30-jadval
«N» mahsulot ishlab chiqarishdagi matyerial tenglik (balans),
K. A Butushevadan
Kirim
|
CHiqim
|
Mahsulotning
|
O’lchov
|
Miqdori
|
Nomi
|
O’lchov
|
Miqdori
|
nomi
|
birligi
|
|
|
birligi
|
|
Trimetilfosfat
|
kg
|
438,1
|
«N» Mahsulot
|
kg
|
1 000
|
Metilbenzil
|
|
|
|
|
|
spirt
|
|
442,6
|
Kub qoldigi
|
|
187,3
|
Xlorid sul’fat
|
|
636,7
|
Azot ikki oksid
|
«
|
295,7
|
Trietilamin
|
|
2,71
|
Vodorod xlorid
|
|
221,1
|
Sirka kisdgota
|
|
19,5
|
Metil xlorid
|
|
151,1
|
Ja’mi:
|
|
1559,2
|
Ja’mi:
|
|
1865,2
|
28- rasm. Burqirashning yo’nalishi.
Ularning tarkibi maxsus laboratoriyalarda aniqlanadi.
Uyushgan va uyushmagan holdagi chiqindilar miqdori yil davomida
hisoblab boriladi va yil oxirida umumiy natija chiqariladi.
Sanitariya vrachlari loyihalarni ko’ruvdan o’tkazayotganlarida, shuningdek chiqindi ajratadigan manbalarni hisoblayotganlarida sanoat korxonalarining yillik ish rejimini va eng ko’p chiqindi chiqadigan vaqtdagi sanitariya holatini nazarda tutmoqlari lozim. Masalan, markaziy issiqlik enyergiyasi ishlab chiqaruvchi qozonlar uchun eng qulay davr havo haroratining past vaqtidir. CHunki kun isib ketganida yoqilg’i ishlatish rejimi ancha pasayadi. Demak, havoga tashlanadigan chiqindilar ham o’z- o’zidan ancha kamayadi.
Ba’zi korxonalarda chiqindilar miqdori har soatda hisobga olinadi, bunda maxsus laboratoriyalar faoliyat ko’rsatadi.
Atmosfera havosiga tushadigan chiqindilar miqdori mazkur
korxonadagi tozalash inshootining qay darajada ishlashiga bog’liq. Jumladan, tozalash inshootlarining ish samaradorligi 98 dan 96% ga tushsa yoki 2 foizga kamaysa, chiqindi miqdori ikki barobar ortib ketadi.
Atmosfera havosi ifloslanishining turlicha bo’lishi meteorologik omillarga, ya’ni yil fasliga, havoning turli qatlamlari aralashishiga bog’liq.
31-j a d v a l
Havodagi sul’fat angidrid koncentraciyasining shamol yo’nalishiga bog’liqligi
Rumbalar
|
Koncentraciyasi,
mg/m3
|
Rumbalar
|
Koncentraciyasi, mg/ m3
|
SHimolda
|
0,11
|
Janubda
|
0,06
|
SHimoli-sharqda
|
0,19
|
Janubi-g’arbda
|
0,06
|
SHarqda
|
0,26
|
G’arbda
SHimoli-g’arbda
|
0,09
|
Janubi-sharqda
|
0,12
|
0,09
|
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, if-
loslantiruvchi manbalar SHarqiy zonada ko’proq joylashgan bo’lar ekan.
Sanitariya vrachi atmosfera havosi haqida xulosa yozishi uchun
quyidagalarni bajarishi lozim:
O’z oldiga qo’yilgan vazifani va bajariladigan ish hajmini aniqlashi.
Olingan ma’lumotlarning to’laligini aniqlashi.
Olingan ma’lumotlarni ishlash va tahlil etish.
CHang va gazlarning yo’nalishini ko’rsatadigan tasvirni chizishi.
Atmosfera havosini tekshirib, unga baho berishi zarur.
Havodagi chang va gazlarning tarqalishi va yo’nalishini tasvirlash uchun
bir oy davomida olingan dalillar quyidagicha ishlanadi. Bir oy davomida
ertalab va kechqurun chang va gazlardan olingan namunalar tekshiriladi.
Dalillar har gal 16 rumba bo’yicha guruhlarga bo’linadi, bu havo harakati
mutloq to’xtagan vaqtda ham hisobga olinadi.
R
G’.
G’.SH. G’. 15.SH.G’.
umbalar 7. J.SHq
SHimol.
S
J.J.SHq.
J.
J.J.G’.
H.SH.SHq.
SH.SHq.
SHq.SH.SHq
SHq
.
SHq.J.SHq. 11. J.G'. 16.SH.SH.G'.
12. G'.J.G'. 17.0 (shtil').
SHundan so’ng har bir rumba bo’yicha formula yordamida moddalarning o’rtacha koncentraciyasi aniqlanadi.
X = E x X n
X — o’rtacha koncentraciya;
X — ingredientlar belgasi (chang, sul’fit angidrid);
E — yig’indi belgisi;
n — o’rtacha o’lchov
Har bir rumba uchun olingan o’rtacha oylik namunalar chang va gazlarning atmosfera havosidagi yo’nalishini tasvirlash uchun ishlatiladi. Yo’nalishni aniqlash va tuzish uchun masshtab tanlanishi kerak.
33
Masalan, 1 m havodagi 0,1 mg chang uchun 2 sm, 1 m havodagi SO2 gazining 0,1 mg/sm uchun 1 sm hisobida olinadi. Keyinchalik millimetr qog’ozga 16 rumba chiziladi va har bir rumba uchun o’rtacha oylik koncentraciyalar masshtab bo’yicha qo’yib chiqiladi.
O’rtacha sutkalik o’lchovlar yordamida o’rtacha oylik va o’rtacha yillik koncentraciyalar hisoblab chiqiladi.
32 - j a d v a l
Atmosfsra havosining tozalik darajasi ko’rsatkichlari (YA. I. Goncharuk ma’lumotidan)
Tozalik darajasi
|
REM dan oshgan havo namunalari, % da
|
katta bir martalik miqdor
|
o’rtacha sutkalik miqdor
|
Toza
|
0
|
0
|
O’rtacha iflos
|
5 gacha
|
10 gacha
|
Juda iflos
|
10 dan yuqori
|
25 dan yuqori
|
ATMOSFERA HAVOSI IFLOSLANISHINTNG OLDINI OLISH YO’LLARI
Sanoat korxonalarining tobora rivojlanib borishi, transport vositalarining ko’payishi, kommunal ob’yektlar, axlatxonalarning ko’payishi va boshqalar atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilishni taqozo etadi. Mazkur masala faqat gigiena fani oldidagi masala bo’lib qolmay, balki ijtimoiy va iqtisodiy masala hamdir. Agar bu masala vaqtida echilmasa, keyinchalik uni yechish qiyin bo’lib qoladi.
Hozirgi kunda atmosfera havosini muhofaza qilish uchun uchta tadbirni amalga oshirish ko’zda tutiladi. Bular texnologik, loyiha-lash hamda sanitariya-texnika tadbirlaridir. Mazkur tadbirlar amalga oshirilsa, turar joylardagi atmosfera havosining iflosla-nishini ruxsat etiladigan darajada ta’minlash mumkin bo’ladi.
Texnologik tadbirlar
Atmosfera havosini muhofaza qilishda texnologik tadbirlarning ahamiyati katta. Tekshirish natijalariga qarab ob’yektlarga va atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar miqdorini kamaytirish yoki mutloq to’xtatish mumkin bo’ladi. Bunyng uchun sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlar takomillash-tirilishi zarur. SHunda hatto chiqindisiz yoki kam chiqindili mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo’ladi. Bunday jarayon byerk jarayon deyilib, bunda chiqindilar umuman bo’lmaydi yoki bunday chiqindilardan boshqa mahsulot tayyorlanadi.
CHiqindisiz yoki kam chiqindili korxonalar o’z ichiga kompleks tashkiliy, texnologik jarayonlarni oladi. Bunda xom ashyo tayyorlash, bor matyeriallardan to’la-to’kis foydalanish, ularni chiqindi sifatida tashqi muhitga tashlamaslik borasida yo’l-yo’riq, tavsiyalar ishlab chiqiladi. CHiqindisiz mahsulot ishlab chiqish nazariy jihatdan qulay bo’lsada, amalda uni boshqarish juda murakkab hisoblanadi. SHuning uchun ham ko’pincha kam chiqindili ishlab chiqish korxonalariga katta ahamiyat byeriladi.
Akademik B.N. Laskorin tavsiyasiga ko’ra kam chiqindili texno- logiyaga ega bo’lgan korxonalar quyidagi yo’nalishda ish olib borishi kerak. Xom ashyolarni kompleks holda ishlash, yangi texnologik jara- yonlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, ularning sxemalarini ishlab chiqish, shunga mos asbob-uskunalar yaratish, texnologik jarayonlarda suv hamda gazlardan qayta foydalanish tadbirlarini ko’rish va hokazo.
YUqorida zikr qilingan tadbir va choralarni amalga oshirish ma’lum darajada chiqindilar chiqishini kamaytiradi, tashqi muhit ob’yektlarni ifloslanishdan muhofaza qiladi.
SHuni aytish kerakki, chiqindisiz ishlaydigan sanoat korxonalaridagi barcha xom ashyo sanoat mahsulotiga aylanadi, Masalan, 1913 yilda rangli metallurgaya korxonalari xom ashyolardan hammasi bo’lib 15 elementni ajratib olgan bo’lsa, 1930 yilga kelib 20 ta elementni, 1970 yilda esa 74 elementni ajratib oldi. Hozir misdan mahsulot tayyorlaydigan korxonalar undan 25 ta element ajratib olmoqda. Jumladan mis, rux, qo’rg’oshin, nikel’, oltin, kumush, shuningdek molibden, kobal’t, kadmiy, selen, tellur, gyermaniy, reniy va ularning birikmalari, oltingugurt, vismut, sur’ma, bariy, temir va boshqalar.
Neft’ ishlab chiqarishda qoldiq modda mazut bo’lib, uniig tarkibida 70—90% oltingugurt bor. Hozir mazutdan oltingugurtli moddalar ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqilmoqda.
Hozir chiqindisiz korxonalar soni juda kam desa bo’ladi. Ko’p mahsulotlar sifatsiz bo’lgani, Davlat standartiga to’g’ri kelmasligi tufayli ulardan qayta ishlab chiqarishda foydalanilmaydi va natijada ular muhitni ifloslantiruvchi manbaga aylanib qolmoqda.
Hozir ba’zi metall ishlab chiqaruvchi korxonalar chiqindisiz texnologiyaga o’tgan. Masalan, qora metallurgiya kombinatlari ma’danlarni yangi usullar bilan, ya’ni kokssiz, domna o’choqlarisiz eritish usullarini qo’llamoqdalar. Mazkur usullar bo’yicha ma’dan-lar tarkibidagi metallar tabiiy gaz yoki vodorod yordamida ajratib olinadi. Bunday texnologiyada tashqi muhitni iflrslantiruvchi bosqich juda kam bo’ladi. Bunda domna pechidagi kabi kul va aglomyerat chiqindilar bo’lmaydi. Oqibatda atmosfera havosiga tashlanadigan gaz, chang va boshqa omillar o’z-o’zidan yo’qoladi.
Mazkur usul bilan po’lat eritilganda atmosfera havosiga tushadigan SO2 gazi, chang va boshqa zararli omillar kamayadi, korxona chiqindilaridan to’la-to’kis foydalanishga imkon tug’iladi.
Rangli metallurgiya korxonalarida nikel’, volfram ishlab chiqarishda ham chiqindilar miqdori tobora kamayib bormoqda. Kirovograddagi nikel’ ishlab chiqarish korxonasi chiqindisiz korxonaga aylandi.
Keyingi vaqtlarda azotli o’g’itlar ishlab chiqarish korxonalarida ham xom ashyolar to’la-to’kis, chiqitsiz ishlab chiqarilmoqda. Atmosferani ifloslantiruvchi kimyoviy moddalardan qayta foydalanilmoqda.
Sintetik kauchuk ishlab chiqarish zavodida texnologiya jarayonida paydo bo’ladigan chiqindilardan hozir sul’fat kislota, spirt va stirol olishda foydalanilmoqda.
CHiqindili zavodlarda maxsus moslamalardan foydalanib korxo- nadan ajralib chiqayotgan gazlar, shuningdek zararli moddalar tutib qolinadi va qaytadan mahsulot ishlab chiqarishga joriy etiladi.
Ayniqsa sanoat korxonalari zich joylashgan xududlarda chiqin-disiz ishlab chiqarishga katta ahamiyat berish zarur. Ust-Kamenegorsk, Olmaliq, Svyerdlovsk, CHelyabinsk, Bekobod, Vorkuta kabi sanoati rivojlangan shaharlarda bu dolzarb masala hisoblanadi.
Fan va texnika yutuqlaridan chiqindisiz ishlab chiqarishda foydalanish aholi turar joylari havosining toza bo’lishida katta ahamiyatga ega.
Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan kam chiqindili hamda chiqindisiz sanoat korxonalarini tashkil qilish to’g’risida maxsus qaror qabul qilindi.
YAna bir masala zaharli moddalarni zahari kam bo’lgan moddalarga almashtirishdir. Masalan, ko’mir yoki mazut yoqib istiladigan qozonlar gaz bidan isitilsa, atmosferaga chiqadigan zararli moddalar 70—90% ga kamayib ketadi. Boshqacha qilib aytganda, avtomobillarga ishlatiladigan benzin o’rniga gaz ishlatish ham atrof-muhitning ifloslanishini ma’lum darajada kamaytiradi.
Xom ashyolarni zararli moddalardan tozalash katta ahamiyatga ega. Masalan, yoqiladigan gazdan oltingugurtni ajratib olish, toshko’mirdan oltingugurt kolchedanini ajratib olish atmosfera havosini ifloslanishdan birmuncha saqlaydi.
CHang tarqatuvchi manbalarni namlash yo’li bilan changini kamaytirish mumkin. Jumladan, quruq cement ishlab chiqarishni namli ishlab chiqarishga o’tkazish havoga uchadigan chang miqdorini kamaytiradi.
Texnologik jarayonlarda olov yoqib qizdirish o’rniga elektr tokidan foydalanish ham chiqindilar sonini kamaytiradi, Masalan, Moskvadagi alyumin zavodida alyuminni elektr indukcion pechlarda eritishga o’tish tufayli atmosfera havosiga tushadigan zararli moddalar soni ancha kamaydi.
Texnologik jarayonlarninng byerkligini ta’minlash, mahsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga transportyer lentalar vositasida jo’natish, ayniqsa chang chiqaruvchi moddalar bilan ishlashda suvli yoki havoli transportirovka vositalaridan foydalanish zararli moddalar miqdorini ancha kamaytiradi.
Texnologik jarayonlar biror daqiqa bo’lsa ham to’xtab qolmasligi kerak. Agar jarayon to’xtab qoladigan bo’lsa, chiqindilar to’planib atmosfera havosining ifloslanishiga imkon tug’dirishi mumkin. SHuni aytish kerakki, yuqorida aytib o’tilganlar atmosfera havosini mutloq ifloslanishdan holi qilmaydi, ammo shunga qaramay sanitariya vrachi sanoat korxonalarining injenyer va texnik xodimlari bilan birga atmosfera havosini chiqindilardan muhofaza qilishga harakat qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |