17 – rasm. Miqdorlagichning
ishlash jarayoni:
1–bunker; 2–konussimon yo‘naltirgich; 3 – tushirgich; 4–likop; 5–o‘g‘it o‘tkazgich.
O‘g‘it solish me’yori quyidagicha tekshiriladi. Solinadigan o‘g‘it turiga qarab (9-jadval) o‘g‘itlagichlardagi shkalalardan foydalanib barcha apparatlar tirqish kengligi taxminan birhil me’yorga keltiriladi
Keyin o‘g‘ito‘tkazgichlar olib qo‘yilib, apparatlar tagiga qopchalar osiladi va agregat 100 m masofani bosib o‘tadi yoki turgan joyida g‘ildiraklar ko‘tarib qo‘yilib, 100 metr masofaga teng sonda aylantiriladi.
Qopchalarga tushgan o‘g‘it miqdori tarozida tortilgach, o‘g‘itlash me’yori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
kg/ga
bunda a – barcha apparatlar solgan (kopchalardagi) o‘g‘it miqdori, kg;
V – agregatning qamrov kengligi, m;
L – agregatning bosib o‘tgan yo‘li, m.
9-jadval
KMX-65 miqdorlagichini o‘g‘it solish ko‘rsatgichlari
Guruhlar tartibi
|
Variantlar
|
Bir gektarga belgilan-gan o‘g‘it miqdori, kg
|
Fiksatorni apparat shkalasidagi o‘rni (2 apparat 4 ta o‘g‘it solgichga)
|
Bir gektarga belgilangan o‘g‘it miqdori, kg
|
Fiksatorni apparat shkalasidagi o‘rni (4 apparat 4 ta o‘g‘it solgichga)
|
Mochevina
|
I
|
1
2
3
4
5
6
|
60
80
100
120
140
|
2/4
3/6
5/8
6/10
7/12
|
100
120
150
200
250
300
|
1/3
2/4
3/5
5/8
6/10
8/13
|
Ammiak selitrasi
|
II
|
1
2
3
4
5
6
|
80
100
120
140
160
|
2/4
3/6
4/7
5/9
6/11
|
120
160
200
240
280
320
|
1/3
2/4
3/6
4/7
5/9
6/11
|
Xlorli kaliy
|
III
|
1
2
3
4
|
60
80
100
120
|
2/4
3/6
5/8
7/10
|
150
200
250
300
|
3/5
5/8
7/11
9/13
|
Donador ammofos, superfosfat
|
IV
|
1
2
3
4
5
|
60
80
100
120
140
|
2/3
3/5
4/7
5/9
6/11
|
100
120
150
200
250
|
1/2
2/3
3/5
4/7
5/9
|
Eslatma: suratda – 60 sm va mahrajda-90 sm li qator oralari uchun
Hisoblangan me’yor talab qilinayotgan me’yor bilan taqqoslanadi. Agarda farq 8% dan ortiq bo‘lsa, apparatlarning tirqishlari kengligi o‘zgartiriladi va tegishli me’yorga erishilguncha o‘lchovlar takrorlanadi.
Ishni bajarish tartibi:
1.Talabalar guruhlarga bo‘linib, ularga berilgan o‘g‘it sepish me’yori ning turli miqdorlari uchun alohida variantlar bo‘yicha miqdorlagichning ish unumi A ni aniqlash va rostlash ishini bajarish topshiriladi.
2. Laboratoriya ishi qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarish uchun tayyorlangan kultivator oldida o‘tkaziladi. Uning quyidagi ko‘rsatgichlari: rusumi _______, qatorlar oralig‘i _________mm , apparatlar soni________dona, o‘g‘it solgichlar soni _______dona o‘lchab yozib olinadi.
3. Toshiriqqa asosan m’yorlagich fiksatorini o‘rni aniqlanadi.
4. Qabul qilingan ma’lumotlarga asosan 18-rasm ko‘rinishida me’yorlagichning o‘rnatish sxemasi chiziladi.
5. Amalda bir gektarga solinayotgan o‘g‘it me’yorlari aniqlanadi va talab etilayotgan me’yor bilan taqqoslanadi.
Ish bo‘yicha hisobotda: Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, berilgan topshiriqlar, ishning bajarish tartibi bo‘yicha aniqlangan ma’lumotlarga asosan 21-rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishda o‘g‘it miqdorlagich ko‘rinishi chiziladi hamda bajarilgan hisoblar va olingan natijalarga ko‘ra xulosa beriladi.
Nazorat savollari:
1. Qanday sabablarga ko‘ra o‘g‘itning xossalarini e’tiborga olgan holda
miqdorlagichni sozlash lozim?
2. Miqdorlagich 2 apparat 4 o‘g‘itsolgichga sxemasida ishlatilganda bir
apparatda necha dona o‘g‘it tushirgich bo‘ladi?
3.Miqdorlagich 4 apparat 4 o‘g‘itsolgichga sxemasida ishlatilganda bir apparatda
necha dona o‘g‘it tushirgich bo‘ladi?
4. Kultivatorni agregatlovchi traktor o‘zgartirilganida harakat uzatmasining
uzatish soni ham o‘zgartiriladimi?
12 - Laboratoriya ishi
Do'stlaringiz bilan baham: |