Ish bo‘yicha hisobotda: Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, berilgan topshiriqlar, ishning bajarish tartibi bo‘yicha aniqlangan ma’lumotlarga asosan 13-rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishda o‘g‘it miqdorlagich ko‘rinishi chiziladi hamda bajarilgan hisoblar va olingan natijalar bo‘yicha xulosa beriladi.
Nazorat savollari:
1. Bir uyaga ekilayotgan chigit soni qanday o‘zgartiriladi?
2. Chigit ekilgan uyalar oralig‘i qanday o‘zgartiriladi?
3. Bir gektar maydonga ekiladigan chigit soni qanday belgilanadi?
4. Bir gektar maydonga ekiladigan chigit soni qanday o‘zgartiriladi?
5. Qanday vaziyatda seyalka g‘ildiragining sirpanish darajasi ortib ketadi?
9 - Laboratoriya ishi
Mavzu: Don seyalkasi miqdorlagichini don ekish mye’yoriga rostlash
Ishning maqsadi: Don seyalkasi urug‘ miqdorlagichini don ekish me’yoriga nisbatan rostlash va ishini baholash tartibini o‘rganish.
Kerakli jihozlar: DEM-3,6 don seyalkasi yoki laboratoriya ishiga moslangan don seyalkasi, urug‘lik bug‘doy, paket (xaltacha), tarozi.
Boshoqli o‘simliklar urug‘larini ekishda SZ-3,6, SZT-3,6, DEM-3,6 rusumli don seyalkalaridan foydalaniladi.
Bu seyalkalarning texnologik ish jarayoni 14-rasmda ko‘rsatilgan. Bunker 1 ga solingan urug‘ uning tubidagi tirqish 2 orqali chiqayotib, aylanayotgan g‘altak 3 ta’sirida urug‘ o‘tkazgich 5 ning ichiga tushadi. Urug‘ o‘tkazgich esa, urug‘ni ekkich 6 ga uzatadi. Ekkich 6 urug‘ni tuproqqa ma’lum chuqurlikda tashlaydi va uni qisman ko‘mib ketadi. Ur,ug‘ni to‘liq ko‘mish uchun turli ko‘rinishdagi ko‘mgich 7 lar xizmat qiladi.
Don seyalkalariga asosan g‘altaksimon miqdorlagichlar qo‘yilgan.
13 – rasm. Don seyalkasini texnologik ish jarayoni: a – ish jarayon; v – g‘altaksimon miqdorlagichning tuzilishi:
1-bunker; 2-tirqish; 3-g‘altak; 4-tub; 5-urug‘ o‘tkazgich; 6-ekkich; 7-ko‘mgich; 8-qopqoq; 9-to‘plagich;
Bunker tubidagi urug‘ chiqadigan tirqish kattaligini o‘zgartirish urug‘lik don sirtining silliqligi, shakli, to‘kiluvchanligi va yirikligiga moslanib, tub 4 ni surib qo‘yish hisobiga sozlanadi. Bunda to‘kiluvchanligi yuqori bo‘lgan urug‘ bunkerdan betartib to‘kilib chiqmasligi yoki past bo‘lgan urug‘ esa tirqishga tiqilib qolmasligi talab qilinadi.
Gʻaltaklarning bir hil miqdorda urug‘ o‘tkazish darajasini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi.
1. Bir necha g‘altaklar (K dona) belgilangan holatga keltiriladi, ya’ni, ularning sirti bir xil kenglik da ochiladi.
2. Bunkerga urug‘ solinib, g‘altak novlari, urug‘ o‘tadigan tirqishlar urug‘ bilan to‘liq to‘lishi uchun, g‘altaklar 4-5 marta aylantiriladi.
3. Urug‘ o‘tkazgichlarga xaltachalar kiydirilib, g‘altaklar 10 marotaba aylantiriladi.
4. Har bir xaltachaga tushgan urug‘lar massasi tarozida alohida tortilib, ularning m1, m2, m3 ... lar miqdorlari yozib olinadi. So‘ngra, xaltachalardagi donlar qo‘shilib, umumiy og‘irligi G topiladi.
5. Urug‘larni umumiy og‘irligi xaltachalar soni K ga bo‘linib, ularning o‘rtacha miqdori aniqlanadi.
6. Har bir g‘altakdan tushayotgan urug‘ miqdorining o‘rtacha miqdorga nisbatan farqi (F) topiladi.
= %
Agar F>3% bo‘lsa, miqdorlagichlar takroran sozlanib, F<3% gacha kamayishiga erishiladi.
Seyalka g‘ildiragining 10 marta aylangandagi ekilgan maydon yuzasi topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |