Ishchi kuchining ish bilan bandligi muammosi ko'p qirrali bo'hb, u barcha odamlarga o'z qobiliyatlarini ishga solish, o'z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng inikoniyatlarni ta'minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish; ishchi kuchinf unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o'rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o'z ichiga oladi.Mamlakatimiz Prezidenti «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choraiari» nomli asarida
xizmat ko'rsatish va kichik biznes sohasini aholi bandligini ta'minlash va hayot darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida yanada jadal rivojlantirish 2009-yilga mo'Jjallangan iqtisodiy dastur- ning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qolishini ko'rsatib o'tdilar. Asarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligi va uning daromad- larini oshirish muammolarini hal etishda o'ziga xos lokomotiv vazifasini bajarayotganligi, ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan toidirishda salmoqli hissa qo'shayotganligi, uning bugungi kunda mamlakatimizda eng yirik ishchi kuchi bozori, mulkdorlar o'rta sinfini shakllantirish- ning asosiy omili, millionlab odamlar uchun daromad va farovonlik manbayi hisoblanishi ta'kidlab o'tildi.
Aholini ish bilan ta'minlash muammolarini hal qilishda ham jiddiy sifat o'zgarishlari ko'zga tashlanmoqda. Biz uchun o'ta dolzarb bo'lgan bu masalani echishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko'rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlanti- rishni rag'batlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
«2008-yil mobaynida yurtimizda 661 mingga yaqin, jumladan, kichik biznes sohasida — 374 mingta, xizmat ko'rsatish va servis sohasida — qariyb 220 mingta, kasanachilik hisobidan esa - 97 ming 800 ta yangi ish o'rni yaratildi»'.
Bugungi bosqichda kasanachilik sohasi bandlik va oila budjeti daromad- larini oshirishning qo'shimcha manbaiga aylanib borayotganini hech kirn inkor eta olmaydi. Ayni vaqtda kasanachilik fuqarolarni, birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa, ko'p bolali ayollarni, yordamga muhtoj nogiron- lar va mehnat qobiliyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda.
2008-yilda kasanachilar tomonidan 34 milliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi va xizmatlar ko'rsatildi, Kasanachilik uchun ish o'rinlari ochgan korxonalar, shu borada o'zlariga berilgan imtiyozlar hisobidan 1 milliard so'mdan ortiq mablag'ni fejashga erishdi.
Aholini, ayniqsa qishloq aholisini ish bilan ta'minlashning yana bir muhim yo'nalishi shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklarida qoramol boqish bilan shug'ullanadigan kishilar sonini ko'paytirishdan iborat. Qayd etish kerakki, bu masalada muayyan ijobiy natijalar qo'lga kiritildi. Mamlakatimizda qoramollami aholiga va fermer xo'jaliklariga kimoshdi savdolari orqah sotish, ularga maqsadli va imtiyozli kreditlar berish, veterinariya xizmati ko'Tsatishning sifati va hajmini oshirish, ozuqa bilan ta'minlash bo'yicha samarali mexanizmlar yaratilgan. Chorvachilikni rivojlantirish dasturining ijrosi doirasida 2008-yili kimoshdi savdolarida 20 ming 300 bosh qoramol sotildi. 2009-yiida yana 24 ming 600 bosh qoramol sotilishi ko'zda tutilmoqda. Agar 2007-yilda qoramol sotib olish uchun 42,5 milliard so'mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan bo'lsa, 2008- yilda bu raqam 48 milliard 200 million so'mni tashkil etdi
1.
Mamlakatimizda ishchi kuchi bandligi samaradorligini ta'minlash uchun davlatning bandlik siyosatining quyidagi yo'nalishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir:
oilaviy biznes va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni jadal- lashtirishni ta'minlash;
mazkur maqsadlarda mikrokreditlash tizimini rag'batlantirish;
yirik sanoat korxonalari va nisbatan kicbikroq bo'lgan ishlab chiqarish korxonalari bilan kasanachilikni kengaytirish asosidagi koope- ratsiyani rivojlantirish imkoniyatlaridan keng qamrovli foydalanish;
mahalliy xomashyoni puxta qayta ishlashga va tayyor, raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yo'naltirilgan yengii va oziq-ovqat qayta ishlash sanoatining ko'p mehnat talab qiladigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish;
xizmat ko'rsatish sohalarini rivojlantirish, qishloq joylarida qishloq xo'jaligiga taalluqli bo'lmagan bandlik sohalarini kengaytirish masala- larini hal etishga e'tiborni kuchaytirish;
ishsizlarni kasbiy o'qitish va jamoat ishlari tizimlarini takomil- lashtirish bilan shug'ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish.
Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xalqimizning faro- von turmushini ta'minlash manbayi bo'lgan ish bilan bandlik darajasining yanada oshishiga, aholi ijtimoiy muhofazasining kuchayishiga yanada keng yo'l ochib beradi.
Xulosalar
1. Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faolivatigfi layoqatli boigan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Ishchi kuchining sifati uning tarkibining zamon talablari jihatidan ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiqligi darajasini namoyon etadi. Ishchi kuchining sifati uning ma'lumot, kasbiy tayyorgarlik, malaka, ish tajri- basi darajalari kabi ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi