Oliy ta’lim sohasida aloqalar
Strategik sherikchilik va ittifoqchiliknin kengayishi va mustahkamlanishi doirasidagi aloqalarda yana bir yangi tendensiya bu 2016 yildan boshlab ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim sohasida aloqalarning yangi bosqichi boshlanganligidir. Avvalari bu sohada aloqalar deyarli to‘xtab qolgan edi.Taxlillar ko‘rsatishicha bu sohadagi hamkorlik o‘zaro manfaatli bo‘lib, chuqurlashib kengayib bormoqda. Bular quyidagilarda kuzatilmoqda.
Birinchidan, 2016 yilgacha mamlakatimizda Rossiyaning 4 oliy o‘quv yurti faoliyat yuritgan bo‘lsa,bugungi kunda mamlakatimizda Rossiya yetakchi oliy ta’lim muassasalarining 12 ta filiali faoliyat yuritmoqda. Shuni alohida aytish kerakki birinchi marta yirik salohiyatga ega zamonaviy sohalar uchun mutaxasslar tayyorlaydigan Moskva davlat Universiteti ochilgan bo‘lsa bugungi kunda MISIS, Moskva fizika injenerlik instituti, Moskva energetik instituti, Mendeleev nomidagi Rossiya ximiya texnologiya universiteti, Rossiya davlat filkultura , sport, yoshlar va turizm universitetining, Astraxan davlat texnik Universitetining filiallari faoliyat yuritata boshladi. Shu yilning sentyabridan sankt Peturgburg Universitetining filiali faoliyat yurita boshlaydi. Bunday o‘zaro hamkorlik Rossiya va O‘zbekiston oliy yurtlari bilan umumta’lim va tor mutaxassislik tayrlashning dasturlari amalga oshirish bo‘yicha yaqin o‘zaro faoliyat yo‘lga qo‘yildi. 2020 yilda onlayn formatda ikki davlat Rektorlarining mintaqalararo konferensiyasining o‘tkazilishi muhim voqea bo‘ldi. O‘z navbatida Rossiyada talim olayotgan talabalar soni ortib bormoqda. Ularning soni 30 mingdan oshdi.
Ikkinchidan, 2019 yildan Rossiya federasiyasi oliy o‘quv yurtlarining O‘zbekistondagi filiallarini tashkil etish va tartibga slish bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining bitim kuchga kirdi. Shu yilning o‘zida O‘zbek Rossiya hukumatlararo komissiyaning majlisida ikki davlatda talim, kvalifikasiya va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha bitim imzolandi.
Uchunchidan, Mamlakatimizning 34 oliy o‘quv yurtida Rossiyaningg 48 oliy o‘quv yurtlari bilan qo‘shma dasturlar asosida kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek Oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik sezilarni kengaydi. Hozirgi kunda ikki mamlakaning 70 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Shunday qilib, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik va ittifoqchilik hamkorligi muntazam rivojlanib kengayib yanada mustahkamlanib bormoqda. O‘zaro hamkorlikning bugungi bosqichi 2016 yildan boshlanib yangi tendensiyalarni keltirib chiqardi
Ikki davlat raxbarlari bilan muntazam olib borilayotgan oliy darajada muloqotlar O‘zbekiston Prezidenti olib borayotgan siyosiy va iqtisodiy islohotlarning shuningdek tashqi siyosatining Rossiyada yuqori baholayotganligini, ishonchli hamda ma’suliyatli strategik sherik va ittifoqchi sifatida qaralayotganligini ko‘rsatadi.
Shubhasiz, o‘zaro strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan hamkorlikning yangi davri SH.Miriziyovning prezidentlik davri bilan bog‘liq bo‘lmoqda. O‘zbekistonda 2016 yildan buyon amalga oshirilayotgan ochiq, amaliy va pragmatik tashqi siyosati davlatlararo o‘zaro manfaatli aloqalar va munosobatlarni strategik sheriklik va ittifoqchilikni yangi darajasiga olib chiqishga chiqish va rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni, mexanizmlarni, vositalarni ochdi.
Shuningdek ikki davlat o‘rtasida mavjud aloqalarni yanada rivojlantirish hamda avval erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yangi impuls berdi. Ikki davlat o‘rtasida imzolangan hujjatlar keng qamrovli bo‘lib, ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy gumanitar sohalarini qamrab oladi va bugungi tez o‘zgaruvchan xalqaro sharoitda keng qamrovda hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar, shart sharoitlar yaratmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |