi, turishi, muomala madaniyatiga qarab ko’p narsalarni o’rganadi. Chunki bola o’qituvchisini dunyodagi eng yaxshi va buyuk inson deb biladi. Agar o’qituvchi tarbiyali va bilimli bo’lmasa, uning bergan tarbiyasi mavhum bo’lib qoladi. O’qituvchi asosan ota-onalar bilan hamkorlikda aloqani muntazam o’rnatib borish kerak. Buning uchun biz bir nechta talablarni o’z oldimizga qo’yamiz: Ota-onalar bilan har oyda bir martadan majlis o’tkazish. Bunda ota-onalar bolalarining o’zlashtirishi va xulq-atvori haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi. O’qituvchi har bir bolaning alohida tashkil etilgan kundaligini joriy etish kerak. Bunda o’qituvchi har kunlik o’quvchining bilimi va hulq-atvori haqidagi o’zgarishlarni yozib boradi. Buni har kunlik ota ona tasdiqlab imzo qo’yib boradi. Bunda ota-onaning yaqindan hamkorligini yo’lga qo’yamiz. Asosan ikki shartni qo’yishimizdan maqsad bola nazoratini kuchaytirish hisoblanadi. O’qituvchi ta’lim va tarbiyaviy yondashuvda o’zi alohida yuqori natijaga erisha olmaydi. Albatta, bolaning maktabda, uyda nazoratini kuchaytirish uning kamoloti sari borishda porloq yo’l hisoblanadi. Shu o’rinda shuni ta’kidlab o’tish joizdir: “Bolalar, ota-onalar va o’qituvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar masalasiga alohida e’tibor berish lozim. Bu uchlik markazida bola, ya’ni o’quvchi turadi, maktab va oila esa unga ikki tomondan ta’sir etadi. Ayni vaqtda bola maktab bilan oilasidagi aloqani taminlovchi vosita rolini ham bajaradi. Bola maktabdagi ma’lumotni ota-onasiga boshqacha qilib yetkazishi mumkin. Shuning uchun ota-ona va o’qituvchi orasida anglashilmovchilik kelib chiqmaslik uchun o’zaro kundalik daftar tutish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Agarda ikki tomonning hamkorligi yaxshi yo’lga qo’yilsa, bola ta’lim va tarbiya o’rganish jarayonida qiynalmaydi. Bu jarayonda o’qituvchidan yuksak salohiyat va tirishqoqlik talab etiladi. “Tarbiya jarayonini tashkil etishda o’qituvchi tomonidan qo’llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular ijtimoiy jamiyat tomonidan ta’lim muassasalari oldiga qo’yilgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belglanadi. Sinf rahbari tarbiya metodlarini ham yaxshi bilishi va tatbiq eta olishi kerak. Metodlar yordamida o’qituvchining ishi anchayin yengil va unumli bo’ladi. o’quvchilarda zerikish sezilmaydi. Tarbiyani ta’limdan ajratib bo’lmaydi. Shuning uchun ikkisini bir jarayonda tashil etish talab etiladi. Bunda sinf rahbari o’ziga xos yondashuvda ishga kirishmog’i lozim hisoblanadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tilidan egallagan bilim saviyasi ko’pdan beri hammamizni tashvishga solayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ijodiy fikrlash darajasi eng asosiy muammolardan biridir. Biz ko’p hollarda o’quvchini daryo o’rtasida turib suv izlayotgan shaxsga o’xshatamiz. Daryo to’la suv–bola chanqoq. Lug’atlarimiz so’zga to’la, o’quvchining bisotida so’z kam. Bu holat, avvalo, ona tili ta’limi mazmuni bilan chambarchas bog’langan. Ta’lim mazmuni o’quv rejalari, dastur va darsliklar hamda o’quvtadrijiy qo’llanmalarda o’z ifodasini topadi. Ona tili fanini o’qitishning samaradorligi juda ko’p omillar bilan chambarchas bog’langan. Bular ichida ona tili ta’limi mazmuni muhim va etakchi sanaladi. Chunki samaradorlik avvalo o’quvchilarga “Nimani o’qitish” masalasi bilan chambarchas bog’liq. Ona tili ta’limidan o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan zaruriy bilimlar hamda shu bilimlarga muvofiq keladigan malaka va ko’nikmalar tizimi to’g’ri belgilansagina, “Qanday o’qitish kerak” degan savolga javob topish mumkin. Demak, samaradorlik avvalo ana shu ikki omil bilan bevosita aloqadordir. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitishning asosiy maqsadi quyidagicha belgilanmog’i kerak: ona tili orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish lozim. Ona tili mashg’ulotlarida asosiy e’tibor o’quvchilarga tilning grammatik qurilishini emas, balki ularning so’z boyligini oshirish, so’zdan to’g’ri va o’rinli foydalanish, fikrini sharoitga mos ravishda ifodalay olish ko’nikmalarini kengaytirishga qaratilmog’i zarur. Yosh avlodni tarbiyalashda o’z ona tilida aniq, tushunarli, ta’sirchan, chiroyli so’zlashga o’rgatish masalasi asosiy o’rinda turadi. O’quvchilarni savodli, o’z fikrini to’g’ri va erkin bayon qila oladigan, nutq madaniyatiga ega kishilar qilib tarbiyalash vazifasi dastlab boshlang’ich ta’lim bosqichida amalga oshiriladi. Nutqni yaxshi egallagan, o’z tilining imkoniyatlaridan keragicha foydalana oladigan o’quvchi, albatta, boshqa o’quv predmetlarini ham ancha oson va to’liq o’zlashtiradi, ularda bilim va madaniyatga bo’lgan intilish kuchayadi.
Boshlang’ich sinflar ona tili ta’limi o’quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o’stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko’zda tutadi: Boshlang’ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o’zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi, so’zlarning o’zgarishi va gapda so’zlarning bog’lanishi haqidagi, so’zlarning morfemik tarkibi va so’z yasalishi, so’zlarning leksik – semantik guruhi haqidagi, o’zbek tilining to’g’ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi. Berilgan bu bilimlar o’quvchilar nutqini o’stirishga xizmat qiladi. Ona tili o’qitishning mazmuni va metodlari o’quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berish, ko’nikma va malakalar hosil qilishga ko’maklashishi lozim. Maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang – barang jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o’zbek tilidan bemalol – erkin, samarali va to’g’ri foydalana olish, uning cheksiz imkoniyatlaridan to’laqonli bahramand bo’lish, zaruriy ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari kerak. «Ona tili» darslarida o’quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo’naltirish lozim. Shuning uchun ushbu dastur va u asosida yaratilajak darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg’ulotlarni o’quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi. Umumiy о„rta ta‟lim muassasalarida ona tili fanini о’qitishning maqsadi – о’quvchilarda og’zaki va yozma nutq kо’nikmasini, ijodiy fikrlash malakasini, kitobxonlik va nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat. Ona tili fanini о’qitishning asosiy vazifasi: о’quvchi shaxsini fikrlashga, о’zgalar fikrini anglashga, о’z fikrini og’zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; о’quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, sо’zning tarkibi, sо’z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holdaо’qigan, kо’rgan, eshitganlarini nutqiy tо’g’ri va ravon bayon eta olish kо’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Ona tili fanini о’quv dasturi о’quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yо’naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. О’quv dasturida о’quvchilarda fanga doir nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni hamda tayanch kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish kо’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |