Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtayi-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuq- tayi nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy bog'lanishlar bo'yicha ham tahlil qilinadi. Masalan, biz pulning iqtisodiy tabiatini o'rganishda uning tarixiy jihatlari, jumladan, qiymat shakllarining rivojlanishini ko'rib chiqamiz. Bu esa, bizdan tarixga, tovar-pul munosabatlarining dastlabki kurtaklari paydo bo'lgan jamiyatga qaytib, o'sha davrdagi iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilishni taqozo etadi. Biroq, bu holat o'tmishdagi barcha iqtisodiy munosabatlarga emas, balki aynan pulning dastlabki asoslari bilan mantiqiy bog'langan mu- nosabatlargagina taalluqlidir.
Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment ma'lum o'rin egal- laydi, iqtisodiy o'sishning keskin o'zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy islohottarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida o'ringa ega. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko'rish, ya'ni ilmiy tajriba, eksperiment o'tkazish hisob- kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo'nalishlarni ishlab chiqish talab etiladi. Iqtisodiyot sohasida o'tkaziladigan eksperimentlarga erkin iqtisodiy hududlarni tashkU etish, muayyan iqtisodiy tadbirlarni alohida korxona yoki hududlarda sinovdan o'tkazish kabilarni misol tariqasida keltirish mumkin. Jumladan, O'zbekistonda zarar ko'rib ishlovchi sliirkat xo'jaliklarini fermer xo'jaliklarga aylantirish jarayoni dastlab Qora- qalpog'iston Respublikasining Ellikqal'a tumanida tajribadan o'tkazihb, keyinchalik boshqa tuman va viloyatlardabosqichma-bosqich amalga oshi- rilganligini ham iqtisodiy eksperiment sifatida baholash mumkin.
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy iahlilni qo'shib olib borish. Mik- roiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang'ich bo'g'ini bo'lmish kor- xona va firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy subyektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan to- varlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi to'lashning, talab va taklif tarkib tqpishining shakl va mexanizmlarini o'rganish markaziy o'rin tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta'minlash asosida milliy iqtisodiyotning to'laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug'ullanadi. Milhy mahsulot, narxning umumiy darajasi, inflatsiya, ishchi kuchi- ning bandligi masalalari bu tahlil obyekti bo'lib hisoblanadi. Mikroiqti- sodiyot va makroiqtisodiyot o'zaro bog'langan va bir-biri bilan o'zaro ta'sirda bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |