Induksiya va deduksiya bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan, ammo o'zaro bog'liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi. Misol uchun, biz «A» korxonadagi ishchilar ish haqining oshirilganligi, boshqa sharoitlar o'zgarmagani holda, mehnat unumdorligining oshishiga olib kelganli- gini guvohi bo'ldik, deb faraz qilaylik. Bundan, butun iqtisodiy tizim uchun tegishli bo'lgan «ishchilar ish haqining oshirihshi, boshqa sharoitlar o'zgarmagani holda, mehnat unumdorligining oshishiga olib kela- di», degan umumiy xulosa chiqarishimiz induksiyadir. Aksincha, bun- day nazariy qoidani oldindan bilgan holda, uning turli tarmoqlar, alohida korxonalardagi amal qilish holatini aniqlashimiz va baholashimiz deduksiyani anglatadi.
Iqtisodiy jarayonlarni o'rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli muhim o'rin tutadi. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo'l qo'yilib, yanglish tasawurga va noto'g'ri xulosalarga olib kelishi mumkin1.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda graiik usulni keng o'zlashtirish va qo'llash zarurdir.
Grafiklar nazariya modellarinl ifodalashda vositachi boiib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o'zgaruvchi miqdoriar o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rgazmali qilib tasvirlaydi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarnmg mazmu- nini, ulardagi o'zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin boiadi.
Xulosalar
Iqtisodiyotning bosh masalasi — ehtiyojlarning cheksiz o'sib borishi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi o'rtasidagi ziddiyat va uni hal qilish yo'lini izlab topishdan iboratdir. Bu ziddiyatli holatni yechish zaruriyati kishilar oldiga quyidagi muammolarni qo'yadi:
ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanJab olish va resurslarni ko'proq ishlab chiqarishga jalb qilish;
mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish;
fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalanii joriy qilib, yangi energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslardan foydalanish samaradorligining oshishiga erishish;
kishilarning chuqur iqtisodiy bilimlarga ega boiishi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o'tgan yo'l va unda vujudga kelgan g'oyalar, oqimlar juda murakkab, ko'pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shunday bo'lsada, ular bir-birlni to'ldiradi. Shu bilan birga ta'kidlash lozimki, hech qaysi iqtisodiy mak- tabning nazariyalarini mutlaq va doimiy haqiqatga ega deb bo'lmaydi. Turli-tuman fikr va qarashlar olamidan haqiqatni izlab topish chuqur iqtisodiy bilim va tafakkurni taqozo etadi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani barcha iqtisodiy fanlarning nazariy- uslubiy asosidir. U fundamental fan bo'lib, insonlarni jamiyatning iqtisodiy asoslarini ilmiy tadqiq etishga yo'naltiradi^uiarni nazariy-uslubiy bilim bilan qurollantiradi.
Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat taraqqiyoti to'g'risidagi ijtimoiy fan boiib, u turli ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan chambarchas bogiiqdir.
Iqtisodiyot nazariyasi nafaqat nazariy fan, balki u bevosita amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Iqtisodiyot nazariyasini bilmay turib, murakkab iqtisodiy jarayonlarni to'g'ri hal qilib boimaydi.
«lqtisodiyot nazariyasi» fani doirasida inson va jamiyatning yashash faoliyatining ijtimoiy, axloqiy, milliy va tarixiy tomonlarini tadqiq qilish va bilish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasining bilish, amaliy, uslubiy va g'oyaviy- tarbiyaviy vazifalari mavjud. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erish- gandan so'ng, o'sib kelayotgan yosh avlodni milliy vatanparvarlik ru- hida tarbiyalashda iqtisodiyot nazariyasi g'oyaviy-tarbiyaviy vazifasining ahamiyati tobora oshib bormoqda.
v
Asosiy tayanch tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |