Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena



Download 3,24 Mb.
bet130/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

S
X - bir ish kunida yuvish uchun yig’ilgan kir miqdori (kg) da;
n - kirxona xizmatidan foydalanuvchi aholi soni;
a - har bir shaxsdan bir oy mobaynida tushadigan kir miqdori (kx);
b - jamoat sektorlaridan har bir kishi boshiga tushadigan kirlar (kg);
S - bir sutka davomida kirxonalarning necha smenali ishlashi (2 smena).
Bir oy davomida kirxonalarning ishlash kunlari soni (26 kun).
Misol: 25000 aholini ta’minlash uchun kirxonaning ishlab chiqish kuchi bir smenada shunday bo’ladi.
X = 25000 (10-2) _ 5770 kg quruq kir buyumlar 226
Kir buyumlarni yuvish va ishlash jarayoni quyidagacha bo’lishi ko’zda tutiladi.

  1. Kir buyumlarni qabul qilib olish va saqlash;

  2. Kir buyumlarga belgi qo’yish;

  3. Kir buyumlarni guruhlarga bo’lish;

  4. Kir buyumyaarni yuviga (ivitish, qaynatish, yuvish, chayish va siqish).

  5. Quritish, dazmollash, toza kirlarni ayrim xonalarda saqlash va aholiga tarqatish.

Kir buyumlar ivitilganda suvning harorati 30°S ga teng bo’lib, unga ishqor (soda, sovun, sintetik yuvish vositalari) qo’shiladi va 4-12 soatcha qoldiriladi, bunda narsalardaga kirlar, ayniqsa oqsil va kraxmalga o’xshash kirlar ivib matolardan engil yuviladi. Kirlarni qaynatishning gigienik va epidemiologiq ahamiyati katta. Maxsus idishlarda kirlar ivitilgandan so’ng 100°S da 60-90 minut qaynatilishi kirlarning oson yuvilishiga yordam byeradi.
Bunda, patogen mikroorganizmlar, gijja tuxumlari qiriladi. SHuning uchun ham mikrobli buyumlar - kirlar albatta qaynatilishi kerak. Kir asosan maxsus kir yuvish mashinalarida yuviladi, yuvish jarayoni 45 minutdan 1,5 soatgacha davom etishi mumkin. SHundagina kirlar toza bo’ladi. Narsalar yuvilib bo’linganidan so’ng, o’sha mashinalarda chayiladi, kraxmallanadi, sin’ka qo’shilishi mumkin va hokazo. So’ng kirlar maxsus centrifugalarda minutiga 1000 marotaba aylantirilib, undagi suv-namlik chiqarib yuboriladi. Kirlarni quritish odatda quritish shkaflarida yoki quritish barabanlarida amalga oshiriladi. Barabanlarning issiqlik darajasi 60-65°S dan oshmaydi va o’rtacha 1 soatda kirlar quriydi.
Quritish shkaflarida kirlarning namligi 10--12% ga kamayadi, Bu kirlar keyin dazmollash mashinalari - aylanuvchi isitilgan kalandrlarga o’tkaziladi, unda kirlar quriydi va dazmollanadi. Erkaklar ko’ylagi maxsus dazmollash presslarida, boshqa buyumlar esa qo’lda dazmollanadi. Kirlar dazmollanib bo’lingach turlarga ajratiladi va egalariga tarqatiladi.
100 kg quruq kir buyumlarni yuv uchun 2,5 kg sovun va 1,25 kg soda yoki sintetik yuvish poroshoklari sarflanadi. Kir yuvish uchun
ishlatiladigan suvning qattiqligi 20 kg (ekv) litrdan oshmasligi kerak.
Kirxonalarni loyihalash. Kirxonalarni loyihalashda kir va toza narsalarni alohida-alohida xonalarda saqlanishini ham ko’zda tutish kerak. SHuningdek ho’l kirlar bilan quruq kirlar ham alohida-alohida xonalarda saqlanadi.
SHu talablarga ko’ra loyihada ishlab chiqarish xonalarini quyidagi bo’limlarga bo’lish ko’zda tutiladi.

  1. Iflos kirlarni kirxonaga berish uchun kirish xonasi.

  2. Kutish xonasi.

  3. Qabul qilish xonasi.

Aholining shaxsiy kiyim-kechaklari va jamoa muassasalari tomonidan topshiriladigan kirlar alohida topshiriladi. Dezinfekciya qilinishi kerak bo’lgan kiyim-kechaklar alohida kirish xonasi orqali topshiriladi.

  1. Kir buyumlarni xillarga bo’lish, ularni belgilash xonasi.

  2. Kirlarni yuvish xonasi - bu kirxonaning asosiy cexi bo’lib, unda yuvish mashinalari va centrifugalar o’rnatilgan bo’ladi.

  3. Quritish shkaflari joylashgan xona.

  4. Dazmollash xonasi.

  5. YUvilgan narsalarni xillarga ajratish xonasi.

  6. Toza kirlar saqlanadigan xona.

  7. Toza kirlarni egalariga tarqatish xonasi.

Kirxonalarning xonalari yorug’ bo’lishi kerak. Bunda yorug’lik koefficienti 1 : 6-1 : 10, yuvish va dazmollash xonalarida 1:6, tabiiy yorug’lik koefficienti esa 0,5-1,0 bo’lishi kerak.
YUvish va boshqa cexlarning balandligi 3,75-4 metr, quritish xo- nalarining balandligi esa 3,5 metr bo’lishi kerak. Xonalarning devorlari kafellar bilan qoplangan bo’lishi maqsadga muvofiq. Pollari tekis, mustahkam, suv yig’ilib qolmaydigan bo’lishi talab qilinadi. Kirxonalarga nisbatan gigienik talab yuqori bo’lishi kerak.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish