18 – rasm. Paxta terish apparati agrotexnik ko‘rsatkichlarini
aniqlash laboratoriya qurilmasi:
1 – nov; 2 – reyka; 3 – hosili terilmagan g‘o‘za tupi; 4 – tashqi tasma; 5 va 17
– oldingi baraban qutisi; 6,11,15 va 18 – shpindeli barabanlar; 7 va 9 –aj-
rajratkich; 8 – ichki tasmalar; 10 va 16 – orqadagi barabanlar qutisi; 12 –
hosili terilgan g‘o‘zapoya; 13 – baraban; 14 – elektrodvigatel; 19 – tros.
U yerda shpindel roligi ichki tasma 8 ga tegib, katta burchak tezlanishi bilan tormozlanib, o‘ta qisqa vaqtga to‘xtab, keyin teskari, ya’ni baraban aylanayotgan yo‘nalishda aylana boshlaydi. Shpindel tormozlanganida unga o‘ralgan paxta piltalarining ko‘p qismi (80% gacha) inersiya kuchlari ta’sirida yechilib, shpindeldan ajralib, quti 9 ga tushadi. Qolgan qismi ajratgich 7 va 9 lar yordamida shpindeldan urib olinadi va bunkerga uzatiladi.
Apparat texnologik jarayonini baholaydigan ko‘rsatkichlardan eng muhimlariga quyidagilar: g‘o‘zapoyadagi ochilgan hosilni terib olish (T, %.), chanoqlarda qolgan hosil (I, %), paxtani yerga to‘kilish (Ye,%) va shpindelga o‘ralgan paxtani ajratib olish (S, %) kiradi.
Paxtasi terilmagan g‘o‘zapoyalar reyka teshiklariga o‘rnatiladi. Reyka esa stendning old A tomonida novning ichiga tushirilib, trosga ulanadi. To‘liq ochilmagan ko‘saklar, paxtasi qisman to‘kilgan chanoqlar, singan shohlar olib tashlanadi.
Apparat elektrodvigateli ishga tushiriladi, reduktorning birinchi pog‘onasi ulanadi. Shpindelli barabanlar bir tekis aylanganidan so‘ng, tortgich elektrodvigateli 14 ishga tushiriladi, reyka 2 siljiy boshlaydi. Reykadagi oxirgi g‘o‘zapoya orqa barabanlar jufti terish kamerasidan chiqib ulgurganida tortgich hamda terish apparat avtomatik ravishda o‘chiriladi. Ehtiyotkorlik bilan oldingi barabanlar juftidan 9 va 17 qutilarga tushgan paxta terib olinadi va ularning Q11 va Q12 miqdorlari tarozida aniqlanadi. Orqadagi barabanlarda tyerilgan paxta 10 va 16 qutilardan olinib, Q21 va Q22 massasi tarozida tortilib topiladi. Hamma barabanlardan yerga to‘kilgan paxta Ye, g‘o‘zapoyalarda qoldirilgan paxta U hamda shpindellardan ajratilib olinmagan paxta S miqdorlari aniqlanadi.
Reykaga o‘rnatilgan g‘o‘zapoya chanoqlaridagi hosil X=Q11+Q12+Q21+Q22+E+U+S topiladi. Keyin esa X ga nisbatan Q11+Q12 necha foiz bo‘lishi, ya’ni oldingi shpindelli barabanlar jufti hosilning qanday qismini terish darajasi T1 aniqlanadi (amalda oldingi barabanlar jufti hosolning 80% gacha terishi aniqlangan) va tegishli xulosa qabul qilinadi.
Q11+Q12+Q21+Q22 yig‘indisining X ga nisbatan foizi apparatning umumiy Ta terish darajasini ko‘rsatadi. Ta ning miqdori stend sharoitida vertikal shpindelli apparat uchun 92-94% tashkil etishi kerak.
Muhim ko‘rsatkichlar sifatida terilmasdan chanoqlarda qoldirilgan paxta U, yerga to‘kilgan paxta Ye va shpindeldan ajratilmasdan, uning sirtida qoldirilgan paxta S miqdorlari ham X ga nisbatan foiz ko‘rinishida baholanadi.
Mashinaning ish jarayonida tasmalarning yeyilishi, tasmani tortib turadigan prujinaning cho‘zilib ketishi natijasida shpindelning aylanish tezligi o‘zgarishini terib olingan paxta miqdoriga ta’sirini o‘rganish ham muhim hisoblanadi.
Buning uchun birinchi navbatda tashqi tasma 4 lar o‘rniga tarangligi kam bo‘lgan (yoki ishlatilgan) tasmalar o‘rnatilib, so‘ngra ichki tasma 8 larning shpindel roligiga siqilish kuchini o‘zgartirib (yoki ishlatilgan prujina qo‘yib) tajribalar o‘tkaziladi, mos ravishda Ta, U, E va S ko‘rsatkichlarning ham o‘zgarishlari aniqlanadi.
Mashg‘ulot natijalari ishonarliroq bo‘lishi uchun, yuqoridagi tajribalar 3-5 marotaba takrorlashnib, topilgan ko‘rsatkichlarning o‘rtacha arifmetik miqdori topiladi va olingan natijalar bo‘yicha xulosalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |