Hammomlarning sanitariya va texnika asbob-anjomlari.
Hammom aholining yuvinishi va sog’ligini tiklash uchun xizmat
qiladigan binodir. Bu binoda odamlar uchun zarur sanitariya-texnika asbob- uskunalari bo’lmog’i kerak. Hammom xonalari yorug’ bo’lib, yorug’lik koefficienti kamida 1 : 10 ga teng bo’lishi kerak. Xonalarda elektr yorug’ligadan foydalanilganda: kutish, echinish, yuvinish va dushli xonalarda yorug’lik kuchi 50 lk dan kam bo’lmasliga, sartaroshxonaniki esa - 100 lk bo’lishi kerak.
Hammom markazlashtirilgan isitish qozonlaridan isitilsa, uning barcha xonalarida issiqlik bir me’yorda bo’ladi, ya’ni issiqlik darajasi echinish xonasida - 25°S, yuvinish xonalarida - 30°S9 bug’lash xonasida - 40°S bo’ladi.
Hammom xonalari vaqti-vaqti bilan shamollatib turilishi kerak, bunda ifloslangai nam havo toza havo bilan almashinadi. Ko’pincha bug’xona va yuvinish xonalarida nisbiy namlik 95-100% ko’tarilib ketadi. SHuning uchun hammomda ish tugagach xonalarning hammasini yaxshilab shamollatish va xonalarni issiq suv bilan yuvish zarur.
Hammom xonalarining balandligi 3-3,5 metrdan kam bo’lmasligi kerak. Har bir kishiga yuvinish uchun byeriladigan suvning miqdori 150 litrdan kam bo’lmasligi, undan 90 litri sovuq suv, 60 litri 80°S qaynoq suv bo’lishi lozim. Qishloq sharoitidagi markaziy vodoprovodi bo’lmagan hammomlarda kishi boshiga sarflanadigan suv miqdori 100 litrni tashkil qiladi.
Dushli, vannali hammomlarda suv miqdorining sarflanishi bir soatda bir kishi uchun - 600 litr, faqat dushxonada soatiga - 400 litr, vanna xonada bir vanna uchun - 550 litr sarflanadi. Suv toza bo’lishi va Davlat standarti (-28-74-82 y) talabiga javob berishi kerak.
Ifloslangan chiqindi suvlarni hammomdan chiqarib tashlash katta gigienik ahamiyatga ega. CHunki chiqindi suvlar tarkibida organik moddalar va baktyeriyalar bo’lishi mumkin. Bunday suvlar tezda sasib, atrofga qo’lansa hid tarqatishi va havoni ifloslantirishi mumkin. Bunday chiqindi suvlarni to’g’ri kanalizaciyalarga oqizgan ma’qul. Ochiq suv havzalariga oqizilsa ularni ifloslantiradi. SHuning uchun kanalizaciyasi bo’lmagan joylarda maxsus tozalash inshootlari yordamida tozalanib, so’ngra suv havzalariga oqiziladi.
Tozalashning yana bir yo’li shuki, chiqindi suvlar tindirgachlarda o’chirilgan ohak yoki boshqa koagulyantlar bilan tindiriladi, tindirgichlarda suv - 6-12 soat qoldiriladi, unda sovun, muallaq moddalar cho’ktiriladi, tindiriladigan suvning har bir litriga 5-10 mg aktiv xlor qo’shilib dezinfekciya qilinadi. 1 litr chiqindi hammom suviga 500 mg, kirxona suviga - 700 mg kuydirilgan ohak qo’shiladi.
Kirxonalar gigienasi. Kirxonalar epidemiyaga qarshi kurashish uchun zarur bo’lgan eng ahamiyatli ob’yektlardan hisoblanadi. Kir kiyimlarning o’z vaqtida yuvilishi kishi sog’ligiga ijobiy ta’sir qilish bilan birga turli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini oladi va aholining sanitariya madaniyatini yuqori ko’taradi. Kiyim-kechaklar badandagi kir va o’lgan hujayralarni, tyeridan ajralgan yog’, tyerlarni o’ziga shimib kirlanadi, ayniqsa ichki kiyimlar tez kirlanadi.
Kiyim-kechaklarni uzoq vaqt echmay kiyib yurish oqibatida kiyimlarning kirlanishi uning og’irligini 5-10% ga oshirishi mumkin. Ichki kiyimlar kirlanganda ularning nam tortishi, havo almashuvi va boshqa xususiyatlari o’zgarib badan tyerisiga yopishib uning normal funkciyasini o’zgartiradi. Tyeri bilan kiyim oralig’idagi bo’shliq havosi o’zgaradi, hidlanadi, mikroblar bilan zararlanadi. Oqibatda qo’ltiq ostida, chov oraliqlarida va badanning turli yerlarida yiringli yallig’lanishlar paydo bo’lishish sabab bo’ladi. Demak, ichki kiyimlarni tez-tez almashtirish
,
ularni tozalab yuvish, dazmollash maqsadga muvofiqdir.
Ifloslangan kiyim-kechaklarda juda ko’p mikroorganizmlar, ayniqsa yosh bolalarning ichki kiyimlarida gijja tuxumlari ko’p bo’lishi mumkin. Zararli mikroorganizmlarning tarqalishi uchun kir kiyimlarda qulay sharoit tug’iladi,
Ayollarning mehnatini engillashtirish va qo’l kuchidan foydalanishni kamaytirish uchun kirxonalarda qo’l mehnati mexani-zaciyalashtirilgan, ayniqsa jamoat kir yuvish kirxonalarida mehnat anchagina engillashtirilgan. Hozir ko’plab kirxonalar qurilmoqda. Ichki kiyimlarni almashtirish vaqti kattalar uchun uzog’i bilan bir hafta, bolalar uchun 3-4 kunga teng. Ayniqsa, oq matodan tikilgan ichki kiyimlar, ko’ylaklar, dastro’mollar, sochiq, paypoq va boshqalar tez-tez yuvilib, almashtirilib turilishi kerak. O’rtacha har bir kishi uchun oy davomida yig’iladigan kir kiyimlar 10 kg
ni tashkil qiladi. Endi sartaroshxonalardan, ishxonalardan, bolalar bog’chalaridan tushadigan kir choyshab, sochiq, dasturxon va boshqalar 1 oyga jon boshiga 2 kg ni tashkil qiladi. SHunday qilib, yuvish uchun jon boshiga bir oyda 12 kg kir tushadi.
Ayrim muassasalar uchun bir oyda tushadigan kir miqdori har bir o’rin uchun quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |