iSiklik ishsizlik — iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bogiiq bo'lib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi. Bunda o'z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga duch kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini ka- maytirish maqsadida ishchilarni ishdan bo'shata boshlaydilar. siklik ishsizlik haqiqiy darajadagi ishsizlikning tabiiy darajadan farqlanishini ko'rsatadi. Ishsizlikning bu turi majburiy ishsizlik hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida mavjud bo'lmaydi.
Institutsional ishsizlik ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya'ni ishchi kuchini ish bilan ta'minlashga xizmat ko'rsatuvchi muassasalar- ning yetarli darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko'rsatmasligi natijasida paydo bo'ladi. Uni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kiritish mumkin.
Texnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usul- laming kirib kelishi bilan bog'hq bo'ladi. Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani qo'llash hisoblanadi.
Hududiy ishsizlik muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator kompleks omillar ta'siri ostida ishchi kuchi talabi va takliti o'rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to'liq band boimaslik xos. Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining pasayishi kor- xonalardagi ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxona egalari o'z ishchilarini birdaniga ishdan bo'shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning ma'lum qismi rasman ish bilan band boisalarda, amalda to'hq holda ishlamaydilar. Buning natijasida mehnat unumdorligi pasayib, korxona moliyaviy natijalariga ta'sir ko'rsatadi. Yashirin ishsizlik mamlakatda vujudga kelishi mumkin bo'lgan ijtimoiy keskinlikka yo'l qo'ymaslikka intilish natijasida ham paydo bo'ladi.
Turg'un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo'qotgan, ishsizlik bo'yicha nafaqa ohsh huquqidan mahrum bo'lgan va faol mehnat faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo'lmagan qismini qamrab oladi.
«ToMa bandlik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud boimasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friksion va tarkibiy ishsiz- likning bo'lishini tabiiy deb hisoblaydilar, shu sababli to'la bandlik ishchi kuchining 100% dan kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to'la bandlik sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo'ladi. siklik ishsizlik nolga teng bo'lganda to'la bandlik sbaroitidagi ishsizlik darajasiga erishiladi. To'la bandlik sbaroitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi deb ataladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan bog'liq bo'lgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi, iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini ko'rsatadi. To'la bandlik yoki ishsizlikning tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori mu- vozanatiga erishganda, ya'ni ish izlovchilar soni bo'sh ishchi o'rinlari soniga teng kelganda vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi qanday- dir darajada iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi. Chunki «friksion» ishsizlarga mos keluvchi ish o'rinlarini topish, «tarkibiy ishsizlarga» ham yangi kasbni o'zlashtirish yoki yangi yashash joyida ish topish uchun ma'lum vaqt kerak boiadi. «Ishsizlikning tabiiy darajasi» tushunchasi ma'lum bir aniqliklar kiritishni talab qiladi. Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida amal qilishi va shu orqali o'zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro'yobga chiqari- shini bildirmaydi. Chunki, ko'pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim hoilarda, masalan, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o'rindoshlik ishlarida band bo'lish natijasida tabiiy darajadan past ham bo'lishi mumkin. Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi o'z-o'zicha doimiy miqdor hisoblanishi shart emas, u tarkibiy o'zgarishlar (qonunlar va jamiyat urf-odatlaridagi o'zgarishlar) oqibatida o'zgarib turishi mumkin. Masalan, AQSHda ishsizlikning tabiiy darajasi dastlab XX asrning 60-yiliari o'rtalarida 4,5% deb belgilangan bo'lsa, 70-yillarning boshiga kelib 5,5%, 80- yillaming boshida esa 6% gacha o'sdi.
Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.
. . Ishsizlar soni-*' Ishsizlik darajasi = x 100%.
Ishchi kuchi soni
Ishsizhk darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ham hisobga olish zamr bo'ladi. Chunki ishsizlikning o'zi haddan tashqari yuqori darajasi bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy oqibat- larni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |