Umumjamiyat ehtiyojlari — bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar uchun umumiy boigan ehtiyoj. Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha uchun umumiy boigan ne'matlarga ehtiyoj sezadilar. Masalan, mamlakat chegarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mus- tahkamhgi, yurt farovonligi, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, huquq-tarti- bot ishlarining yuqori darajada amalga oshirilishi va boshqalar.
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi:
jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
tabiiy-geografik sharoitlar;
g) tarixiy-milliy an'analar va urf-odatlar;
aholi sonining o'sishi, uning tarkibidagi o'zgarishlar;
xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o'rtasidagi aloqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni toiiq qondi-
rish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma'ium davrda ko'plab qondi- rilmagan ehtiyojlar mavjud bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan yangi buyum- larning paydo boiishi, keng reklamaning ta'siri va savdoning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar o'zgaradi va ko'payib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya'ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxo- nalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to'xtovsiz yangilanib va o'sib borishi tabiiy bo'lib, uni o'ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin. Ehtiyojlarning ishlab chiqarish va yetkazib berishga nisbatan miqdo- ran o'sib, tarkib va sifat jihatidan takomillashib borishi ehtiyojlarning ustuvor darajada o'sib borish qonuni deyiladi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o'rtasidagi uzviy, to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikni aks ettiradi.
Ehtiyojlarning o'zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o'z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo boiishi, o'z navbatida uni ishlatishni o'rganish, unga xizmat ko'rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o'sib borishi uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o'zgarg^ni holda uni ta'minlash uchun kerak bo'ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan boiadi. Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin boigan barcha vosita va imkoniyat- lar majmui tushuniladi.
Iqtisodiy resurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) tabiiy resurslar (er, yer osti boyliklari, suv, o'rmon va biologik resurslar);
ishchi kuchi resurslari (kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlari);
kapital (foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablag'lari va boshqalar);
tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonlariiii tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).
Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shunda- ki, ularga ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy Tesurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul zaxiralari ham kiradi.
Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo'li bo'lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo'yadi. Bu im- koniyatlar darajasi doimo bir xil bo'lib turmaydi, balki yangi texni- kalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o'rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin (1.2-chizma):
1.2-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |