Nazorat savollari:
1. Qanday maqsadda chiroqlarning ishchi qamrov kengligini bilish kerak?
2.Chiroqlarning ishchi qamrov kengligi qanday omillarga bog‘liq bo‘ladi?
5 - Laboratoriya ishi
Mavzu: Mineral o‘g‘it sochgich miqdorlagichini o‘g‘it solish me’yoriga rostlash
Ishning maqsadi: Mineral o‘g‘it sochgich miqdorlagichini rostlash va ishini baholash tartibini o‘rganish.
Kerakli jihozlar: Traktorga agregatlangan NRU-0,5 disksimon o‘g‘it sochgich; 20-30 kg donador mineral o‘g‘it; ruletka; o‘g‘it solish uchun idish; tarozi; sekundomer.
Mineral o‘g‘itni sepishda asosan NRU-0,5 rusumli disksimon sochgichlardan foydalaniladi. Bu mashina o‘g‘it sochuvchi disk 1 (8-rasm), dastak 2, bunker 3, koromislo 4, krivoship-shatun mexanizmi 5 va reduktor 6 dan tashkil topgan.
|
8- rasm. NRU-0,5 mineral o‘g‘it sochgichning texnologik ish jarayoni: 1-sochuvchi disk; 2-dastak; 3-bunker; 4-koromislo; 5-krivoship shatun mexanizmi; 6-reduktor; 7- sochish plankasi
|
O‘g‘it sochuvchi disk traktorning quvvat olish vali yordamida aylanma harakatga keltiriladi. Sochiladigan o‘g‘it miqdori dastak (2) orqali sochish tirqishi hamda sochish plankasi (7) amplitudasini o‘zgartirish yo‘li bilan sozlanadi. Diskka tushgan o‘g‘it uning kurakchalari va markazdan qochma kuch ta’sirida 10-12 m kenglikda yer betiga sochiladi.
Dalaga chiqarishdan oldin o‘g‘it sochgich birlamchi sozlanib, keyin dalada sinalganidan so‘ng, aniqlik kiritiladi. Sochuvchi diskni gorizontal holatga keltirib qo‘yishga e’tibor berish lozim. Bu holat traktor o‘rnatish qurilmasi yordamida bajariladi. Disk yer yuzasiga nisbatan 70–75 sm balandlikda o‘rnatilsa, yaxshi natijalarga erishiladi.
Topshirig‘ida berilgan bir gektarga sepish rejalashtirilgan miqdordagi o‘g‘itni ta’minlash uchun o‘g‘it sochgichning diskiga bunkerdan bir minutda tushishi lozim bo‘lgan o‘g‘it miqdori aniqlanadi.
, kg/min
bu yerda: - topshiriqda berilgan o‘g‘it sepish me’yori, kg/ga;
– mashinaning qamrash kengligi, m;
- mashinaning harakat tezligi, km/soat (ilova).
Keyin esa, tajriba o‘tkazilib, o‘g‘it sochgichning ushbu sozlanishida bir minutda bunkerdan to‘kiladigan o‘g‘it miqdori q topiladi va bilan solishtiriladi. Keyin esa, tajriba o‘tkazilib, o‘g‘it sochgichning ushbu sozlanishida bir minutda bunkerdan to‘kiladigan o‘g‘it miqdori q topiladi va bilan solishtiriladi.
q ni aniqlash uchun o‘g‘it sochuvchi disklar yoki ularni harakatga keltiradigan zanjir yechib qo‘yiladi. Traktorning quvvat olish vali (QOV) normal tezlikda bir minut davomida aylantirilib, to‘xtatiladi. Disklar tagiga qo‘yilgan idishga tushgan o‘g‘it miqdori q tarozida tortilib aniqlanadi. Agar q bilan orasidagi farq ±10% dan ortiq bo‘lsa, sozlash takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |