3.6. Mahsulot bo‘laklarini ajratuvchi qismsiz to'qish
Donali trikotaj mahsulotlari va ulaming qismlarini to'qib ishlab
chiqarishda ajratuvchi qatori. "an foydalanilmagan holda to ‘qish
usullari mavjud. Mahsulot qismlari
ikki
ignadonli yassi va aylana
kupon to ‘quv mashinalarida yakka tartibda platinalar, ilgaklar, chiviqli
po‘lat sim va bosimli havo yordamida to'qiladi. Bu usullarda ishlab
chiqariladigan tayyor va yarim tayyor mahsulot qismlari yakka tartibda,
alohida-alohida to ‘qiladi. To'qilgan tayyor mahsulot (qo'lqop, qalpoq,
sharf, poyandoz, g‘ilof, niqob) va yarim tayyor mahsulot qismlari
(oldi, orqa, yeng va yoqa) maxsus yig‘uvchi tog'oraga jamg‘ariladi.
Trikotaj mahsulotlarini ajratuvchi qatorsiz ishlab chiqarishda ajratish
qatorini.tolqish uchun sarflanadigan xomashyo keskin qisqarib, xom
ashyodan samarali foydalaniladi. Shu bilan birga mahsulot qismlarini
birini ikkinchisidan bo‘laklab ajratish uchun sarflanadigan qo’l mehnati
va sarflanadigan vaqti bartaraf etiladi. Natijada mashina va avtomatlar
ning ish samaradorligi ortadi.
81
3.7. Paypoq to‘quv avtomatlarida paypoq mahsulotlarini
ajratuvchi qismsiz to‘qish
Paypoq to ‘quv avtomatlari murakkab tuzilishga va ishiash usuliga
mansub bo‘lib, bu uskunalarda paypoq mahsulotlari yarim muntazam
va muntazam usullarda tayyor shaklda ishlab chiqariladi. Paypoqning
dastlabki qatorining shakllanishi va uning ignadon oraliq qismiga
yo'naltirishda halqa qatorlarini suruvchi platinalar ham da yuqori
bosimli so'ruvchi havodan foydalaniladi. Platina va so‘ruvchi bosimli
havo uzviy bogliqlikda ishlab, har bir hosil etilgan paypoq halqa
qatorini ignadon oralig‘iga uzluksiz tortadi. Paypoqni havoli tortishda
qo'shimcha tortish (valli, taroqchali) qurilmalaridan foydalanilmaydi.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilayotgan barcha
bir ignadonli paypoq to ‘quv avtomatlari mahsulotni havo orqali tortish
qurilmalari bilan jihozlangan. Paypoqni to ‘qish jarayoni yakunlangach,
to‘quv tizimini ip bilan ta’minlash, ip yo‘naltirgichlarni ish jarayonidan
vaqtinchalik to‘xtatish hisobiga erishiladi. To‘quv tizimiga yo‘nal-
tirilayotgan iplar maxsus qaychilar bilan qirqilib, qisqichlarda tutib
turiladi. Keyingi mahsulotning dastlabki qatorini to ‘qish jarayoni
boshlanishi bilan birgalikda ip yo‘naltirgichlar ishga tushib, to ‘quv
tizimini uzluksiz ip bilan ta’minlaydi.
Mahsulot qismlami ajratuvchi qatorsiz, bosimli havo bilan tortib
to ‘qish usulida ishlaydigan bir ignadonli «Duonit» rusumli to ‘quv
avtomati mavjud. Bunday avtomat ignadonining aylana o'lcham i
ishlab chiqariladigan mahsulot turiga ko‘ra 200-350 mm o ‘lchamlarga
ega. Avtomatda mahsulot qismlari kupon shaklida oddiy va naqshli
(pike va jakkard) o‘rilishlarda ishlab chiqariladi. Avtomatda bolalar
va o'smirlarning ustki trikotaj mahsulotlari hamda katta yoshdagi
erkaklar va ayollar uchun shim va sport shalvarlarining qismlari, ajra
tuvchi qatorlarsiz yakka tartibda, yarim tayyor kupon shaklida to'qiladi.
Avtomat elektron boshqaruv va nazorat etish qurilmalari bilan jihoz-
langanligi avtomatni elektron boshqarish hamda ignalami yakka tartib
da tanlash imkonini oshiradi, bu esa xomashyodan samarali foydala-
nishni taminlaydi. Shu bilan birgalikda yuqori ish unumdorligida
mahsulot ishlab chiqaruvchi avtomatlar guruhiga mansubdir.
82
Do'stlaringiz bilan baham: |