2,5 5 10 15 Ep MeV
5.10-rasm . Indiy yadrosidan uchib chiqqan fotoprotonlar spektri:
va 2-bugManish va bevosita fotoeffekt mexanizmlarga taalluqli nazariy egri chiziqlar; Np - nisbiy intensivlik.
(g, p) reaksiyaning tajribadan olingan spektri va bugManish hamda bevosita fotoeffekt mexanizmiga oid nazariy grafiklar keltirilgan.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, tajribadan olingan intensivlik ayrim jarayonlar beradigan effektlar yig‘indisiga teng bo‘lib, har bir jarayon hissasi gamma-kvantlar energiyasiga va massa soniga bog‘liq bo‘ladi.
5.9-§. Yadro bo‘linish reaksiyasi
Yadroning bo‘linish tarixi E.Fermi va uning izdoshlarining 1934-yilda uran yadrosini neytronlar bilan bombardimon qilish bo'yicha o‘tkazgan tajribalaridan boshlanadi. Ular zaiyadsiz neytron uchun kulon to‘sig‘i yo‘qligi sababli og‘ir yadrolami neytron bilan bombardimon qilib nishon yadroni neytronlar bilan boyitish bu yadrolar o‘z navbatida radioaktiv boMib, b'-emirilish bilan zaryadini bittaga oshirishi, shu yo‘l bilan davriy sistemada uran elementidan keyin joylashgan transuran elementlarini hosil qilish maqsad qilib qo‘yilgan edi. Haqiqatda esa, ular boMinish parchalarini (yarim yemirilish davrlari: T |/2 = 13 min., T ,/2 = 90 min.) kuzatdilar.
Ko‘pyillik muntazam izlanishlar olib borib 1939-yilda O.Gan (1879 — 1968), Lize Meytner (1878 — 1968) va Shtrassman (1902 — 1980) E.Fermi tajribalarini takrorlab, bunday reaksiya natijasida boshIang‘ich yadro o‘zidan anchayengil elementlarga parchalanishini ko‘rsatdilar.
I.Kyuri va P.Savich (1909-y.t.) yuqoridagi reaksiyalarda radioaktiv lantanning, O.Gan va Shtrassmanlar radioaktiv bariy elementining hosil boMishini aniqladilar.
Bu tajriba natijalarini tahlil qilib, 1939-yilda Meytner va O.Frish (1904
— 1979) neytronlarta’siridauran yadrosi ikki boMakkaajralishi kerak, degan fikrga keldilar. Bu fikr keyinchalik tasdiqlandi va bu jarayon yadroning boMinishi degan nomni oldi.
L.Meytner va Frishlar yadro boMinishini tomchi modeliga ko‘ra, tushuntirishga harakat qildilar. 1939-yildaN.Bor, D.Uiler (1911) bulardan mustaqil Ya.I.Frenkel (1894— 1952) yadro boMinish mexanizmini tomchi modeli asosida tushuntirib berdilar.
Nishon yadro neytron ta’sirida uyg‘ongan holatga o‘tadi va yadro suyuqlik tomchisida kuchli tebranishlar yuzaga keladi. Bunday tebranishlar yadrodagi zaryadlangan protonlar o‘rtasidagi kulon itarishish kuchlari bilan yadroni barqaror holatga qaytaruvchi sirt taranglik kuchlari tufayli vujudga keladi.
171
Darhaqiqat, yadrodagi nuklonlaming harakatlari natijasida, ayniqsa, ular tashqaridan neytron yutish yo‘li bilan energiya olganida yadro-tomchining shakli o‘zgaradi. Tomchi tebranish natijasida shar, ellipsoid yoki boshqa murakkab shaklga kiradi.
Agar uyg‘onish energiyasi sirt taranglik energiyasini yengishga yetarli bo‘lmasa, ellipsoid shaklini olgan yadro yana sferik shakliga qaytadi. Lekin, agar yadro uyg‘onish energiyasi yetarli darajada katta boMsa, yadro shakli tebranish natijasidagantel shaklini olishi va u dastlabki shakliga qaytmasligi mumkin, chunki gantel uchlarida to'plangan protonlarning o‘zaro elektrostatik itarilish kulon energiyasi yadro tomchisini uzilishiga olib keladi, gantel boMaklaridagi sirt kuchlari ham boMinishga moyil boMadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |