Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Iste'mol — jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalari va omillaridan foydalanish jarayoni. Shaxsiy iste'mol



Download 61,19 Mb.
bet199/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Iste'mol — jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalari va omillaridan foydalanish jarayoni.
Shaxsiy iste'mol — iste'molchilik tavsifidagi ne'matlar va xizmatlar- dan bevosita foydalanish, ya'ni ularning individual tarzda iste'mol qi­linishi.
Unumli iste'mol — ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vo­sitalari va ishchi kuchidan foydalanish.
Iste'mol sarflari — aholi daromadlarining tirikchilik ne'matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg'arish — aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlari­ning kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizh daromad olish maqsadi­da to'plab borilishi.
Iste'molga o'rtacha moyillik — shaxsiy daromadning iste'molga ke- tadigan ulushi.
Jamg'arishga o'rtacha moyillik — shaxsiy daromadning jamg'arish- ga ketadigan ulushi.
Iste'molga keyingi qo'shilgan moyillik — daromad hajmining o'zgarishi natijasida iste'mol sarflari hajmining o'zgarishi darajasi.
Jamg'arishga keyingi qo'shilgan moyillik — daromad hajmining o'zgarishi natijasida jamg'arish hajmining o'zgarishi darajasi.
Iqtisodiy jamg'arish — milhy daromadning bir qismining asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko'paytirish uchun sarflanib borishi.
Jamg'arish normasi - jamg'arish summasining milhy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
Investitsiya — ishlab chiqarishni va xizmat ko'rsatish sohalarini ken- gaytirishga, ya'ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo'yilma.
Investitsiyalar samaradorligi — milhy daromad (foyda)ning o'sgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

      1. Iste'mol, jamg'arma va investitsiyalarnhig iqtisodiy mazmunini qisqacha ta'riflang. 4

      2. Iste'mol va jamg'armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab ko'rsating.

      3. Iste'mol va jamg'arma funksiyalarining grafikdagi tasvirini chizib, ularga shartli raqamlar qo'llagan holda tushuntiring.

      4. Manfiy va musbat (ijobiy) jamg'arma nima va ularning grafikdagi joylashishi qanday bo'ladi?

      5. Jamg'arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta'sir ko'rsatadi?

      6. Iste'molga va jamg'armaga o'rtacha moyillik deganda nimani tushu- nasiz? Iste'mol va jamg'armaga qo'shilgan moyillik qanday aniqlanadi?

      7. Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi? Ularning qisqacha tavsifini bering.

      8. Yalpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o'zgarishining iqtiso- diyotga ta'siri qanday?

      9. Jamg'arma va investitsiya o'rtasidagi muvozanatning klassik modeli moHiyatini tjushuntirib bering.

      10. Jamg'arma va investitsiya o'rtasidagi muvozanatning keynscha modeli m< hamda klassik modeldan farqini tushuntirib bering.




17-bob. IQTISODIY O'SISH VA MILLIY BOYLIK


Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo'li — bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o'sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o'sish darajasi va sur'atlariga bog'hq. Ushbu bobda iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar, iqtisodiy o'sishning mazmuni, turlari va ko'rsatkichlari bayon qilinadi, shuningdek, iqtisodiy o'sishning omillari, milhy boy­lik va uning tarkibiy tuzilishi, iqtisodiy o'sish borasida mavjud bo'lgan turli modellar mazmunini yoritishgas muhim o'rin ajratilgan.
.1. Iqtisodiy o'sishning mazmuni, turlari va ko'rsatkichlari
Milhy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan ja­rayon bo'lganligi sababli uning mezOnlaridan biri bo'lgan iqtisodiy o'sish ko'proq tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o'sish bevosita yalpi ichki mahsulot hajmining mutlaq va aholi jon boshiga hamda 17iqtisodiy resurs xarajatlari har bir birligi hiso­biga o'sishi, sifatining yaxshilanishi va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy o'sishni YAIM mutlaq hajmining ortishi orqah yoki aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqah o'lchash buning qan­day maqsadda amalga oshirilayotganigabog'hq bo'ladi. Odatda biron bir mamlakat iqtisodiy o'sishini YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali o'lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqah o'lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo'llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o'sish sur'atini tavsiflaydigan mazkur ko'rsatkichlar (real YAIM va aholi jon boshiga real YAIMning o'sishi) miqdoriy ko'rsatkichlar bo'lib, ular birinchidan, mahsuiot sifatining oshishini to'liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o'sishini to'hq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YAIM va aholi jon boshiga YAIMning o'sishi bo'sh vaqtning sezilarli ko'payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko'rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o'sishni miqdoriy hisoblash boshqa to­mondan uning atrof-muhitga va inson hayotiga salbiy ta'sirini hisobga olmaydi. Shunga ko'ra, iqtisodiy o'sishning barcha tavsifi yillik o'sish sur'atlarining foizdagi o'lchovida to'hq o'z ifodasini topadi:
Q'S - Joriy davr - YAIMbalis dmr ^ ,
YA JM '
1-rllivl bazis davr
bu yerda:
O'S - iqtisodiy o'sish sur'ati, foizda;
YAIMbazisdayr - taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YAIM hajmi;
YAIMjoiiy fcvt - joriy davr (yil)dagi real YAIM hajmi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohot­lar natijasida 1996-yildan boshlab oldingi yilga nisbatan, 2001-yildan boshlab esa 1991-yildagi darajaga nisbatan YAIM hajmining barqaror ravishda o'sishiga erishildi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta'sirida yuzaga kelgan muammo va qiyinchiliklarga qaramay, 2008-yilda yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'atlari 9 foizni tashkil etdi (17.1-chizma).
17.1-chizma


Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish