Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Barcha hududlar mehat bozorlaridagi munosabatlarni tar-



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/116
Sana28.10.2022
Hajmi2,07 Mb.
#857956
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116
Bog'liq
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205

 Barcha hududlar mehat bozorlaridagi munosabatlarni tar-
tibga solishda ishga yollashda erkin va oʻzaro manfaatli raqobat 
uslubidan foydalanish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega.
Mehnat bozorida ishchi kuchlarini yollashda erkin va samarali 
raqobat – yollanuvchilar bilan ish beruvchilar oʻrtasida ishchi kuch-
lariga boʻlgan erkin talab va taklif tamoyillari asosida mehnat-tovarga 
oʻzaro manfaatli bahoni oʻrnatish. Bunda ishga yollash bozoridagi 
uning sifat koʻrsatkichlari va raqobatbardoshligi, mahalliy va xorijiy 
mehnat birjalari tomonidan turli guruhlar va kasblar boʻyicha boʻsh 
ish joylari, ishchi kuchlarining narxlari haqidagi haqqoniy 
axborotning berilishi, ish beruvchilarning yollanma ishning 
muddatlari va xarakteri yuzasidan talablari va shartlari, mehnat 
shartnomalarini tuzish va bekor qilishning ijobiy hamda salbiy 
oqibatlari va hokazolar hisobga olinadi. 
Mehnat bozoridagi erkin raqobatda ishchi kuchlarigina emas, 
balki shaxsiy yoki jamoaviy mehnat shartnomasi asosida foydali 
narxda oʻzining “mehnat qobiliyati”ni sotishga muhtoj kadrlar ham 
qatnashishi mumkin. Bu yerda mehnat resurslari bilan ish beruvchilar 
oʻrtasidagi munosabatlarning sifat koʻrsatkichlari yuzasidan erkin 
raqobat vujudga keladi. 
3.4. Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish 
yoʻnalishlari 
Ishchi kuchi bozori ichki regulyatorlarining turli-tumanligi 
hamda uning samarali amal qilishi ijtimoiy jihatdan ahamiyatga ega 
ekanligi tufayli mehnat bozorida uni malakali ravishda tartibga solish 
talab etiladi. Bandlik sohasida tartibga solishning bunday tizimini 
yaratish O‘zbekistonda oʻtkazilayotgan islohotlarning asosiy ijtimoiy 
vazifalaridan biridir. Bu borada hozirda ayrim ishlar qilinganligini 
aytib oʻtish kerak: mehnat bozori va munosabatlarining yangi qonuniy 
asoslari (bandlik xizmatlari) tuzildi, ishsizlarni roʻyxatga olish yoʻlga 
qoʻyilmoqda. Bugungi kunda Respublikamizda 200 dan ziyod mehnat 
birjalari (davlat bandlik xizmatlari) faoliyat koʻrsatmoqda. Ulardan 
mehnat munosabatlari boʻyicha 2000 dan ortiqroq mutaxassis aholini 
ish bilan ta’minlash va faol ijtimoiy muhofaza masalalarini hal qilish 


36 
bilan shug‘ullanmoqda. Bunda koʻpgina rivojlangan mamlakatlar 
(AQSH Rossiya va h.k.)ning sinalgan tajribasiga ham suyanilmoqda. 
O‘zbekiston hukumati imkoni boʻlgan, huquqiy jihatdan asoslangan 
barcha dasturlar yordamida respublikada mehnat bozori siyosatini 
olib bormoqda. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish