Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi
Kishilik jamiyatining rivojlanish bosqichlari
1 2 3 4 5 ... va hokazo
|
|
>
|
Maxsus iqtisodiy
|
V V
qonunlar
|
|
v v *
|
|
|
Davriy iqtisodiy qonunlar
|
|
|
Umumiy iqtisodiy qonunlar
Chizmadan ko'rinadiki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bir necha bosqichlarni bosib o'tib, ular 1, 2, 3, ... va h.k. tartibida belgilangan. Yuqorida ta'kidlanganidek, maxsus iqtisodiy qonunlar bu bosqichlar- ning har biri uchun alohida tarzda amal qilib, ular mazmunan bir- biridan farqlanadi. Davriy iqtisodiy qonunlar esa taraqqiyotining bir necha (bizning chizmada 3 ta) bosqichi uchun tegishli bo'ladi va ularda amal qiladi. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarini qamrab olib, ularning har birida to'hq amal qiladi.
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlarning alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha)larni ham ta'riflab, ularning mazmunini ochib beradi.
Iqtisodiy kategoriya — doimo takrorlanib tuVadigan, iqtisodiy jara- yonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy- nazariy tushuncha.
Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha)lar alohida kishilar tomonidan o'ylab topilmagan, balki real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo'lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalarning far- qi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo'g'inlari, sohalari, bo'laklari orasidagi bog'liqlikni, ularning biri o'zgarsa, albatta ikkinchisi ham o'zgarishi murnkinligini ko'rsatadi. Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) lar esa iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqaU biz eng awalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx o'rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilaW bog'liq bo'hb, ular bir-birini to'ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.
1.5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predme- tining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning uslubiyatining qaror topishi, takomillashib borishi bilan ham bog'liqdir. Shu o'rinda, Prezidentimiz I.A.Karimovning O'zbekiston mustaqilligining 16 yilli- giga bag'ishlangan majlisda qilgan ma'ruzalaridagi quyidagi so'zlarni keltirib o'tish maqsadga muvofiq: «Shuni ta'kidlash lozimki, mustaqil- likka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bo'lib, sobiq ittifoq parokandah'kka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o'zligimizni ang- lash va toptalgan milliy g'ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo'lga kiritish qanday sharoitda kech- gani haqida yaxlit, yagona va xolis ko'z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yo'qligini afsus bilan aytishga to'g'ri keladi»'.
Bunday izlanish va tahlillarni amalga osliirish, respublikamizning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo'lidagi sa'y-harakat- lari va ularning natijalarini baholash uchun ham iqtisodiyot nazariya- sining ilmiy tadqiqot usullari va uslubiyatidan xabardor bo'lish, iqtisodiy tafakkurlash imkoniyatlariga ega bo'lishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |