Iqtisodiy kategoriya - doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilrniy- nazariy tushuncha.
Uslubiyat — ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo'llari, qonun- qoidalari va aniq hadislari.
Ilmiy abstraksiya usuli — tahlil paytida xalal berishi mumkin bo'lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o'rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e'tiborni qaratish.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima?
Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz?
Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta'rif bering.
Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiysi hisoblanadi?
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o'rin tutadi?
Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab va yo'nalishlari vujudga kelgan?
Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazi- falarning bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo'ladi?
Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy qonunlarning iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon bo'ladi?
Iqtisodiyot nazariyasini o'rganishda qanday usullardan foydala- niladi?
Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o'rtasidagi farq nimadan iborat?
2-bob. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING NATIJALARI
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayo- tining asosini moddiy ne'matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish tashkil etadi. Chunki. ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonlari bo'lmasa, ayirboshlaydigan, taqsimlaydigan va iste'mol qiladigan ne'matlarning o'zi bo'lmaydi. Inson iste'molsiz yasholmaganidek, ishlab cmqarmasdan ham turolmaydi. Biroq, bugungi kunda iqtisodiyot nazariyasi bo'yicha ko'plab darslik va o'quv qoilanmalarda ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini yoritish e'tibordan chetda qolmoqda. Bu bir tomondan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qayer- da, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini tushunmaslikka olib keladi, ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish jarayonida sodir bo'layotgan islilab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sa- bab bo'ladi, uchinchidan esa, butun jahonda sodir boiayotgan iqtisodiy inqirozlarning tub sababini tushunmaslikka olib keladi.
Ushbu bobda bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar ko'rib chi- qiladi. Ishlab chiqarishning omillari tavsifi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so'ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bogiiq masalalar bayoni, «ishlab chiqarish imkoniyatlari» tu- shunchasiga ham o'rin ajratiladi. Shuningdek, keyiugi qo'shilgan mahsulot nafliligi va uning kamayib borishi, keyingi qo'shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g'oyalar bilan tanishtiriladi, ularning kamchilik jihatlari ochib beriladi. Ishlab chiqarish jarayonining har taraflama muvozanatli va mutanosibli rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan qutilishning yoki uning oldini olishning muhim yo'li sifatida qaraladi.
2.1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi
Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini chuqur anglash uchun eng avvalo, ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |