Sh. Sodiqova


M aktabgacha  ta ’lim  m uas­



Download 7,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/253
Sana01.01.2022
Hajmi7,72 Mb.
#302667
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   253
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (sodiqova sh.) (1)

M aktabgacha  ta ’lim  m uas­
sasasida  iqtisodiy tushun-
 
chalarni  berishda yangi
 
pedagogik texnologiyalardan
 
foydaianish y o ‘llari
M aktabgacha  ta ’lim  m uassasalari- 
dagi  ta ’lim -tarbiya jarayonida  axborot 
texnologiyalarining  joriy  etilishi  ho- 
zirgi  vaqtda  m uhim   aham iyat  kasb  et- 
moqda.  K o ‘pgina  m aktabgacha  ta ’lim 
m uassasalarim iz yetarli darajada texnik
164


likda  ishlatishni  tushunamiz.  Bolalami  birgalikda  ishlatish  uchun  ta’lim 
jarayonida interfaol uslublardan foydalanamiz.
Interfaoi  -  lotincha «inter»  so'zidan olingan bo ‘lib,  «orasida»,  «o‘rtasi- 
da» degan m a’noni anglatadi, y a’ni ikki narsa o ‘rtasidagi faollik degan m a’- 
noni anglatadi.
Ta’limda interfaol  uslub -  bu  tarbiyalanuvchi  bilan tarbiyachi  o ‘rtasida 
ta ’limni o ‘zlashtirish munosabatlarini kuchaytirish,  faollashtirish demakdir. 
M azkur  uslublar  ham korlikda  ishlash  vositasida  m ashg‘ulot  samaradorli- 
gini oshirishga yordam beradi.  Ular bolalami mustaqil fikrlashga undaydi.
Interfaol  uslublar  tarbiyalanuvchi  bilan  tarbiyachining  faol  muno- 
sabati.  bir-birini  to ‘liq  tushunishiga  asoslanadi.  Interfaol  uslublarni  ta ’lim 
jarayoniga joriy  etishning  tub  maqsadi  -   m ashg‘ulot  qaysi  shaklda  bo'- 
lmasin,  qayerda  o'tkazilm asin,  m ashg‘ulotda  tarbiyachi  bilan  bolalarning 
hamkorlikda  ishlashini  tashkil  etishdir.  Tarbiyachi  m ashg‘ulotda  tegishli 
muammolarga  bolalarlarni  jalb  etishi,  ularning  harakatini  faollashtirishi 
va  natijada  o'zlashtirishlarini  ta ’minlashi  lozim.  Bunda  tarbiyachi  faqat 
fasilitator  (yo‘l-yo‘riq  k o ‘rsatuvchi,  kuzatuvchi,  xulosalovchi)  vazifasini 
bajaradi.  Ushbu  uslublar  orqali  bolalarning  mustaqil  fikrlash  qobiliyatlari 
rivojlantirilib, ularda erkin fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, hissiyotlami 
boshqara  olish,  tanqidiy  va  ijodiy  fikr  yuritishning  rivojlanishiga  zamin 
tayyorlanadi.
Dunyo  m iqyosida  ko’p  yillardan beri  qo‘llanilib,  yaxshi natijalar bera- 
yotgan  o'qitishning  yangi  shakl  va  usullari  Respublikamiz  xalq  ta’limida 
i!g‘or,  ijodkor  tarbiyachilar  tomonidan  qoMlanilmoqda.  Bu  o ‘qitishning 
interfaol usulidir. Bu usulning asl mohiyati bolalami mustaqil bilim olishga, 
bilim olish uchun izlanishga, fikrlashga y o ‘naltirishdir.
M ashg'ulotlar  jarayonida  quyidagi  interfaol  usullardan  foydalanish 
m aqsadga muvofiqdir:
•  kichik  guruhlarda ishlash;
•  aqliy  hujum;
•  rolli  o ‘yinlar;
•  kichik guruhlarda ishlash.
K ichik guruhlarda ishlash an ’anaviy  m ashg‘ulotdan nim asi  bilan farq 
qiladi? Bolalar faol  ishlaydilar, topshiriqlam i bajarishga m as’uliyat bilan 
qaraydilar.  B olalar jam oa b o ‘lib fikr-muloxazalarini m uhokam a qiladilar. 
Tushunish uchun  bir-birlarini tinglaydilar, savollar beradilar, bir-birlariga 
yordam   beradilar.  G uruh  ishlarida  bolalar  o ‘zlarini  erkin  tutadilar.  Bu
165


jarayonda  javob  berishga  hadiksiraydigan  bolalar  ham   o ‘zini  erkin 
tutadilar,  o ‘ziga nisbatan ishonch paydo boTadi.
Guruhlardagi  ishdan  qanday  foydalanish  kerak?  Guruhdagi  sam arali 
ish bolalam i y ig ‘ib, ularga topshiriqlar yozilgan kartochkalar berish bilan 
belgilanm aydi.  Buning  uchun tarbiyachi m avzu bilan tanishtirib  chiqishi 
va  uning  m azm uniga  oid  m uam m olam i  belgilashi,  guruhda  ishlashning 
eng  samarali  y o ‘llarini  belgilab  olishi  kerak.  M asalan:  guruhni  4ta  ki­
chik  guruhga  bo ‘lib,  guruhlarga  topshiriq  beradi  va  vaqtni  belgilaydi, 
va  m ustahkam lash  m ashg‘uloti  o‘tilsa,  topshiriqlarni  bajarish  uchun  10 
daqiqa  beradi.  B olalar  guruhda  ish  boshlaganda  bir-birlariga  savollar 
beradilar.  egallagan  bilim lari  b o ‘yicha  o ‘zaro  fikr  almashadilar.  Bolalar 
guruhlarda  ish  bilan  band  b o ‘lganda,  tarbiyachi  guruh  b o ‘ylab  yuradi, 
u  barchani  kuzatib  topshiriqni  izohlab  beradi,  yordam ga  m uhtojlik  se- 
zayotganlarga  yordam   k o ‘rsatadi,  ham da  m ashg‘ulot  m avzusi  bilan 
band  b o ‘lishini  kuzatadi.  Vaqt  tugagandan  keyin  ham m aning  e ’tiborini 
doskaga  qaratib,  har  bir  guruhdan  bittadan  vakil  chiqib,  guruh  bajargan 
ishni  butun guruh oldida taqdim   etadi.  H ar bir guruh taqdim otidan keyin 
boshqa  guruhdagilar  savol  beradilar.  Tarbiyachi  ham m a  guruh  ishlarini 
yakunlab boTgandan so‘ng, ularga izoh beradi, xatolar b o ‘Isa to ‘g ‘rilaydi 
va  xulosalaydi,  guruh  ishini  baholaydi.  G uruh  ishini  tashkil  etishda 
quyidagi tam oyillam i yodingizda tutishingiz lozim:
G uruhlartarkibi 3 -5  boladaniboratboT ishi. B olalar sonini k o ‘paytirish 
guruhlarda  ishlash jarayonini  qiyinlashtiradi  va b a’zi  bolalarning  chetda 
qolib ketishiga sabab b o ‘ladi.
Guruh tarkibini  o ‘zgartirib  borish kerak.  Har  bir m ashg‘ulotda yangi 
guruh  tashkil  etish  lozim.  Bu  ham m a  bolalarni  bir-biri  bilan  do‘stona 
m unosabatda ishlashlarining im konini tu g ‘diradi.
G uruh  tuzishda  o ‘g ‘il  va  qiz  bolalardan  bir  xil  guruh  bo ‘lib 
qolm asliklariga e'tib o r berish kerak.
G uruh tarkibini tarbiyachi belgilashi lozim. H ar bir guruhda qobiliyatli 
bolalar  boTishiga,  qobiliyatli  bolalardan  guruh  tuzilib  qolm asligiga 
e ’tibor berish lozim.
G uruh  ishining  taqdim otini  o ‘tkazish,  yakunlash  v a  ularni  rag ‘- 
batlantirib borish kerak.
166



Download 7,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish